BAHORGI BUG'DOY NAVLARINI SHO'RLANGAN TUPROQLARIDA YETISHTIRISH AGROTEXNOLOGIYASI
Full text
137 UDK: 633.1:631.445:631.581.1 BAHORGI BUG‘DOY NAVLARINI SHO‘RLANGAN TUPROQLARIDA YETISHTIRISH AGROTEXNOLOGIYASI Qurbanbaev Dariyabay Bazarbaevich QQXAI, Selekciya va urug‘chilik mutaxassisligi 2-bosqish magistranti, Sulaymanova Elmira Rustem qizi., Orazbaeva Elmira Azat qizi QQXAI, Selekciya va urug‘chilik mutaxassisligi 2-bosqish talabalari DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17536863 Annotatsiya: Orolbo‘yi hududida bahorgi bug‘doy navlarini etishtirish. Bu maqolada bahorgi bug‘doy navlarining Orolbo‘yi hududi tuproq-iqlim sharoitida yetishtirish imkoniyatlari, ularning vegetatsiya davri, o‘simlik bo‘yi, boshog‘idagi don soni, hosildorligi va sifati o‘rganilgan. Navlarning agrotexnik ko‘rsatkichlari baholangan va ularning mahalliy sharoitga moslashuvchanligi aniqlangan. Kalit so‘zlar: Bug‘doy, don, hosildorlik, kleykovina, oqsil, nav, agrotexnika. Annotation: Cultivation of spring wheat varieties in the Aral Sea region. This article studies the possibilities of growing spring wheat varieties in the soil-climatic conditions of the Aral Sea region, their growing season, plant height, number of grains per ear, yield and quality. The agrotechnical indicators of the selected varieties were evaluated and their adaptability to local conditions was determined. Keywords: Wheat, grain, yield, gluten, protein, variety, agrotechnology. Kirish. Orolbo‘yi hududida so‘nggi yillarda global iqlim o‘zgarishi qishloq xo‘jaligi barqarorligiga jiddiy tahdid solmoqda. Iqlimning isishi va yog‘ingarchilikning beqaror taqsimlanishi, shuningdek, sug‘oriladigan yerlardagi tuproq sho‘rlanish darajasining oshishi dehqonchilik faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Respublika sug‘oriladigan maydonlarining taxminan 50 % – 2,166 mln ga – sho‘rlangan bo‘lib, uning 1,348 mln ga – zaif, 646,7 ming ga – o‘rta, 141 ming ga – kuchli sho‘rlanganligi ma’lum. Bunday vaziyatda bug‘doy – asosiy oziq-ovqat ekini sifatida – oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda strategik ahamiyat kasb etadi. Kuzgi navlarning hosildorligi va don sifati so‘nggi yillarda pasayib bormoqda. Mintaqada joriy etilayotgan kuzgi yumshoq bug‘doy navlari iqlim sharoitiga to‘liq moslashmagani uchun ularning oqsil va kleykovina ko‘rsatkichlari xalqaro talablarga javob bermaydi. Natijada mahalliy aholi talab yuqori bo‘lgan bahorgi bug‘doy doniga tayanadi, va bugungi kunda bahorgi navlarni seleksiya qilish va ularni amaliyotga joriy etish zarurati yuzaga kelgan. Materiallar va usullar. Ushbu tadqiqotning obyekti sifatida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Mo‘ynoq tumani tanlandi. Tajribalar 2024-yil 24 mart kuni har bir nav uchun alohida 10 m² maydonda oʻtkazildi. Tanlangan “E’zoz” va “Paxlavon” navlari 81 kunda, “Oq Marvarid” navi esa 83 kunda to‘liq
138 pishib yetildi; bu vegetatsiya davrining mahalliy sharoitlarga mosligini ko‘rsatadi. Navlar uch guruhga – tezpishar, oʻrtapishar va kechpishar – bo‘lingan boʻlib, bahorgi sharoitda har bir ekin turining optimal ekish muddatini belgilashda muhim ahamiyat kasb etdi. Agrotexnik ko‘rsatkichlarni o‘rganish jarayonida boshog‘idagi don soni, o‘simlik bo‘yi va hosildorlik baholandi. Eng ko‘p don hosil qilgan “E’zoz” navi bo‘shog‘ida o‘rtacha 41 dona don shakllansa, “Paxlavon”da 39 dona va “Oq Marvarid”da 37 dona don hosil bo‘lgani aniqlandi. O‘simlik bo‘yi 89,3 sm dan 96,4 sm gacha farq qilgani mahalliy iqlim sharoitida navlarning o‘sish dinamikasini ko‘rsatdi. Shuningdek, bahorda 5–20 °C oralig‘ida samarali harorat yig‘indisi 320–370 gradusni tashkil etishi vegetatsiya jarayoniga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Tadqiqot natijalari. Tajriba natijalariga ko‘ra, tanlangan bahorgi bug‘doy navlari orasida vegetatsiya davri bo‘yicha 'Oq Marvarid' 83 kunda, 'E’zoz' va 'Paxlavon' navlari esa 81 kunda pishib yetildi. Boshog‘idagi don soni bo‘yicha eng yuqori natija 'E’zoz' navida – 41 dona, so‘ngra 'Paxlavon' – 39 dona va 'Oq Marvarid' – 37 dona. O‘simlik bo‘yi 89,3 sm dan 96,4 sm gacha farq qildi. Hosildorlik ko‘rsatkichlari esa mos ravishda: 'E’zoz' – 27,6 ts/ga, 'Paxlavon' – 25,4 ts/ga va 'Oq Marvarid' – 22,4 ts/ga ni tashkil etdi. Bahorgi bug‘doy navlarining agrotexnik va biologik xususiyatlarini baholash natijasida, 'E’zoz' navining hosildorlik va sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori natijalarga ega ekanligi aniqlandi. Ushbu nav Orolbo‘yi hududining iqlim sharoitiga moslashgan va sho‘rlangan tuproqlarda barqaror o‘sish qobiliyatiga ega. Boshqa navlar ham muayyan afzalliklarga ega bo‘lib, ular seleksiya va urug‘chilik ishlarida foydalanish uchun istiqbolli hisoblanadi. Bahorgi sharoitda yuqori harorat va kam namlik sharoitida o‘simliklarning o‘sish dinamikasi, hosil elementlari va don sifati sezilarli darajada ta’sirlanadi, shuning uchun seleksiya ishlarida bu omillarni hisobga olish muhimdir. Xulosa. Orolbo‘yi hududida bahorgi bug‘doy navlarini yetishtirish mumkinligi isbotlandi. 'E’zoz', 'Paxlavon' va 'Oq Marvarid' navlari orasida 'E’zoz' navi eng yuqori natijalarga ega bo‘lib, vegetatsiya muddati, o‘simlik bo‘yi, don soni va hosildorlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha yetakchi bo‘ldi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, ushbu navlarni seleksiya va urug‘chilik dasturlariga kiritish orqali Orolbo‘yi hududining oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga muhim hissa qo‘shish mumkin. Bibliografik ro‘yxat: 1. Tadesse, W., Manes, Y., Singh, R. P., Payne, T., & Braun, H. J. // Adaptation and performance of CIMMYT spring wheat genotypes targeted to high rainfall areas of the world. Crop Science, 50(6), 2010. p. 2240–2248. 2. Sharma, R. C., Crossa, J., Velu, G., Huerta‐Espino, J., Vargas, M., Payne, T. S., & Singh, R. P. // Genetic gains for grain yield in CIMMYT spring bread wheat across international environments. Crop Science, 52(4), 2012. p. 1522–1533.