SOYA NAVLARINING SHO'RLANGAN TUPROQLARDA HOSILDORLIK KO'RSATKICHLARI TAHLILI
Full text
25 UDK.655.9.622.3 SOYA NAVLARINING SHO’RLANGAN TUPROQLARDA HOSILDORLIK KO’RSATKICHLARI TAHLILI Allambergenov Tanjarbay Dauletmuratovich QQXAI docent, https://orcid.org/0009-0001-0389-4885, е-mail: [email protected] Mambetkarimova Kamila Iskenderova., Oraqbaeva Shiyrin Sag’inbaevna QQXAI, Selekciya va urug‘chilik mutaxassisligi 2-bosqish talabalari DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17536471 Annotatsiya: Sho’rlangan tuproqlar sharoitida soyaning Arletta, Tumaris va Viktoriya navlarining hosildorligi o’rganilib, mos ravishda o’rtacha 23,82; 21,98 va 18,53 ts/ga ni tashkil etdi. Navlar ichida eng yuqori hosildorlik Arletta navida kuzatilib, o’rtacha hosildorlik Tumaris navida kuzatilganligi aniqlandi. Kalit so’zlar: soya, don, hosildorlik, tezpisharlik, qurg’oqchilik. Annotation: In the conditions of the Republic of Karakalpakstan, the yield of soybean varieties Arletta, Tumaris and Victoria was studied, respectively, on average, it was 23.82; 21.98 and 18.53 ts/ha. Among the varieties, the highest yield was noted in the variety Arletta, and the average - in the variety Tumaris. Key words: soybean, grain, productivity, early ripeness, drought Kirish. Respublika mustaqillikga erishgandan keyin, asosiy ekin g’o’za va bug’doy e`lon qilindi, dalalarimizda almashlab ekish qonuniyatlari tubdan o’zgargandan so‘ng, ayniqsa beda paykallari kamayib borishi g‘o‘za va bug‘doy o‘simliklarini o‘sish va rivojlanish davrlari dalamizda donli ekinlardan bug‘doy, arpadan keyin ko‘p dalalar foydalanilmay qoldi. Birinchidan, tuproq unumdorligini ko’tarishdagi o’rniga e`tibor bersak quyidagi manzarani kuzatsak bo’ladi. Soya bilan azot to’plovchi mikroorganizmlardan faqat ikki turi soya ildizlarida tuganaklar hosil qila oladi va navni o’suv davriga qarab, 50-100 kg va undan ortiq sof azotni o’zining ildiz tuganaklarida (azot fabrikasi) yig’ishi mumkin. Buning uchun ushbu bakteriyalarni soya urug’iga innokulyaciya qilish tuproqga qadash kerak bo’ladi. Bu uslub asosida soya o’simligiga ozuqa sifatida azotli mineral o ‘g‘itlar kam kerak bo‘ladi. Uning ildizi oq ildiz (1,5 metrgacha) o‘sib borishi mumkin. Soya (Glycine Max. L.) — dukkakdoshlar oilasiga mansub bo‘lib, bir yillik o‘tsimon o‘simliklar turkumiga kiradi, vatani Xitoy. Bu o‘simlik donida oqsil va moy yuqori darajada bo‘lgani uchun 20 dan ortiq davlatlarda ekiladi. Soya dunyo qishloq xo‘jaligi ekinlaridan dukkakli don va moyli ekinlar orasida eng ko‘p maydonni tashkil qiladi. Buning asosiy sababi, uning doni va yashil massasi to‘yimli bo‘lib, oziq-
26 ovqat, em-xashak texnik va tibbiyot sohalarida keng ishlatiladi. Keyingi 20 yil mobaynida soya donini etishtirish 2,16 barobar (yiliga 130 mln. tonna), ekin maydoni 1,6 marta va hosildorligi 1,3 martaga oshgan [2]. Soya o‘simligini har xil geografik mintaqalarda keng ekilishini yana bir sababi, u tuproqqa talabchanmasligidadir, u pH 5 dan 8 gacha bo‘lgan tuproqlarda yaxshi o‘sadi va rivojlanadi [1]. Materiallar va usullar. Soya navlarining quyidagi asosiy ko‘rsatkichlariga e`tibor qaratiladi: mahsuldorlik va tezpisharlik, don sifati, qurg‘oqchilikka chidamlilik, kasallik va zararkunandalarga bardoshlilik, o‘simlikning yiqilib qolishiga chidamliligi va boshqa da asosiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha baholanadi. Navni maqsuldorlik bo‘yicha tanlab olishda, don yirikligi hisobga olinadi. O‘simlikning mahsuldorligini tashkil etuvchi elementlar: o‘simlikdagi dukkaklar soni, bitta o‘simlikdagi don salmog‘i, 1000 dona don vazni hisoblanadi. Namunalar, don soniga qarab tanlanadigan bo‘lsa, sermahsul namunalarni tanlab olish imkoniyati yuqori bo‘ladi. Bu ko’rsatkichlar navning genetik imkoniyatlariga, O‘simlikning biologiyasiga, parvarishlash shartsharoitlariga ham bog‘likdir. Hosildorlikni belgilashda 1000 dona don vazni ko‘rsatkichi, soyaning qaysi navga mansubligini belgilashga imkon berishdan tashqari, o’suv davri davomida, ayniqsa, don to‘lish paytida tashqi muhit omillari qanday bo‘lganligi to‘g‘risida ma`lumot beradi. Bu navdorlik belgisi bo‘lib, shuning bilan birgalikda kuchli darajada to‘lishish davridagi iqlim sharoitga bog‘likdir. Soya o‘simligi donining 1000 dona don vazni 150-180 gramm atrofida bo‘lgani, maqsadga muvofiq bo‘ladi. Tadqiqot natijalari. Tadqiqotlarimizda soyaning Arletta, Tumaris va Viktoriya navlarining Qoraqalpog‘iston Respublikasi sharoitida hosildorligi o‘rganildi. Olib borilgan tadqiqotlar natijasida Don va dukkakli ekinlar ilmiy tadqiqot institutida soya namunalari kollekciyasidan keltirilgan navlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi sharoiti uchun tanlab olish maqsadida har bir nav 60kg/ga me`yorda, qator oralig‘i 60x10x2 sxemasida qo‘lda ekildi. O‘suv davri davomida fenologik kuzatuvlar olib borilib, poya balandligi, pastki dukkakning joylashishi, shoxlar soni, bir o‘simlikdagi don soni o‘rganib borildi. Nav namunalarida biologik hosil 25m2 dan va gektar hisobiga aniqlandi. Tanlab olingan Arletta, Tumaris va Viktoriya navlarida hosildorlik mos ravishda o‘rtacha 23,82; 21,98 va 18,53 c/ga ni tashkil etdi. Navlar ichida eng yuqori hosildorlik Arletta navida kuzatilib, o‘rtacha hosildorlikka esa Tumaris navi ega bo‘ldi.
27 Xulosa. Demak, Qoraqalpog‘iston Respublikasi sharoitida soya o‘simligidan mo‘l hosil olish uchun Arletta va Tumaris navlarini tanlab olish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Bibliografik róyxat: 1. Atabaeva X.N. “Soya”, Tashkent, 2004, 25-29 b. 2. Дивидинко О.Г., Голенко Д. В., Роенцвейг В.Е. "Состояние селекции и производства сои в Республике Беларусь" Современные проблемы селекции и технология возделывания сои. Сборник 2-й международной конференции. Краснодар, 2008. С. 2832.