scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

SUV TANQISLIGIGA VA SHO'RLANISHGA BARDOSHLI TURLI OZUQABOP EKINLAR NAV, NAMUNALARINI SINASH

Seitmusayev Bayrambay Abatbayevich; Kochkarov Farxаd Xo'jamuratovich; Allashov Baxram Davletbayevich; Parmanova Dilnoza Mavlanovna

Full text

75 UO‘K: 633.1-3. SUV TANQISLIGIGA VA SHO‘RLANISHGA BARDOSHLI TURLI OZUQABOP EKINLAR NAV, NAMUNALARINI SINASH Seitmusayev Bayrambay Abatbayevich Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi huzuridagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi agroxizmatlar markazi Kochkarov Farxаd Xo‘jamuratovich., Allashov Baxram Davletbayevich., Parmanova Dilnoza Mavlanovna Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17536631 Annotatsiya. Keyingi yillarda uchrayotgan sho‘rlangan tuproqli maydonlar oshib borishi, suv tanqisligi qishloq xo‘jaligi ekinlari, jumladan ozuqabop ekinlar hosildorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatib kelmoqda. Bu o‘z navbatida chorva mollari mahsuldorligi kamayib ketishiga sabab bo‘lmoqda. Buning uchun ozuqabop ekinlarning suv tanqisligiga va sho‘rlanishga bardoshli bo‘lgan yangi boshlang‘ich ashyolar tanlash, yangi navlarni yetishtirish agrotexnikasi ishlab chiqish lozim bo‘ladi. Ushbu maqolada ozuqabop ekinlarning turli xil nav, namunalarini sinash, ayrim qimmatli xo‘jalik belgilari bo‘yicha o‘rganish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari keltirilgan. Kalit so‘zlar. Iqlim o‘zgarishi, suv tanqisligi, sho‘rlanish, ozuqabop ekinlar, hosildorlik, nav, duragay, sinash. Аннотация. В последние годы увеличение площадей засоленных почв и дефицит воды негативно сказываются на урожайности сельскохозяйственных культур, в том числе кормовых. Это, в свою очередь, приводит к снижению продуктивности животноводства. Это требует подбора нового исходного материала для кормовых культур, устойчивого к засолению и дефициту воды, а также разработки агротехнических приемов выращивания новых сортов. В статье представлены результаты исследований, проведенных по испытанию различных сортов и образцов кормовых культур, а также изучению некоторых хозяйственноценных признаков. Ключевые слова. Изменение климата, дефицит воды, засоление, кормовые культуры, урожайность, сорт, гибрид, испытание. Abstract.In recent years, the increase in saline soils and water shortages have negatively impacted the yield of agricultural crops, including forage crops. This, in turn, leads to a decrease in livestock productivity. This requires the selection of new feedstock for forage crops that are tolerant to salinity and water stress, as well as the development of cultivation techniques for new varieties. This article presents the results of research conducted on testing various varieties and samples of forage crops, as well as the study of certain economically valuable traits. Keywords. Climate change, water stress, salinity, forage crops, yield, variety, hybrid, testing. Kirish. Ozuqa bazasini mustahkamlashda ozuqabop ekinlar yetishtirish uchun ajratilgan yer maydonlaridan samarali foydalanish uchun avvalambor tuproq-iqlim sharoitlaridan kelib chiqib shu yerga mos ekin turi va navini to‘g‘ri 76 tanlab ekishga e’tibor qaratish kerak bo‘ladi. Tuprog‘i unumdor yerlarda makkajo‘xori yoki beda kabi ozuqabop ekinlardan yuqori hosil olish mumkin, ammo ushbu ekinlar suv tanqis, sho‘rlangan tuproqlarda hosildorlik imkoniyatlarini 1 baravardan 4 baravargacha yo‘qotishi mumkin. Bunday sharoitlarda ozuqaviyligi bo‘yicha makkajo‘xoriga yaqin bo‘lgan oqjo‘xori, Afrika qo‘nog‘i kabi ekinlarni, beda o‘rniga qashqarbeda, esparset kabi ekinlarni ekib yetishtirish orqali har bir gektar yerdan yetishtirib olinadigan ozuqa birligini oshirish mumkin. Shunindek ozuqabop ekinlardan yuqori hosildorlikka erishishda har qanday navni ekishning maqbul me’yor va muddatlari kabi agrotexnikalarini qo‘llash ham muhim ahamiyat kasb etadi. Suv tanqisligiga, sho‘rlanishga bardoshli ozuqabop ekinlarni ekib sinash, ularni qimmatli xo‘jalik belgilari bo‘yicha o‘rganish bugungi kunda dolzarb ahamiyatga ega bo‘lgan vazifalardan hisoblanadi. Materiallar va uslublar. Tadqiqot materiallari sifatida ozuqabop ekinlarning mahalliy va xorijiy nav, namunalari qo‘llanildi. Ilmiy tadqiqotlarda dala, laboratoriya tajribalari, fenologik kuzatuvlar umumqabul qilingan uslubiy qo‘llanma va urug‘likning sifat ko‘rsatkichlari O‘zDSt 2823:2014 dan foydalanildi. Natijalar va munozara. Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti tajriba dalasida ozuqabop ekinlarning 20 ta mahalliy va xorijiy nav, namunalarini sinash uchun 4 ta takrorlanishda ekib o‘rganildi. Agrotexnik tadbirlar bir xil qo‘llanildi. Barcha namunalar bo‘yicha fenologik kuzatuvlar olib borildi. Bir qator qimmatli xo‘jalik belgilari bo‘yicha o‘rganildi. Ushbu namunalar bir o‘simlikdagi barglar soni, barg uzunligi va eni kabi ko‘rsatkichlar bo‘yicha o‘rganildi va ularning o‘rtacha ko‘rsatkichlari hisoblab chiqildi. Ozuqabop ekinlarning ushbu belgilar bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichlari natijalari quyidagi 1-jadvalda keltirilgan. Ozuqabop ekinlarning mahalliy va xorijiy nav, namunalarini ayrim qimmatli xo‘jalik belgilari bo‘yicha baholash natijalari T/r Ekinturi, navi O‘rtacha ko‘rsatkichlar Bir o‘ simlikdag i barglar soni, dona Bar guzunligi, sm Barg eni, sm 1 Oqjo‘xori –Susu duragayi 17,8 73,9 7,0 2 Oqjo‘xori – yangi namuna 13,6 73,8 8,0 3 Afrika qo‘nog‘i Nis-1103 17,7 73,5 4,5 4 Oqjo‘xori -NutriTopStar 18,6 107,3 4,5 5 Oqjo‘xori -Hunnigreen duragayi 17,8 139,2 10,1 6 Oqjo‘xori -Nudan duragayi 18,6 93,0 3,8 7 Oqjo‘xori – yangi tizma 17,5 62,7 6,7 8 Oqjo‘xori -Revolution duragayi 18,1 73,7 5,2 77 9 Oqjo‘xori + sudan o‘ti-NsDjin 14,8 72,9 5,6 10 Oqjo‘xori -АҒ-7102 duragayi 6,9 76,7 7,0 11 Oqjo‘xori -Nis-1501 duragayi 14,3 86,3 12,3 12 Oqjo‘xori -Nis-1502 duragayi 13,9 85,5 12,6 13 Oqjo‘xori о-Jambostar duragayi 20,7 81,0 6,6 14 Oqjo‘xori –Macia duragayi 10,7 72,1 10,4 15 Oqjo‘xori –Kirgiziya navi 15,8 51,9 7,2 16 Oqjo‘xori – yangi tizma 17,7 66,5 13,0 17 Oqjo‘xori –Zumbra duragayi 10,0 66,3 11,0 18 Oqjo‘xori –Santinel duragayi 10,9 88,2 11,4 19 Oqjo‘xori о-Biyanka duragayi 5,7 52,8 4,7 20 Oqjo‘xori -AF-8301 duragayi 8,9 56,1 6,3 O‘lchov va kuzatuvlarga ko‘ra bir o‘simlikdagi barglar soni 5,7 donadan 20,7 donagacha, bitta barg uzunligi 46,9 sm dan 139,2 sm gacha, bitta barg eni 3,8 sm dan 13,0 sm gacha oraliqda bo‘lganligi kuzatildi. Jadvalda keltirilgan ma’lumotlardan ko‘rishimiz mumkinki, bir o‘simlikdagi barglar soni bo‘yicha yaxshi ko‘rsatkichlar oqjo‘xorining Jambostar, Hunnigreen, Nudan duragaylarida, barg uzunligi bo‘yicha yaxshi ko‘rsatkichlar NutriTopStar, Hunnigreen duragaylarida va barg eni bo‘yicha yaxshi ko‘rsatkichlar oqjo‘xorining mahalliy yangi tizmasida, Nis-1501, Nis-1502 duragaylarida bo‘ldi. Xulosa va tavsiyalar. Olib borilgan tadqiqotlar natijasida olingan natijalarga asoslanib shunday xulosa qilish mumkinki, sinalgan nav, namunalar ichida bir o‘simlikdagi o‘rtacha barglar soni oqjo‘xorining Jambostar, Hunnigreen, Nudan duragaylarida ko‘proq bo‘ldi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. B.D.Allashov, M.X.Zulfikarov, M.N.Sattarov. Primary seed production of fodder crops. IOP Conference Series: Earth and Environmental Science 614 (1), 012160 https://iopscience.iop.org/article/10.1088/1755-1315/614/1/012160 2. B.D.Allashov Milliy genbankdan olingan oqjo‘xori namunalarini ayrim qimmatli xo‘jalik belgilari bo‘yicha o‘rganish. 2024Ж. Science and innovation. Том 3. №Special Issue 47. 574579 b. 3. Dala tajribalarini o‘tkazish uslublari. O‘zPITI, Toshkent. 2007, 147 b.