O'RIKGUL VA QAMAR RANGBARANGLIGI BOʻYICHA DIFFERENSIYALANGAN JUFTLASHDAN OLINGAN AVLODLARNING GUL KO'RSATKICHLARI
Full text
116 O‘RIKGUL VA QAMAR RANGBARANGLIGI BOʻYICHA DIFFERENSIYALANGAN JUFTLASHDAN OLINGAN AVLODLARNING GUL KO‘RSATKICHLARI Z.A.Seytmusayeva, q.x.f.f.d. (PhD), assistent, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali A.Gaziyev, q.x.f.d., professor, boʻlim mudiri, Qorakoʻlchilik va choʻl ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17536798 Annotatsiya. Maqolada qoraqalpoq sur qoʻylarini rangbarangligi boʻyicha differensiyalangan juftlashda avlodlarda gul tiplarining namoyon boʻlish darajalari boʻyicha tadqiqot natijalari yoritilgan. Tadqiqotlarda ota-onalarni rangbarangligi bo‘yicha differensiyalangan juftlash natijasida rangbarangliklar kesimida farqlanish holatlari kuzatilganligi aniqlangan. Kalit soʻzlar: qorakoʻl qoʻyi, qoraqalpoq suri, avlod, seleksiya, juftlash, rangbaranglik, gul tipi. Аннотация. В статье представлены результаты исследования степени проявления типов завитка у потомства овец породы каракалпакский сур при дифференцированном скрещивании по окраске. Исследования показали, что различия в окраске наблюдаются в результате дифференцированного скрещивания родителей по окраске. Ключевые слова: каракульские овец, каракалпакский сур, потомство, отбор, скрещивание, окраска, тип завитка. Summary. The article presents the results of a study examining the degree of curl pattern expression in the offspring of Karakalpak Sur sheep after differential crossbreeding for color. The study demonstrated that differences in color pattern are observed as a result of differential crossbreeding of parents based on color. Key words: Karakul sheep, Karakalpak Sur, offspring, selection, crossbreeding, color, curl pattern. Kirish. Qorako‘l gullari qo‘zi terisi sathidagi jingalaklanish darajasiga qarab qimmatli, kam qimmatli va qimmatsiz guruhlariga bo‘linadi. Qimmatli gullarga yarim doira, qovurg‘asimon, yassi va o‘rta kenglikdagi yol gullar; kam qimmatli gullarga dona gul, keng yol gullar, qimmatsiz gullarga parmagul, halqa gul, yoloq gul va boshqalar kiradi. Qayd etilganlar bilan bir qatorda gullar eni, uzunligi, mustahkamligi, teri sathida joylashish rasmi kabi guruhlarga ajratiladi. Qayd etilgan ko‘rsatkichlarning avlodlarda yuqori darajada namoyon bo‘lishi ularning nasl qimmatliligini oshiradi. Ushbu belgilarning namoyon bo‘lishiga
117 ko‘pgina omillar ta’sir etadi. Bular qatoriga seleksiya–naslchilik ishlarini yuritish, tanlash, juftlash, ozuqa va ekologik omillarni kiritish mumkin. Ma’lumki, sur qorako‘l qo‘ylarini seleksiyalash va urchitishda ularning rangbaranglik ko‘rsatkichlari bilan bir qatorda ularning gul tipini ham inobatga olish muhim hisoblanadi. Gul tiplari bilan gullarning uzunligi, kengligi, mustahkamligi, joylashish rasmi hamda tipga xos gullarning namoyon bo‘lishi orasida sezilarli bog‘liklik mavjud, ularni yaxshilashga seleksiyani gul tipiga yo‘naltirish orqali erishish mumkin va bu holatni seleksiya jaroyonida inobatga olish lozim [2]. Gul tiplariga seleksiyalash o‘rganilgan ko‘rsatkichning mafsadga muvofiq ravishda talab darajasida namoyon bo‘lishini taminlay oladi, ularni yaxshilash uchun tanlash va juftlash ishlarini gul tipiga yo‘naltirib, ko‘zlangan natijaga erishish mumkin [1]. Qoraqalpog‘iston sharoitida turli juftlash variantlarida qoraqalpoq sur qorako‘l qo‘ylarida ota-ona belgilarining avlodlarda rang va jun-ola sifati ko‘rsatkichlarining namoyon bo‘lish darajalari o‘rganilgan [4, 5]. Qayd etilganlar nuqtai nazaridan tadqiqotlar davomida qo‘ylarni rangbarangliklari bo‘yicha turli variantlarda juftlash sharoitida olingan avlodlarda muhim gul ko‘rsatkichlarining namoyon bo‘lish darajalari o‘rganildi. Tadqiqot uslublari. Tadqiqot ishlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Taxtako‘pir tumani “Qorako‘lchilik ilmiy-naslchilik tajriba stansiyasi” da urchitiluvchi turli rangbaranglikdagi va gul tiplaridagi qoraqalpoq sur qorakoʻl qoʻylarida olib borilgan. Tadqiqotlar uchun shamchiroqgul (180 bosh), po‘lati (120 bosh), o‘rikgul (100 bosh) va qamar (65 bosh) rangbarangliklaridagi qo‘ylar shamchiroqgul, po‘lati va o‘rikgul rangbarangliklaridagi qo‘chqorlar hamda yarim doira qalamgul (85 bosh), qovurg‘asimon (87 bosh), yassi (83 bosh) va o‘sikgul (86 bosh) tiplaridagi jami 341 bosh qo‘ylar guruhlari shakllantirilib, ularni rangbarangligi boʻyicha differensiyalangan va gul tipi boʻyicha gomogen va geterogen juftlash ishlari amalga oshirildi, olingan avlodlarni muhim seleksion belgilar bo‘yicha baholash “Qorako‘lchilikda naslchilik ishlarini yuritish va qo‘zilarni baholash (bonitirovka qilish) bo‘yicha qo‘llanma (2015-yil) talablari asosida amalga oshirildi [6]. Olingan ma’lumotlarga variatsion statistika usullarida [3] o‘rtacha ko‘rsatkich (X), o‘rtacha ko‘rsatkich xatosi (Sx), o‘zgaruvchanlik koeffitsiyentini (Cv) aniqlash yo‘li bilan matematik ishlov berildi. Tadqiqot natijalari. Tadqiqotlar davomida shamchiroqgul, po‘lati, o‘rikgul rangbarangliklaridagi qo‘chqorlar bilan o‘rikgul rangbaranlikdagi qo‘ylarni
118 juftlashda avlodlarning gul tiplariga taqsimlanishi bo‘yicha kuzatilgan ma’lumotlar tahlil qilindi (1-jadval). Avlodlarni gul tiplariga taqsimlanishi Juftlash Olin gan avlod Shundan, % (X±Sx) ♂ ♀ yarim doira qalamgul qovurg‘a simon yassi oʻsikgul Shamchiroqgul Oʻrikgul 29 51,7±9,27x) 13,8±6,40 20,7±7,52 13,8±4,60 Po‘lati Oʻrikgul 30 50,0±9,12 x) 23,3±7,71 3,4±3,3 x) 3,3±7,71 Oʻrikgul Oʻrikgul 41 85,4±5,51 2,4±2,38 9,8±4,64 x 2,4±2,38 X)-P<0,05; X)-P<0,001 Jadvaldagi juftlash variantlari bo‘yicha ma’lumotlar tahlilidan yarim doira qalamgul tipidagi avlodlar salmog‘ining sezilarli farqlanishlarni kuzatish mumkin. Bunda “o‘rikgul x o‘rikgul” variantida ushbu ko‘rsatkichning deyarli maksimal (85,4±5,51%) darajaga yetish va 1 hamda 2 variant ko‘rsatkichlaridan statistik ishonchli (P<0,001) ustunlik qilishi, qovurg‘asimon tipli avlodlarning eng yuqori darajasi (23,3±7,71%) “po‘lati x o‘rikgul” yassi tipli avlodlar chiqimining eng yuqori darajasi “shamchiroqgul x o‘rikgul” variantlarida kuzatishi aniqlandi. Tanlangan qo‘chqorlar bilan qamar rangbaranglikdagi qo‘ylarni juftlash natijalari 2-jadvalda keltirilgan. Avlodlarni gul tiplariga taqsimlanishi Juftlash Olin gan avlod Shundan, % (X±Sx) ♂ ♀ yarim doira qalamgul qovurg‘a simon yassi oʻsikgul Shamchiroqgul Qamar 25 44,0±9,92 36,0±9,6 12,0±6,49 8,0±5,42 Po‘lati Qamar 20 50,0±11,1 15,0±7,98 20,0±8,94 15,0±7,98 Oʻrikgul Qamar 20 40,0±10,9 15,0±7,98 25,0±9,68 20,0±8,94 Jadval ma’lumotlari tahlilidan qamar rangbarangligidagi qo‘ylar ishtirok etgan juftlash ishlarida yarim doira qalamgul tipli avlodlar salmog‘i 40,0-50,0 foiz darajasida qayd etilib, ba’zi variantlarda qovurg‘asimon (36,0-9,6%) yassi (20,025,0%) va o‘sikgul (20,0±8,94%) tipli avlodlar salmog‘ining sezilarli ko‘payishi aniqlandi. Xulosa qilib aytganda, o‘rikgul va qamar rangbaranglikdagi qoraqalpoq sur qoʻylarini rangbarangligi boʻyicha gomogen va geterogen juftlash natijasida 40,085,4% yarim doira qalamgulli, 2,4-36,0% qovurgʻasimon qalamgulli, 12,0-25,0% yassi qalam gulli avlodlar olish mumkin. Bu esa qoraqalpoq sur qoʻylarini
119 rangbarangligi boʻyicha juftlashda olinadigan avlodlarda gul tipi chiqimini bashoratlash imkonini beradi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. Mamatov B.S. Sur qorako‘l qo‘zilarida rang va rangbaranglikning gul tiplari bilan bog‘likligi // Qorako‘lchilik va cho‘l ekologiyasi ilmiy-tadqiqot insituti Cho‘l yaylov chorvachiligini rivojlantirish va cho‘llanishning oldini olishning ilmiy-amaliy asoslari: Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. – Samarkand, 2019. - B. 49-50. 2. Mamatov B.S., Gaziev A. Sur qorako‘l qo‘ylari gul tiplarining avlodlar gul tipi va gul ko‘rsatkichlariga ta'siri // Cho‘l yaylov chorvachiligini rivojlantirish va cho‘llanishning oldini olishning ilmiy-amaliy asoslari: Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. - Samarkand, 2019. - B. 45-47. 3. Ploxinskiy N.A. Rukovodstvo po biometrii dlya zootexnikov // - Moskva,1969. - C. 256. 4. Seytmusaeva, Z., & Gaziev, A. (2023). Uravnennost' rassvetki yagnyat karakalpakskogo sura, poluchennix ot raznix tipov podbora. Aktual'nie problemi pustinnogo jivotnovodstva, ekologii i sozdaniya pastbishnix agrofitosenozov, 1(1), 58–60. izvlecheno ot https://inlibrary.uz/index.php/problems-desert-husbandry/article/view/24943Seytmusayeva Zuxra Abatbayevna, Gaziyev Adxam. (2024). QORAQALPOQ SUR QO'ZILARIDA JUN TOLALARI SIFATINING OTA-ONALAR GUL TIPIGA BOG'LIQLIGI. https://doi.org/10.5281/zenodo.13860129 5. Seytmusayeva Zuxra Abatbayevna, Gaziyev Adxam. (2024). QORAQALPOQ SUR QO'ZILARIDA JUN TOLALARI SIFATINING OTA-ONALAR GUL TIPIGA BOG'LIQLIGI. https://doi.org/10.5281/zenodo.13860129 6. Yusupov S.Yu. va boshqalar. Qorako‘lchilikda naslchilik ishlarini yuritish va qo‘zilarni baholash (bonitirovka qilish) bo‘yicha qo‘llanma // - Toshkent, 2015. - B. 31.