scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

G'O'ZANING EKOLO-GEOGRAFIK UZOQ NAMUNALARI VA MAHALLIY NAVLARNI DURAGAYLASH ASOSIDA OLINGAN F3 DURAGAYLARINING TEZPISHARLIK BELGISI BO'YICHA YAKKA TANLASH ISHLARINING NATIJALARI

Abaeva Kurmankul Toletaevna; Satillaeva Shiyrin Perdebaevna; Dauletova Ulzada Paraxat qizi; Kazakbaeva Iroda Saparbaevna

Full text

11 UO‘T: 631.527:633.51(575.1) G‘O‘ZANING EKOLO-GEOGRAFIK UZOQ NAMUNALARI VA MAHALLIY NAVLARNI DURAGAYLASH ASOSIDA OLINGAN F3 DURAGAYLARINING TEZPISHARLIK BELGISI BO‘YICHA YAKKA TANLASH ISHLARINING NATIJALARI Abaeva Kurmankul Toletaevna Qozog‘iston milliy agrar tadqiqot universiteti, professor e-mail: [email protected] Satillaeva Shiyrin Perdebaevna., Dauletova Ulzada Paraxat qizi., Kazakbaeva Iroda Saparbaevna Qoraqalpog’iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti talabalari DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17536386 Abstract. This article provides a scientific analysis of the early ripening characteristic of cotton. The genetic basis of the early maturity trait, its agronomic significance, and research methods are examined in detail. Also, the possibilities of effective organization of breeding work and obtaining high-quality cotton yields based on this trait were discussed. The article is a useful resource for specialists interested in cotton production and genetic development in agriculture. Keywords. cotton, early maturity trait, genetic basis, selection, agronomy, yield quality, ripening period, agriculture, plant breeding, yield efficiency. Kirish (adabiyotlar sharhi). G‘o‘zada tezpisharlik belgisi, ya’ni o‘simliklarning pishish muddatining qisqa yoki uzoq bo‘lishi, hosilning bozorga chiqish vaqtini belgilashda va hosilni samarali boshqarishda muhim rol o‘ynaydi. Shu bois, g‘o‘zada tezpisharlik belgisi genetik asoslarini o‘rganish, seleksiya jarayonida ushbu belgi bo‘yicha yaxshilanishlarni amalga oshirish qishloq xo‘jaligida innovatsion yondashuvlar yaratishda zarur hisoblanadi. Ushbu maqolada tezpisharlik belgisining xususiyatlari, uni aniqlash metodlari va seleksiya imkoniyatlari tahlil qilinadi. G‘o‘zada tezpisharlik bo‘yicha ko‘plab olimlar ish olib borgan: [1, 2] va boshqalar. Ular tomonidan vegetatsiya davri uzunligi g‘o‘zaning unib chiqishidan g‘unchalash fazasiga, g‘unchalashdan gullash fazasiga o‘tish uchun, guldan ko‘sak hosil qilish va birinchi ko‘sak ochilishi (g‘unchalash-gullash, gullash-ochilish) uchun kerak bo‘ladigan o‘sish davri va vaqtning o‘tishiga bog‘liq deb belgilangan. N.G.Simongulyan [3] yozishicha gullash-ochilish vegetatsiya davri uzunligi tezpisharlik kombinatsiyalarini tanlash F1 avlodda tezpisharlik bo‘yicha ustunlik kuzatildi. Muallif fikricha, ikkinchi avloddan boshlab tezpisharlik bo‘yicha yakka tanlov ishlarini olib borish kelgusi yilda naslning vegetatsiya davrini biroz qisqartirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 12 P.T.Sodiqov va boshqalar [4] o‘z izlanishlarida tezpisharlik belgisi bo‘yicha diallel qo‘shmalarni o‘rgangan. Ularning izlanishida yetti xil holatda genotiv bo‘lmagan geterozis, ya’ni diallel qo‘shaloqlar tezpishar va ota-ona shaklida bo‘lganligi aniqlandi. 21 ta holatda ota-onalardan birining to‘liq bo‘lmagan ustunligi bilan oraliq nasl qoldirilishi aniqlangan. Mualliflar tezpisharlik belgisi bo‘yicha donor sifatida ushbu belgi additiv effektli poligenlar bilan nazorat qilinadigan bir qator navlarni tavsiya etgan. G‘o‘zada tezpisharlik belgisi o‘simliklarning hayot siklining muhim bosqichlaridan biri bo‘lib, uning pishib yetilishi qishloq xo‘jalik texnologiyalari va bozordagi talablar nuqtai nazaridan katta ahamiyatga ega. Tezpisharlik belgisining aniqlanishi va undan kelib chiqadigan genetik xususiyatlar seleksiya jarayonida yuqori samarali, sharoitga moslashgan navlarni yaratishga imkon beradi. Bundan tashqari, ertapishar navlar qishloq xo‘jaligi maydonlarini samarali rejalashtirish va hosilni yil davomida mutanosib yetishtirishga yordam beradi. Shu sababli, g‘o‘zada ertapisharlik belgisi ustida olib boriladigan ilmiy tadqiqotlar nafaqat genetik resurslarni boyitishda, balki iqtisodiy jihatdan samarali ishlab chiqarishni tashkil etishda ham muhim o‘rin tutadi. Materiallar va uslublar. Tadqiqotlar geografik uzoqlashgan 12 ta duragay olingan. Asosan Akala-71, Akala-74 va mahalliy Chimboy-5018, S-4727 va KK3535 navlari yo‘naltirilgan edi. Bu tajribada Akala-72 navini mahalliy Chimboy5018 navi bilan duragaylash asosida olingan avlod institutining eksperimental tajriba xo‘jaligi dalalarida ekilib o‘rganildi. Natijalar va munozara. F3 Akala 72 x Chimboy-5018 duragay avlodining har bir oiladagi o‘simliklar soni, oiladan olingan yakka tanlovlar soni va har bir oilaning 50 % gullash davri, 50 % ko‘sak ochilish davri, ko‘sak og‘irligi va tola chiqimi aniqlandi. Ushbu qo‘shaloq kombinatsiyada 9 ta oila o‘rganilib, eng tez gullaydigan, ya’ni 51-55 kungacha bo‘lgan davrda 2 ta oila ajratildi va ko‘pincha shu oilalarda tezpisharlik 95 kundan 99 kungacha ekanligi ma’lum bo‘ldi. Shuni aytish kerakki, odatda gullashdan pishish davrigacha adabiyotda navlar 50-60 kun ketsa, bizning tajribalarimizda shu davr 36-43 kunni tashkil etadi. Ko‘saklar og‘irligi 5,0-7,3 grammgacha bo‘ldi. Tola chiqimi esa 35-38% ni tashkil etadi. Tadqiqotlarda har bir oilani maksimal holatda o‘rganishga harakat qildik, oilaning o‘simliklar soni 80 dan 150 tupgacha saqlanib qoldi va har bir tezpishar oiladan 20 dan 40 tagacha yakka tanlov olindi. Demak o‘rganilgan 540 ta o‘simlikdan 230 ta yakka tanlovlar olindi. Asosiy e’tiborni bu holatda biz tezpisharlikka qaratdik, ya’ni ushbu kombinatsiyada 196 dona tezpishar, vegetatsiya davri 95-107 kun bo‘lgan o‘simliklar ajratildi. 13 F3 Akala-72 x Chimboy-5018 qo‘shalog‘ining ayrim xo‘jalik qimmatli belgilarining ko‘rsatkichi. Oilalar 50% unib chiqishi. 50% gullash davri, kun 50% ko‘proq ochilgan, kun Ko‘sak og‘irligi, y. Tola chiqimi, %. Umumiy o‘simliklar soni. Jeke tańlawlar sanı 1 62 96 6.6 38.5 70 23 2 55 97 6.7 38 67 20 3 55 95 7.0 38.5 61 22 4 54 96 6.5 38.6 58 29 5 55 96 6.4 38.7 53 20 6 56 98 6.7 36.8 54 28 7 57 98 5.4 38 57 28 8 59 93 5.8 39.5 59 30 9 60 99 6.4 37.8 71 30 S-4727 61 117 6.2 36.4 150 Xulosa va tavsiyalar. Bunday tadqiqotlar juda kam olib boriladi. Chunki seleksionerlar yuqorida aytilganidek oilalarni faqat bir kichik qismini o‘rganadi va natijada ajralish jarayoniga aniq baho bera olmaydi. Shunday qilib birinchi bosqichda katta hajmdagi dala tadqiqot ishlari olib borilib ko‘pchilik o‘simliklarning oila ichidagi tezpisharligi aniqlandi va 100 kungacha bo‘lgan tezpishar yakka tanlovlar yig‘ib olindi. Foydalanilgan adabiyotlar. 1. Абзалов М.Ф. Эволюционно-селекционнıе аспектı скороспелости и адаптивности хлопчатника в исследованиях академика С.С.Садıкова // Материалı международной научной конференции «Эволюционнıе и селекционнıе аспектı скороспелости и адаптивности хлопчатника и других культур» посвященной 95-летию со дня рождения академика С.С.Садıкова. Ташкент.: Фан, 2005. 12-13 с. 2. Avtonomov V.A. Vzaimosvyaz` dlinı volokna s ryadom xozyaystvenno-cennıx priznakov u geograficheski otdalennıx gibridov F2 xlopchatnika G. Hirsutum.L. // Materialı mejdunarodnoy nauchnoy konferencii «Evolyucionnıe i selekcionnıe aspektı skorospelosti i adaptivnosti xlopchatnika i drugix kul`tur» posvyashennoy 95-letiyu so dnya rojdeniya akademika S.S.Sadıkova. Tashkent.: Fan, 2005. 21-23 s. 3. Avtonomov V.A., Javliev U.D., Tangirov Z. Izmenchivost’ i nasleduemost` skorospelosti u mejlineynıx gibridov F2 xlopchatnika G.HIRSUTUM L. Toshkent, 2009. 56-60 b.