G'O'ZA DURAGAYLARIDA MAHSULDORDIK BELGISI BILAN BITTA O'SIMLIKDAGI KO'SAKLAR SONI VA BIR DONA KO'SAKDAGI PAXTA VAZNI ORASIDAGI KORRELYASION BOG'LIQLIK
Full text
150 UO‘T:633.511:631.41.3:631.52 G‘O‘ZA DURAGAYLARIDA MAHSULDORDIK BELGISI BILAN BITTA O‘SIMLIKDAGI KO‘SAKLAR SONI VA BIR DONA KO‘SAKDAGI PAXTA VAZNI ORASIDAGI KORRELYASION BOG‘LIQLIK Norov Bekzod Nematovich, q.x.f.f.d (PhD) katta ilmiy xodim, Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, Sirdaryo ilmiy tajriba stansiyasi, Sirdaryo [email protected] Miraxmedov Mirvaxob Sadiqovich, b.f.n, dotsent, Xujayeva Ozoda Toshmamat qizi Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti, Toshkent, DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17536935 Аннотация. Ushbu maqola Sirdaryo viloyatining o‘rta sho‘rlangan tuproq sharoitida olib borilgan tadqiqotlarning natijasi bo‘lib, bunda F2 duragay kombinatsiyalarida mahsuldorlik belgisi bilan bir tup o‘simlikdagi ko‘saklar soni va bir dona ko‘sakdagi paxta vazni orasidagi o‘zaro korrelyasion bog‘liqliklar o‘rganildi. Bunda mahsuldorlikni belgilovchi ko‘rsatkichlardan biri bir dona ko‘sakdaga paxta vazni orasidagi korrelyasion bog‘liqlik r=0,66 dan r=0,76 gachani bo‘lganligi qayd etildi. F2S-5712 x Guliston, F25712 x Poly tex Sirdaryo, F2S-5712 x S-5707 duragay kombinatsiyalarida korelyasion bog‘liqlik o‘rta ijobiy va F2S-5712 x Sirdaryo-1 duragay kombinatsiyasida korrelyasion bog‘liqlik kuchli ijobiy bo‘ldi. Kalit so‘zlar:G‘o‘za, nav, tizma, duragay, mahsuldorlik, bir tup o‘simlikdagi ko‘saklar soni, bir ko‘sakdagi paxta vazni. Аннотация. Статья является результатом исследований, проведенных в условиях среднезасоленных почв Сырдарьинской области, где изучалась корреляционная связь между признаком продуктивности, числом коробочек на растении и массой хлопка с коробочки в гибридных комбинациях F2 Отмечено, что между одним из показателей, определяющих продуктивность, – массой хлопка с коробочки – величина корреляционной связи составила от r=0,66 до r=0,76. В гибридных комбинациях F2С-5712 х Гулистан, F2C-5712 х Поли текс Сырдарье, F2С-5712 х С-5707 корреляционная связь была среднеположительной, а в гибридной комбинации F2С-5712 х Сырдарье-1 сильноположительной. Ключевые слова: хлопок, сорт, линия, гибрид, урожайность, количество коробочек на растении, вес хлопка с коробочки. Annotation. The article is the result of research conducted in moderately saline soils of the Syrdarya region, where the correlation between the productivity trait, the number of bolls per plant and the cotton weight per boll in F2 hybrid combinations was studied. It was noted that between one of the indicators determining productivity – the cotton weight per boll – the correlation value ranged from r = 0.66 to r = 0.76. In the F2 hybrid combinations S-5712 x Gulistan, F2 S-5712 x Politex Syrdarya, F2S-5712 x C-5707, the correlation was moderately positive, and in the hybrid combination F2S-5712 x Syrdarya-1 – strongly positive.
151 Keywords: cotton, variety, line, hybrid, yield, number of bolls per plant, weight of cotton per boll. Kirish. Dunyo miqiyosida g‘o‘za seleksiyasiga doir ilmiy-tadqiqot ishlari yetakchi seleksioner - olim va mutaxassislar tomonidan chuqur izlanishlar olib borilmoqda. Yangi navlarni yaratish va ularning ekin maydonlari ko‘paytirishda genetika va seleksiya fanining zamonaviy uslublaridan samarali foydalanib kelinmoqda. O‘simliklar seleksiyasida quyilgan maqsadga ko‘ra seleksiya jarayonining dastlabki bosqichida duragaylash uchun boshlang‘ich juftliklarni to‘g‘ri tanlash eng muhim ahamiyat kasb etadi. Tuproq va iqlim sharoitlariga mos navlarni yaratishda hozirgi seleksioner olimlar asosiy e’tibori, evolyusion rivojlanish natijasida tabiatda saqlanib kelinayotgan yovvoyi va ruderal shakllarning noyob belgi xususiyatlarini seleksiya jarayoniga jalb qilishdan iboratdir. Respublikamizda suv tanqisligi va sho‘rga bardoshli, tezpishar, mahsuldor, kasalliklarga bardoshli, tola hosildorligi va sifati jahon bozorining bugungi kungi talablariga javob beradigan yangi g‘o‘za navlarini yaratishda yovvoyi va ruderal shakllarning noyob belgi xususiyatlarini seleksiya jarayoniga jalb qilishdan samarali foydalanishga e’tibor qaratish talab etiladi. Shuningdek, g‘o‘zaning genetik jihatdan boyitilgan seleksion ashyolarini yaratishda turli duragaylash uslullari, jumladan politesterli topkross chatishtirish usulidan qo‘llash orqali suv tanqisligi va sho‘rga bardoshli yangi donorlar va istiqbolli duragay kombinatsiyalarni aniqlash muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda ekilayotgan g‘o‘za navlari suv tanqisligi va sho‘rga bardoshli, tezpishar, mahsuldor tola sifati va bir qancha qimmatli xo‘jalik belgilari bo‘yicha xorijiy navlar bilan taqqoslanganda, o‘zining ustunlini ko‘rsatmoqda . Ammo, ishlab chiqarish va tekstel sanoatning tola hosildorligi va sifati yuqori bo‘lgan g‘o‘za navlariga talablar yildan-yilga oshib bormoqda. Seleksiya jarayonida qimmatli xo‘jalik belgilari orasidagi o‘zaro bog‘liqlik ma’lumotlari seleksioner oldiga qo‘ygan maqsadga erishishda ya’ni, tanlash yo‘nalishini samarali olib borishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ko‘pchilik belgilar orasidagi ijobiy va salbiy bog‘lanishlar nisbatan barqaror hisoblanib, ularni chatishtirishlar yordamida uzish mumkin. G‘o‘za seleksiyasida turli xo‘jalik belgilarining o‘zaro bog‘liqligini o‘rganish ustida olib borilgan izlanishlar natijalarida ayrim belgilar o‘rtasidagi salbiy bog‘lanishlarni uzish qiyinligi aniqlangan. Masalan, tola chiqimi bilan tola uzunligi, bitta ko‘sakdagi paxta vazni bilan bir tup o‘simlikdagi ko‘saklar soni, hosildorlik bilan ertapisharlik kabi belgilar o‘rtasida kuchli salbiy bog‘lanish mavjudligi aniqlangan. Biroq, qator izlanishlar
152 orqali salbiy bog‘lanishlarni ham uzish mumkinligi tasdiqlangan [2; 100-101-b 3; 3985-b. 4; 260-261-b.]. Materiallar va uslublar. Tajriba dalasi Mirzacho‘lning Sho‘ro‘zak botig‘ida joylashgan bo‘lib, eskidan o‘zlashtirilgan va sizot suvlari sathi yaqin (1,5-3,0 m) joylashgan, tuprog‘ining mexanik tarkibi haydalma qatlami o‘rta, pastki qatlamlari yengil qumoqdan tashkil topgan, lyossimon yotqiziqlarda joylashgan kuchsiz sho‘rlangan sug‘oriladigan o‘tloqi bo‘z tuproqlardan iborat. Sho‘ro‘zak botig‘i Sirdaryoning ikkinchi terassasining janubiy-g‘arbiy qismini egallagan. Tadqiqotlar Sirdaryo ilmiy tajriba stansiyasining o‘rta darajada sho‘rlangan tuproq sharoitida (sug‘orish sxemasi 0-1-0) qabul qilingan seleksion tizim asosida olib borildi. Natijalar va munozara. B.A.Dospexovning [1;320-351-b.] o‘quv qo‘llanmasida keltirilishicha belgilar orasidagi korrelyasion bog‘liqlik r<0,3kuchsiz, r=0,30,7-o‘rta, r>0,7-da esa kuchli hisoblanadi. Shu sababli o‘tkazilgan tajribada ajralish jarayoni kechayotgan F2 duragaylarda mahsuldordik belgisi bilan bitta o‘simlikdagi ko‘saklar soni va bir dona ko‘sakdagi paxta vazni orasidagi korrelyasion bog‘liqlik o‘rganildi. Mahsuldorlikni belgilovchi asosiy ko‘rsatkichlardan biri bitta o‘simlikdagi ko‘saklar soni orasidagi korrelyasion bog‘liqliklar barcha duragay kombinatsiyalarda o‘rta ijobiy bo‘lib, r=0,49-0,61 tashkil etdi. Shuningdek mahsuldorlikni belgilovchi ko‘rsatkichlardan biri bir dona ko‘sakdaga paxta vazni orasidagi korrelyasion bog‘liqlik r=0,66 dan r=0,76 gachani bo‘lganligi qayd etildi. Bunda S-5712 x Guliston, -5712 x Poly tex Sirdaryo, S-5712 x S-5707 duragay kombinatsiyalarida korelyasion bog‘liqlik o‘rta ijobiy va S-5712 x Sirdaryo-1 duragay kombinatsiyasida korrelyasion bog‘liqlik kuchli ijobiy bo‘ldi. Mahsuldordik belgisi bilan bitta o‘simlikdagi ko‘saklar soniva bir dona ko‘sakdagi paxta vazniorasidagi korrelyasion bog‘liqlik Mahsuldorlik belgisi bilan № F2 duragay kombinatsiyalar n Bitta tup o‘simlikdagi ko‘saklar soni Bir dona ko‘sakdagi paxta vazni r ±Sr tr r ±Sr tr 1 S-5712 х Guluston 115 0,49 0,07 6,8 0,66 0,06 11,0 2 S-5712 х Poly tex Sirdaryo 78 0,52 0,01 4,2 0,68 0,06 11,3 3 S-5712 х Sirdaryo -1 116 0,61 0,08 5,4 0,76 0,04 18,0 4 S-5712 х S-5707 107 0,58 0,11 4,8 0,70 0,08 8,8
153 Xulosa va tavsiyalar. Mahsuldorlik belgisi bilan ayrim morfoxo‘jalik belgilari orasidagi korrelyasion bog‘liqlik turlicha bo‘lganligi aniqlandi, jumladan mahsuldorlik bilan bir tup o‘simlikdagi ko‘saklar soni belgilari orasida o‘rtacha ijobiy (r=0,30-0,61), bir ko‘sakdagi paxta vazni o‘rtasida o‘rtacha va kuchli ijobiy (r=0,66-0,76) korrelyasion bog‘liqliklar kuzatildi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Dospexov B.A. Metodika polevogo opita. - Moskva: Agropromizdat. 1985. S. 351. 2. Ganiyev.U.M., Nabiyev.S.M., Xegay.E.V. Reaksiya srednovoloknistix sortov i liniy xlopchatnika na nedostatochnoye vodosnabjeniye i korrelyativniye svyazi skorospelosti s morfobiologicheskimi priznakami.Evolyusionniye i seleksionniye aspekti skorospelosti i adaptivnosti xlopchatnika i drugix selskoxozyaystvennix kultur: Material mejdunarodnoy nauchnoy konferensiya.- Toshkent, 2005.S.100-101. 3. Jalolov X.X., Rahmonqulov S-A. Tur ichida chatishtirib olingan duragaylarda tola chiqimi belgisining irsiylanishi. “Dala ekinlari seleksiyasi, urug‘chiligi va agrotexnologiyalarining dolzarb yo‘nalishlari” mavzusidagi halqoro ilmiy-amaliy konfensiyasi materiallar to‘plami. Toshkent 2016-yil, 15-16-dekabr, I-qism. 87-93-b. 4. Ibragimov P.Sh., Amanturdiyev A.B. Geneticheskiye korrelyatsii priznakov u tonkovoloknostoga xlopchatnika. Po puti intensifikatsii. Tashkent. Mexnat, 1988. 260-261b.