scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

QIShLOQ XO'JALIGIDA SIDERAT EKINLARNING TUPROQ HAJM MASSASIGA TASIRI

Ismailov Uzaqbay Embergenovich; Tolıbekov Islambek Maxsetovich

Full text

202 UDK: 631.432+631.8 QIShLOQ XO‘JALIGIDA SIDERAT EKINLARNING TUPROQ HAJM MASSASIGA TASIRI Ismailov Uzaqbay Embergenovich, q.x.f.d., professor E-mail: [email protected] Tolıbekov Islambek Maxsetovich, assistent, Qoraqalpogʻiston qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17537051 Annotatsiya. Bugungi kunda paxtachilikga ixtisoslashgan klaster va fermer xo‘jaliklarida tuproq unumdorligi va g‘o‘za hosildorligini oshirishda tabiiy uslublardan foydalanish, uning maqbul yechimlarini ishlab chiqish va amalga oshirish muhim vazifalardan hisoblanadi. Maqolada dala tajribasida qisqa rotatsiyali almashlab ekishda 1:2 (bugʻdoy:gʻoʻza:gʻoʻza) kuzgi bugʻdoydan keyin dukkakli va boshoqli ekinlar siderat ekinlar sifatida ekilib, ularning tuproq agrofizik hossalariga taʼsiri sharhlangan. Kalt soʻzlar: tuproq unumdorligi, organik va siderat oʻgʻitlar, siderat ekinlar, shoʻrlanish, almashlab ekish, hajm massasi. Kirish. Qoraqalpogʻiston Respublikasi tuproqlari shoʻrlangan va unumdorligi past boʻlishi bilan farqlanadi. Bunday tuproqlarda qishloq xoʻjaligi ekinlaridan yuqori hosil olish uchun tuproq unumdorligini oshirish choralarini koʻrish zarur. Dunyo dehqonchilik amaliyotida organik oʻgʻitlardan foydalanish, tuproq unumdorligini saqlash, tiklash va oshirish asosida ekinlardan sifatli va yuqori hosil olish eng dolzarb muammolardan biri boʻlib qolmoqda. Bu muammoni hal qilishda siderat ekinlarini turli muddatlarida ekib, parvarishlab, gullash va meva tugish fazasida hosil boʻlgan yashil biomassani koʻkat oʻgʻit sifatida maydalab, yerga koʻmib yuborish orqali erishish mumkin. Adabiyotlar tahlili. Bozor munosabatlari sharoitida qishloq xoʻjaligida qimmat baho oʻgʻitlardan foydalanishni kam-kamdan qisqartirib, buning oʻrniga oʻsimlik va tuproq uchun kerakli mikroelekmentlarga boy boʻlgan siderat ekinlardan foydalanish maqsadga muvofiq [1]. Organik oʻgʻitlar sifatida oraliq ekinlardan sideratsiya maqsadida foydalinish ularning yetishmaydigan qismini toʻldirishdan tashqari, taʼsiri jihatdan goʻng, kompost va boshqa organik oʻgʻitlardan qolishmaydi. Bugungi kunda dunyo dehqonchilik amaliyotida organik oʻgʻitlardan foydalanish, tuproq unumdorligini saqlash, tiklash va oshirish asosida ekinlardan sifatli va yuqori hosil olish eng dolzarb muammolardan biri boʻlib qolmoqda. Bu 203 muammoni hal qilishda siderat ekinlarini turli muddatlarida ekib, parvarishlab, gullash va meva tugish fazasida hosil boʻlgan yashil biomassani koʻkat oʻgʻit sifatida maydalab, yerga koʻmib yuborish orqali erishish mumkin [2]. Tadjiyev M. [3] tadqiqot natijalariga koʻra, turli takroriy, oraliq va siderat ekinlarining bir koʻsakdagi paxta vazni va paxta hosiliga sezilarli taʼsiri etishi aniqlandi. Birinchi terimda gʻoʻzani takroriy, oraliq va siderat ekinlaridan soʻng ekilganda koʻsaklari yirikroq (4,7-5,7 gramm) va ikkinchi terimda esa koʻsaklardagi paxta hosili kamayishi (3,6-3,8 gramm) aniqlangan. M.U.Karimov, D.A.Qodirova, D.U.Burxanova [4] larning fikriga ko‘ra, Buxora viloyati kuchsiz va o‘rtacha sho‘rlangan tuproqlari meliorativ holatini yaxshilash, shamol eroziyasining oldini olish, unumdorligi past, g‘o‘za hosildorligi 8-12 sentnerdan oshmaydigan, melioratsiyalash va qayta o‘zlashtirish davri 6-8 yilni tashkil etadigan, qiyin melioratsiyalanadigan, sho‘rlangan, murakkab agrotexnik va meliorativ tadbirlarni talab etuvchi yerlarga noan’anaviy usullarni qo‘llash, ya’ni go‘ngni – 20 t/ga me’yoriga qo‘shimcha o‘simlik poyalari, siderat ekinlarni to‘liq tuproqqa qaytarish ekinlar hosildorligini oshirish bilan birga tuproqlarning agrofizikaviy va agrokimyoviy xossalariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Qoraqalpogʻistonning shoʻrlangan tuproq sharoitida siderat ekinlarni qisqa rotatsiyali almashlab ekishda qoʻllanidagi natijaligi boʻyicha yetarli darajada ilmiy izlanish ishlari olib borilmagan. Tadqiqot usullari. Tadqiqot dala tajribasi sharoitida oʻtkazildi. Tadqiqotda 10 varianttan iborat boʻlib, tizimli usulda joylashtirilgan, uch tarorlanishda. Har bir variant maydoni 120 m2. Tajribada 2-10 variantlarda dukkakli va boshoqli ekinlar ayirim va aralash turda kuzlik bugʻdoydan soʻng siderat ekinlar sifatida ekildi. 1-variantda kuzlik bugʻdoydan keyin shudgor ishlanib, keyingi ikki yilda gʻoʻza ekiladi. 2-4 variantlarda mosh, soya va arpa siderat uchun kuzlik bugʻdoydan keyin ekiladi, 5-7 variantlarda siderat ekinlar ikki ekindi aralashtirib ekiladi, 5-variantda uch oʻsimlik aralashtirilib ekiladi, 9 va 10 variantlarda uchta ekin aralashmasi va surim oldidan 10 va 20 tn/ga goʻng beriladi. Tadqiqot ishlarini olib borishda davomida “Методы агрофизических исследований почв” (Tashkent, 1973), “Методы проведения полевых опытов” (Tashkent, 2007) qoʻllanmalaridan foydalanildi. Tadqiqot natijalari va ularni tahlil qilish. Oʻsimliklarning ildiz massasi va siderat sifatida ekilgan ekinlarning koʻk massasi tuproqga aralashtiriladi. Tuproq tarkibida organik massaning ortishiga ijobiy taʼsir qiladi.Tuproqga organik massa qancha koʻp boʻlsa uning hajm massasi kamayishiga ijobiy taʼsir qilib, oʻsimliklarning oʻsishi va rivojlanishiga qulay sharoit yaratiladi. 204 Tadqiqot dalasida tuproqning hajm massasining dastlabki koʻrsatkichi 0-30 sm qatlamda 1,35 g/sm3 boʻldi. Nazorat variantida 1,32 g/sm3 boʻldi, siderat ekinlardan keyin 1,24-1,30 g/sm3 boʻlib, bu nazorat variantiga nisbatan 0,02-0,08 g/sm3 ga kam boʻldi. Siderat ekilarning har birini alohida ekilganida (var. 2-4) tuproq hajm massasi 1,29-1,30 g/sm3 boʻldi. Bu nazoart variantiga nisbatan 0,02-0,03 g/sm3 ga kam. Siderat ekinlarin ikki va uch komponentli aralashma shaklida ekilganida tuproq hajm massasi 1,29 g/sm3 boʻldi va bu nazorat variantidan 0,03 g/sm3 ga kam boʻldi. Siderat ekinlarni uch komponentli aralashma shaklida ekilib, unga qoʻshimcha 10 va 20 t/ga goʻng berilganida 1,26-1,24 g/sm3 boʻlib, (var. 9-10) barcha variantlardan past boʻldi. Bu, variantlarda yaʼniy siderat ekinlaridan keyin tuproqga haydalgan koʻk massa tuproq tarkibidagi organik massa mugʻdorin orttiradi. Tuproq tarkibida organik massa qancha koʻb boʻlsa, uning hajm massasi oz boʻladi. Siderat ekinlarning tuproq hajm massasiga taʼsiri, g.sm3, 2023-y. kuz Variantlar Variantlar (siderat ekinlar) Tuproq qatlam lari, sm Dastlabki koʻrsatkichlar 2023 y. gʻoʻzadan keyin Siderat ekinlardan keyin Farqi, ± 0-30 1,35 - - 1 - 0-30 - 1,32 00 2 Mosh 0-30 - 1,30 -0,02 3 Soya 0-30 - 1,30 -,02 4 Arpa 0-30 - 1,29 -0,03 5 Mosh + arpa 0-30 - 1,29 -0,03 6 Soya + arpa 0-30 - 1,30 -0,02 7 Mosh + soya 0-30 - 1,29 -0,03 8 Mosh + soya + arpa 0-30 - 1,29 -0,03 9 Mosh + soya + arpa + 10 t/ga goʻng 0-30 - 1,26 -0,06 10 Mosh + soya + arpa + 20 t/ga goʻng 0-30 - 1,24 -0,08 Hulosalar. Organik oʻgʻitlar sifatida oraliq ekinlardan sideratsiya maqsadida foydalinish ularning yetishmaydigan qismini toʻldirishdan tashqari, taʼsiri jihatdan goʻng, kompost va boshqa organik oʻgʻitlardan qolishmaydi. Sideratsiya orqali tuproq unumdorligini oshirishga erishiladi. Bu esa sideratsiya qoʻllanilgan maydonlarda yetishtirilayotgan qishloq xoʻjaligi ekinlaridan ekologik toza, sifatli va yuqori hosil yetishtirishni taʼminlaydi. 205 Qoraqalpogʻiston Respublikasi tuproqlari kam unumdorligi, tuproqlarida uning agrofizik tarkibini yaxshilash uchun kuzgi bugʻdoydan keyin dukkakli va boshoqli ekinlarni uch komponentli aralashma turida ekilib, unga qoʻshimcha 10 yoki 20 t/ga qora mol goʻngi berilishi va keyingi ikki yilda gʻoʻza ekilishi maqsadga muvofiq. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Ismailov U.E. Научные основы повышения плодородия почвы. 2. Kenjayev Y. Siderat ekinlari urugʻlarini ekishning optimal muddatlarini ilmiy asoslash. // Oʻzbekiston Qishloq va suv xoʻjaligi jurnali. 2019. №11. B. 39 3. Tadjiyev M. Kuzgi bugʻdoydan soʻng ekiladigan takroriy ekinlarning paxta hosildorligiga taʼsiri. // Agroilm jurnali. №3 (59) – B 18-19. 4. Karimov M.U., Qodirova D.A., Burxanova D.U. O‘zbekiston tuproqlari va ulardan qishloq xo‘jaligida samarali foydalanish // (Fermerlar uchun qo‘llanma). Toshkent -2021. – V 41.