QORAQALPOQSTON SHAROITIDA KUZGI BUG'DOY MAYDONLARIDA AMALGA OSHIRILADIGAN KUZGI VA QISHKI ISHLAR BO'YICHA NATIJALAR
Full text
37 UDK: 633.18.631.526 QORAQALPOQSTON SHAROITIDA KUZGI BUG‘DOY MAYDONLARIDA AMALGA OSHIRILADIGAN KUZGI VA QISHKI ISHLAR BO‘YICHA NATIJALAR U. Abillayev, q.x.f.n,. Utambetov Duysenbay Usnatdinovich, q.x.f.f.d., B.U. Abdullayev abdullayev. [email protected]. “Don va sholi ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi” DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17536514 Annotatsiya: Maqolada Qoraqalpog‘iston Respublikasining iqlim va tuproq sharoitida kuzgi bug‘doy yetishtirishda kuzgi va qishki davrlarda bajariladigan agrotexnik tadbirlar tahlil qilindi. Kuzgi bug‘doyning sovuqqa chidamliligini oshirish, optimal ekish muddati, o‘g‘itlash tizimi, qishki himoya choralari hamda bahorgi oziqlantirish ishlari ilmiy asosda yoritilgan. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, to‘g‘ri agrotexnik tadbirlar kuzgi bug‘doyning qishdan chiqish ko‘rsatkichini 70–80% gacha oshirib, hosildorlikni 15–20% ga ko‘taradi. Kalit so‘zlar: kuzgi bug‘doy, sovuqqa chidamlilik, agrotexnika, o‘g‘itlash, tuproq namligi, monitoring, hosildorlik. Аннотация:В статье приведён анализ агротехнических мероприятий, проводимых в осенне-зимний период при выращивании озимой пшеницы в условиях Каракалпакстана. Рассмотрены вопросы повышения холодостойкости озимой пшеницы, оптимальные сроки сева, система удобрений, защита от зимних неблагоприятных факторов и весенняя подкормка. Результаты показали, что соблюдение данных мероприятий обеспечивает сохранность посевов до 80% и повышает урожайность на 15–20%. Ключевые слова: озимая пшеница, холодостойкость, агротехника, удобрение, влажность почвы, мониторинг, урожайность. Annotation.The article provides a comprehensive analysis of autumn and winter agrotechnological practices in cultivating winter wheat under the soil and climatic conditions of the Republic of Karakalpakstan. It presents information on improving the cold resistance of winter wheat, determining optimal sowing periods, irrigation systems, winter protection measures, and post-autumn fertilization practices. According to the results, the timely implementation of agrotechnological measures increases the winter survival rate of winter wheat up to 70–80% and enhances productivity by 15–20%. Keywords: winter wheat, cold resistance, agrotechnology, irrigation, soil moisture, monitoring, productivity. Kirish. Mamlakatimizda aholini sifatli va yetarli miqdordagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash masalasi bugungi kunda eng muhim iqtisodiy va ijtimoiy vazifalardan biri hisoblanadi. Oziq-ovqat xavfsizligi har bir davlatning barqaror rivojlanishini ta’minlovchi asosiy omillardan biri bo‘lib, bu borada don ekinlarini, ayniqsa bug‘doy yetishtirishning o‘rni beqiyosdir. Chunki bug‘doy —
38 nafaqat non mahsulotlari, balki ko‘plab boshqa oziq-ovqat turlari ishlab chiqarishning asosiy xomashyosi sanaladi. O‘zbekiston sharoitida, jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasida ham don yetishtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. So‘nggi yillarda Qoraqalpog‘istonda kuzgi bug‘doy maydonlari 53–60 ming gektarni tashkil etib, bu hudud aholisi uchun muhim oziq manbai bo‘lib xizmat qilmoqda. Biroq, mavjud yer-suv resurslaridan samarali foydalanish, hosildor navlarni tanlash, agrotexnik tadbirlarni to‘g‘ri olib borish va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish orqali hosildorlikni yanada oshirish dolzarb vazifa bo‘lib qolmoqda. Bug‘doy yetishtirishda hosil miqdori bilan bir qatorda don sifatiga ham e’tibor qaratish zarur. Chunki yuqori sifatli don mamlakat ichki iste’molini qondirish bilan birga, eksport salohiyatini ham oshiradi. Shu sababli fermer xo‘jaliklarida innovatsion yondashuvlar, suvni tejovchi texnologiyalar, agrotexnik chora-tadbirlarni ilmiy asosda qo‘llash, ekin almashinuvi tizimini yo‘lga qo‘yish kabi ishlarni kuchaytirish muhim ahamiyat kasb etadi. Umuman olganda, don ekinlari, xususan bug‘doy yetishtirish hajmini oshirish va don sifatini yaxshilash mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, qishloq xo‘jaligi samaradorligini oshirish hamda aholining farovon hayot kechirishida hal qiluvchi omil bo‘lib xizmat qiladi. Materiallar va usullarTadqiqotlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi cho‘lshamol iqlim sharoitida olib borildi. Mahalliy kuzgi bug‘doy navlari ekilib, quyidagi tadbirlar bajarildi: Optimal muddatda (oktabr o‘rtalarida) 4–5 sm chuqurlikka ekish. Har gektarga 10 tonnagacha chirigan go‘ng solish, kuzda fosforli va kaliyli o‘g‘itlar bilan oziqlantirish, qish mavsumida qor qoplamasini siqish (mala yoki katok yordamida). Bahorda 150–200 kg/ga ammoniy sulfat bilan oziqlantirish. Monitoring asosida qishdan keyingi tirik o‘simliklar soni baholandi. Tadqiqot natijalari va tahlil. Optimal muddatda ekilgan kuzgi bug‘doy o‘simliklari yaxshi tup chiqib, qishki sovuqlarga bardosh berdi. Kech ekilgan maydonlarda esa ko‘chatlarning 30–40% nobud bo‘lgan. Qand moddalari to‘planishi natijasida o‘simliklar –15–16°C sovuqqa chiday oldi. Kuzda berilgan fosfor-kaliy o‘g‘itlari ildiz tizimini mustahkamlab, bahorda azotli oziqlantirish hosil elementlarini 25–30% oshirdi. Qor saqlanishi bilan tuproqning issiqlik rejimi yaxshilandi va chiqish 70–80% gacha saqlanib qoldi. Xulosa. Hudud iqlimiga mos navlarni tanlash zarur. Optimal muddatda 4–5 sm chuqurlikka ekish eng samarali. Har gektarga 10 tonnagacha go‘ng solish, fosfor va kaliy bilan kuzda, azot bilan bahorda oziqlantirish lozim. Qishki himoya
39 (qor saqlash, dala monitoringi) zarur. Bu chora-tadbirlar hosildorlikni 15–20% gacha oshiradi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Karimov A., Jo‘rayev B. “G‘alla yetishtirishda zamonaviy agrotexnologiyalar”, Toshkent, 2021. 2. Abillayev U. va boshq. “Qoraqalpog‘iston sharoitida kuzgi bug‘doy agrotexnikasi”, Nukus, 2023. 3. Rasulov N., “O‘simlik fiziologiyasi”, Toshkent, 2020. 4. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi ma’lumotlari, 2024-yil.