DAVLAT BYUDJETI DAROMADLARI TARKIBIDA BEVOSITA SOLIQLARNING TUTGAN O'RNI
Full text
532 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 DAVLAT BYUDJETI DAROMADLARI TARKIBIDA BEVOSITA SOLIQLARNING TUTGAN O’RNI Rustamov Asliddin Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Moliya va moliyaviy texnologiyalar yo’nalishi 4-bosqich 5mm-2022 guruh talabasi Email adres: rasliddin34[email protected] Telefon raqami:+998937586789 https://doi.org/10.5281/zenodo.17531336 Annotatsiya: Ushbu maqolada davlat byudjeti daromadlari tarkibida bevosita soliqlarning o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Bevosita soliqlar davlatning moliyaviy barqarorligini ta’minlovchi asosiy manbalardan biri sifatida iqtisodiy siyosatda muhim o‘rin egallaydi. Byudjet daromadlari tarkibidagi ulushi, shakllanish mexanizmlari hamda mamlakat iqtisodiyotiga ko‘rsatadigan ta’siri o‘rganilgan va O‘zbekiston byudjeti misolida bevosita soliqlarning ulushi yillar kesimida ko’rib chiqish nafaqat fiskal daromad manbai, balki iqtisodiy barqarorlik va ijtimoiy tenglikni ta’minlash vositasi sifatida ham muhim ahamiyat kasb etadi. Kalit so’zlar: davlat byudjeti, byudjet daromadlari, bevosita soliqlar, bilvosita soliqlar, jismoniy shaxslar daromad solig‘i, yuridik shaxslar foyda solig‘i, mol-mulk solig‘i, еr solig‘i, resurs soliqlari, soliqlar tizimi, soliq siyosati, soliq yuklamasi, soliq ma’murchiligi, soliq imtiyozlari, soliq stavkalari, fiskal siyosat. Annotation: This article analyzes the role and importance of direct taxes in the structure of state budget revenues. Indirect taxes, as one of the main sources of ensuring the financial stability of the state, play an important role in economic policy. Their share in the structure of budget revenues, the mechanisms of formation and their impact on the country's economy are studied, and in the case of the budget of Uzbekistan, the share of direct taxes over the еars is considered not only as a source of fiscal revenue, but also as a means of ensuring economic stability and social equality. Key words: state budget, budget revenues, direct taxes, indirect taxes, personal income tax, corporate profit tax, property tax, land tax, resource taxes, tax system, tax policy, tax burden, tax administration, tax incentives, tax rates, fiscal policy. Kirish: Soliq – bu davlat yoki mahalliy boshqaruv organlari tomonidan tashkilotlar va jismoniy shaxslardan yigʻib olinadigan majburiy toʻlov boʻlib, davlat byudjetining asosiy daromad manbai hisoblanadi. Soliqlar iqtisodiyotda moliyaviy munosabatlarning tarkibiy qismini tashkil etadi va sof daromadning bir qismini byudjetga jalb qilish shaklidir 1 . Maqsad: Davlat va mahalliy boshqaruv organlarining faoliyatini moliyaviy taʼminlash. Manba: Soliqlar davlat byudjeti daromadlarining asosiy manbai hisoblanadi. Vazifa: Iqtisodiy turkum sifatida u daromadlarning bir qismini byudjetga jalb qilishga xizmat qiladi va moliyaviy munosabatlarning ajralmas qismidir. Soliq, davlat yoki mahalliy boshqaruv faoliyatini taʼminlash uchun davlat organlari tomonidan tashkilot va jismoniy shaxslardan yigʻib olinadigan toʻlovga aytiladi. Davlat byudjeti daromadlar qismining asosiy manbai soliqlar hisoblanadi. Shuningdek, soliq iqtisodiy turkum sifatida, sof daromadning bir qismini budjetga jalb qilish shakli boʻlib, moliyaviy munosabatlarning tarkibiy qismini tashkil qiladi 2 . Asosiy qism: Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida soliqlar davlat tomonidan milliy daromadni qayta taqsimlash va uning asosiy funksiyalarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan davlat byudjeti daromadlarining asosiy manbayi bo‘lib xizmat qiladi. Shuningdek, soliqlar yordamida davlat umumiy farovonligini oshirish uchun aholining turli guruhlari o‘rtasida daromadlar tengsizligini bartaraf eta oladi. Bоzоr munоsаbаtlаrining rivоjlаnib bоrishi xususiy tаdbirkоrlik fаоliyаtining dаrоmаdini hisоbini yuritish masalalarini qiyinlаshtirаdi. Chunki xususiylаshtirilgаn bittа kоrxоnа о‘rnidа о‘nlаb kichik, xususiy vа jаmоа mulkigа аsоslаngаn kоrxоnаlаr pаydо bо‘lаdi. Mamlakatda mukаmmаl sоliq tizimi yаrаtilmаgаnligi sababli 1 https://uz.wikipedia.org/wiki/Soliq 2 http://em.tiiame.uz/storage/web/source/1/elektron%20kutubxona/Soliqlar%20va%20soliqqa%20tortish.pdf
533 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 dаrоmаdlаr summаsini аniqlаshdа jiddiy xаtоliklаr yuzaga kelishi mumkin. Mamlakatning iqtisodiy rivojlanishidagi soliq siyosatini baholash ancha murakkab masala hisoblanadi. Soliqlar iqtisodiy o‘sish va rivojlanish barqarorligi, iqtisodiyotdagi tarkibiy siljishlar, pirovardida, aholining hayot sifati va farovonligi darajasiga katta ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Soliq kodeksi 72 bob 483 moddadan iborat bo’lib, O‘zbekiston Respublikasida soliqlar va yig‘imlar tizimi 2-bob. Soliqlar va yig‘imlar 16-moddasida-Soliq deganda ushbu Kodeksda belgilangan, O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetiga yoki davlat maqsadli jamg‘armasiga (bundan buyon matnda budjet tizimi deb yuritiladi) to‘lanadigan majburiy beg‘araz to‘lov tushuniladi. Soliq kodeksining 17-moddasida O‘zbekiston respublikasida amal qiladigan soliq turlari keltirilgan bo‘lib ularga quydagilar kiradi: 1. qo‘shilgan qiymat solig‘i; 2. aksiz solig‘i; 3. foyda solig‘i; 4. jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i; 5. еr qa’ridan foydalanganlik uchun soliq; 6. suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq; 7. mol-mulk solig‘i; 8. еr solig‘i; 9. ijtimoiy soliq. 1-rasm. Soliqlarning turlari ko’rsatilgan 3 Soliqlarni obyekti va iqtisodiy mohiyati bo’yicha guruhlanadi. Soliqlarni guruhlash iqtisodiyotga ijobiy va salbiy ta’sirlarni o’rganishning ilmiy va amaliy uslubidir. Soliqlar soliqqa tortish ob‘ektiga karab to’rt guruhga bulinadi: ✓ aylanmadan olinadigan soliqlar; ✓ daromaddan olinadigan soliqlar; ✓ mol-mulk qiymatidan olinadigan soliqlar; 3 https://cyberleninka.ru/article/n/soliqlarning-turlari-va-funksiyalari/viewer
534 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 ✓ yer maydoniga qarab olinadigan soliqlar. Oborotdan olinadigan soliqlarga qo‘shilgan qiymat solig’i, aksiz solig’i, bojxona va еr osti boyliklari kiymatidan olinadigan soliqlar kiradi. Lekin oborot (aylanma) tushunchasi bizning qonunchiligimiz bo’yicha ilgaridek mahsulot realizatsiyasi oborotidan emas, balki maxsulotlarni yuklab yuborgan kiymat bilan ulchanadi Yalpi tushumdan olinadigan yagona soliq ham oborotdan olinadigan soliqlarga kiradi. Daromaddan olinadigan soliqlarga huquqiy shaxslarning daromadiga (foydasiga), jismoniy shaxslarning daromadiga solinadigan soliq, savdo tashkilotlarining yalpi daromadidan soliqlar i kiradi. Bu guruh soliqlarga ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’i ham kiradi 4 . Tarix: Bevosita soliqlarga oid jahon miqyosidagi inqirozlardan misol sifatida Buyuk Depressiya davrida (1929–1933-yillar) bevosita soliqlar inqirozidir. AQShda Buyuk Depressiya davrida daromad va foyda keskin kamaygani sababli bevosita soliqlardan tushumlar 60% gacha qisqargan. ✓ Ishlab chiqarish to‘xtagan, korxonalar zarar ko‘rgan, natijada foyda solig‘i tushumlari keskin kamaygan. ✓ Aholi daromadlari tushgani bois jismoniy shaxslar daromad solig‘i ham yig‘ilmagan. Shu sababli davlat byudjeti inqirozga uchrab, AQSh hukumati bilvosita soliqlarga (QQS, bojxona bojlari) va davlat qarzlariga tayanishga majbur bo‘lgan. Bu holat tarixda “bevosita soliqlar inqirozi” sifatida qayd etilgan — ya’ni daromadlar keskin kamayganda byudjet tizimi bevosita soliqlar asosida barqaror ishlay olmasligi aniqlangan. 1-jadval Davlat byudjeti daromadlari 2023-yil(mlrd so’mda) 5 Ko'rsatkichlar 2023 yil 1-chorak 6 oylik 9 oylik yillik I. Daromadlar 47 288,6 102 296,3 162 904,1 231 721,3 1. Bevosita soliqlar 16 699,9 33 582,2 51 541,7 73 103,6 1.1 Foyda solig'i 9 521,2 18 084,5 28 255,9 40 778,9 1.2 Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i 6 622,4 14 361,9 21 553,2 29 917,4 1.3 Aylanmadan olinadigan soliq 556,4 1 135,7 1 732,5 2 407,3 2-jadval Davlat byudjeti daromadlari 2024-yil(mlrd so’mda) 6 Ko'rsatkichlar 2024 yil 2024 yil 2024 yil 2024 yil 1chorak 1-yarim yillik 9 oylik yillik I. Daromadlar 52 620,6 120 989,7 274 423 1. Bevosita soliqlar 18 770,7 40 314,3 64 099 90 833 1.1 Foyda solig'i 10 431,5 22 031,0 36 578 52 620 1.2 Aylanmadan olinadigan soliq 594,3 1 350,4 2 106 2 829 1.3 Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i 7 744,9 16 932,8 25 414 35 384 4 https://cyberleninka.ru/article/n/soliqlarning-turlari-va-funksiyalari/viewer 5 https://www.imv.uz/static/davlat-budjeti-daromadlari-2023-2 6 https://www.imv.uz/static/davlat-budjeti-daromadlari-2024-2
535 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 2. Bilvosita soliqlar 18 193,0 40 004,0 62 324 88 341 2.1 Qo‘shilgan qiymat solig‘i 12 267,0 26 689,3 41 847 59 280 2.2 Aksiz solig'i 3 729,8 8 613,9 13 517 19 060 2.3 Bojxona boji 2 196,2 4 700,7 6 960 10 001 3. Resurs to‘lovlari va mulk solig‘i 8 317,3 17 155,7 26 478 36 363 3.1 Mol-mulk solig‘i 1 718,0 3 524,9 5 153 6 805 3.2 Yer solig'i 1 853,4 4 022,1 6 016 8 216 3.3 Yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq 4 506,4 9 183,0 14 687 20 170 3.4 Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq 239,5 425,7 623 1 173 4 Boshqa daromadlar 7 339,6 23 515,8 40 745 58 886 O‘zbekiston Respublikasi soliq tizimida quyidagi bevosita soliqlar amalda qo‘llaniladi: Foyda solig‘i — yuridik shaxslarning (korxona va tashkilotlarning) sof foydasidan olinadi. U davlat byudjetining muhim manbai bo‘lib, iqtisodiy faollik va ishlab chiqarish samaradorligini bevosita aks ettiradi. ✓ 2024-yil yakuniga ko‘ra foyda solig‘idan byudjetga 52 620 mlrd so‘m tushum tushgan. ✓ Bu ko‘rsatkich korxonalar foydasining o‘sishi, ishlab chiqarish hajmi kengaygani va iqtisodiy faollikning ortganini bildiradi. Jismoniy shaxslar daromad solig‘i (JShDS) — aholining mehnat faoliyatidan, xizmatlar ko‘rsatishdan yoki boshqa manbalardan olingan daromadlaridan undiriladi. ✓ 2024-yilda bu soliqdan 35 384 mlrd so‘m tushum qayd etilgan. ✓ Ushbu ko‘rsatkich aholi bandligi darajasi va ish haqlarining o‘sishi bilan bevosita bog‘liqdir. ✓ Aylanmadan olinadigan soliq – kichik biznes subyektlarining yalpi aylanmasidan olinadigan soliq turi bo‘lib, 2024-yilda 2 829 mlrd so‘m tushum bilan davlat byudjetining muhim qismi sifatida qayd etilgan. Ushbu soliq tadbirkorlik subyektlariga еngillik yaratish maqsadida foyda solig‘i o‘rniga joriy qilingan bo‘lib, soliqqa tortish mexanizmini soddalashtiradi. Xulosa va takliflar: O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan moliyaviy-iqtisodiy islohotlar sharoitida bevosita soliqlar davlat byudjeti daromadlarining strategik manbai sifatida muhim ahamiyat kasb etadi. Bevosita soliqlar — bu xo‘jalik yurituvchi subyektlar va jismoniy shaxslarning real iqtisodiy faoliyati, ularning foyda va daromad hajmlariga bevosita bog‘liq bo‘lgan tushumlar tizimidir. Ularning barqarorligi mamlakat iqtisodiyotining real sektorida yuz berayotgan o‘zgarishlarni aniq aks ettiradi. 2024-yil ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston davlat byudjeti daromadlarining umumiy hajmi 274,4 trln so‘mni tashkil etib, shundan 90,8 trln so‘mi bevosita soliqlarga to‘g‘ri kelgan. Bu esa bevosita soliqlarning byudjet daromadlaridagi ulushi qariyb 33,1 foizni tashkil etishini ko‘rsatadi. Ushbu ulush, o‘z navbatida, milliy iqtisodiyotning barqaror ishlashini, ishlab chiqarish jarayonlarining tiklanishini hamda ish bilan bandlik darajasining oshganini ifodalaydi. Bevosita soliqlarning asosiy qismini foyda solig‘i va jismoniy shaxslar daromad solig‘i tashkil etib, ular iqtisodiyotdagi ishlab chiqarish samaradorligi va aholi daromadlari bilan uzviy bog‘liqdir. Foyda solig‘idan tushumlar 52,6 trln so‘m, jismoniy shaxslar daromad solig‘idan esa 35,3 trln so‘mni tashkil etgan. Bu raqamlar iqtisodiy faollikning oshayotganini va soliq bazasining kengayganini anglatadi. Shu bilan birga, bevosita soliqlar tizimi barqaror bo‘lsa-da, u jahon moliyaviy inqirozlari davrida bevosita ta’sirga uchraydi. 2008-yilgi global inqiroz va 2020-yilgi pandemiya davrida bu soliq turidan tushumlar sezilarli kamaygan. Chunki inqiroz paytida korxonalar foydasi pasayadi, aholi daromadlari qisqaradi, natijada daromad solig‘i va foyda solig‘i tushumlari qisqaradi. Bevosita soliqlar davlat moliyaviy mustaqilligi va iqtisodiy xavfsizligining asosiy omili bo‘lib qolmoqda. Ularning to‘g‘ri boshqarilishi davlat byudjeti barqarorligini ta’minlash, investitsion muhitni yaxshilash va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish sur’atlarini oshirishga xizmat qiladi. Takliflar:
536 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 ✓ Bevosita soliqlar stavkalarini iqtisodiy sharoitga mos optimallashtirish. Jahon amaliyotida (masalan, Germaniya, Janubiy Koreya, Kanada tajribasida) soliq yukining iqtisodiy siklga mos ravishda moslashuvchan belgilanishi byudjet barqarorligini ta’minlaydi. Shu sababli O‘zbekistonda ham foyda solig‘i va daromad solig‘i stavkalarini iqtisodiy faollikka mutanosib tarzda qayta ko‘rib chiqish lozim. ✓ Soliq ma’murchiligini raqamlashtirish va shaffoflikni oshirish. “Raqamli soliq tizimi”ni to‘liq joriy etish orqali yashirin iqtisodiyot hajmini kamaytirish, soliqqa tortish bazasini kengaytirish va byudjetga tushumlarning barqarorligini oshirish mumkin. Tadbirkorlik subyektlarini rag‘batlantiruvchi soliq siyosatini kuchaytirish. Innovatsion va eksportga yo‘naltirilgan korxonalar uchun foyda solig‘idan vaqtinchalik chegirmalar joriy etish ishlab chiqarishning o‘sishiga, bevosita soliq tushumlarining ko‘payishiga olib keladi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi. – yangi tahriri. 2. A. V. Vahobov, A. S. Jo‘rayev soliqlar va soliqqa tortish darslik 2019 3. A.Raxmonov. Soliqlarning turlari va funksiyalari maqola 2022 y 4. Fuqarolar uchun byudjet ijrosi 2022 yil Toshkent 9-57 betlar 5. Fuqarolar uchun byudjet ijrosi 2023 yil Toshkent 8-16 betlar 6. Fuqarolar uchun byudjet ijrosi 2024 yil Toshkent 8-15 betlar.