RAQAMLI MOLIYANING O'ZBEKISTON IQTISODIYOTIDAGI AHAMIYATI
Full text
537 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 RAQAMLI MOLIYANING O’ZBEKISTON IQTISODIYOTIDAGI AHAMIYATI Saidov Jasurbek Latipbayevich Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Moliya va moliyaviy texnologiyalar kafedrasi katta o‘qituvchisi Ulashov Diyor Javodovich Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Moliya va moliyaviy texnologiyalar” fakulteti talabasi [email protected] tel: (93) 359-77-76 https://doi.org/10.5281/zenodo.17531364 Annotatsiya: Ushbu maqolada raqamli texnologiyalar va an’anaviy moliyaning uyg‘unlashuvi natijasida shakllanayotgan innovatsiyalarning mahalliy iqtisodiyot tarmoqlaridagi hamda global iqtisodiy tizimdagi o‘rni va istiqbollari tahlil qilinadi. Iqtisodiyotning shaffofligini ta’minlash, moliyaviy operatsiyalarni avtomatlashtirish, iste’molchilarga arzon va qulay moliyaviy xizmatlar ko‘rsatish maqsadida raqamli texnologiyalarni amaliyotga keng miqyosda joriy etish masalalari yoritilgan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida yangi startaplarni qo‘llab-quvvatlash hamda innovatsion g‘oyalarni ilgari surishda raqamli moliyaning ahamiyati ochib berilgan. Kalit so’zlar: raqamli moliya, fintech, innovatsiya, iqtisodiy o‘sish, moliyaviy inklyuziya. ЗНАЧЕНИЕ ЦИФРОВЫХ ФИНАНСОВ В ЭКОНОМИКЕ УЗБЕКИСТАНА Аннотация. В данной статье анализируются роль и перспективы инноваций, возникающих в результате сочетания цифровых технологий и традиционных финансов в локальных секторах экономики и в мировой экономической системе. Обсуждаются вопросы масштабного внедрения цифровых технологий в практику в целях обеспечения прозрачности экономики, автоматизации финансовых транзакций и предоставления потребителям доступных и удобных финансовых услуг. Также раскрывается значение цифровых финансов в поддержке новых стартапов и продвижении инновационных идей в Республике Узбекистан. Ключевые слова: цифровые финансы, финтех, инновации, экономический рост, финансовая доступность. THE IMPORTANCE OF DIGITAL FINANCE IN THE ECONOMY OF UZBEKISTAN Annotation. This article analyzes the role and prospects of innovations emerging as a result of the combination of digital technologies and traditional finance in local economic sectors and in the global economic system. The issues of large-scale implementation of digital technologies in practice in order to ensure transparency of the economy, automate financial transactions, and provide consumers with affordable and convenient financial services are discussed. The importance of digital finance in supporting new startups and promoting innovative ideas in the Republic of Uzbekistan is also revealed. Keywords: digital finance, fintech, innovation, economic growth, financial inclusion. KIRISH Mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish, barcha soha va tarmoqlarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish bugungi kunda ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida belgilangan. Bu jarayon O‘zbekistonni zamonaviy raqamli iqtisodiyot tizimiga bosqichma-bosqich o‘tishiga zamin yaratmoqda. Ushbu masalalar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktabrdagi “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–6079-sonli farmoni imzolandi 1 . Mazkur strategiyada iqtisodiyot, davlat boshqaruvi, ta’lim, sog‘liqni saqlash va qishloq xo‘jaligi kabi sohalarni raqamlashtirish, ularning samaradorligini oshirish hamda axborot xavfsizligini mustahkamlash maqsad qilingan. 1 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktabrdagi PF–6079-sonli farmoni.
538 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 Ayni paytda respublikamizda elektron hukumat tizimini takomillashtirish, IT-parklar tashkil etish, dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash, hamda sohaga ixtisoslashgan kadrlarni tayyorlash bo‘yicha 200 dan ortiq ustuvor loyihalar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, “Raqamli Toshkent” dasturi orqali jamoat transporti, kommunal xizmatlar va infratuzilmani boshqarish tizimlari raqamlashtirilmoqda. 2025-yil 25-sentyabr kuni Toshkent shahrida Yevropa Ittifoqi, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturi (BMTTD), O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda Raqamli texnologiyalar vazirligi hamkorligida “O‘zbekistonda ma’lumotlarni boshqarishni baholash va jadallashtirish” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi 2 . Tadbirda raqamli boshqaruv, ochiqlik va davlat xizmatlarini soddalashtirish masalalari muhokama qilindi. Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi Toyvo Klaar o‘z nutqida quyidagilarni ta’kidladi: “Samarali va shaffof ma’lumotlar boshqaruvi O‘zbekistonda ham, Yevropa Ittifoqida ham har bir kishi uchun dolzarb masaladir. Shu bois Yevropa Ittifoqi raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirish va O‘zbekistonda davlat xizmatlarining qulay, samarali va ochiq bo‘lishini ta’minlashga qaratilgan loyihani moliyalashtirmoqda.” Shuningdek, BMTTDning O‘zbekistondagi doimiy vakili o‘rinbosari Anas Fayyad Qarman raqamli transformatsiyada ma’lumotlarni boshqarishning ahamiyatiga to‘xtalib, bu jarayon “insonlarning raqamli imkoniyatlardan to‘liq foydalanishiga xizmat qiladi” deya ta’kidladi 3 . Raqamli moliya O‘zbekistonda iqtisodiyotning yangi yo‘nalishiga aylanmoqda. Elektron to‘lov tizimlari, mobil banking, onlayn kreditlash va raqamli startaplar nafaqat qulaylik yaratmoqda, balki iqtisodiy muomalalarni tezlashtirmoqda. Shu bois, raqamli moliyani rivojlantirish O‘zbekiston iqtisodiy siyosatining muhim tarkibiy qismiga aylangan. Mavzuga oid adabiyotlar sharhi Raqamli moliya va raqamli iqtisodiyot masalalari bugungi kunda dunyo miqyosida eng dolzarb mavzulardan biridir. Ko‘plab xorijiy olimlar va iqtisodiy tashkilotlar bu sohani turli jihatdan tadqiq etishgan. Masalan, kanadalik iqtisodchi Don Tapscott o‘zining “Blockchain Revolution” asarida raqamli texnologiyalar moliya tizimini yanada ishonchli, tezkor va ochiq tizimga aylantirayotganini ta’kidlaydi 4 . Unga ko‘ra, blokcheyn texnologiyasi moliyaviy muomalalarda vositachilar sonini kamaytirib, tranzaksiyalarni tezlashtiradi. Shuningdek, Klaus Shvab ham raqamli iqtisodiyotning ahamiyatini alohida qayd etgan. Shvab “To‘rtinchi sanoat inqilobi” asarida raqamli texnologiyalarni iqtisodiy o‘sishning asosiy omili sifatida ko‘rsatadi 5 . Unga ko‘ra, raqamli moliya – bu shunchaki texnologiya emas, balki iqtisodiyotda yangi munosabatlarni shakllantiruvchi kuchdir. Yana bir amerikalik iqtisodchi Jozef Stiglitz raqamli moliyaning ijtimoiy ahamiyatiga urg‘u beradi. U raqamli to‘lov tizimlari orqali moliyaviy xizmatlar hamma uchun ochiq bo‘lishi, shu orqali aholining turli qatlamlari ham iqtisodiy faoliyatga jalb etilishi mumkinligini ta’kidlaydi 6 . O‘zbekistonlik olimlardan Sh. G‘ulomov, X. Vohidov, D. Sattorov va Sh. Xo‘jayevlarning tadqiqotlarida ham raqamli moliya masalalariga alohida e’tibor berilgan. Jumladan, Sh. G‘ulomov o‘z ishlarida raqamli to‘lov tizimlarining mamlakatda bank xizmatlari qamrovini kengaytirishdagi o‘rni haqida yozadi 7 . X. Vohidov esa raqamli iqtisodiyotga o‘tish jarayonida kadrlar salohiyatining muhimligini ta’kidlaydi. Raqamli iqtisodiyot masalalarini xalqaro tashkilotlar misolida ko’radigan bo’lsak, Jahon banki va Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) hisobotlarida raqamli moliyaning iqtisodiy o‘sishga ijobiy ta’siri qayd etilgan. Masalan, XVJ 2023-yilgi hisobotida raqamli to‘lovlarning rivojlanishi kichik biznes subyektlarining faoliyatini yengillashtirgani, soliq tushumlarini oshirganini qayd etgan. 2 “O‘zbekistonda ma’lumotlarni boshqarishni baholash va jadallashtirish” seminar materiallari, Toshkent, 2025-yil 25sentyabr. 3 BMT Taraqqiyot dasturi (UNDP) O‘zbekiston vakolatxonasi matbuot xabari, 2025-yil sentyabr. 4 Tapscott, D. Blockchain Revolution. New York: Penguin, 2018. 5 Schwab, K. The Fourth Industrial Revolution. Geneva: World Economic Forum, 2016. 6 Stiglitz, J. Globalization and Its Discontents. New York, 2017. 7 G'ulomov Sh. Raqamli iqtisodiyot: nazariya va amaliyot masalalari. Toshkent, 2022.
539 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 Adabiyotlarni tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, raqamli moliya nafaqat texnologik yangilik, balki iqtisodiy tizimni modernizatsiya qilishda muhim vositadir. U iqtisodiy faoliyatning tezligini oshiradi, xarajatlarni kamaytiradi, hamda aholining moliyaviy savodxonligini oshirishga xizmat qiladi. Shu bois bu mavzuni O‘zbekiston misolida tahlil qilish bugungi kunda dolzarb ilmiy ahamiyatga ega. Tahlil va natijalar muhokamasi Raqamli moliya — bu moliyaviy xizmatlarni raqamli texnologiyalar yordamida taqdim etish va boshqarish tizimidir. Uning tarkibiga mobil banking, onlayn to‘lovlar, elektron hamyonlar, blokcheyn, kriptovalyuta va raqamli bank mahsulotlari kiradi. Raqamli moliya an’anaviy moliyadan farqli ravishda vositachilar sonini kamaytiradi va moliyaviy operatsiyalarni tezlashtiradi. Raqamli moliyaning asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat: o moliyaviy operatsiyalarda tezkorlik va qulaylikni ta’minlash; o raqamli ma’lumotlarning xavfsizligi va maxfiyligini saqlash; o iqtisodiy faoliyatning shaffofligini oshirish; o tranzaksiya xarajatlarini kamaytirish; o moliyaviy inklyuziyani kuchaytirish, ya’ni xizmatlarni aholining barcha qatlamlariga yetkazish. 1-rasm. Raqamli moliyaning asosiy tamoyillari Aynan shu jihatlar raqamli moliyani zamonaviy iqtisodiyotning ajralmas qismiga aylantirmoqda. 1. Raqamli moliyaning O‘zbekistondagi amaliy holati va tahlili. O‘zbekistonda raqamli moliyani rivojlantirish 2017-yildan boshlab jadallashdi. Aynan shu yilda Prezident Sh. M. Mirziyoyev tomonidan “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi ishlab chiqila boshlandi, 2020yilda esa u rasmiy ravishda tasdiqlandi 8 . Strategiyada raqamli iqtisodiyotning barcha tarmoqlarda joriy etilishi, jumladan moliya sohasini to‘liq raqamlashtirish belgilangan. Bu jarayon nafaqat bank sektorini modernizatsiya qilmoqda, balki aholi va tadbirkorlik subyektlari uchun yangi imkoniyatlarni ham yaratmoqda. Raqamli to‘lov tizimlari, mobil ilovalar, elektron hamyonlar va onlayn bank xizmatlari iqtisodiyotning raqamli transformatsiyasida muhim o‘rin egallamoqda. 8 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–6079-sonli farmoni, 2020-yil 5-oktabr.
540 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 Markaziy bank va Raqamli texnologiyalar vazirligi hamkorligida “raqamli so‘m” loyihasi ustida ish olib borilmoqda 9 . Bu loyiha milliy valyutaning raqamli shaklini joriy qilishni nazarda tutadi, u kelajakda ichki to‘lov tizimini soddalashtiradi va naqd pul aylanmasini kamaytiradi. Shu bilan birga, mamlakatda startap ekotizimi ham shakllanmoqda. IT-parklar, xususan, “Yashnobod” va “InnoTexnoPark” innovatsion markazlarida moliyaviy texnologiyalar (fintech) yo‘nalishida 200 dan ortiq startap loyihalar faoliyat yuritmoqda. Ular orasida onlayn sug‘urta, investitsion platformalar va kredit reyting tizimlari bor. O‘zbekiston Respublikasining “Elektron tijorat to‘g‘risida”gi Qonuni (yangi tahriri 2022-yilda qabul qilingan) raqamli moliyaviy faoliyatning huquqiy asoslarini yanada mustahkamladi. Natijada, onlayn to‘lovlar va internet orqali shartnoma tuzish amaliyoti kengaydi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yil yakuniga kelib mamlakatda elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshirilgan operatsiyalar hajmi 1,3 kvadrillion so‘mni tashkil etdi 10 . Bu 2020-yilga nisbatan 3,5 barobar ko‘pdir. Elektron to‘lovlar ulushi esa umumiy to‘lov aylanmasining qariyb 78 foizini tashkil qilmoqda. Ushbu natijalar aholining raqamli xizmatlardan foydalanish madaniyati ortayotganini ko‘rsatadi. Bank sektorida esa “Click”, “Payme”, “Apelsin”, “Zoomrad”, “Alif Mobi” kabi tizimlar faoliyat ko‘rsatmoqda. Ushbu tizimlar orqali foydalanuvchilar to‘lovlar, o‘tkazmalar, kommunal xizmatlar va davlat yig‘imlarini bir necha soniya ichida amalga oshirish imkoniga ega. Shuningdek, Humo va Uzcard milliy to‘lov tizimlari integratsiyasi to‘liq yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bu to‘lov infratuzilmasining yagona ekotizimini yaratdi. Davlat sektori tomonidan ham bir qator yirik loyihalar amalga oshirilmoqda. Jumladan, “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida elektron hukumat tizimi kengaytirilmoqda, davlat xizmatlari uchun yagona to‘lov portali joriy etilgan. 2023-yilda “E-Najot”, “E-Mehnat”, “Yagona interaktiv xizmatlar portali” kabi platformalar raqamli to‘lov tizimlariga ulandi. IT Park Uzbekistan ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilda raqamli moliya yo‘nalishida faoliyat yurituvchi startap loyihalar soni 220 dan oshgan, ularning yillik o‘sish sur’ati esa 35 foizni tashkil etgan 11 . Startaplar asosan fintech xizmatlari, mikromoliyalashtirish, elektron to‘lov tizimlari va onlayn kreditlash yo‘nalishlarida faoliyat yuritmoqda. Bundan tashqari, xalqaro hamkorlik ham kengaymoqda. O‘zbekiston 2023-yilda Xalqaro to‘lov tizimlari assotsiatsiyasi (IPA) va VISA Global Forum a’zoligiga qabul qilindi. Bu esa mamlakatda to‘lov tizimlarini xalqaro standartlarga moslashtirishga xizmat qilmoqda 12 . Quyidagi grafikda mamlakatda raqamli texnologiyalarning iqtisodiyotdagi ulushi yildan-yilga qanday o‘sib borayotgani tasvirlangan: 9 O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki hisobotlari, 2024-yil. 10 O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, “To‘lov tizimlari ko‘rsatkichlari”, 2025-yil fevral. 11 IT Park Uzbekistan yillik hisobot, 2024-yil. 12 VISA Global Forum ma’lumotlari, 2023-yil dekabr.
541 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 2-rasm. O‘zbekistonda raqamli texnologiyalar ulushi (2019–2024-yillar) 2020–2024-yillar oralig‘ida iqtisodiyotda raqamli texnologiyalar ulushi 50 foizdan 78 foizgacha oshgani kuzatilmoqda. Bu o‘sish, bir tomondan, elektron hukumat, elektron tijorat va mobil bank tizimlarining kengaygani bilan bog‘liq bo‘lsa, ikkinchi tomondan, aholining raqamli infratuzilma va internet xizmatlaridan faol foydalanishi bilan izohlanadi. Shuningdek, BMT Taraqqiyot Dasturi (UNDP) va Yevropa Ittifoqining “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasidagi loyihalar moliyaviy inklyuziyani kuchaytirishda muhim o‘rin tutmoqda 13 . Ushbu hamkorlik natijasida aholining kam ta’minlangan qatlami, ayniqsa, ayollar va yoshlar uchun onlayn moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari kengaymoqda. Garchi shunday bo’lsa ham, tizimni yanada takomillashtirish uchun ma’lumotlar xavfsizligi, integratsiya standartlari va raqamli savodxonlikni oshirish masalalari dolzarb bo‘lib qolmoqda. Raqamli moliya O‘zbekiston iqtisodiyotida bir necha muhim yo‘nalishlarda ijobiy natijalar bermoqda: I. Moliyaviy xizmatlar qamrovining kengayishi. Aholining qishloq joylarda ham elektron to‘lov tizimlariga ulanishi ularning iqtisodiy faoliyatini oshirdi. Mobil banking xizmatlari orqali aholining katta qismi bank tizimiga qo‘shildi. II.Soliq tushumlarining oshishi. Raqamli to‘lovlar iqtisodiy faoliyatni rasmiylashtiradi, natijada yashirin aylanma kamayadi. Davlat soliq qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilda elektron to‘lovlar hajmi 2,3 baravarga oshgan va bu soliq tushumlariga bevosita ta’sir qilgan 14 . III.Ishlab chiqarish samaradorligining ortishi. Raqamli moliya korxonalarga tezkor hisob-kitob qilish, xarajatlarni tahlil etish va risklarni kamaytirish imkonini beradi. Bu esa iqtisodiyotning umumiy barqarorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. IV.Innovatsion ekotizimning rivojlanishi. Fintech startaplar yangi ish o‘rinlari yaratmoqda, shu bilan birga yoshlar orasida texnologiyaga qiziqishni oshirmoqda. Biroq, bu jarayon bilan birga muammolar ham mavjud. Jumladan, kiberxavfsizlik, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish va xalqaro standartlarga mos qonunchilikni yaratish kabi masalalar dolzarb bo‘lib qolmoqda. 2.Raqamli moliyaning muammolari va istiqbollari O‘zbekiston iqtisodiyotida raqamli moliya tizimini rivojlantirish jarayonida bir qator muammolar mavjud. Bu muammolarni tizimli hal etish orqali mamlakat moliyaviy tizimi yanada raqobatbardosh va shaffof bo‘lishi mumkin. 13 UNDP Uzbekistan. ”Digital Uzbekistan – 2030” Project Report, 2024. 14 Davlat soliq qo‘mitasi ma’lumotlari, 2024-yil hisobot.
542 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 1.Asosiy muammolar Birinchidan, axborot xavfsizligi va kiberxavflar masalasi dolzarb bo‘lib qolmoqda. So‘nggi yillarda onlayn to‘lovlar hajmining ortishi bilan turli xakerlik hujumlari va firibgarlik holatlari ko‘paymoqda. Bu esa raqamli moliyaviy tizimlarga nisbatan ishonchni pasaytirishi mumkin. Shuning uchun banklar va to‘lov tizimlari o‘z axborot himoyasini mustahkamlash uchun kriptografik algoritmlar, ko‘p bosqichli autentifikatsiya va xavfsiz tarmoq texnologiyalaridan foydalanmoqda 15 . Ikkinchidan, raqamli infratuzilmaning hududlar bo‘yicha nomutanosibligi ham muammolardan biridir. Aholining bir qismi, ayniqsa chekka qishloq joylarda, hali ham internetga to‘liq ulana olmayapti. Bu esa raqamli xizmatlardan foydalanish imkoniyatini cheklab qo‘yadi. Uchinchidan, aholining raqamli savodxonligi yetarli darajada emas. Ko‘plab foydalanuvchilar onlayn to‘lovlar, mobil bank ilovalari yoki elektron tijorat platformalaridan foydalanishda qiynaladi. Shu sababli davlat tomonidan raqamli ta’lim va moliyaviy savodxonlikni oshirish dasturlari yo‘lga qo‘yilishi zarur 16 . To‘rtinchidan, me’yoriy-huquqiy baza yetarlicha takomillashmagan. Raqamli aktivlar, kriptovalyutalar, blokcheyn asosidagi moliyaviy xizmatlar uchun qonuniy mexanizmlar hali to‘liq ishlab chiqilmagan. Bu esa innovatsion loyihalar uchun huquqiy noaniqlik tug‘diradi 17 . 2. Raqamli moliyaning istiqbollari a) Blokcheyn texnologiyalarini joriy etish. Markaziy bank tomonidan “raqamli so‘m” loyihasini rivojlantirish natijasida ichki to‘lov tizimlarida tranzaksiya tezligi oshib, hujjatlashtirish jarayoni soddalashadi. Blokcheyn texnologiyasi korrupsiyaviy holatlarni kamaytiradi va moliyaviy oqimlarning shaffofligini ta’minlaydi 18 . b) Sun’iy intellekt (AI) asosida moliyaviy tahlil tizimlarini yaratish. Banklar va sug‘urta kompaniyalari sun’iy intellekt asosidagi dasturlar yordamida mijozlarning to‘lov qobiliyatini tahlil qilishi, kredit risklarini aniq baholashi va firibgarlik holatlarini oldindan aniqlashi mumkin. c) Fintech startaplarini qo‘llab-quvvatlash. Raqamli texnologiyalar asosidagi yangi kompaniyalar iqtisodiyotga yangi ish o‘rinlari, innovatsion mahsulotlar va xalqaro investitsiyalarni olib kiradi. Bu borada IT-Park va “Startup Initiatives” dasturlari muhim o‘rin tutmoqda 19 . d) Xalqaro integratsiya. O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqi va BMT bilan hamkorlikdagi raqamli dasturlari mamlakatning global moliyaviy tizimga integratsiyalashuvini tezlashtirmoqda. Bu esa xalqaro to‘lov tizimlarining mamlakat ichida ishlashiga imkon beradi. e) Raqamli moliyaviy xizmatlarning ijtimoiy foydasi. Raqamli to‘lovlar tizimi nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy jihatdan ham muhimdir. U aholining moliyaviy xizmatlarga teng kirish imkoniyatini ta’minlaydi va kambag‘allikka qarshi kurashda samarali vosita sifatida xizmat qiladi. Xulosa Raqamli moliya — bu nafaqat zamonaviy to‘lov tizimlarining asosiy ko‘rinishi, balki mamlakat iqtisodiy barqarorligini mustahkamlovchi muhim omildir. O‘zbekiston so‘nggi yillarda bu yo‘nalishda sezilarli yutuqlarga erishdi. Raqamli texnologiyalar yordamida iqtisodiyotning ochiqligi oshib, davlat xizmatlari, tijorat banklari va aholi o‘rtasidagi moliyaviy operatsiyalar tez, qulay va xavfsiz shaklga keldi. Raqamli to‘lov tizimlarining kengayishi natijasida naqd pul aylanmasi kamaydi, bu esa “soya iqtisodiyoti”ni qisqartirishga yordam berdi. Shu bilan birga, raqamli moliya aholining barcha qatlamlari uchun moliyaviy xizmatlardan teng foydalanish imkoniyatini yaratmoqda. 15 O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki. “Kiberxavfsizlik strategiyasi 2023-2026”, Toshkent, 2023. 16 Raqamli texnologiyalar vazirligi. “Raqamli savodxonlikni oshirish dasturi”, 2024. 17 O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi. “Raqamli aktivlar to’g’risidagi qonun loyihasi”, 2024. 18 Markaziy bank matbuot xizmati. “Raqamli so’m va blokcheyn tizimi imkoniyatlari”, 2024. 19 IT Park Uzbekistan. “Fintech startaplarini qo’llab-quvvatlash dasturi”, 2024.
543 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 Biroq, hali hal etilishi lozim bo‘lgan muammolar ham mavjud: infratuzilmaning hududiy nomutanosibligi, kiberxavflar, raqamli savodxonlikning pastligi va huquqiy mexanizmlarning to‘liq shakllanmagani shular jumlasidandir. Shu bois, kelgusida davlat tomonidan raqamli moliyani rivojlantirish bo‘yicha aniq siyosat yuritish, xalqaro tajribalarni o‘rganish va mahalliy startaplarni qo‘llab-quvvatlash zarur. Umuman olganda, raqamli moliyaning to‘liq joriy etilishi O‘zbekistonning global iqtisodiy tizimga integratsiyasini tezlashtiradi, investitsiya muhitini yaxshilaydi hamda iqtisodiy o‘sishning barqarorligini ta’minlaydi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktyabrdagi PF–6079-sonli Farmoni — “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi to‘g‘risida. 2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki. “Raqamli moliyaviy xizmatlarni rivojlantirish konsepsiyasi (2021–2024)”, Toshkent, 2021. 3. O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi. Yillik hisobot – 2024. 4. UNDP Uzbekistan. “Digital Uzbekistan – 2030” Project Report, 2024. 5. Anorbank rasmiy sayti: https://anorbank.uz 6. IT Park Uzbekistan. “Fintech startaplarini qo‘llab-quvvatlash dasturi”, 2024. 7. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi. “Raqamli aktivlar to‘g‘risidagi qonun loyihasi”, 2024. 8. Schumpeter, J. (1934). The Theory of Economic Development. Harvard University Press. 9. King, M. (2020). Digital Banking and Financial Stability. Cambridge University Press. 10. Islomov A., Tursunov N. O‘zbekistonda raqamli to‘lov tizimlarini joriy etish masalalari. Toshkent moliya instituti, 2023.