QORAQALPOG'ISTONDA G'O'ZANING MEKSIKA NAMUNALARINI MAHALLIY NAVLAR BILAN DURAGATLASH ASOSIDA OILINGAN F1 AVLODNING OTA-ONA SHAKLLARIGA NISBATAN TOLA CHIQIMI BELGISI BO'YICHA IRSIYLANISHI
Full text
51 UO‘T: 631.527:633.51(575.1):631.531.02 QORAQALPOG‘ISTONDA G‘O‘ZANING MEKSIKA NAMUNALARINI MAHALLIY NAVLAR BILAN DURAGATLASH ASOSIDA OILINGAN F1 AVLODNING OTA-ONA SHAKLLARIGA NISBATAN TOLA CHIQIMI BELGISI BO‘YICHA IRSIYLANISHI Ramazanov Daniyar Baxitbay ulı Qoraqalpog’iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti asisstenti e-mail: daniyar.bakhitovi[email protected] Jumabaeva Shinar Kengesbaevna., Abdullaeva Aygul Yura qizi Qoraqalpog’iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti talabalari DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17536555 Abstract: Cotton growing is one of the strategic sectors of Uzbekistan's agriculture, and one of the important indicators determining its effectiveness is the fiber yield of cotton. Fiber yield directly affects the economic efficiency of cotton, the quality of the cotton variety, and the processes of technological processing. A high level of this indicator not only increases the profit from the product, but also guarantees a stable supply of raw materials to the textile industry. Keywords: Cotton, fiber yield, cotton growing, cotton varieties, fiber quality, yield, agronomic measures, cotton cultivation, raw material efficiency, fiber profitability, cotton industry, breeding work, agrotechnical measures, fiber yield indicator. Kirish (adabiyotlar sharhi). Gʻoʻza yetishtirishdagi asosiy maqsad – yuqori va sifatli tola hosilini olish bo‘lib, bu esa bevosita tola chiqimi ko‘rsatkichi bilan chambarchas bog‘liqdir. Tola chiqimi - bu gʻoʻzadan olinadigan tolaning umumiy xom paxta massasiga nisbatan foizda ifodalanadigan miqdoridir. Ushbu ko‘rsatkich gʻoʻza navining genetik xususiyatlari, agrotexnik tadbirlar sifati, iqlim sharoitlari, tuproq unumdorligi hamda hosilni yig‘ib-terib olish texnologiyalariga qarab farqlanadi. Tola chiqimi nafaqat iqtisodiy jihatdan foydani belgilaydi, balki gʻoʻza navining sanoat uchun mosligini, to‘qimachilikdagi qayta ishlash samaradorligini ham belgilab beradi. G‘o‘za namunalari va navlarini ekologik-geografik uzoq chatishtirish natijasida yaratilgan duragaylarning dastlabki avlodlarida tola chiqimining shakllanishi yuqori tola chiqimiga ega AQSH namunalari genotipi ta’sirida yuz berishi natijasida keng o‘zgaruvchanlikka hamda ijobiy transgressiv shakllarning paydo bo‘lishiga erishishgan [1; 4-5-b.]. So‘nggi yillarda yuqori tola chiqimiga ega bo‘lgan gʻoʻza navlarini yaratish, ularni agroekologik zonalarga moslashtirish hamda hosildorlik va sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilash bo‘yicha keng qamrovli ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Shu nuqtai nazardan, gʻoʻzada tola chiqimining shakllanishiga ta’sir etuvchi omillarni chuqur o‘rganish, mavjud navlarning potensial imkoniyatlarini
52 tahlil qilish va ilg‘or agrotexnologiyalarni tatbiq etish dolzarb ilmiy-amaliy vazifalardan biridir. G‘o‘za namunalari va navlarini ekologik-geografik uzoq chatishtirish natijasida yaratilgan duragaylarning dastlabki avlodlarida tola chiqimining shakllanishi yuqori tola chiqimiga ega AQSH namunalari genotipi ta’sirida yuz berishi natijasida keng o‘zgaruvchanlikka hamda ijobiy transgressiv shakllarning paydo bo‘lishiga erishishgan [2; 37-42-b.]. Tola chiqimi va tola sifati bilan bog‘liq ko‘rsatkichlarga yuqori harorat salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Tola hujayrasi devorida fotosintomlar mavjud bo‘lib, u harorat o‘zgaruvchanligiga yuqori sezuvchandir [3; 50-53-b.]. Materiallar va uslublar. Gʻoʻza genofondida saqlanayotgan xorijiy mamlakatlarga tegishli nav va namunalardan foydalanish, ularni mahalliy navlar bilan chatishtirish hamda hosil bo‘lgan duragay avlodlarni ilmiy jihatdan chuqur o‘rganish orqali erta pishadigan, yuqori hosildor, tashqi omillarga nisbatan chidamli, shuningdek, tola chiqimi yuqori bo‘lgan yangi gʻoʻza navlari, genotiplari va boshlang‘ich shakllarini yaratish – hozirgi davr seleksiya ilm-fanining eng dolzarb yo‘nalishlaridan biri sanaladi. Ushbu tadqiqotlarimiz doirasida esa, gʻoʻzaning kelib chiqish markazlaridan biri hisoblangan hududlardan – xususan, Meksikaga oid ekologo-geografik jihatdan xilma-xil namunalar “Paxta seleksiyasi, urugʻchiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari” ilmiy-tadqiqot institutining kolleksiya fondidan olinib, institutning tajriba xo‘jaligi dalalarida ekilib, kompleks agrobiologik tahlillar asosida o‘rganildi. Natijalar va munozara. Bugungi kunda Respublikamizda gʻoʻza seleksiyasi sohasida faoliyat yuritayotgan olimlar zimmasiga tola chiqimi 40% dan yuqori bo‘lgan, agronomik jihatdan afzal va ijobiy belgilarning majmuasiga ega navlarni yaratish bo‘yicha muhim ilmiy-amaliy vazifalar yuklatilgan. Tadqiqot jarayonida tola chiqimi belgisi yuzasidan ekologo-geografik jihatdan uzoq hududlardan olingan namunalar, mahalliy seleksiya navlari hamda ular asosida hosil qilingan duragay namunalar andoza nav bilan solishtirilib tahlil qilindi. O‘rganilgan Meksika namunalrida tola chiqimi 33,1 dan 36,2 % gacha, mahalliy navlarda 35,6 dan 37,6 % gacha, F1 duragaylarida 34,6-38,5 % oralig‘ida hamda andoza navida 34,8 % bo‘lganligi qayd etildi. Tola chiqimi bo‘yicha o‘rganilgan 6 ta F1 duragaylaridan 2 ta kombinatsiyada hp=-0,18 dan F1 (Holland 1806 x KK-3535), hp=-3 gacha F1 (Nazar 87 x KK-3535) salbiy holatda irsiylanganligi kuzatildi. F1 duragaylaridan 4 tasida ota-ona shakllariga nisbatan irsiylanish ijobiy bo‘ldi. O‘rta tolali ekolo-geografik uzoq namunalar (Meksika) bilan mahalliy navlar ishtirokida olingan duragaylarning tola chiqimi belgilarini irsiylanishi.
53 № Ota-ona shakllari va F1 duragaylar Tola chiqimi (%) Hp 1 Nazar 87 (010203, Meksika) 36,2 - 2 HS-23 (010236, Meksika) 34,5 - 3 Holland 1806 (010239, Meksika) 33,1 - 4 Oclock 1518 (010309, Meksika) 35,3 - 5 Sulton 35,6 - 6 KK-3535 36,8 - 7 Chimboy-5018 37,6 - 8 F1 [Nazar 87 (010203, Meksika) x KK-3535] 35,6 -3,0 9 F1 [HS-23 (010236, Meksika) x Sulton] 38,3 5,9 10 F1 [HS-23 (010236, Meksika) x KK-3535] 37,8 1,86 11 F1 [Holland 1806 (010239, Meksika) x KK-3535] 34,6 -0,18 12 F1 [Holland 1806 (010239, Meksika) x Chimboy-5018] 39,2 1,71 13 F1 [Oclock 1518 (010309, Meksika) x KK-3535] 38,5 3,26 14 St. S-4727 34,8 - EKF 05 (NSR05) 0,9 - Xulosa va tavsiyalar. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, tola chiqimi belgisi bo‘yicha F1 duragay namunalarida ota-ona shakllari bilan solishtirilganda sezilarli darajada yuqori ko‘rsatkichlar kuzatildi. Ayrim duragay kombinatsiyalarida tola chiqimi foizi andoza nav va ota-ona shakllardan 2,5–5,0% ga yuqori bo‘ldi. Duragaylarning bunday ustunlik holatlari, ayniqsa, xorijiy ekotipo bilan mahalliy yuqori adaptatsiyaga ega navlar o‘rtasidagi chatishtirishlarda yaqqol namoyon bo‘ldi. Mazkur holatlar asosida o‘tkazilgan genetik-statistik tahlillar natijasida tola chiqimi belgisi bo‘yicha irsiylanish darajasi nisbatan yuqori bo‘lgan, ya’ni keyingi avlodlarga uzatilish ehtimoli katta bo‘lgan duragay oilalar aniqlanib, seleksion jarayonlarda foydalanish uchun istiqbolli shakllar sifatida ajratib olindi. Bu esa, seleksiya ishlarida yuqori tola chiqimli navlarni yaratishda mazkur genotiplardan asosiy boshlang‘ich material sifatida foydalanish imkonini beradi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Yo‘ldoshova R., Amanturdiyev I., Namazov Sh., Raximov T. Ekologik-geografik uzoq chatishtirishdan olingan yuqori avlod duragaylarida tola chiqimining shakllanishi va o‘zgaruvchanligi // AGRO ILM jurnali 5[65]- SON, 2017. – B. 4-5. 2. Saydaliyev X., Abdullayev A.A., Xolmurodov A.I. Gossipium tomentozum ishtirokida olingan turlararo duragaylarning ba’zi biologik xususiyatlari // G‘o‘za genetikasi, seleksiyasi, urug‘chiligi va bedachilik masalalari to‘plami. – Tashkent, 1995. – B. 37-42. 3. Mirzarasulov M., Pulatov M., Aliyev A. G‘o‘za navlari va yangi tizmalarning tola chiqimi va uzunligi bo‘yicha genetik taxlili // G‘o‘za genetikasi, seleksiyasi, urug‘chiligi va bedachilik masalalari to‘plami. Tashkent, 1995.