scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

МINTAQA IQTISODIYOTINI BARQAROR RIVOJLANTIRISHDA RAQAMLI MOLIYAVIY XIZMATLARDAN FOYDALANISH DARAJASINI OSHIRISH STRATEGIYALARI

Kobilova Zebo Bobokulovna

Full text

572 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 МINTAQA IQTISODIYOTINI BARQAROR RIVOJLANTIRISHDA RAQAMLI MOLIYAVIY XIZMATLARDAN FOYDALANISH DARAJASINI OSHIRISH STRATEGIYALARI Kobilova Zebo Bobokulovna Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti “Iqtisodiyot” kafedrasining mustaqil izlanuvchisi Zebokabilova 2003@ mail.ru. orcid: 0009-0003-8400-5801 tel.998-99677-33-78 https://doi.org/10.5281/zenodo.17535931 Annotatsiya: Maqolada mintaqa iqtisodiyotining barqaror rivojlanishida raqamli moliyaviy xizmatlardan foydalanishning o‘rni va ularni rivojlantirish strategiyalari bo’yicha xulosa, tavsiya va takliflar berilgan. Kalit so‘zlar: raqamli moliyaviy xizmatlar, mintaqaviy rivojlanish, barqaror iqtisodiyot, raqamli transformatsiya, fintech, elektron to‘lov tizimlari. Аннотация:В статье представлены выводы, рекомендации и предложения относительно роли цифровых финансовых услуг в устойчивом развитии экономики региона и стратегии их развития. Ключевые слова: цифровые финансовые услуги, региональное развитие, устойчивая экономика, цифровая трансформация, финтех, электронные платежные системы. Annotation:The article provides conclusions, recommendations, and suggestions on the role of digital financial services in the sustainable development of the region's economy and strategies for their development. Keywords:digital financial services, regional development, sustainable economy, digital transformation, fintech, electronic payment systems. Kirish Mintaqalar iqtisodiyotining barqaror rivojlanishida moliyaviy resurslardan samarali foydalanish, kapitalga kirish imkoniyatlarining kengayishi va tadbirkorlik faoliyatining qo‘llab-quvvatlanishi muhim ahamiyat kasb etadi. So‘nggi yillarda jahon tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, raqamli moliyaviy xizmatlar iqtisodiy tizimlarning transformatsiyasida eng muhim innovatsion omillardan biriga aylangan. Elektron to‘lov platformalari, mobil bank xizmatlari, fintech yechimlari, onlayn kreditlash hamda blokcheyn texnologiyalariga asoslangan moliyaviy vositalarning keng joriy etilishi iqtisodiy jarayonlarning tezkorlashuvi va moliyaviy xizmatlar qamrovining oshishiga imkon bermoqda.O‘zbekistonda ham raqamli iqtisodiyot va moliyaviy modernizatsiya yo‘nalishida qator izchil islohotlar amalga oshirilmoqda.Xususan, aholining bank xizmatlaridan foydalanish darajasi oshib, to‘lov tizimlari raqamlashtirilmoqda, fintech infratuzilmasi shakllanmoqda. Biroq, mintaqalar kesimida raqamli moliyaviy xizmatlardan foydalanish darajasi notekis bo‘lib, qator hududlarda infratuzilmaning rivojlanmaganligi, internet qamrovining pastligi, moliyaviy savodxonlik yetishmasligi hamon dolzarb muammolar sirasiga kiradi. Bu esa hududlar rivoji o‘rtasida tafovutlar saqlanib qolayotganini, mintaqalarning iqtisodiy salohiyati to‘liq ishga solinmayotganini ko‘rsatadi.Shu nuqtayi nazardan, mintaqaviy iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, aholi farovonligini oshirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va tadbirkorlikni rivojlantirish uchun raqamli moliyaviy xizmatlardan foydalanish darajasini oshirish strategiyalarini ishlab chiqish dolzarb vazifadir (1-jadval). Raqamli moliyaviy xizmatlardan foydalanish darajasiga ta’sir qiluvchi omillar tahlili 1 (1-jadval). № Tahlil yo‘nalishi Muammo Kutilayotgan natija 1 Raqamli infratuzilma Internet qamrovining notekisligi Hududlarda raqamli xizmatlar qamrovi kengayadi 2 Moliyaviy savodxonlik Aholining bilim darajasi past Raqamli xizmatlardan foydalanish ko‘payadi 3 Fintech xizmatlar Innovatsion mahsulotlar cheklangan Moliyaviy tranzaksiyalar tezlashadi va arzonlashadi 1 International Finance Corporation (IFC). Enhancing Financial Capability and Inclusion in Uzbekistan. 2020. 573 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 4 To‘lov tizimlari Naqd pulga yuqori tayanish Naqdsiz iqtisodiyot ulushi oshadi 5 Xavfsizlik va ishonch Kiberxavf xavflari Iste’molchilar himoyasi kuchayadi 1-jadvalda raqamli moliyaviy xizmatlar rivojlanishida eng asosiy omillardan biri - raqamli infratuzilmaning sifat va qamrov darajasidir. Hududlarda internet imkoniyatlarining notekisligi raqamli xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini keskin farqlantirib yubormoqda. Shu bois infratuzilmaviy modernizatsiya mintaqalar bo‘yicha teng rivojlanishni ta’minlaydi.Aholining moliyaviy va raqamli savodxonlik darajasi pastligi raqamli xizmatlarning keng joriy etilishiga to‘siq bo‘lmoqda. Savodxonlik oshishi esa xizmatlardan foydalanishni kuchaytirib, iqtisodiy faollikni kengaytiradi. Fintech xizmatlarining cheklanganligi innovatsion moliyaviy yechimlarni keng tatbiq etishga imkon bermayapti. Fintech ekotizimini rivojlantirish tranzaksiyalar narxini pasaytiradi va jarayonlarni tezlashtiradi. Moliya tizimida naqd pulga tayanishning yuqoriligi naqdsiz iqtisodiyot rivojiga to‘sqinlik qilmoqda. Elektron to‘lov tizimlarini keng qo‘llash natijasida rasmiy iqtisodiyot hajmi ortadi va iqtisodiyotda shaffoflik kuchayadi.Shuningdek, kiberxavfsizlikka oid xavotirlar iste’molchilarning raqamli moliyaga bo‘lgan ishonchini pasaytiradi. Kuchli himoya choralari esa foydalanuvchilarni jalb qilish hamda raqamli operatsiyalar xavfsizligini ta’minlaydi (2-jadval). Strategik yechimlar va ularning iqtisodiy ta’siri 2 2-jadval № Strategiya yo‘nalishi Tavsiya etilayotgan yechimlar Iqtisodiy ta’siri 1 Raqamli moliya infratuzilmasi Optik tolali internet, mobil aloqa kengaytirilishi Investitsion jozibadorlik va ish o‘rinlari o‘sadi 2 To‘lov ekotizimi rivoji QR-to‘lovlar, tezkor hisob-kitob tizimi Savdo hajmi va soliqlar tushumi ortadi 3 Kichik biznesni qo‘llash Onlayn kreditlash, fintech platformalar Tadbirkorlik faolligi kuchayadi 4 Moliyaviy inklyuziya Arzon bank xizmatlari va raqamli hamyonlar Aholining daromadlari va farovonligi oshadi 2-jadvalda ko’rinadiki Strategik yechimlar mintaqaviy iqtisodiy rivojlanishni jadallashtirishda raqamli moliya imkoniyatlaridan samarali foydalanishni ko‘zda tutadi. Birinchi yo‘nalishda - raqamli moliya infratuzilmasini kuchaytirish orqali optik tolali internet va mobil aloqa xizmatlarining kengayishi investitsion jozibadorlikni oshiradi hamda yangi ish o‘rinlarini yaratadi. Bu mintaqalarning iqtisodiy faolligini bevosita rag‘batlantiradi. Ikkinchi yo‘nalish - to‘lov ekotizimining rivoji natijasida QR-to‘lovlar va tezkor hisob-kitob platformalari joriy etilishi savdo jarayonlarini tezlashtirib, naqd pulga bog‘liqlikni kamaytiradi. Bu esa rasmiy iqtisodiyot hajmini oshirib, davlat byudjetiga soliqlar tushumini ko‘paytiradi.Uchinchi yo‘nalish - kichik biznesni qo‘llash orqali onlayn kreditlash va fintech platformalardan samarali foydalanish tadbirkorlik subyektlariga moliyaviy kirish imkoniyatlarini kengaytiradi. Bu yangi startaplar va kichik korxonalar o‘sishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. To‘rtinchi yo‘nalish - moliyaviy inklyuziyani kuchaytirish orqali arzonlashtirilgan bank xizmatlari va raqamli hamyonlar joriy etilishi aholining moliyaviy ishtirokini kengaytiradi. Natijada aholi daromadlari, bandlik va farovonlik oshadi.Mintaqa iqtisodiyotini barqaror rivojlantirish jarayonida raqamli moliyaviy xizmatlar tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda.Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, Raqamli to‘lov tizimlari, mobil bank xizmatlari, fintech platformalari, onlayn kreditlash va raqamli sug‘urta kabi innovatsion moliyaviy mahsulotlar iqtisodiy munosabatlarni jadallashtirib, tranzaksion xarajatlarni kamaytiradi, moliyaviy resurslarga kirish imkoniyatlarini kengaytirishda. Shu nuqtai nazardan, quyidagi takliflarni ilgari surish mumkin: 2 Saidmurodova. Farangiz. The Role of Digital Payment Systems in Promoting Financial Inclusion: The Case of Uzbekistan and International Practices. SSRN, June 15 2025. 574 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 -mintaqalarda optik tolali internet va mobil tarmoqlar sifatini oshirish zarur; -raqamli tengsizlikni kamaytirishga qaratilgan davlat dasturlarini kuchaytirish lozim; -startaplar uchun soliq va kredit imtiyozlari, grant dasturlari ko’paytirish zarur; -sifatli va tezkor mijozlarni qo‘llab-quvvatlash xizmatlari ko’paytirish lozim. Raqamli moliyaviy xizmatlar - mintaqa iqtisodiyotini barqaror, inklyuziv va innovatsion rivojlantirishning eng muhim drayverlaridan biridir. Strategik yondashuvlarning kompleks qo‘llanilishi iqtisodiy tenglikni ta’minlashga va aholining farovonligini yuqori bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. T.: O‘zbekiston, 2018. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. Toshkent: “O‘zbekiston”, NMIU, 2019. 64 b. 3. Nort D. Institutsionalьnыe izmeneniya i ekonomicheskoe razvitie. 4. Sankt-Peterburg: Ekonomicheskaya shkola, 2017. 432 b. 5. Аbduraxmonov Q.X. Regionalnaya ekonomika. Toshkent: Moliya, 2019.368 b. 6. Joʼraev А.J. Hududiy iqtisodiyot va innovatsion rivojlanish yoʼnalishlari. Toshkent: Iqtisod, 2020.254 b. 7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti. “2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi” PF-60-son Farmoni. Toshkent, 2022. 8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti. “Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish choratadbirlari to‘g‘risida” PQ-307-son Qarori. Toshkent, 2023. 9. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi. Hududiy ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ko‘rsatkichlari. Toshkent, 2023.