SHOLI NAMUNALARINI TEZPISHAR ELEMENTLARI BOYICHA O'RGANISH
Full text
158 UDK: 633.18.631.526 SHOLI NAMUNALARINI TEZPISHAR ELEMENTLARI BOYICHA O’RGANISH Esemuratova Guljamal Qalbayevna Toshkent davlat Agrar universiteti tayanch doktoranti. https://orcid.org 0009-0000-2631-7354 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17536947 Annotatsiya. Ushbu maqolada O‘zbekiston sharoitida o‘stirilayotgan sakkizta sholi (Oryza sativa L.) namunalarining ko‘karib chiqish va to‘liq pishish davrlariga oid fenologik kuzatuv natijalari keltirilgan. Har bir navning vegetatsiya muddati aniqlanib, ularning erta, o‘rta va kechpishar guruhlarga mansubligi belgilandi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, sholi namunalarining vegetatsiya muddati 86–96 kun oralig‘ida bo‘lib, D-51 (D-427) va D-69 (D-234) K-241 navlari eng erta pishar, D-10 (D-50)(D-142) 47-20 esa eng kechpishar nav sifatida aniqlangan. Ushbu natijalar sholi navlarini iqlim sharoitlariga moslashtirish, suv resurslaridan samarali foydalanish hamda yuqori hosil olish strategiyasini ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi. Kalit so‘zlar: sholi, fenologik bosqich, ko‘karib chiqish, to‘liq pishish, vegetatsiya muddati, erta pishar nav, kechpishar nav. Аннотация. В статье представлены результаты фенологических наблюдений за восемью образцами риса (Oryza sativa L.), выращиваемыми в условиях Узбекистана. Определены сроки всходов и полного созревания каждого сорта, рассчитана продолжительность вегетационного периода, на основе чего выделены раннеспелые, среднеспелые и позднеспелые группы. Установлено, что длительность вегетации у изученных сортов составляет от 86 до 96 дней. Сорта D-51 (D-427) и D-69 (D-234) K-241 отнесены к раннеспелым, а сорт D-10 (D-50)(D-142) 47-20 — к позднеспелым. Полученные данные имеют практическое значение для адаптации сортов риса к климатическим условиям и рационального использования водных ресурсов. Ключевые слова: рис, фенологические фазы, всходы, полное созревание, вегетационный период, раннеспелые сорта, позднеспелые сорта. Abstract. This article presents the results of phenological observations of eight rice (Oryza sativa L.) samples grown under the conditions of Uzbekistan. The timing of emergence and full ripening of each variety was determined, and the duration of the vegetation period was calculated. Based on these parameters, early-, medium-, and late-maturing groups were identified. The duration of the vegetation period ranged from 86 to 96 days. Varieties D-51 (D427) and D-69 (D-234) K-241 were identified as early-maturing, while D-10 (D-50)(D-142) 4720 was late-maturing. These results are important for adapting rice varieties to local agroclimatic conditions and for improving the efficiency of water resource management. Keywords: rice, phenological stage, emergence, full maturity, vegetation period, earlymaturing variety, late-maturing variety. Kirish. Sholi yetishtirishda navlarning fenologik xususiyatlarini o‘rganish iqlim sharoitlariga moslashtirilgan seleksiya ishlarini yo‘lga qo‘yish uchun zaruriy omildir. Ayniqsa, o‘simliklarning ko‘karib chiqishidan to‘liq pishishgacha bo‘lgan davr ularning o‘sish davomiyligini, suv sarfini va hosil shakllanish muddatini
159 belgilaydi. Shu sababli har bir navning pishish muddati, erta yoki kech yetilishi, suv va harorat sharoitlariga moslashuvchanligini aniqlash ilmiy va amaliy jihatdan muhim hisoblanadi. Ushbu tadqiqotning maqsadi — turli sholi navlarining ko‘karib chiqish va to‘liq pishish davrlarini aniqlash hamda ularning vegetatsiya davomiyligini solishtirish orqali erta, o‘rta va kechpishar guruhlarni ajratishdan iborat. Qoraqalpog‘istonning og‘ir tuproq-iqlim sharoitida sholi navlari barqaror hosil beruvchi, stress omillariga chidamli navlar bo‘lishi zarur [1]. Shu bilan birga, respublika hududida qurg‘oqchilik muammosi jiddiy bo‘lib, sug‘orish uchun suv resurslari doimo yetarli emas, bu esa dehqonlar uchun sholi yetishtirishni murakkablashtiradi [2]. Materiallar va uslublar. Tadqiqot “Don va sholi ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi”ning seleksiya ko‘chatzori maydonida olib borildi. Tajribaning maqsadi — Qoraqalpog‘iston sharoitida o‘rta va erta pishar sholi namunalarining vegetatsiya davrini, fenologik bosqichlarini va ularning o‘zgaruvchanligini aniqlashdan iborat bo‘ldi. Tadqiqot uch martalik takrorlanishda o‘tkazildi. Ekinlar 2025-yil bahorida ekilib, har bir nav namunasi alohida parselalarda joylashtirildi. Kuzatuvlar “Dospexov (1985)” metodikasi asosida olib borildi. Fenologik bosqichlar quyidagi davrlar bo‘yicha belgilandi: ko‘karib chiqish, va to‘liq pishish fazalari. Tadqiqot natijalari. Tajriba davomida sakkizta sholi namunasi o‘rganildi. Kolleksiya ko‘chatzorida o‘rganilgan sholi namunalarining vegetatsiya davri bo‘yicha olib borilgan kuzatuvlar ularning fenologik rivojlanishida sezilarli farqlar mavjudligini ko‘rsatdi (1-jadval). Fenofazalarning kechish muddatlari orasida eng qisqa vegetatsiya davri D-69 (D-234) K-241 namunasida qayd etildi — to‘liq pishish muddati 101,3±0,33 kunni tashkil etdi. Fenologik kuzatuvlar natijalari shuni ko‘rsatadiki, D-69 (D-234) K-241, D-16-1 va D-15 (D-386) namunalarining vegetatsiya davri qisqa bo‘lib, ular Qoraqalpog‘iston sharoitida erta pishar navlarni yaratishda donor sifatida foydalanish uchun istiqbolli hisoblanadi. Ularning ko‘karib chiqish va to‘liq pishish davrlariga oid ma’lumotlar quyidagicha: № Namunalar Ko‘karib chiqish vaqti (kun) To‘liq pishish vaqti (kun) Vegetatsiya davomiyligi (kun) 1 Gulistan st 12.33 ± 0.33 103.67 ± 1.86 91.34 2 D-69 (D-234) K-241 12.67 ± 0.33 101.33 ± 0.33 88.66 3 D-15 (D-386) 13.33 ± 0.67 105.33 ± 0.33 92.00 4 D-10 (D-50)(D-142) 47-20 14.00 ± 1.15 110.33 ± 0.33 96.33
160 № Namunalar Ko‘karib chiqish vaqti (kun) To‘liq pishish vaqti (kun) Vegetatsiya davomiyligi (kun) 5 D-65 (Nukus-70) 13.67 ± 0.88 106.67 ± 0.33 93.00 6 D-16-1 12.67 ± 0.67 105.67 ± 0.33 93.00 7 Neyzvestniy2 14.00 ± 0.58 104.00 ± 1.00 90.00 8 D-51 (D-427) 14.33 ± 0.33 100.33 ± 0.33 86.00 Olingan natijalar shuni ko‘rsatdiki, sholi navlari o‘sish davomiyligi jihatidan sezilarli farq qiladi. Erta pishar nav va namunalar: D-51 (D-427) (86 kun) va D-69 (D-234) K241 (88,7 kun) navlari eng erta pishgan. Bu navlar suv ta’minoti cheklangan yoki qisqa vegetatsiya davriga ega hududlarda yetishtirish uchun istiqbolli hisoblanadi. O‘rta pishar nav va namunalar: Gulistan st, D-15 (D-386), D-65 (Nukus70), D-16-1 va Neyzvestniy2 navlari 90–93 kun oralig‘ida pishib yetildi. Ushbu navlar o‘rtacha iqlim sharoitlariga moslashuvchanlik ko‘rsatadi. Kechpishar namunalar: D-10 (D-50)(D-142) 47-20 navi 96,3 kunlik vegetatsiya davriga ega bo‘lib, eng kechpishar nav sifatida ajralib chiqdi. Bu nav suv resurslari yetarli bo‘lgan yerlarda yuqori hosil berish qobiliyatiga ega. Shunday qilib, o‘rganilgan navlarning fenologik farqlari seleksiya ishlari va agrotexnik chora-tadbirlarni rejalashtirishda muhim ahamiyatga ega. Xulosa. O‘rganilgan sholi nav va namunalarning vegetatsiya davri 86 kundan 96 kungacha oraliqda bolganligi, D-51 (D-427) va D-69 (D-234) K-241 namunalari o‘rganilgan namunalar orasida eng tezpishar ekanligi aniqlandi, shu bilan birgalikda suv tanqisligi kuzatiladigan hududlar uchun mos hisoblanadi. D-10 (D-50) va (D-142) 47-20 namunalari eng kechpishar namuna sifatida belgilandi. Natijalar sholi navlarini agroiqlim sharoitlariga moslashtirish, suv resurslarini tejash va yuqori hosildorlikni ta’minlashda ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi. Foydalangan adabiyotlar: 1. Abillayev U, Abdullayev B.U, Yesemuratova G.Q, Yesemuratov A. Qaraqalpaqstan sharayitinda suw kem bolip, kesh kelgen jag‘daylarda salini yegip tarbiyalawding o’zgesheligi Global iqlim o‘zgarishlariga chidamli, hosildorligi va sifati yuqori bo‘lgan boshoqli don, dukkakli, moyli, ozuqa ekinlarini parvarishlash istiqboli. Xalqaro ilmiy – amaliy konferensiya. 13may 2022 yil 149-b. 2. Sattarov M., Ergashev M. Evaluation of some drought-tolerant rice varieties to resilient the impact of insufficient irrigation water in Shimbay, Karakalpak republic «Sholi va dukkakli don ekinlarini yetishtirishning zamonaviy usullari hamda resurstejavchi texnologiyalardan foydalanishning istiqbollari» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman maqolalar to‘plami. 2023 yil. 38-b. 3. FAO (2022). Rice production and water management in Central Asia. Rome: FAO Publications. 4. Nurmatov, H., et al. (2023). Influence of agro-climatic conditions on rice growth and yield in Uzbekistan. Journal of Crop Research, 15(4), 221–228. 5. Xaitov, A. (2019). Sholi navlarini suv ta’minoti sharoitiga mos tanlashning agrotexnik asoslari. O‘zbekiston agrar fanlari xabarnomasi, 2(1), 60–63.