scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

BATAT O'SIMLIGINI QORAQALPOG'ISTON TUPROQ-IQLIM SHAROITIGA MOS ISTIQBOLLI NAVLARINI TANLASH

Erejepova Gulbahar Tájetovna; Nuretdinova Maxbuba Muxatdinovna

Full text

177 UDK 635.22 BATAT O‘SIMLIGINI QORAQALPOG‘ISTON TUPROQ-IQLIM SHAROITIGA MOS ISTIQBOLLI NAVLARINI TANLASH Erejepova Gulbahar Tájetovna Qoraqalpoǵiston qishloq xójaligi va agrotexnologiyalar instituti dotsenti Nuretdinova Maxbuba Muxatdinovna Qoraqalpoǵiston qishloq xójaligi va agrotexnologiyalar instituti tayanch doktorant E-mail: [email protected] DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17536978 Annotatsiya Mazkur maqolada batat (Ipomoea batatas L.) o‘simligini Qoraqalpog‘iston Respublikasi tuproq-iqlim sharoitiga mos istiqbolli navlarini aniqlash bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari keltirilgan. O‘rganilgan navlarning o‘sish dinamikasi, hosildorligi va moslashuvchanligi tahlil qilindi. Natijalarga ko‘ra, Sochakinur, Japan, Xazina, Filial va Toyloq navlari Qoraqalpog‘istonning qumloq, sug‘oriladigan tuproqlarida yuqori hosildorlik va issiqqa chidamlilik xususiyatlari aniqlandi. Kalit so‘zlar: Batat, tuproq-iqlim sharoiti, nav tanlash, hosildorlik, moslashuvchanlik. Annotation. This article presents the results of research conducted to identify promising sweet potato (Ipomoea batatas L.) varieties adapted to the soil and climatic conditions of the Republic of Karakalpakstan. The growth dynamics, yield, and adaptability of the studied varieties were analyzed. According to the results, the varieties Sochakinur, Japan, Khazina, Filial, and Toyloq demonstrated high productivity and heat tolerance on the sandy, irrigated soils of Karakalpakstan. Keywords: Sweet potato, soil and climatic conditions, variety selection, yield, adaptability. Аннотация. В данной статье представлены результаты исследований, проведённых с целью выявления перспективных сортов батата (Ipomoea batatas L.), адаптированных к почвенно-климатическим условиям Республики Каракалпакстан. Проанализированы динамика роста, урожайность и адаптивность изученных сортов. Согласно полученным результатам, сорта Сочакинур, Япония, Хазина, Филиал и Тойлок показали высокую урожайность и устойчивость к жаре на песчаных орошаемых Ключевые слова: Батат, почвенно-климатические условия, отбор сортов, урожайность, адаптивность. Kirish So‘nggi yillarda iqlim o‘zgarishi va qurg‘oqchilik sharoitida issiqqa va sho‘rlanishga chidamli ekin turlarini joriy etish zarurati ortib bormoqda. Shu nuqtayi nazardan, noananaviy sabzavod tropik kelib chiqishga ega bo‘lgan batat (Ipomoea batatas L.) o‘simligi O‘zbekiston, jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi sharoitida istiqbolli ekin hisoblanadi. [2].Batat ildizmevalarida 25– 30% kraxmal, 2–3% oqsil, shuningdek, A, B, C, E vitaminlari mavjud bo‘lib, oziqovqat va chorvachilikda keng foydalaniladi. Jahon tajribasida Xitoy, AQSh, Yaponiya, Filippin, va Hindiston batat yetishtirish bo‘yicha yetakchi davlatlardir. 178 Qoraqalpog‘iston Respublikasi iqlimi keskin kontinental bo‘lib, yozda havo harorati 40–45°C gacha, qishda esa -10°C gacha pasayadi. Tuproqlari asosan bo‘z, qumloq va sho‘rlangan turlarga mansub. Shu sababli, bu mintaqaga mos, issiqqa, qurg‘oqchilikka va tuproq sho‘rligiga chidamli navlarni tanlash muhim vazifadir. Tadqiqot usullari. Qoraqalpoǵiston Respublikasi iqlimiy hududi hisoblangan Qoraqalpoǵiston qishloq xójaligi va agrotexnologiyalar instituti tajriba maydonoda 25m2 bólgan joyda uch qaytariqda olib borildi «Metodika gosudarstvennogo sortoispıtaniya sel`skoxozyaystvennıx kul`tur». Vıpusk IV Kartofel`, baxchevıe i ovoshnıe kul`turı (M. Kolos. 1975), «Metodika polevogo opıta» (Dospexov B.A., 1985), «Metodika opıtnogo dela v ovoshevodstve i baxchevodstve» (Belik V.F., 1992), Mejdunarodnıe pravila analiza semyan. – Moskva Kolos, 1984. Shirokiy unificirovannıy klassifikator SEV i mejdunarodnıy klassifikator SEV vida Ipomea batatas L. – Leningrad VIR, 1980. «Sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilikda tajribalar ótkazish metodikasi» (B.A.Azimov va B.B.Azimov (2002). «Rekomentacii vırashivaniya batata v Uzbeksitane» Mavlyanova R.F., Medjidov S.M. (2003) Har bir variant 10 m² maydonda ekildi. O‘simliklarning o‘sish dinamikasi, barg soni, ildizmeva hosildorligi va biomassa og‘irligi aniqlanib, statistik tahlil qilindi. Sabzavodchilik, polizchilik va kartoshkachilikda dala tajribalarini ótkazish tartibida tajriba sxemasini tuzish, tajriba maydonchasi (delyanka, paykal) yuzasi, shakli. variantlarni qaytariq yoki takror joylashtirish soni hamda tartibi va boshqalar ahamiyatli hisoblanadi. Lekin kartoshka bilan tajriba ótkazishda uning óziga xos xususiyatlari ham bor. Ular quyidagilardan iborat. 0‘simliklarni parvarishlash. Barcha tajriba maydonida ósimlikni parvarishlash ishlari qisqa muddatda va baravar (boronalash, kultivatsiya qilish, tuproq uyish va boshqalar) bajarilishi kerak. Dalada ósayotgan tajriba ekinlari begona ótlardan xoh toza holatda bólishi kerak, kasalliklar va zararkunandalarga qarshi kurashish uchun kimyoviy vositalarni qóllashga yól qóyiladi. Lekin ular tuproqning oziqa tartibotiga va tajriba ósimliklarining rivojlanishiga tásir qilmasligi lozim. Dala tajriba larini ótkazishda bir kun davomida hamma variantlarning har bir ishini agrotexnik talablar asosida sifatli bajarish, albatta, asosiy qoida bólishi kerak. Iloji bólmagan hollarda tajribani har takrorida (qaytariqda) ishlarni bir kunda ótkazishga yól qóyiladi. [1]. Har bir variant 10 m² maydonda ekildi. O‘simliklarning o‘sish dinamikasi, barg soni, ildizmeva hosildorligi va biomassa og‘irligi aniqlanib, statistik tahlil qilindi. Tadqiqot natijalari. Fenologik kuzatuvlar Batat ósimligining ochiq maydonga ótkazilgannan keyin fenologik kuzatishlar olib borilganda poyasining uzunligi barg yuzasining kólami mevasining oǵirligini ólchash singari ishlar olib 179 borildi. Shuningdek tuganakmevalrining oǵirligi singari belgi hususiyatlari bóyicha fenologik kuzatishlar olib borildi va tahlil qilindi.. Kóchatlarni ekish muddati, kóchatlarni tutuvchanligi, birinchi va oxirgi hosil terish muddatlari aniqlandi. Kuzatuvlar ikki qaytariqda, ushbu ósuv fazasiga kirgan ósimliklar sonini sanash bilan aniqlandi. 3. Biometrik ólchovlar. Ósimlikni yoppasiga hosilga kirgan davrida ótkazildi. Bunda ósimlikni asosiy poyasi uzunligi, yon shohlar soni, uzunligi va barglar soni aniqlandi. ólchovlar har bir maydonchadagi 5ta ósimlikda ótkazildi. Batat nav namunalarining palak uzunligi bóyicha kórsatgichlar № Navlar Har bir navni turli muddatlarda ólchash 60 -kun 90-kun 120-kun Palak uzunligi sm Palak uzunligi sm Palak uzunligi sm 1 Xazina(st) 200 225 250 2 Japan 170 200 230 3 Sochakinur 210 250 295 4 Toyloq 230 275 300 5 Filial 190 220 260 Fenologik kuzatishlarning natijalarga asoslanib batat navlari palak uzunligiga kóra nazorat navi bólgan Xazina naviga solishtirganda 60-chi kunida Japan navida -30 sm farq aniqlangan bólsa Filial navida ham nazorat naviga nisbatan past natija aniqlandi.Sochakinur va Toyloq navlarida bólsa yaxshi kórsatgichlar aniqlandi. 90-chi kuni bólsa nazorat navidan +50 sm Sochakinur+75 sm Toyloq navlarida aniqlandi Fenologik tahlil 120-chi kunida bólsa eng yuqori kórsatcich Toyloq navida 300 sm palak uzunligi bilan Sochakinur navi bólsa 295sm kórsatgichlarni kórsatdi. Batat tuganaklarining oǵirligi bóyicha № Navlar Tuganaklar vazni gr Bir tupdagi órtacha vazni gr 1 Xazina(st) 420±10,0 1668 2 Japan 287±6,8 1407 3 Sochakinur 550±10,0 1877 4 Toyloq 480±9,8 1873 5 Filial 300±5,8 1550 Batat ósimliklarining oǵirligi bóyicha tahlil qilinganda yuqori kórsatgichni nazorat navi bólgan Xazina naviga solishtirganda Sochakinur Toyloq navlari kórsatgan bólsa nazorat naviga solishtirganda hosildorligi órtacha kórsatgichni 180 Beniazuma va Xar-Bay navlari kórsatgan bólsa past kórsatgichlarni bólsa , Filial Japan navlarida aniqlandi. Xulosa. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, batat o‘simligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi tuproq-iqlim sharoitida muvaffaqiyatli o‘sadi. Eng istiqbolli navlar sifatida “Sochakinur” va “Toyloq” tavsiya etiladi. Ular yuqori issiqlikka chidamliligi, yaxshi bozorbopligi va yuqori kraxmal miqdori bilan ajralib turadi. Kelgusida ushbu navlar asosida mahalliy seleksiya ishlari olib borish va ko‘chat yetishtirish tizimini yo‘lga qo‘yish maqsadga muvofiqdir. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Azimov B.J. Sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilikda metodika. – Toshkent, 2018. 2. FAO. (2021). Sweet potato: Production, use and breeding. – Rome. 3. Woolfe J.A. (1992). Sweet Potato: An Untapped Food Resource. – Cambridge University Press. 4. Mirzaev M.M., Yoqubov Sh. (2020). O‘zbekiston sharoitida yangi sabzavot turlarini o‘rganish. – T.: Fan. 5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi ma’lumotlari, 2024-yil.