MASHINASOZLIKDA KESISH JARAYONLARINI OPTIMALLASHTIRISHNING ILMIY ASOSLARI
Abstract
Ushbu maqolada mashinasozlikda kesish jarayonlarini optimallashtirish orqali ishlov berish sifatini oshirish, energiya sarfini kamaytirish, asbobning turg‘unligini yaxshilash va ishlab chiqarish unumdorligini oshirish masalalari batafsil tahlil qilinadi. Tadqiqotda tajriba asosida olingan ma’lumotlarga tayanib, kesish tezligi, surish va chuqurlik parametrlari o‘rtasidagi bog‘liqlik aniqlanib, ularning optimal qiymatlari hisoblab chiqildi. Kalit so‘zlar: Kesish jarayoni, asbob turg‘unligi, texnologik tizim, kesish tezligi, surish, qirqish kuchi, issiqlik, optimallashtirish
Full text
STUDIES IN ECONOMICS AND EDUCATION IN THE MODERN WORLD Vol. 4 No. 2 (2025) 11 MASHINASOZLIKDA KESISH JARAYONLARINI OPTIMALLASHTIRISHNING ILMIY ASOSLARI Dotsent. A.Botirov, magistrant A.Nasriddinov Namangan muhandislik-qurilish instituti Annotatsiya: Ushbu maqolada mashinasozlikda kesish jarayonlarini optimallashtirish orqali ishlov berish sifatini oshirish, energiya sarfini kamaytirish, asbobning turg‘unligini yaxshilash va ishlab chiqarish unumdorligini oshirish masalalari batafsil tahlil qilinadi. Tadqiqotda tajriba asosida olingan ma’lumotlarga tayanib, kesish tezligi, surish va chuqurlik parametrlari o‘rtasidagi bog‘liqlik aniqlanib, ularning optimal qiymatlari hisoblab chiqildi. Kalit so‘zlar: Kesish jarayoni, asbob turg‘unligi, texnologik tizim, kesish tezligi, surish, qirqish kuchi, issiqlik, optimallashtirish. Kirish Mashinasozlik tarmoqlarida ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda asosiy omillardan biri — bu kesish jarayonlarini optimallashtirishdir. Ishlov berish jarayonida aniqlik, sirt sifati va asbobning xizmat muddati ko‘plab texnologik omillarga bog‘liq bo‘lib, ularni nazariy va tajribaviy tahlil qilish jarayonning umumiy unumdorligini belgilaydi. Kesish jarayonini to‘g‘ri optimallashtirish orqali metallni qayta ishlashda energiya sarfi kamayadi, sirt sifatining notekisligi pasayadi va asbobning turg‘unligi oshadi. Shu bois, bu yo‘nalish hozirgi zamon mashinasozligining dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. So‘nggi yillarda olib borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, kesish tezligi (V),
STUDIES IN ECONOMICS AND EDUCATION IN THE MODERN WORLD Vol. 4 No. 2 (2025) 12 surish (S) va kesish chuqurligi (t) parametrlari o‘zaro bog‘liq bo‘lib, ular orasidagi optimal nisbatni topish ishlab chiqarish samaradorligini sezilarli darajada oshiradi. Texnologik jarayon (TJ) GOST 14.301-83 ga binoan quyidagilarni o‘z ichiga oladi: TJ ni ishlab chiqish uchun dastlabki ma'lumotlarni tahlil qilish; guruhli yoki turkumli jarayonlarni tanlash yoki yakka tartibli TJ ga o‘xshashini qidirish; dastlabki zagotovkani tanlash va uni tayyorlash usullarini tanlash; texnologik bazalarni tanlash; ishlov berishning texnologik marshrutini tuzish; texnologik operatsiyalarni ishlab chiqish; operatsiyada o‘tishning ketma-ketligini aniqlash va ishlab chiqish; operatsiyalarning texnologik jihozlanish vositalarini (TJV) tanlash; TJV ning kerakli sonini va turini aniqlash; yangi TJV ga buyurtma berish va shu bilan birga texnik vositalarni sinash va nazorat qilish; mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish jarayonlari vositalarining elementlarini va sex ichidagi transport vositalarini tanlash; ishlov berishning rejimlarini ishlab chiqish va hisoblash; texnologik jarayonni me'yorlash; texnika xavfsizligi talablarini belgilash; texnologik jarayonni iqtisodiy samaradorligini hisoblash; TJni rasmiylashtirish va shunga o‘xshash. Yuqorida keltirilgan TJ ning umumiy ta'rifini mashinasozlik ishlab chiqarish sharoitiga nisbatan qaralsa, TJ ishlab chiqarish jarayonining tarkibiy qismi bo‘lib, ishlab chiqarish predmetining o‘lchamlari, tashqi ko‘rinishi yoki ichki xususiyatlarini belgilangan texnik talablar asosida ketma - ket o‘zgarib borishi va ularni nazorat qilishni o‘z ichiga oladi. Tadqiqot metodikasi Tajriba ishlari 2A135 turidagi tokarlik dastgohida olib borildi. Tajriba uchun 45X po‘lat markali zagotovkalar tanlandi. Ishlov berish VK8 qotishmali kesuvchi plastinkali asbob yordamida bajarildi. Tajribalar uchta boshqariluvchi faktor asosida o‘tkazildi: 1. Kesish tezligi (X₁) — m/min (40, 60, 80) 2. Surish (X₂) — mm/ayl (0.1, 0.2, 0.3) 3. Kesish chuqurligi (X₃) — mm (0.5, 1.0, 1.5)
STUDIES IN ECONOMICS AND EDUCATION IN THE MODERN WORLD Vol. 4 No. 2 (2025) 13 Tadqiqot uch faktorli matematik rejalashtirish usuli asosida olib borildi. Olingan natijalar regressiya tahlili yordamida matematik modellashtirildi. Natijalar va tahlil Kesish jarayonining aniqligi va asbob turg‘unligiga ta’sir etuvchi asosiy omillar sifatida kesish tezligi (V) va surish tezligi (S) tanlandi. Ularning o‘zaro ta’siri quyidagi regressiya tenglamasi orqali ifodalandi: Y₁ = 0.52 + 0.0035X₁ - 1.24X₂ - 0.015X₃ + 0.0001X₁X₂ + 0.0023X₂X₃ Bu yerda Y₁ — ishlov berish aniqligi ko‘rsatkichi. Tenglamani tahlil qilish natijasida aniqlanishicha: - Kesish tezligi ortganda ishlov sathi silliqligi oshadi; -Surish tezligi haddan oshganda aniqlik kamayadi; - Kesish chuqurligining o‘zgarishi asbob turg‘unligiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Optimal parametrlar quyidagicha aniqlandi: Vₒpt = 65 m/min, Sₒpt = 0.18 mm/ayl, tₒpt = 1.0 mm. Batafsil tahlil va muhokama O‘tkazilgan tajribalar natijasida aniqlanishicha, kesish jarayonida surish miqdori aniqlikka eng katta ta’sir qiluvchi faktor bo‘lib, ortiqcha surish detal yuzasida noaniqlik va sirt notekisligini keltirib chiqaradi. Shu bilan birga, kesish tezligi ortganda ish yuzasi silliq bo‘ladi va asbob turg‘unligi oshadi. Tajriba natijalarini tasdiqlash maqsadida diametri 36 mm, uzunligi 30 mm bo‘lgan tsilindrik po‘lat detalga ishlov berish amalga oshirildi. Tajriba davomida asbob sirtida shikastlanish kuzatilmagan va detal o‘lchamlarining aniqligi 12% ga oshgani qayd etildi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, matematik modellashtirish va optimallash parametrlarini qo‘llash orqali ishlab chiqarish unumdorligini sezilarli oshirish mumkin.
STUDIES IN ECONOMICS AND EDUCATION IN THE MODERN WORLD Vol. 4 No. 2 (2025) 14 Xulosa O‘tkazilgan tadqiqotlar natijasida quyidagi xulosalar olindi: 1. Kesish jarayonida optimal parametrlarni tanlash ishlov berish aniqligini sezilarli darajada oshiradi. 2. Asbobning turg‘unligini oshirish uchun kesish tezligi va surish tezligi o‘rtasidagi balans muhim ahamiyatga ega. 3. Matematik modellashtirish asosida kesish jarayonini avtomatik boshqarish imkoniyatlari aniqlangan. 4. Olingan natijalar mashinasozlik ishlab chiqarishida texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish uchun qo‘llanishi mumkin. 5. Batafsil tajribalar va optimallash shartlari zavod sharoitida ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Родин П. Металлорежущие инструменты. Киев, 1986. 2. Усмонов К.Б. Kesuvchi asboblarni loyihalash. T.: Akademiya, 2005. 3. Dehkanov U.G., Akbarov A.I. Operating Conditions of Vertical Unit Rotor Wings. Design Engineering, 2023. 4. Botirov A., Nasriddinov A. Parmalab ishlov berish jarayonini optimallashtirish. “Fan-taraqqiyot 2024” xalqaro konferensiyasi materiallari, NamMQI, 2024.