scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

YANGI TAHRIRDAGI KONSTITUTSIYADA FUQAROLARNING QONUN IJODKORLIGI FAOLIYATIDAGI ISHTIROKI

Choriyev, Ulug'bek

Abstract

Mazkur maqola O`zbekiston Respublikasi huquqiy tizimiga yangi joriy etilgan “Qonunchilik taklifi instituti” instituti, uning O`zbekiston Respublikasida demokratiyasida tutgan o`rni va ahamiyati, shuningdek O`zbekiston Respublikasi fuqarolarining qonunchilik taklifini qanday amalga oshirish tartibining huquqiy va nazariy asoslarini ochib berishga, shuningdek ayni jarayonning mexanizmini takomillashtirishga oid masalalarni ko`rib chiqishga bag`ishlangan. Maqola muallifi konstitutsiyaviy huquq nazariyasida, milliy qonunchilikda qonunchilk taklifi tushunchasini tahlil qiladi. Qonunchilik takiif tushunchasiga muallif ta’rifi shakllantirilngan. O`zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida mazkur atamaning aniq yoritilishi zaruriyatiga alohida e’tibor qaratilgan. Maqolada qonunchilik taklifining maqsadlari, xususiyatlari aks ettirilgan. O`zbekiston Respublikasida qonunchilik taklifi konstitutsiyaviy-huquqiy instituti davlat boshqaruvi tizimidagi o`rni nuqtayi nazaridan ko`rib chiqiladi. Ularda ushbu institutning davlat boshqaruvi tizimidagi o`rni nuqtayi nazaridan ko`rib chiqiladi. Mamlakat taraqqiyotining hozirgi bosqichida qonunchilik taklifini amalga oshirish samaradorligiga baho berilgan. Qonunchilik taklifini takomillashtirish yo`nallishlari yuzasidan muhim masalalar xususida so`z yuritilgan. Muallif O`zbekiston Respublikasi qonunchiligidagi “qonunchilik taklifi instituti” ni ilmiy-nazariy jihatdan asoslashga harakat qildi, ilmiy-amaliy muhokama va chuqur ilmiy-nazariy o`rganishni talab qiladigan qator masalallarni belgilab berdi.

Full text

Vol.3 №10 (2025). October Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 676 YANGI TAHRIRDAGI KONSTITUTSIYADA FUQAROLARNING QONUN IJODKORLIGI FAOLIYATIDAGI ISHTIROKI Choriyev Ulug‘bek Rustamovich Toshkent davlat yuridik universiteti Ommaviy huquq fakulteti, davalt-huquqiy faoliyat yo‘nalishi 1-kurs talabasi e-mail: [email protected] ANNOTATSIYA Mazkur maqola O`zbekiston Respublikasi huquqiy tizimiga yangi joriy etilgan “Qonunchilik taklifi instituti” instituti, uning O`zbekiston Respublikasida demokratiyasida tutgan o`rni va ahamiyati, shuningdek O`zbekiston Respublikasi fuqarolarining qonunchilik taklifini qanday amalga oshirish tartibining huquqiy va nazariy asoslarini ochib berishga, shuningdek ayni jarayonning mexanizmini takomillashtirishga oid masalalarni ko`rib chiqishga bag`ishlangan. Maqola muallifi konstitutsiyaviy huquq nazariyasida, milliy qonunchilikda qonunchilk taklifi tushunchasini tahlil qiladi. Qonunchilik takiif tushunchasiga muallif ta’rifi shakllantirilngan. O`zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida mazkur atamaning aniq yoritilishi zaruriyatiga alohida e’tibor qaratilgan. Maqolada qonunchilik taklifining maqsadlari, xususiyatlari aks ettirilgan. O`zbekiston Respublikasida qonunchilik taklifi konstitutsiyaviy-huquqiy instituti davlat boshqaruvi tizimidagi o`rni nuqtayi nazaridan ko`rib chiqiladi. Ularda ushbu institutning davlat boshqaruvi tizimidagi o`rni nuqtayi nazaridan ko`rib chiqiladi. Mamlakat taraqqiyotining hozirgi bosqichida qonunchilik taklifini amalga oshirish samaradorligiga baho berilgan. Qonunchilik taklifini takomillashtirish yo`nallishlari yuzasidan muhim masalalar xususida so`z yuritilgan. Muallif O`zbekiston Respublikasi qonunchiligidagi “qonunchilik taklifi instituti” ni ilmiy-nazariy jihatdan asoslashga harakat qildi, ilmiy-amaliy muhokama va chuqur ilmiy-nazariy o`rganishni talab qiladigan qator masalallarni belgilab berdi. Kalit so`zlar: Qonunchilik taklifi, qonunchilik taklifi instituti, qonunchilik tashabbusi, saylov huquqiga ega fuqarolar, faol huquqiy xulq-atvor, konformistik huquqiy xulqatvor PARTICIPATION OF CITIZENS IN THE INSTITUTION OF LEGISLATIVE PROPOSALS IN THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN Vol.3 №10 (2025). October Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 677 Choriyev Ulugbek Rustamovich Tashkent State Law University Faculty of public law, state-legal field of activity 1st year student e-mail: [email protected] ANNOTATION This article is dedicated to the introduction of the newly introduced "Legislative Proposal Institute" to the legal system of the Republic of Uzbekistan, its role and importance in the democracy of the Republic of Uzbekistan, as well as the legal basis of the procedure for the implementation of the legislative proposal by the citizens of the Republic of Uzbekistan. . The author of the article analyzes the concept of a legislative proposal in the theory of constitutional law and national legislation. The author defined the concept of legislative takif. In the current legislation of the Republic of Uzbekistan, special attention is paid to the need for clear clarification of this term. The purpose and features of the legislative proposal are reflected in the article. In the Republic of Uzbekistan, the legislative proposal is considered from the point of view of the place of the constitutional-legal institution in the state administration system. They consider the role of this institution in the state administration system. At the current stage of the country's development, the effectiveness of the implementation of the legislative proposal was evaluated. Important issues were discussed regarding the directions of improvement of the legislative proposal. The author tried to substantiate the "institution of legislative proposals" in the legislation of the Republic of Uzbekistan from a scientific and theoretical point of view, and identified a number of issues that require scientific and practical discussion and deep scientific and theoretical study. Key words: Legislative proposal, institution of legislative proposal, legislative initiative, citizens with the right to vote, active legal behavior, conformist legal behavior. УЧАСТИЕ ГРАЖДАН В ВНЕСЕНИИ ЗАКОНОДАТЕЛЬНЫХ ПРЕДЛОЖЕНИЙ В РЕСПУБЛИКЕ УЗБЕКИСТАН Чориев Улугбек Рустамович Ташкентский государственный юридический университет Факультет публичного права, государственно-правовой сфера деятельности студент 1 курса Vol.3 №10 (2025). October Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 678 электронная почта: Улугбек ЧориевРустамович@gmail.com АННОТАЦИЯ Данная статья посвящена внедрению в правовую систему Республики Узбекистан вновь введенного «Института законодательного предложения», его роли и значения в демократии Республики Узбекистан, а также правовым основам процедуры реализация законодательного предложения гражданами Республики Узбекистан. . Автор статьи анализирует понятие законодательного предложения в теории конституционного права и национального законодательства. Автор определил понятие законодательного запрета. В действующем законодательстве Республики Узбекистан особое внимание уделяется необходимости четкого разъяснения этого термина. В статье отражены цель и особенности законодательного предложения. В Республике Узбекистан законодательное предложение рассматривается с точки зрения места конституционно-правового института в системе государственного управления. Рассматривается роль этого института в системе государственного управления. На современном этапе развития страны оценена эффективность реализации законодательного предложения. Обсуждались важные вопросы относительно направлений совершенствования законодательного предложения. Автор попытался обосновать «институт законодательных предложений» в законодательстве Республики Узбекистан с научно-теоретической точки зрения, а также обозначил ряд вопросов, требующих научно-практического обсуждения и глубокого научнотеоретического изучения. Ключевые слова: Законодательное предложение, институт законодательного предложения, законодательная инициатива, граждане, обладающие избирательным правом, активное правовое поведение, конформистское правовое поведение. KIRISH Hozirgi kunda dunyoning boshqa juda ko`plab davlatlari singari O`zbekiston Respublikasi ham fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat qurishni asosiy maqsad qilib olgan. Bu maqsadga erishish uchun, eng avvalo, fuqarolarning huquqlarini ta’minlash va ularga o`z xohish-irodalarini erkin ifodalashga, ayniqsa ularning siyosiy huquqlariga e’tibor qaratish lozim. Ma’lumki “demokratizm” tushunchasi har qanday huquqiy davlatning muhim prinsipi hisoblanadi. Fuqarolarning qonunchilik taklifi bilan chiqish huquqining Konstitutsiyada mustahkamlab qo`yilishi esa ayni Vol.3 №10 (2025). October Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 679 prinsipning amaliy ifodasi desak bo`ladi. Biroq qonunchilik taklifi instituti joriy etilishining o`zi mamlakatimizga bu maqsadlar sari olg`a qadam tashlashga yordam bermaydi. Ushbu institutning samarali ishlashi uchun puxta o`ylangan mexanizm joriy etilishi kerak. Huquqshunos professor Michael Dougan ta’kidlaganidek, “Qonunchilik taklif institutining soddalashtirilgan mexanizmining yaratilmasligi ushbu institutni faqat fuqarolik jamiyati mavjud davlatlaridagina faollashtirilishi ehtimoliga olib keladi”. METODOLOGIYA Ushbu tadqiqotning maqsadi qonunchilik taklifi institutining nazariy asoslarini tushuntirib berish va fuqarolarga ushbu huquqlarini amalga oshirishning qonunchiligimizda belgilangan tartiblarini ochib berishdan, shuningdek qonunchilik taklifi instituti bo`yicha qonunchiligimizda chuqur o`ylab kerilishi zarur bo`lgan jihatlarni ko`rsatishdan iboratdir. Ushbu maqsadlarga erishish uchun muallif ilmiy tadqiqotning statistik tahlil, mantiqiy tahlil, qiyosiy tahlil kabi bir qancha usullarini qo‘llagan. TADQIQOT NATIJALARI Birinchi navbatda, qonunchilik taklifi nima ekanligini bilib olishimiz kerak. Kemdrij lug`atida qonunnchilik taklifiga kimningdir harakatini kutib o`tirmasdan muammoni hal qilish uchun tashlangan qadam sifatida ta’rif berilgan. Darhaqiqat, hozirgi kunda qonunchilik taklifi aholining turli ijtimoiy muammolari bartaraf etishning eng keng va samarali yo`li sifatida ko`rsatilmoqda. Shu jihatlardan ko`rinib turibdiki, qonunchilik taklifi institutining demokratiyaning bevosita turiga misol bo`la oladi. Chunki bunda fuqarolar vakillarsiz o`zlari uchun zarur bo`lgan qonun taklifi bilan chiqishadi. Olimlar o`rtasida qonunchilik tashabbusi va qonunchilik taklifi tushunchalarini aynanlashtirish holatlari uchramoqda. Biroq bizningcha bu ikkala tushunchani birbiridan farqlay bilish kerak. Ushbu ikki tushuncha farqi haqida X.U.Turdiyev va M.A.Abdullayevalar fikr bildirgan. Ularning fikricha, qonunchilik tashabbusi va qonunchilik taklifi o`rtasidagi farq qonunchilik tashabbusida aniq qonun loyihasi, ya’ni barcha tarkibiy qismlarni (muqaddima, moddalar va boshq.) o`z ichiga olgan hamda tuzilishiga doir barcha talablarga mos bo`lgan bo`lajak qonunning matni kiritiladi. Qolaversa, huquqshunos olim Bekov va Botirovlar ham ushbu ikki tushuncha o`rtasida farq mavjudligini ta’kidlaydi. Darhaqiqat, qonunchilik taklifini qonunchilik tashabbusining soddaroq tartibida ham ko`rish mumkin. Ushbu olimlar fikriga qo`shilgan holda ikki tushuncha farqini kengroq ifodalashga harakat qilamiz. Qonunchilik tashabbusi – bu qonunchilik protsessining boshlang`ich bosqichi bo`lib, u qonun loyihasini vakolatli subyektlar tomonidan parlamentning quyi palatasiga Vol.3 №10 (2025). October Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 680 kiritishdan iboratdir. Qonunchilik tashabbusi tushunchasining davlatimiz huquqiy tizimida ham nazariy, ham normative asoslarini ko`plab topish mumkin. Biroq qonunchilik taklifi tushunchasi haqida halicha deyarli aniq ta’rif ko`rmaymiz. Bizningcha, qonunchilik taklifi – qonun loyihasiga aylanishi mumkin bo`lgan g`oyalarni qonunchilik tashabbusi subyektlari ko`rishi uchun kiritishdir. Ya’ni biz bu bilan qonunchilik taklifi bosqichini qonunchilik tashabbusidan ham oldingi bosqich demoqchimiz. Ushbu fikrimizni asoslash uchun bevosita O`zbekiston Respublikasi qonunchiligiga murojaat qilamiz. “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik Palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida” gi qonunning 8-moddasiga ko`ra fuqarolar qonunlar loyihalarini yoki yangi qonun qabul qilinishi, qonunga o‘zgartishlar, qo‘shimchalar kiritilishi, shuningdek amaldagi qonunni yoki uning bir qismini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish zarurligi to‘g‘risidagi takliflarni qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti ko‘rib chiqishi uchun kiritishi mumkin. Qonunchilik tashabbusiga huquqi subyekti esa o`zi ishlab chiqayotgan qonunlar loyihalari uchun asos sifatida xuddi shu takliflarni qabul qilishi mumkin. Bundan tashqari Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi Reglamenti 192-moddasiga binoan qonunchilik taklifi kiritilgach, uni ko`rib chiqish uchun Qonunchilik palatasi Spikeri mas’ul qo‘mitani belgilaydi, qonunchilik taklifini hamda unga ilova qilingan materiallarni mas’ul qo‘mitaga va bir vaqtning o‘zida fraksiyalarga topshiradi. Shundan so`ng qonunchilik taklifi ayni moddada belgilangan bir qator bosqichlarda tekshirib chiqiladi. Qonunchilik taklifini ma’qullash to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, ma’qullangan qonunchilik taklifi tegishli qonun loyihasini tayyorlash va Qonunchilik palatasiga belgilangan tartibda kiritish uchun tegishli qo‘mitaga yuboriladi. Qonunchilik palatasining qarori bilan qonunchilik tashabbusi huquqi subyektiga tegishli qonun loyihasini tayyorlash, shuningdek Qonunchilik palatasiga belgilangan tartibda kiritish tavsiya etilishi mumkin. Bu normalar ham bizning yuqoridagi fikrimiz to`g`riligini tasdiqlamoqda. Qonunchilik taklifi O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 98-moddasida aks etgan: “Oʻzbekiston Respublikasining saylov huquqiga ega boʻlgan yuz ming nafardan kam boʻlmagan fuqarolari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman), Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qonunchilik takliflarini qonunchilik tashabbusi tartibida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritishga haqli”. Ushbu norma orqali biz birinchi navbatda, mamlakatimizdagi qonunchilik taklifi huquqdorlarini bilib olishimiz mumkin, ammo bu yana shundan dalolat beradiki qonunchilik taklifi insituti keng doiraga ega. Vol.3 №10 (2025). October Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 681 Birinchidan, ushbu huquqning fuqarolarga berilishi ularga turli iqtisodiy-ijtimoiy muammolarni o`zlari tashabbuskorlik hal qilishig va davlat ishlarini boshqarishda ularga ko`proq imkoniyatlar berishga sharoit yaratdi, ikkinchidan, bu huquqning Senatga berilishi hududlardagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini va shu bo`yicha qonunchilikdagi bo`shliqlarni tezroq bartaraf etishga yordam beradi, uchinchidan, Markaziy saylov komissiyasi tomonidan bu huquqqa ega bo`lishi saylov qonunchiligini samaraliroq ishlashiga yordam beradi va hkz. Bu ma’lumotlardan ko`rishimiz mumkinki, Qonunchilik taklifini har bir subyekt doirasida chuqur tahlil qilish mumkin. Har bir subyektning qonunchilik taklifida o`ziga xos xususiyatlari bor. Shunday ekan, biz asosiy e’tiborni saylov huquqiga ega bo`lgan 100,000 nafar fuqaroning qonunchilik taklifidagi ishtirokiga qaratmoqchimiz. Saylov huquqiga ega fuqarolarga qonunchilik taklifi vakolatining berilishi juda ko`plab xorijiy mamlakatlar Konstitutsiyasida aks etgan. Qiziqarli tomoni shundaki, mamlakatlarda ushbu fuqarolarning minimal soni (bundan keyin matnda “ayni miqdor” deb yuritiladi) bo`yicha turlicha talablar qo`yilgan. Bir guruh olimlar bunga asosiy sabab qilib aholi sonini keltirishadi. Biz ushbu nazariyaga oydinlik kiritish maqsadida quyida ayni masala bo`yicha bir qator chet el davlatlarning tajribasini va ularning aholi sonini tahlil qilib chiqamiz. Birinchi navbatda, Italiya davlatidan boshlaymiz. Italiya Konstitutsiyasi 71-moddasida Italiya fuqarolari qonun ijodkorligini kamida 50,000 ovoz beruvchi tomonidan imzolangan qonun loyihasini kiritish orqali amalga oshirish mumkinligi yozilgan. Worldometers.info (barcha davlatlardagi aholi sonini o`lchab boruvchi sayt) saytining aniqlashicha, Italiya aholisi 58,707,402 ni tashkil etadi (aholi soni tadqiqot olib borilgan paytdagiga nisbatan olindi, bu son doimiy o`zgarib boradi). Shvetsariyada ham saylov huquqiga ega bo`lgan 50,000 kishiga ushbu huquq taqdim etilgan va bu Shvetsariya Konstitutsiyasining 141-moddasida mustahkamlab qo`yilgan. Shvetsariya aholisi esa 8,848,361 nafar. Polshada bu raqamlar aynan O`zbekiston Respublikasida belgilangani bilan bir xil. Polsha Konstitutsiyasining 118moddasida Sejmda (Sejm – Polshadagi quyi palataning nomlanishi) saylov huquqiga ega bo`lgan 100,000 nafar fuqaroda ham qonun loyihasini kiritish huquqi borligi va bu masalani maxsus tarzda boshqa qonunlarda tartibga solinishi yozilgan. Polsha aholisi – 40,266,264 hisoblanadi. Avstriyada ham qonunchilik taklifi uchun minimal ovozlar soni 100,000 nafar ekanligi Avstriya Konstitutsiyasining 41-moddasida aks etgan. Avstriya aholisi 8,976,125 tani tashkil qiladi. Ispaniya Konstitutsiyasining 87moddasi 3-qismida 500,000 tadan kam bo`lmagan haqiqiyligi tasdiqlangan imzolar bilan qonun loyihasi kiritilishi mumkinligi yozilgan.. Ispaniya aholisi – 47,475,957 tashkil etadi. Vol.3 №10 (2025). October Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 682 Yuqoridagi ma’lumotlarni yanada osonroq tushunish uchun ularni quyidagi jadvalda vizuallashtirilgan holda keltirib o`tamiz: Davlatlar Aholisi Qonunchilik taklifi uchun talab qilingan minimal son Italiya 58,707,402 50,000 Shvetsariya 8,848,361 50,000 Polsha 40,266,264 100,000 Avstriya 8,976, 125 100,000 Ispaniya 47,475,957 500,000 Yuqoridagi ma’lumotlar asosida yaqqol ko`rishimiz mumkinki, ayni miqdorni belgilashda davlatlarning aholi soni eng asosiy sabab bo`la olmaydi. Chunki ellik sakkiz milliondan ortiq aholiga ega davlatda bu son 50,000 qilib, aholisi to`qqiz millionga yaqin mamlakatda esa 100,000 qilib belgilangan. Bu esa o`z-o`zidan yuqoridagi nazariyaning ahamiyatini pasaytirib yuboradi. Bizning fikrimizcha ayni miqdorni belgilashda barcha aholining soni emas, faqat saylov huquqiga ega bo`lgan va qonunchilik taklifni amalga oshirish huquqiga bo`lgan aholi soni inobatga olinadi. Qolaversa, yana bir muhim faktor sifatida aholining huquqiy xulq-atvori ayni qaysi darajada ekanligi e’tiborga olinadi. Huquqiy xulq-atvor – bu huquq normalariga mos keladigan, yuridik oqibatlarni keltirib chiqaradigan, ijtimoiy foydali ahamiyatga ega bo`lgan, huquq subyektlarining ongli ravishdagi xulqidir. Huquqiy xatti-harakat Huquqshunos olim Odilqoriyev huquqiy xulq-atvorni shaxsning huquqiy tartibga solish jarayoniga jalb etilish darajasiga ko‘ra huquqiy xatti-harakat quyidagi to‘rt turga ajratilishini ta’kidlaydi: faol huquqiy xulq-atvor, odatdagi huquqiy xulq-atvor, konformistik (sust) huquqiy xulq-atvor, marginal huquqiy xulq-atvor. Faol huquqiy xulq-atvorda fuqarolar doimiy huquqiy faol bo`ladi, qonun loyihalarining umumxalq muhokamalarida qatnashadi, umuman olganda tashabbuskorlikni keng namoyon qiladi. Odatdagi huquqiy xulq-atvorda esa ortiqcha harakat va xarajat qilinmasdan, shunchaki qilishi zarur huquqiy harakatlarni amalga oshiradi. Konformistik (sust) huquqiy xulq-atvorga keladigan bo`lsak, u ijtimoiy foydali xulq-atvorning eng past darajasi hisoblanadi va fuqaroning o`ziga berilgan huquq va erkinliklardan foydalanmasligida namoyon bo`ladi. Marginal huquqiy xulq-atvor qonun talablariga jazodan qo`rqqanlik uchungina rioya qilishdir. Endi ushbu huquqiy xulq-atvorlarning bizning mavzuga aloqadorlik jihatini yoritamiz. Qonunchilik taklifida ishtirok etish fuqarolardan faol harakatlarni va xarajatlarni amalga oshirishni talab qiladi. Vol.3 №10 (2025). October Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 683 Endigi navbatda, eng muhim masalaga – qonunchilik taklifi institutini amalga oshirishning huquqiy mexanizmi va uni takomillashtirish masalasiga to`xtalamiz. O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi Reglamentining 191moddasiga ko`ra qonunchilik taklifi Qonunchilik palatasiga O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan kiritilayotganda quyidagilar taqdim etilishi kerak: ✓ qonunchilik taklifining matni; ✓ saylov huquqiga ega bo‘lgan, yuz ming nafardan kam bo‘lmagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan sanasi, yashash joyi manzili, pasportining yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasining seriyasi va raqami, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan kiritilgan imzoning sanasi ko‘rsatilgan imzo varaqalari. Bunda imzolar kamida sakkizta hududiy subyektda (viloyatda), shu jumladan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent shahrida yashayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari o‘rtasida mutanosib taqsimlangan bo‘lishi hamda imzolar sonida yo‘l qo‘yiladigan eng ko‘p chetga chiqish, qoida tariqasida, o‘n foizdan oshmasligi kerak; ✓ qonunchilik taklifini ko‘rib chiqish chog‘ida ishtirok etadigan vakil yoki vakillar guruhi haqidagi axborot. Yuqoridagi talablardan ko`rishimiz mumkinki, fuqarolar qonunchilik taklifini kiritish uchun faqatgina 100,000 nafar bo`lishi yetarli emas, ular shu 100,000 nafar ichidagi har bir fuqaro haqidagi umumiy ma’lumotlarni, ularning imzosini va imzosining sanasi ko`rsatilgan imzo varaqalarini olishi kerak. Bundan tashqari, imzoni yig`ishga oid ham alohida talab bor. Ya’ni bu imzoni kamida sakkizta viloyatdan, Qoraqalpog`iston Respublikasi va Toshkent shahrida yashayotgan fuqarolarni ham aniq qatnashtirgan holda, imzolar miqdori bir hudud uchun 10 foizdan oshmaydigan qilib to`plash kerak. Bu talablarning belgilanishini ham mantiqiy asoslab berishga harakat qilamiz. Birinchidan, fuqarolarning aynan saylov huquqiga ega bo`lishi kerakligini shu bilan izohlashimiz mumkinki, saylov huquqiga fuqarolar 18 yoshda ega bo`ladi. O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 22-moddasiga ko`ra shaxs aynan shu yoshga yetgach to`la muomala layoqatiga ega bo`ladi. Ya’ni o`z harakatlarini ahamiyatini to`liq tushunadi va ularga to`liq javob bera oladi. Bu talab qonun loyihasining ahamiyati bilan bog`liq hisoblanadi. Qolaversa, bu talab nafaqat bizni qonunchilikda balki biz yuqorida tahlil qilgan barcha xorijiy davlatlar tajribasida mavjud. Ikkinchidan, fuqarolar haqida umumiy ma’lumotlar va imzo sanasi ko`rsatilgan imzo varaqarasiga oid talab imzolarning soxtalashtirilishini oldini olishga qaratilgan. Uchinchidan, bu imzolarning turli viloyatlardan iloji boricha teng proporsiyada tuzilishi shartligiga oid talab, qonun loyihasi ayni bir hudud manfaatiga mos kelib, boshqa hududlar Vol.3 №10 (2025). October Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 684 manfaatiga zid kelib qolishini oldini olish maqsadida qo`yilgan. Bizningcha qonunchilik taklifi institutini samarali ishlashi uchun bir qator choratadbirlarni amalga oshirish zarur. Birinchidan, “Fuqarolarning qonunchilik taklifi to`g`risida” gi qonun loyihasini ishlab chiqish va amalga kiritish kerak degan fikrdamiz. Chunki yuqoridagi qonunchilik taklifini amalga oshirish mexanizmi Qonunchilik palatasining Reglamentida keltirib o`tilgan, bu esa ushbu mexanizm bilan tanishish imkoniyatini oddiy fuqarolar uchun murakkablashtiradi. Qolaversa, bu bo`yicha alohida qonun mavjudligini turli xorijiy davlatlar tajribasida ham ko`rishimiz mumkin. Xususan, “Yevropa fuqarolarning qonunchilik taklifi to`g`risida” gi qonun yoki 1999-yil 24-iyunda Polshada qabul qilingan “Fuqarolarning qonunchilik taklifi to`g`irisida” gi qonunlarni bunga misol qilish mumkin. Ikkinchidan, Sastry ta’kidlaganidek, fuqarolarning qonunchilik taklifi instituti ishlamayotganligiga oddiy sabablardan biri bu jarayonning ko`p vaqt va kuch talab qilishidir. Shunday ekan, qonunchilik taklifini amalga oshirish uchun alohida veb-sayt yaratilishi kerak. Masalan, Filandiyada www.kansalaisaloite.fi sayti orqali fuqarolar qonunchilik takliflarini amalga oshirishi mumkin. Veb-saytda tashabbuskor fuqarolarga 100 ming nafar fuqaro o`z elektron imzosi orqali qo`shilganligini bildiradi. Bu esa tashabbuskor fuqarolarning ham, qo`llab-quvvatlovchi fuqarolarning ham vaqti va xarajatini tejashga yordam beradi. Bu bo`yicha ko`plab davlatlardan, xususan Shveysariyadan ham andoza olishimiz mumkin. Uchinchidan, qonunchilik taklifi tashabbuskorlari tomonidan 100 ming nafar fuqaroning imzosini yig`ish uchun aniq cheklangan vaqt belgilash zarur. Chunonchi bunday vaqt talabi Polsha qonunchiligida 3 oy etib belgilangan, Finlandiyada 6 oy, Shveysariya Konstitutsiyasining 138-moddasiga ko`ra esa 180 kun sifatida belgilangan. To`rtinchidan, veb sayt orqali qonunchilik taklifini Qonunchilik palatasiga yuborish imkoniyati va ulardan to`g`ridan to`g`ri javob olish imkoniyatini yaratish zarur. Beshinchidan, tashabbuskorlarning Qonunchilik palatasidagi taklif mavzusiga mos faoliyat bilan shug`ullanadigan qo`mita tomonidan eshitilishi ta’minlanishi kerak. Bu amaliyot ham Finlandiya qonunchiligida mavjud. Bizningcha ham, ushbu mexanizmning joriy etilishi fuqarolarnng huquqlarini ta’minlash garovi bo`ladi. Oltinchidan, Adliya vazirligi tomonidan qonunchilik taklifini yozish bo`yicha turli qo`llanmalar, tayyor namunalar, videoroliklar ishlab chiqilishi va buni aholining turli qatlamlariga yetkazishga doir chora-tadbirlar ko`rilishi lozim. XULOSA Xulosa qilib aytganda, qonunchilik taklifining O`zbekiston Respublikasida joriy etilishi juda ko`plab ijobiy jihatlarga ega. Tahlillarimiz natijasida, shu ma’lum bo`ldiki,