O'ZBEKISTONDA ANOR YETISHTIRISHNING IQTISODIY SAMARADORLIGINI OSHIRISH YO'LLARI
Full text
562 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 O‘ZBEKISTONDA ANOR YETISHTIRISHNING IQTISODIY SAMARADORLIGINI OSHIRISH YO‘LLARI Xurramov Xolbek Xurram o‘g‘li Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Raqamli iqtisodiyot kafedrasi o‘qituvchisi [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17535859 Kalit so‘zlar: anorchilik, eksport salohiyati, aholi bandligi, sifat standartlari, agroiqlimiy zona, raqamli iqtisodiyot, biznesni rejalashtirish, yeksport, mahalliy seleksiya, jahon bozori. Qishloq xo‘jaligi jahon iqtisodiyotida strategik ahamiyatga ega asosiy tarmoqlardan biri hisoblanadi. U nafaqat milliy iqtisodiyotning barqaror rivojlanishiga, balki ijtimoiy va ekologik jarayonlarning muvozanatli harakatlanishiga ham zamin yaratadi. Mazkur tarmoqda ishlab chiqarilgan mahsulotlar, bir tomondan, aholini kunlik oziq-ovqat iste’moliga belgilangan talablar doirasida miqdor va sifat jihatdan ta’minlaydi. Shu orqali jamiyatda oziq-ovqat xavfsizligi mustahkamlanadi, aholining turmush darajasi va sog‘lom avlodni ta’minlash imkoniyatlari oshadi. Ikkinchi tomondan, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sanoat tarmoqlari uchun muhim xom ashyo manbai bo‘lib xizmat qiladi. Ayniqsa, oziq-ovqat, to‘qimachilik, farmasevtika va qayta ishlash sohalarida qishloq xo‘jaligi xom ashyosi asosiy resurs vazifasini bajaradi. Bu esa iqtisodiyotda tarmoqlararo integratsiya jarayonlarini kuchaytiradi hamda ishlab chiqarish zanjirini mustahkamlaydi. So‘nggi yillarda O‘zbekistonda anor yetishtirishga alohida ye'tibor qaratilyapti. Respublikada yaqin kelajakda ishlab chiqarishning yillik hajmi kamida 600 ming tonnadan oshishi prognoz qilinmoqda. Shuningdek, 2026 yilda global bozorda anor mahsulotlariga bo‘lgan talab 23,14 milliard dollarga yetishi mumkin. O‘zbekistonda anor plantatsiyalari maydoni faol ravishda kengaytirilmoqda. O‘tgan yilning sentabr oyida Farg‘ona viloyatidagi anor bog‘larining umumiy maydonini 2025 yilga qadar 20 ming gektarga yetkazish va ulardan yiliga 200 ming tonnadan ziyod hosil yig‘ib olinishi rejalashtirilayotgani ma'lum qilingan. Xususan, Rishton va Oltiariq tumanlarida 1400 gektar maydonda yangi anor bog‘lari yaratilgan. Shuningdek, Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qashqadaryoda anor plantatsiyalari yana 2 ming gektarga ko‘payganini ye'lon qildi. Bundan tashqari, O‘zA ma'lumotlariga ko‘ra, 2021-2022 yillarda Surxondaryoda 9 ming 432 gektar yerda anorzorlar barpo yetildi va yillik hosil hajmi 300 ming tonnaga yetkazildi. Farg‘ona, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlaridagi rejalar, shuningdek, mamlakatning boshqa mintaqalaridagi mavjud plantatsiyalar hisobga olinsa, yaqin 5-10 yil ichida respublikada anor ishlab chiqarishning yillik hajmi kamida 600 ming tonnadan oshishi prognoz qilinadi. YeastFruit bu rejalar amalga oshishida bir qancha omil xalaqit berishi mumkinligi haqida material ye'lon qildi. Birinchidan, bu anor yetishtirish uchun juda mos bo‘lmagan O‘zbekistonning iqlimi. Hatto mamlakatning janubiy mintaqalarida ham yer qishda vaqti-vaqti bilan muzlaydi. Bu esa hatto bir gektar maydonda anor yetishtirishni murakkab jarayonga aylantirib qo‘yadi. Agar o‘nlab va yuz minglab gektar maydonlarda ishlar yo‘lga qo‘yilsa, unda bu hududlardagi anor butalarini qishki sovuqdan qanday himoya qilish mumkinligini tasavvur qilish qiyin. Ikkinchidan, bu biznesni rejalashtirishda qo‘yiladigan ulkan hosil ko‘rsatkichlari. Haqiqat rejalarga qaraganda kamroq optimizmga ega bo‘ladi. Uchinchidan, jahon anor bozori tobora o‘sib bormoqda, ammo unga ma'lum navlarning yuqori sifatli mevalari kerak, O‘zbekistonda esa jahon bozorida unchalik qimmat bo‘lmagan va talab pastroq mahalliy seleksiyaga ye’tibor qaratilmoqda. Agar ishlab chiqarish shu qadar tez o‘ssa va an'anaviy mahalliy navlar yetishtirishda davom etilsa, O‘zbekiston anorni sanoat usulida qayta ishlash haqida o‘ylashi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Anor nafaqat yangi uzilgan mevalar bozori, balki qayta ishlash, oziq-ovqat, kosmetika, hatto farmatsevtika sanoati uchun ham qiziqarli va foydali meva hisoblanadi. Anor daraxti issiqsevar va yorug‘liksevar bo‘lib, sovuqqa chidamsizligi bilan ajralib turadi. Surxondaryo, Qashqadaryo va qisman Buxoro viloyatlarida qish fasli nisbatan yumshoq kechishi, yuqori harorat va uzoq vegetatsiya davri mavjudligi anorchilik uchun eng maqbul omil hisoblanadi. Shu bois ushbu hududlarda hosildorlik yuqori, meva shiradorligi va sifati yuqori darajada ta’minlanadi. Agrotexnika tadbirlari to‘g‘ri
563 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 amalga oshirilganda, xususan suv resurslaridan samarali foydalanish va tomchilatib sug‘orish texnologiyalarini joriy etish barqaror hosildorlikka erishish imkonini yaratadi. Shuningdek, yangi navlarni yaratish, sovuqqa bardoshli va yuqori hosildor turlarni keng joriy etish anorchilik rivojining uzoq muddatli barqarorligi uchun muhim ahamiyatga ega. Janubiy hududlarda anorchilikning iqtisodiy ahamiyati katta bo‘lib, u mamlakat eksport salohiyatini oshirishda muhim omil hisoblanadi. Xorijiy bozorlarda anor mahsulotlariga talab yuqori bo‘lib, ayniqsa Yaqin Sharq va Yevropa mamlakatlariga yetkazib berish hajmi ortib bormoqda. Anorni qayta ishlab tayyorlangan mahsulotlar – sharbat, konsentrat, quruq anor va boshqa turlar qo‘shimcha qiymat yaratadi va fermer xo‘jaliklari daromadini ko‘paytirish imkonini beradi. Bu esa milliy iqtisodiyotda qo‘shimcha qiymat zanjirini shakllantirishga xizmat qiladi. Ijtimoiy jihatdan, anorchilik qishloq aholisi uchun ish o‘rinlari yaratish imkoniyatini beradi. Bu jarayonda ayollar va yoshlarning ishtirokini ta’minlash orqali qishloq joylarda turmush darajasi oshadi. Shu bilan birga, aholi uchun qo‘shimcha daromad manbai shakllanadi. Anorning sog‘lom ovqatlanish va tibbiy jihatdan ahamiyati ham alohida qayd etiladi. Meva tarkibida ko‘plab vitaminlar, minerallar va antioksidantlar mavjud bo‘lib, ular yurak-qon tomir kasalliklarini oldini olish va immun tizimni mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega. Shu sababli, anor mahsulotlariga nafaqat ichki bozorda, balki xalqaro bozorda ham talab barqaror o‘sib bormoqda. E'tiborli jihati, O‘zbekiston haligacha xalqaro anor bozorida asosiy ishtirokchi yemas, shuning uchun yangi mahsulotlarni sotishda yeksport qiyinchiliklariga duch kelishi muqarrar. Mamlakat yiliga o‘rtacha 10 mingdan 15 ming tonnagacha anor yeksport qiladi va bularning deyarli barchasi sobiq sovet mamlakatlariga to‘g‘ri keladi. O‘zbekiston bu mevani yetishtirish bo‘yicha dunyoda yetakchi va Markaziy Osiyo mintaqasidagi yeng yirik yetishtirib beruvchilardan biri bo‘lishi mumkin. Dunyoda anor meva va sabzavotlarning umumiy aylanmasida juda oz ulushga yega bo‘lishiga qaramay, ularni iste'mol qilish tez sur'atlar bilan o‘sib bormoqda. 2018 yildan 2024 yilgacha global anor importining umumiy hajmi 25 foizga o‘sdi. Anorning salomatlik uchun juda foydali deb hisoblanadigan ikki noyob botanik xususiyati mavjud. Punikalagin anorning urug‘i va terisida joylashgan kuchli antioksidant bo‘lib, uning faolligi qizil sharob yoki yashil choynikiga qaraganda deyarli uch baravar yuqori. Shuningdek, anor urug‘idan olingan punitsid kislotalari kuchli biologik ta'sirga yega. O‘ziga xos xususiyatlari tufayli dunyo bozorida anor doimiy ravishda yuqori talabga ega va dunyoning ko‘plab mamlakatlarida anor bog‘lari maydonining o‘sishiga qaramay, anorning jahon bozoridagi narxlari o‘sishda davom etmoqda. Dunyoda anor iste'moli tarkibida umumiy hajmning taxminan 65 foizi oziq-ovqat sanoatiga to‘g‘ri keladi. Qolgan 35 foizi kosmetika va farmatsevtika sanoati uchun foydalaniladi. Dunyodagi boshqa yirik anor ishlab chiqaruvchilar: Turkiya, Yeron, Tunis, Peru, Isroil va Ozarboyjon geografik joylashuvi tufayli Yevropa mintaqasi mamlakatlari va Rossiyada O‘zbekistonning asosiy raqobatchilari hisoblanadi. Bundan tashqari, ushbu mamlakatlarning aksariyatida anor yig‘ish davri O‘zbekistondagi davrga to‘g‘ri keladi. Rossiya anorni asosan Turkiyadan import qiladi. Yirik yetkazib beruvchilar qatoriga Yeron, Ozarboyjon, Misr va Peru ham kiradi. So‘nggi yillarda O‘zbekiston va Gruziya Rossiyaga anor yetkazib berishni faol ravishda ko‘paytirayotgan mamlakatlar qatoriga qo‘shilgan. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ichida anorchilikni rivojlantirish o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, bu jarayon, eng avvalo, agroiqlimiy omillarni chuqur o‘rganishni talab etadi. Janubiy hudud sifatida Surxondaryo viloyati alohida afzalliklarga ega. Viloyatning tabiiy-iqlimiy sharoitiga ko‘ra u to‘rtta agroiqlimiy zonaga – Denov, Boysun, Bobotog‘ va Surxon-Sherobod hududlariga ajralib turadi. Surxondaryo viloyatining agroiqlim resurslari, jumladan, yuqori termik salohiyati respublikadagi boshqa hududlarga nisbatan subtropik mahsulotlar – anor, xurmo, anjir, shakarqamish va shunga o‘xshash qimmatli ekinlarni samarali yetishtirish imkonini beradi. Iqlimiy sharoitning qulayligi sababli bu hududda sabzavotlarni, ayniqsa erta navlarini hamda turli meva turlarini yil davomida bir necha marotaba yetishtirish imkoniyati mavjud. Sug‘oriladigan yer maydonlari imkoniyatlari yuqori hosildorlik va turli mahsulotlarning eksportbopligini oshirishga xizmat qilmoqda.
564 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 Shuningdek, Surxondaryo viloyatining transport-geografik joylashuvi ham strategik ahamiyat kasb etadi. U mamlakat hududida yagona tarzda uchta davlat – Afg‘oniston, Tojikiston va Turkmaniston bilan chegaradosh bo‘lib, tashqi bozorlarga chiqishda qulay imkoniyat yaratadi. Xususan, Afg‘oniston orqali Janubiy Osiyo bozorlariga, shuningdek, qo‘shni mamlakatlar orqali qo‘shimcha savdo yo‘laklariga ega bo‘lish eksport salohiyatini kengaytirish va transport xarajatlarini kamaytirishda muhim omildir. Tojikiston bozoriga yetkazib berilayotgan mahsulotlar orasida anor va boshqa meva-sabzavot turlari salmoqli o‘rinni egallaydi. Xulosa qilib aytganda, O‘zbekistonning janubiy hududlarida anorchilikni rivojlantirish nafaqat qishloq xo‘jaligi tarmoqlarini diversifikatsiya qilish, balki eksport salohiyatini oshirish va qishloq aholisining bandligini ta’minlash nuqtai nazaridan ham strategik ahamiyatga egadir. Zamonaviy agrotexnika tadbirlari, innovatsion texnologiyalarni joriy etish hamda qayta ishlash sanoatini rivojlantirish orqali anorchilik sohasi mamlakat iqtisodiyotining barqaror o‘sishiga salmoqli hissa qo‘shishi mumkin. Taklif sifatida yesa rivojlangan mamlakatlardan raqamli iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlashning yanada keng qamrovli usullarini o‘rganish, qishloq va suv xo‘jaligida raqamli iqtisodiyotning me'yoriy-huquqiy bazasini yaratish, raqamli iqtisodiyot uchun zarur infratuzilmani yaratish; mutaxassislarni tayyorlash tizimi faoliyatini takomillashtirish; yangi yechimlarni topish uchun qo‘shma ilmiy tadqiqot ishlarini ishlab chiqish va moliyalashtirish; raqamli iqtisodiyotda raqamli ishlab chiquvchilar strategiyasi va yangi texnologiyalardan oqilona foydalanish zarur. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi o‘zbekiston respublikasi Prezident qarori, 27.02.2021-y., 07/21/5009/0164-son. 2. O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlari. 3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 04.10.2018 yildagi 791-sonli qarori. Lex.uz 4. Farmon (2020) “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030-yillarga mo‘ljallangan Strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-oktabrdagi PF-5853-son Farmoni. 5. Mirziyoev Sh. (2023) Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida o‘tkazilgan “Soha va hududlarda raqamlashtirish jarayonini jadallashtirish masalalari” bo‘yicha yig‘ilish. 22 fevral. https://president.uz/uz/lists/view/5943.