Full text
116 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11 KINOPORTRET YARATISHDA REJISSYOR MAHORATI: KECHA VA BUGUN Raxmatullayeva Iymona Erkin qizi https://doi.org/10.5281/zenodo.17529910 Annotasiya. Mazkur maqolada O‘zbekiston kinematografiyasida portret janrining ahamiyati, tarixiy va zamonaviy qahramon obrazlarini yaratish masalasi tahlil qilinadi. Muallif tarixni bilish va uni san’at orqali yosh avlodga yetkazish milliy o‘zlikni anglashning muhim omili ekanini ta’kidlaydi. Maqolada “Buddani izlab” hamda “Sharqdan taralgan nur” nomli portret filmlar tahlil qilinadi. “Buddani izlab” filmi yapon arxeologi Kato Keydze faoliyati orqali o‘zbek zaminining qadimiy tarixini yoritadi, madaniyatlararo aloqani ifodalaydi. “Sharqdan taralgan nur” filmi esa buyuk alloma Abu Ali ibn Sinoning hayoti va ilmiy merosini badiiy-hujjatli uslubda aks ettiradi. Har ikkala filmda rejissyorlarning estetik izlanishlari, zamonaviy qahramon obrazini yaratishdagi yondashuvlari tahlil etilgan. Kalit so‘zlar: O‘zbek kinosi, portret janri, hujjatli film, zamonaviy qahramon, tarix va madaniyat, estetik izlanish, rejissyor mahorati, “Buddani izlab”, “Sharqdan taralgan nur”, Kato Keydze, Ibn Sino, milliy qadriyatlar, kino san’ati, badiiy ifoda, ma’naviyat, tarixiy xotira. Tarixsiz kelajakni tasavvur ham qilib bo‘lmaydi. Tarixni, o‘z o‘tmishini bilmagan insondan kelajakda yaxshi kadr chikmasligi tabiiy. Zero, inson o‘z ajdodlarini bilmog‘i, uning qanday shaxs bo‘lib еtishishiga sababchi bo‘ladi. Ana shu o‘tmish bilan bugungi kunni birlashtirgan nuktalar mavjud. Bu nuqtalarni birlashtira olishni esa hamma ham eplayvermaydi. Tarix va bugunni jamiyatga mohir so‘z, zalvorli kadr, estetik ruh bilan еtkazishni esa faqat tajribali, izlanuvchan ijodkorlar amalga oshiradi. Biz quyida tahlil qilayotgan ijodkorlarning filmlarida portret janriga alohida to‘xtalgani, film qahramonlari yangidan-yangi ijodiy topilmalar orqali boyitib borilgani, ijodkorlarning topilmalaridandir. Shuningdek, zamon talablaridan kelib chiqib, zamonamizga, jamiyatimizga o‘rnak bo‘la oladigan shaxslarni obrazlashtirish, ularni kishilarga zamon qahramoni qiyofasida gavdalantirish ijodkorlarning vazifalaridandir. “....O‘zbek tomoshabini faqat chet el teleseriallari ta’siriga tushib qolmasligi, aksincha, tariximiz, san’atimiz, adabiyotimiz, qadriyatlarimizni yaxshi bilishi, shu ruhda tarbiya topishi kerak, kino - tarbiyaning zamini. Bu ijodning maktabini ochishimiz kerak. Hozir mukammal filmlar yaratishga havasimiz bor, lekin sifatlisi kam. Yurtimiz tarixi va allomalari haqida albatta film bo‘lishi kerak. Bunga vaqt keldi...” 1 - deya ta’kidlagan edi davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoyev “O‘zbekino” studiyasidagi tashrifi cho‘g‘ida. Ijodkorlarimiz zamonaviy qahramon obrazini yaratish ustida izlanish, ijod qilish bilan band. Biz quyida tahlil qiladigan portret filmlar ham zamon va o‘tmishning zamonaviy kadrlardagi talqinidir. Buddani izlab; Jamiyatda kommunikatsiyaning yangi turlari kino va televidenie axborotni bir yo‘la millionlarga еtkazish imkoniga ega bo‘lganida yuksak saviyadagi asarlarni ekranga olib chiqish uchun sharoit yaratildi. Endilikda axborot, publitsistika va badiiy janrlarning xilma xilligi, mavzuni yoritishda unga yondashuv masalasi jurnalist mahoratiga, rejissuraga, ssenariyga bog‘liq bo‘lib qoldi. Valeri Xellerdan: “Tasavvur qiling, har bir yangilik tabiiy olmos, unga turlicha shakl va jilo berish mumkin. Uzuk ko‘zidagi olmosni turlicha ag‘darsangiz, yorug‘lik jilosi o‘zgarganidek, shu olmosning o‘zi endi mutlaqo boshqacha bo‘lib ko‘rinishi mumkin” 2 - deganida mana shularni ko‘zda tutgan bo‘lsa ajabmas. So‘nggi paytlarda 1 https://kun.uz/news 2 Erik Fixtileus. Jurnalistikaning 10 qoidasi. –T: Sharq, 2002, 122-bet
117 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11 yaxshi o‘ylab topilgan publitsistik asarlarning anchagina qismi janr jihatidan aniq belgilab olinmaganligi sababli ular ekranda uzoq saqlanib qolayotgani yo‘q. Shuning uchun ham, davrning asosiy talabi ekranning yangidan yangi talqinlarini topish, davr va zamon cheklamagan mavzularni ekran asari sifatida jonlantirish, ekranning estetik va boshqa zavq beruvchi unsurlarini topishdan iborat. Buddani izlab: film 2009 yilda “Lona studiyasi bilan hamkorlikda “O‘zbekkino” milliy agentligi tomonidan suratga olingan. Film yaponiyalik arxeolog Kato Keydze haqida hikoya qiladi. Bu nuqtai nazardan filmni film-portret, deyish mumkin. Unda qahramonning qilgan ishlari o‘zi tomonidan hikoya qilinadi, reportaj shaklida tadqiqot qazishma ishlarini olib ko‘rsatadi. Film 35 daqiqani tashkil qiladi. Filmda dastlab Yaponiya manzaralari, shovqin suron shahar ko‘rsatiladi va kadr ish joyi bilan ya’ni O‘zbekistonning buddizm markazi bo‘lgan I-asrga tegishli Qoratepa yodgorligi qazishma ishlari borayotgan kadrlar bilan almashinadi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, bizning uzoq o‘tmishimizga oid qazilma yodgorliklariga bo‘lgan qiziqish yapon arxeologini bizning zamin sari еtaklagani, kishida ham iftixor, ham ajablanish tuyg‘usini vujudga kelishiga sabab bo‘ladi. Zamonaviy qahramon qiyofasi oramizda yurgan, oramizda bugun hayot kechirayotgan yosh yigit-qizlarning ibrati orqali ko‘rsatiladi, mana shunday murakkab hayot, murakkab turmush qahramonlarni tug‘diradi. Bizga afsonaviy emas, zamonaviy qahramon kerak. Yaponiya kunchiqar mamlakat shu bilan birga aholisi buddizmga sig‘inadi. Shundanmi, arxeolog Kato Keydze tarixga qiziqishi ustun kelib bizning zaminimizga yangilik izlash uchun tashrif buyurgan. Yana shuni aytishimiz mumkinki, film davomida qahramonimiz Yaponiya milliy etnografik muzeyiga tashrif buyuradi. Bu muzeyda o‘zbek milliy liboslari, paranji, chakmon, o‘tov, ot arava, atlas va adras matolari, o‘zbek uy maketlari muzeydan joy olgan. Yaponiyaliklar bizning madaniyatimiz, urf-odatlarimizga befarq emasligi kishini quvontiradi. Bizning o‘lkamizdagi qazishma ishlarida faoliyat olib borgani, umrini ana shu yodgorliklarni o‘rganishga bag‘ishlagani uchun, o‘lkamizga qilgan ishlari uchun “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlangan. Filmda tasviriy ifoda vositalaridan foydalanilgan. Ssenariyning o‘ziga xosligi muallifning boshqa filmlariga nisbatan ushbu kartinasiga boshqacha pozitsiyada yondashganini ko‘rishimiz mumkin. Musiqa Otaki Nabutaka tomonidan bastalangan va qahramonimiz tomonidan kuylangan. Musiqada yaponiya urf-odatlari, manzaralari ruhi sezilib turadi. Shuningdek, qahramonning ichki kechinmalarini shu musika yordamida ochishga harakat qilingan. Musiqa, tasvir montaj hamohangligi filmda uyg‘unlashgan. Filmda yangi uslubiy izlanishlar ko‘zga tashlanadi. Hech qanday diktor matnisiz ham ko‘zlangan natijaga erishish mumkinligini rejissyor ushbu kartinasi orqali yana bir bor isbotladi. Shuningdek, film -portretda uslubiy, estetik izlanishlarning yangi ko‘rinishlarini ko‘rish mumkin. Rejissyorning qahramonga yangicha yondashuvi alohida ahamiyatga ega. Demak, rejissyor bizga zamonaviy qahramonni ekranning jamiki unsurlarini o‘zida birlashtirish orqali tomoshabinga ko‘rsatishga harakat qilgan. Свем с востоком “Sharqdan taralgan nur” Kelajak avlod uchun o‘tmishni jonlantirish qiyin, shu bilan birga, mas’uliyatli vazifa hisoblanadi. Ayniqsa, tarixiy shaxslar haqida hujjatli film yaratish rejisyordan tajriba, intellekt talab etadi. Shaxslarning hayot yollari haqida hikoya qiluvchi film bu portret filmdir. Rejissyor Sh.Mahmudov va ssenarist R.Merginbayevalar ozaro ijodiy hamkorlikda ishlashgan “Sharqdan taralgan nur” filimi ham navbatdagi kinoportretdir. Film ‘Sen yolg’iz emassan’ hayriya fondi bilan hamkorlikda hamda homiyligida suratga olingan. 52 minut 09 daqiqani tashkil qiladi.
118 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11 Film portret janrida suratga olingan bolib, rejissyor bizga qahramonining umr yollarini badiiy tarzda korsatishga harakat qilgan. Albatta, bunda, hujjatlilik unsurlaridan chetga chiqmagan holda badiiy boyoqdan foydalanilgan. Filmda Ibn Sinoning yoshligidan to umrining oxirigacha qilgan amallari, tibbiyotdagi izlanishlari haqida hikoya qilinadi. Taniqli adabiyotshunos Suvon Meli bir maqolasida insoniyat tarixida 400 ga yaqin daho borligi haqidagi faktlar keltirib o‘tadi. O‘ylab qaraydigan bo‘lsak, juda katta davr uchun juda kam ko‘rsatkich. Ana shu daholarning ichida bizning bobokalonlarimiz, allomalarimiz ko‘pchilikni tashkil etishi esa kishini quvontiradi. Ha, haqiqatdan ham, bobokalonlarimiz, buyuk allomalarimiz qancha faxrlansak shuncha oz, qancha maqtasak shuncha kamdek tuyilaveradi. To‘grida, tibbiyot bilim yurtlarida haligacha “Tib qonunlari” ni darslik sifatida o‘tilishi bizning allomalarimiz haqiqatda daho bo‘lganidan nishona emasmi? Yana bir allomalarimizdan biri Xorazmiy bo‘lib u onlik pozitsion tizimini, shuningdek, nolni yaratib sharq allomalari ichida munosib o‘rinini egallagan. Aytish joizki u o‘nlik sanoq sistemasini joriy qildi. Bunday misollarni ko‘plab keltirish mumkin. Qadimiy va navqiron Samarqand shahrida dunyo tammadduniga o‘zining munosib o‘rnini qoldirib ketgan Sharq allomalariga bag‘ishlangan “O‘rta asrlar sharq allomalari va mutafakkirlarning tarixiy merosi, uning zamonaviy sivilizatsiya rivojidagi roli va ahamiyati” mavzusida xalqaro konferensiyalar bo‘lib o‘tadi. Unda siyosiy arboblarimizdan biri bo‘lgan I.Karimov nutq so‘zlar ekan, asosan, dunyo tamadduni rivojiga ilm fan orqali o‘zining munosib hissasini qoldirib ketgan allomalarimiz haqida fahr va iftixor bilan e’tirof etdilar. Shuningdek, har bir alloma haqida alohida to‘xtalib o‘tar ekan, ilm fan tamadduni ayni yurtimizda ilk kurtaklarini ochganini, Tib qonunlari, suv sathini o‘lchaydigan nilometr asbobini yaratilishi, Amerika kashf qilinishi haqida bashoratlar ayni yurtimiz zaminida tug‘ilgan barkamol insonlarning mehnatidir. Ahmad Farg‘oniy tomonidan IX asrda yaratilgan “Astronomiya asoslari” fundamental asarida olamning tuzilishi, Yerning o‘lchovi haqidagi dastlabki ma’lumotlar, sayyoramizning sharsimon ko‘rinishiga ega ekani xususidagi dalillar mavjud bo‘lib, mazkur kitob XVII asrga qadar Yevropa universitetlarida astranomiya bo‘yicha asosiy darslik sifatida o‘qitib kelingan, hamda, buyuk geografik kashfiyotlar davrida Kolumb, Magellan va boshqa sayohatchilarning kashfiyotlari uchun ilmiy asos bo‘lib xizmat qilgan. Ahmad Farg‘oniyning amaliy yutuqlaridan biri uning o‘rta asrlardagi asosiy astronomik asbob-usturlob nazariyasini ishlab chiqqani va shuningdek, Nil daryosida “nilometr” degan, ko‘p asrlar suv sathini o‘lchaydigan asosiy vosita sifatida xizmat qilib kelgan mashhur inshootni yaratgani bo‘ldi. Xususan, tibbiyot sohasining otasi bo‘lmish Ibn Sino dunyo talabalari darslik qilib foydalanadigan “Tib qonunlari” nomli mashhur kitobi bilan o‘zining munosib o‘rnini qoldirib ketgan. Aytish mumkinki, hali hanuz Ibn Sinoning tibbiyot sohasida tutgan yo‘li ya’ni kitobida yozilgan maslahatlar, fikrlar zarracha o‘zgarmay o‘z qiymatini yo‘qotmay kelayapti. “Biz doim g‘urur va iftixor bilan e’tirof etamiz, tibbiyot tarixida eng mashhur bo‘lgan, “Tib qonunlari” deb atalgan o‘zining bebaho fundamental asari bilan Ibn Sino keyingi bir necha yuz-yillar uchun tibbiyot fanlari taraqqiyotning asosiy yo‘nalishlarini oldindan belgilab berdi, hozirgi kunda ham o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan amaliy tibbiyot va farmakologiya sohalarining eng muhim usullariga asos soldi. Bejiz emaski, bu kitob Yevropada XV asrda chop etilgan dastlabki kitoblardan biri bolgan va Yevropaning yеtakchi unversiterlarida qariyb 500 yil davomida tibbiyot ilmi ayni shu asar asosida o‘qitib kelingan. Jahon mamlakatlari buyuk bobakalonimizni Ibn Sino nomi bilan emas balki Avitsenna nomi bilan yaxshi taniydilar. Bu buyuk allomamiz haqida ko‘plab kitoblar yozilgan, badiiy va hujjatli filmlar yaratilgan. Ana shunday hujjatli
119 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11 filmlardan biri rejissyori Shuhrat Mahmudov senaristi R. Merginbaeva xamkorlikda ishlagan film “Sharqdan taralgan nur” deb nomlanadi. “Sharqdan taralgan nur” filmi mavzu jihatdan tarixiy, janr jihatdan portret film, uslub jihatdan ijtimoiy, film yaratish metodiga ko‘ra hujjatli, badiiy tarzda jonlantirib, aktyorlar ko‘magida suratga olingan bu filmda, aynan, bugungi kundagi avlod o‘tmishida bobokalonlarimiz qanday bo‘lgani filmning bosh maqsadi hisoblanadi. Filmda Ibn Sinoning hayot yo‘li badiiy tarzda kinokuzatuvga olinadi. Ekran asari portret film bo‘lgani uchun ham birinchi planga bosh qahramon ya’ni Avitsenna turadi. O‘z maqsadiga ko‘ra, tarixiy davrning dolzarb muammosini ilmiy-ijtimoiy tadqiqi qilingan. Film kino – portret janrida suratga olingan bo‘lib, rejissyor bizga qahramonining umr yo‘llarini badiiy tarzda ko‘rsatishga harakat qilgan. Albatta,bu hujjatlilik unsurlarinidan chetga chiqmagan holda, badiiy bo‘yoqdan foydalanilgan. Film Ibn Sinoning yoshligidan to umrining oxirigacha qilgan amallari tibbiyotdagi izlanishlari haqida hikoya qilinadi. “Sharqdan taralgan nur” ilmiy ommabop film. rejissyorga bu film olish haqidagi uyi chet el kinohujjatchilari ishlagan 100 mutafakkirlar haqidagi film turtki bo‘ladi. Rejissyor esa bu fikrni bildirdi; Internetga murojat qildim, shunda, amerikaliklar 15 minutlik tayyorlagan filmlarini tomosha qila boshladim, filmlarning soni 100 ta edi. Filmlarning mavzusi esa buyuk allomalar edi. Tomosha qilib chiqar ekanman, bu yеrda umuman, sharq allomalari yo‘qligiga amin bo‘ldim. Na Beruniy, na Mirzo Ulug‘bek. Keyin shu mavzuda film olishga kirishdik. Shuning uchun ham, filmimizni Avetsenna deb nomladik. Albatta, bilamizki, Avetsenna Ibn Sinodir, u tabobat olamida o‘zining chuqur iz qoldirgani bilan mashhurdir. Bu filmimiz hujjatlilik unsurlarini o‘zida birlashtirgan holda, aktyorlar ijrosiga ham etibor qaratdik. Va o‘ylaymizki, o‘zimizning oldimizga qo‘ygan maqsadga erishdik, deya ayta olamiz. Filmning tarkibida sakkizta interyu bor. To‘rtta kishi chet el mutaxassislari yana to‘rttasi o‘zbek mutaxassislardir. Filmimiz haqqoniy bo‘lishi uchun chet el mutaxassislarini taklif etdik - deydi ijodkor. Film juda yuqori sifatli kamerada suratga olingan. Tasvurdan ustamonlik bilan foydalangan rejissyor operatorlardan ham samarali foydalangan. Tasvirlar sifatli. Film uchun maxsus musiqa Dmitriy Yanov Yavovskiy bastalagan. Ta’kidlash mumkinki, filmlarni kuzatar ekanmiz, rejissyor senarist bastakor uchligi paydo bo‘lganini ko‘rishimiz mumkin. Demak, rejissyorning fikri va qarashlarini bastakor tushuna olgan. Matnni taniqli suhandon Afzal Rafiqov o‘qigan. Filmda verbal va visual jihatlar to‘la bir biriga mos keladi. Musiqa uyg‘unligi ham taminlangan. Ifoda vositalari keng qo‘llanilgan. Xususan, montaj ham samarali o‘z o‘rnida foydalanilgan. Tasviriy ifoda vositalariga rejissyor murojat qilgan. Shuningdek, filmga rejissyor badiiy jihatdan yondashganligi, qahramonlarga murojat qilganligi bilan ajralib turadi. Ya’ni, film badiiy kino singari jonlantirib qiyofalarga murojat qilgani bilan ham farqlanadi. Bu film ilmiy ommabop film. Bu film 2011-yilda Qozon shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro musulmonlar kinofestevalida billur masji bilan taqdirlangan. Biz ikki portret janridagi filmlarni tahlil etar ekanmiz, tarix va bugunning qahramonlarini ijodkorlar ikki uslubga tomoshabinga ko‘rsatishga harakat qilishgan. Tarixiy usulni tomoshabinga jonlantirib ko‘rsatishga tarixiy shaxslarni tipajlashtirishga harakat qilingan. Ikkinchi film esa zamonaviy arxeologning ijodini so‘zsiz kadrlar orqali ochib berishga qaratilgan.
120 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11 Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati 1. Mirziyoyev Sh.M. Yangi O‘zbekiston strategiyasi. – Toshkent: O‘zbekiston, 2021. 2. Mirziyoyev Sh.M. “O‘zbekkino” milliy agentligiga tashrifi chog‘ida so‘zlagan nutqidan. – “Xalq so‘zi” gazetasi, 2017-yil 16-avgust. 3. Xo‘jayev M. O‘zbek kinosi tarixi. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyotmatbaa ijodiy uyi, 2015. 4. Mahmudov Sh., Merginbayeva R. Sharqdan taralgan nur (film ssenariysi va tahlil materiallari). – Toshkent: O‘zbekkino arxivi, 2009. 5. “Buddani izlab” hujjatli filmi. – “Lona studiyasi” va “O‘zbekkino” Milliy agentligi mahsuloti, 2009. 6. Xeller V. Publitsistika va vizual ifoda uslublari haqida. – Moskva: Iskusstvo, 2004. 7. Meli S. “Insoniyat tarixidagi daholar va ularning o‘rni.” – O‘zbekiston adabiyoti va san’ati gazetasi, 2012-yil, №17. 8. Karimov N. Hujjatli kino va badiiy tafakkur. – Toshkent: Akademnashr, 2018.