TUPROQ UNUMDORLIGINI OSHIRISHDA ÓTMISHDOSH EKINLARNING AHAMIYATI
Full text
199 UO‘T: 631-4 TUPROQ UNUMDORLIGINI OSHIRISHDA ÓTMISHDOSH EKINLARNING AHAMIYATI Ismaylov Uzaqbay Embergenovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor Elemesova Nargiza Isatayevna, Mustaqil tadqiqotchi Qoraqalpog’iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17537044 Annotaciya: We consider the implementation of agromeliorative measures to reduce soil salinity, increase soil fertility, and the yield and quality of crops, the development of the effectiveness of preceding crops and mineral agro-ores in increasing winter wheat yields, and the application of organic and green manure fertilizers to the soil as a solution to the problems. Kalit so’z: Winter wheat, soil, fertility, mineral agro-ore, glaucanite, predecessor, yield. Kirish. Kuzgi bug’doy biologik xususiyatlariga kura kuzgi ekin bo’lganligi sababli qishqi sovuqlarning salbiy ta`siriga chidamli bo’lishi kerak. Biroq mamlakatimiz iqlimi keskin kontinintal (yozi issiq kishi sovuq) bo’lishiga qaramasdan kuz, qish va bahor kezlarida ob-havo juda tez uzgaruvchanligi va ayrim agrotexnologik jarayonlarning noto’g’ri qo’llanilishi oqibatida qishqi sovuqlar ta`sirida nobud bo’lishi yoki siyraklashish holatlari ko’rsatiladi. Shuning uchun ham kuzgi bug’doyni qishqi sovuqlarning salbiy ta`siridan asirash ishlari urug’ni ekish bilan birga boshlanishi kerak. Ekinni kishki sovuqlarning salbiy ta`siridan asrash uchun avvalo qishqi sovuqlarga chidamli tez pishar navlarini tanlash maqbul muddatlarda tegishli me`yorlarda ekish va to’g’ri oziqlantirish maqsadga muvofiq. Kuzgi bug’doyning sovuqqa chidamlilik darajasi nisbiy bulib, agrotexnologik jarayonlar noto’g’ri qo’llanilganda ular ham sovuq ta`sirida nobud bo’lishi mumkin. Kuzgi bug’doy va boshka ekinlarni yetishtirishda sodir bo’ladigan noxush holatlarni bartaraf etish maqsadida, fermer xo’jaliklari yerlarining haqiyqiy holati buyicha oziqlantirishning kompyuterlashtirilgan diognoztik programmasi ishlab chiqildi. Ushbu programma bo’yicha har bir fermer xo’jaligi uchun kuzgi bug’doy va g’o’zani oziqlantirishning agrokimyoviy pasporti taqdim etiladi, Unga qat`iy amal qilinsa nafaqat rejalashtirilgan hosil yetishtiriladi balki hosildorlik oshishi bilan birga tuproq unumdorligi ham muntazam ravishda ko’tariladi. Asosiy maydonlarda Krasnodarskaya-99, Grom, Moskvich, Tanya, Starshina, Pamyat, Pervica, Nota kabi xorijdan keltirilgan navlar, shuningdek Chillaki,
200 Andijon-1, Andijon-2, Andijon-4, Bobur, Asr, Durdona, Matonat, Yaksart, Xazrati Bashir, Omad kabi maxalliy sharoitlarda yaratilgan kuzgi bug’doy navlaridan don hosili etishtirildi. Ekish mavsumini joriy yil hosili uchun uyushqoqlik bilan ya`ni otryad usulida tashkil etilganligi, navlarning to’g’ri tanlanishi, Respublikamizning har bir mintaqasining tuproq-iqlim sharoitida yuqori xosildorlikka erishishni ta`minladi. İlg’or agrotexnik tadbirlarning o’z vaqtida o’tkazilganligi don etishtirishni ko’paytirishga, uning sifat va iste`mol xususiyatlarini yanada oshirish imkoniyatini yaratdi. Shuningdek qishloq xo’jaligiga zamonaviy texnologiyalar, ilg’or etishtirish agrotexnikasi yutuqlarini joriy qilinishi, urug’chilik tizimini to’la yo’lga qo’yish bilan bog’liq chora-tadbirlarni o’z vaqtida amalga oshirilganligi muvaffaqiyatga erishishning asosiy omili bo’ldi. Tajiriyba uslublari. Qoraqalpog’iston Respublikasi Markaziy mintaqasi Xo’jayli tumani tuproq iqlim sharoiti, kuzgi bug’doy, o’tmishdorsh ekinlar “O’razboy-ota” fermer xo’jaligida ekib o’rganildi. Tajribamizda kuzgi bug`doyning “Kroshka”, moshning “Durdona”, soyaning “Arzuv”, kunjutning Qora shaxzoda”, navlari tavsiyanomalarda belgilangan ekish me`yorlari bo`yicha ekilib o`rganiladi. Respublikamizning tuproq-iqlim sharoitini xisobga olgan xolda yangi ekishga ta`vsiya etilgan, istiqbolli kuzgi yumshoq hamda qattiq bug’doy navlarini tanlash ularni mintaqaviy etishtirish agrotehnikasi elementlarini ilmiy asosda ishlab chiqish mavzusida ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda sug’oriladigan maydonlarining tuproq-iqlim sharoitlarini xisobga olgan xolda kuzgi yumshoq, qattiq bug’doy navlarining xosildorlik donning sifat ko’rsatkichlarlari yuqori bo’lgan istiqbolli navlarni etishtirsh agrotexnikasini elementlarni ishlab chiqish va tadqiqot natijalariga asoslanib har bir mintaqa uchun kuzgi yumshoq qattiq bug’doy navlari tanlanib va ularning eng maqbul ekish muddatlari va me`yorlari, o’g’itlash me`yorlarini amalga oshirish borasida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Tajiriyba natiyjalari. Kuzgi bug’doydan keyin tuproqda 12-21 tsentner ildiz massasi va o’simlik qoldiqlari qolib, chirindi miqdorining oshishiga, suv va fizik xususiyatlarining yaxshilanishiga ijobiy ta`sir etadi. Kuzgi bug’doydan keyin dala erta, ya`niy iyul oyida bushaydi. Bundan keyin erdan unumli foydalanish maqsadida oraliq ekinlarni eksa bo’ladi, yoki organik ug’itlar berish bilan meliorativ ishlarni olib borishga mumkinchilik tug’iladi. [1] Kuzgi bugdoyning 1 ga maydonda 3080-3180 ming o’simlik bo’ladi. Kuzgi bug’doyning yaxshi qishlab chiqishi uchun qish oylarida qalin qor qoplamasi bo’lishi kerak. Qoraqalpog’iston xududida qish oylari qorsiz quruq sovuq bo’ladi.
201 Shuning uchun kuzgi bug’doyning qishlab chiqishi katta ahamiyatga ega bo’lib hisoblanadi. [2] O’simlik poya balandligi va boshoq biometrik ko’rsatkichlari aniqlanganda quydagilar ma`lum bo’ldi. Hosilni yig’ib terib olishdan oldin o’simlik balandligi 78-7-83,1 sm, boshoq uzunligi 9,1-9,0 sm, boshoqchalar soni 19,2-18,9 dona, boshoqdagi don soni 41,2-40,7 dona, boshoqdagi don og’irligi 1,68-1,70 g, 1000 dona don og’irligi 38,8-37,0 g bo’ldi Kuzlik bug’doydan oldin don uchun mosh + oraliq ekin (mosh) + 20t/ga go`ng +1,0t/ga glaukonit, berilib (var. 8-10) so’ng kuzlik bug’doy ekilganda 50,051,5 ts/ga hosil olishni ta`minladi. Bu kuzlik bug’doydan so’ng kuzlik bug’doy ekilgan nazorat variantiga (var.1) nisbatan 10,0-11,5 ts/ga ortiq bo’lganligin ko’rsatadi. Kuzgi bug’doy hosildorligi variantlar bo’yicha aniqlaganimizda quydagilar ma`lum bo’ldi. Variantlar bo’yicha o’rtacha hosildorlik 39,5,-51,5 ts/ga bo’ldi. Bunda eng past ko’rsatkich 1-variantda, ya`ni kuzgi bug’doydan keyin kuzgi bug’doy ekilganda ko’zatiladi (39,5 ts/ga). Kuzgi bug’doydan oldin don uchun mosh, kunjut va soya ekilgan 2-4 variantlarda 41,5-43,0 ts/ga bo’ldi, kuzgi bug’doydan oldin don uchun mosh, kunjut va soya ekilgan, undan keyin 10 t/ga go’ng+ 1,0t/ga glaukanit berilgan 5-7 variantlarda 44,0-47,5 ts/ga bo’ldi va kuzgi bug’doydan oldin don uchun mosh, kunjut, soya yig’ib olingandan keyin oraliq ekin (mosh) + 20t/ga go`ng +1,0t/ga glaukanit qo’llanilgan 8-10 variantlarda 50,5-51,5 ts/ga bo’ldi. [3] Xulosa: Qoraqalpog’iston Respublikasi sho’r tuproq sharoitida kuzgi bug’doydan yo’qori hosil olish va tuproq unumdorligini oshirish uchun mahalliy mineral agrorudalarning, organik o`g`itlarning almashlab ekish tizimida o`tmishdosh ekinlarni ekish davomiyligi, ekinlar strukturasi samaradorligini ilmiy asoslashga erishiladi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. İsmailov U.E., Sadikov E., Saipnazarov G. Короткоротационные севообороты в условиях Каракалпакстана. Nukus. 2015 2. İsmailova A. Ǵawasha zúráátine jergilikli agrorudalardıń tásiri. Nókis. Miraziz-Nukus. 2018 j. 68 b. 3. L.Mirzaev, D.Ǵofurov, D.Haydarova, «Kuzgi buǵdoyda qóllaniladigan mineral óǵitlar turli me`yorlarining takroriy mosh ekinining ósib rivojlanishi va hosildorligiga ta`siri» // Ózbekiston qishloq xójaligi jurnali. Agroilim 2018. -№3(53). – B.29.