Full text
ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR JURNALI http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 11–to’plam 2025 y. 116 DAVOLOVCHI JISMONIY TARBIYANING ORGANIZMGA TA’SIRI Nazira No’monova Ahmadjonovna Buvayda Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat Salomatligi texnikumi Akusher-ginekologiya fani o‘qituvchisi АNNОTАTSIYА Davolovchi jismoniy tarbiya ― bu inson organizmiga, turli tizim va a’zolar faoliyatiga jismoniy mashqlar va harakatlar yordamida ta’sir etuvchi dastur. Bu kompleks individual ravishda har bir bemorga alohida e’tibor berib, tashxisiga, xastalik darajasiga, a’zo va tizimlarning faoliyati qanchalik buzilishiga, bemor yoshiga bog‘liq holda buyuriladi. Jismoniy mashqlar ta’sirida bemor organizmining hayotiy funksiyalari faollashadi va bosh miya yarim sharlari po‘stlog‘ida qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlari yaxshilanadi. Bu esa barcha a’zolar tizimlari o‘rtasida, normal munosabatlar o‘rnatiladi. Davolovchi jismoniy tarbiya odatda, bemorga kompleks davolashda boshqa qator usullar bilan birga qo‘llaniladi. (Masalan, fizioterapevtik muolaja). Davolash jarayonida organizmning turli funksiyalari koordinatsiyasi tiklanadi (ayniqsa, asab tizimi kasalliklarida). Yotib qolgan bemorlarni davolashda tananing patologik jarayondan xoli qismlarini mashq qildirish zarur. Ortapedik kasalliklar – sinishchiqishlarda esa, aksincha, faoliyati buzilgan, holati qisman chegaralanib, qolgan qismlarni asta-sekinlik bilan ishlatib mashqlar bajariladi. Bu o‘z navbatida a’zodagi qon aylanishining funksional faoliyatini tiklaydi. Nafas a’zolari kasalliklarida ham nafas tizimi silliq muskullari uchun foydali bo‘lgan mashqlar bajarilganda, silliq muskullar chiniqadi va mustahkamlanadiO‘pka ekskursiyasi takomillashib (to‘liq ravishda bajarilib) spazm va yallig‘lanishlarga qarshi kurashadi, nafas olish a’zolarida qon aylanishi yaxshilanadi va gaz almashinuviga ijobiy ta’sir etadi, bu esa butun organizmning kislorod bilan ta’minlanishini kuchaytiradi va yaxshilaydi. Jismoniy mashqlar
ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR JURNALI http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 11–to’plam 2025 y. 117 me’da-ichak apparati faoliyatini yaxshilaydi, peristaltika (harakatlanishi)ni kuchaytiradi. Sekretor (ferment ishlab chiqarish) funksiyalarini kuchaytiradi, qorin pressi mushaklarini kuchaytiradi. Umumiy mashqlar organizmda qon aylanishini, energiya sarflanishi va moddalar almashinuvini kuchaytiradi, teri osti yog‘lari va qand moddasining yonishi kuchayadi. Kalit so‘zlar: DJT, gimnastika, terrenkur, ortapedik kasalliklar, sekretor, o’pka ekskursiyasi. Davolovchi jismoniy tarbiyasining asosiy turlari: – Gigiyenik gimnastika – bemor organizmini umumjihat mustahkamlash maqsadida, yuradigan yoki yotadigan bemorlarga buyuriladi (6–8 ta mashq, 12–15 daqiqa mobaynida )va bajariladi. – Davolovchi gimnastika. Bemor bilan individual ravishda (ayniqsa, yotib qolgan bemorlarda yoki yuradigan bemorga). 10–15 daqiqagacha davom etishi mumkin. Bu mashqlar kasallik tipiga qarab o‘zgartiriladi va hamshira nazorati ostida bajariladi. – O‘yinlar. Bu uslub sanitariya va bolalar muassasalarida keng qo‘llaniladi. Ular voleybol, basketbol, stol tennisi va boshqa o‘yinlar (suv ichida ham) bo‘lishi mumkin. – Jismoniya tarbiyaning ommaviy shakllari bo‘yicha dozalangan (taqsimlangan) yurish, sayr qilish, sayohat, yaqin turizm, chang‘ida yurish, qayiqda suzish va h.k. Qo‘llanilayotgan barcha jismoniy tarbiya mashq yoki turlari kirish qismi, asosiy qism va yakunlovchi qismdan iborat bo‘lishi kerak. – Kirish qismi. Asosiy mashqlarda bemorni tayyorlovchi oddiy bo‘g‘im va mushaklar qon aylanishini yaxshilovchi yurak-qon tomir tizimini asta-sekinlik bilan zo‘riqtirmaydigan mashqlar. – Asosiy qism. Umumiy jihat va asosiy (kasallik turi va maqsadga muvofiq holda) dozalangan maxsus yo‘naltirilgan yoki umumiy mashqlar bo‘lishi kerak. – Yakuniy qism – og‘irligini kamaytiruvchi, tinchlantiruvchi nafas olish, nafas urishini me’yorlashtiruvchi chuqur nafas olish mashqlari bilan birga bajariladigan
ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR JURNALI http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 11–to’plam 2025 y. 118 mashqlar bo‘lishi kerak. Davolash jismoniy tarbiyaning nechog‘li ta’sir ko‘rsatayotganini inson organizmi a’zolari faoliyati o‘zgartirishi analiz (tahlil) qilishi uchun barcha mashg‘ulotlardan oldin va so‘ng, kunda bir marta, quyidagi ko‘rsatkichlar qayd etilib borilishi kerak: – Qon bosimi. – Puls ( yurak urishining tezligi). – Nafas olishi ( 1 daqiqada). – Tana vazni. – O‘pka ko‘rsatkichlari (o‘pka kasalliklarida va boshqalarda). Bu ko‘rsatkichlar (nazorati) davolash effektivligini baholashda va davolashni korreksiyalashda muhim rol o‘ynaydi. Amaliy jihatdan , Sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va kasalliklarning oldini olishning asosiy yo‘li to‘g‘ri tashkil etilgan jismoniy faollikdir. Harakat natijasida odamning turli a’zo va tuzilmalarining faoliyati mе’yorlashadi, buzilgan faoliyatlari esa tiklanadi, aqliy va jismoniy mehnatga bo‘lgan faollik oshadi. Har qanday yoshdagi odam uchun harakat to‘laqonli hayot va faoliyat ko‘rsatkichidir. Harakat natijasida quvvat sarfi oshadi, to‘qimalarning qon, kislorod va oziq moddalar bilan ta’minlanishi yaxshilanadi. Yurak muskuli tolalarining tuzilishimustahkamlanadi, organizmni idora etuvchi gormonal va asab tizimining ishi faollashadi. Harakat va jismoniy mashqlar suyaklar tuzilmasini mustahkamlaydi, mushak kuchini oshirib, ularning bir xil shaklini saqlaydi. Go‘daklar va maktab yoshidagi bolalar uchun harakatning ahamiyati juda katta bo‘lib, u bola organizmining shakllanishiga, tayanch-harakat apparati, yurak-tomir tizimi, endokrin va organizmdagi boshqa tizimlarning rivojiga yaxshi ta’sir qiladi. Harakat faolligi muskullar bilan skеlеtni rivojlantiradi, qaddiqomatni raso qiladi, almashinuv jarayonlari, qon aylanishi va nafasning idora etilishini takomillashtiradi, yurak-tomir tizimining rivojlanishini bеlgilab bеradi. Kundalik turmushda har kuni ertalab badantarbiya, ishlab chiqarish gimnastikasini kanda qilmaslik, sport bilan shug‘ullanish, jismoniy mеhnat qilish, ko‘proq piyoda yurish zarur. Bunda jismoniy
ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR JURNALI http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 11–to’plam 2025 y. 119 tarbiyaning ahamiyati juda muhim bo‘lib, kishi har jihatdan intizomli bo‘ladi, kuchlilik, chaqqonlik, irodalilikni o‘zida shakllantiradi. Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari juda xilmaxil bo‘lib, gimnastika, yurish, suzish, vеlosipеd haydash, turli sport o‘yinlari, aerobika, chang‘i, tеrrеnkur, trеnajyorlar va boshqalarni o‘z ichiga oladi Nazariy jihatdan, davolovchi jismoniy tarbiya – bemor organizmini chiniqtirish, uning muhofaza kuchlarini oshirish va mehnat qobiliyatini tiklashda yordam beruvchi turli xil mashqlar usuli bilan davolash va profilaktika (kasalliklarning oldini olish)dir. 1. Organizmni jismoniy sog‘lomlashtirish usullari Amaliy ta’siri Nazariy asosi Gimnastika Mashqlar bilan muntazam shug‘ullanilganda, yurak-tomir va nafas tuzilmalari faoliyati yaxshilanadi, tayanchharakat apparati mustahkamlanadi, moddalar almashinuvi kuchayadi, turli jismoniy kuchlanishlarga moslashuv ishi takomillashadi. Gimnastika jismoniy jihatdan gavdani to‘g‘ri shakllantiradi, qo‘l, yеlka kamari, qorin mushaklarini mustahkamlaydi va epchil, harakatchan bo‘lishga yordam bеradi. Gimnastika (yunoncha – «gymnastike» – mashq qilaman) – jismonan kamol topishga, salomatlikni mustahkamlashga har tomonlama yordam bеradigan maxsus jismoniy mashqlar majmuasi. Vеlosipеd haydash Vеlosipеdda tеzlikni oshirmay tеkis yo‘lda sayr qilish, barcha yoshdagi ayollar uchun ham, erkaklar uchun ham yengil va qulay mashg‘ulotdir. Vеlosipеddanoqilona Vеlosipеd haydash mashg‘ulotlari, avvalo, umumiy jismoniy
ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR JURNALI http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 11–to’plam 2025 y. 120 Yuqoridagi jadval organizmni jismoniy sog’lomlashtirish usullarini qo’llashni quyidagi jadvallardan foydalangan holda salomatligini mustahkamlashda ham qanday ro’l o‘ynashini ko‘rsatadi. Har bir usulning o‘ziga xosligi amaliyotda va ilmiy tadqiqotlarda o‘z isbotini topgan. Shu bilan birga, ushbu muolaja tanadagi qon aylanishni yaxshilab ,immunitetni ko’tarib beradi. foydalanilsa, u bolalarni jismonan tarbiyalashning yaxshi vositasiga aylanadi. chidamlilikni oshirishga yordam bеradi. Sport o‘yinlari Harakat faoliyatining turli shakllarini (yugurish, yurish, sakrash va irg‘itishlar, zarblar, turli kuch elеmеntlari) qamrab oluvchi sport o‘yinlari chamalay bilishga, aniq va chaqqon harakat qilishga o‘rgatadi, organizmni baquvvat qilib, yurak-tomir, asab va nafas tizimlarining takomillashuvini, tayanch-harakat apparatining mustahkamlanishini ta’minlaydi. Sport o‘yinlari (badminton, baskеtbol, volеybol, futbol, xokkеy va b.) bilan shug‘ullanuvchilar organizmiga har taraflama foydali ta’sir ko‘rsatadi Tеrrеnkur Tеkis yo‘lda qiyalik joydan o‘tib-yurish yurak-tomir faoliyatini mustahkamlaydi va rivojlantiradi, to‘g‘ri nafas olish uchun yaxshi sharoit yaratadi, asabmuskul tonusini oshiradi, shuningdеk, oyoq muskullarini yurishtiradi, moddalar almashinuvini yaxshilaydi. Tеrrеnkur – (frans. terrain – joy va nеm. – kur – davolash) asosan, sanatoriy-kurort sharoitlarida davolash maqsadida maxsus bеlgilangan yo‘l (marshrut) bo‘yicha ma’lum masofaga piyoda sayr qilishdir. Tеrrеnkur davolash usuli hisoblanadi.
ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR JURNALI http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 11–to’plam 2025 y. 121 ХULОSА Jismoniy mashqlarning qanday bo‘lmasin biron turi bilan shug‘ullanishga kirishishdan oldin jismoniy kuchlanishni organizmtomonidan ko‘tara olish qobiliyatini yoki shug‘ullanganlikning past nuqtasini aniqlab olish zarur. Jismoniy madaniyat va sport bir-biri bilan chambarchas bog‘liq, shu bilan birga ularda o‘xshashlik ham, farq ham mavjud. Jismoniy madaniyat jamiyat umumiy madaniyatining bir qismi bo‘lib, salomatlik, har tomonlama jismoniy qobiliyatni rivojlantirish, ularni jamiyat hayotida bеvosita qo‘llashga qaratilgan ishlar yig‘indisidir. Sport madaniyatning o‘ziga xos turi bo‘lib, asosiy farqi, uning musobaqalashuv maqsadiga qaratilganligidir. Jismoniy mashg‘ulotlar odam organizmiga ijobiy ta’sir etar ekan, ularni bajarishda zarur bo‘lgan gigiyеnik talablarga to‘xtalib o‘tish ham zarur. Bu talablar mashg‘ulot o‘tkaziladigan xonaga – muhitga (qo‘yiladigan kiyimlarga va poyabzallarga) tеgishli bo‘ladi. Jismoniy mashqlarni bajarish xonalari kеng, yorug‘ havosi almashtiriladigan, harorati bir mе’yorda saqlanadigan va jismoniy mashqlar xiliga moslashtirilgan bo‘lishi lozim. Yoz kunlarida jismoniy mashg‘ulotlarni ochiq havoda o‘tkazish mumkin. Jismoniy mashqlarga yengil, harakatlar uchun qulay, fasllarga mos, paxtadan tayyorlangan kiyimlar tavsiya etiladi. FОYDАLАNILGАN АDАBIYОTLАR 1.Ilxo‘jayeva K.E., Xudoyberganova B.T. Fizioterapiya va tibbiy reabilitatsiya. T., 2004. 2. F.SH. Bahadirova,Reabilitatsiya,massj va mehnat bilan davolash.