scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

OROL BO'YI SHAROITIDA OZUQABOP EKINLARIDAN YUQORI VA SIFATLI HOSIL YETISHTIRISHDA YANGI INNOVATSION BIOPREPARATLARNI SINASH

Seitmusayev Bayrambay Abatbayevich; Kochkarov Farxаd Xo'jamuratovich; Allashov Baxram Davletbayevich; Parmanova Dilnoza Mavlanovna

Full text

287 UO‘K: 633.1-3. OROL BO‘YI SHAROITIDA OZUQABOP EKINLARIDAN YUQORI VA SIFATLI HOSIL YETISHTIRISHDA YANGI INNOVATSION BIOPREPARATLARNI SINASH Seitmusayev Bayrambay Abatbayevich Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi huzuridagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi agroxizmatlar markazi e-mail: [email protected] Kochkarov Farxаd Xo‘jamuratovich., Allashov Baxram Davletbayevich q.x.f.n., Parmanova Dilnoza Mavlanovna q.x.f.f.d. Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17537294 Annotatsiya. Orol dengizi qurishi natijasida so‘nngi yillarda bir qancha iqlim o‘zgarishlari, tuproqlarning sho‘rlanishi kabi muammolar uchramoqda. Tuproqlarning turli darajada sho‘rlanishi, suv tanqisligi kabi muammolar qishloq xo‘jaligi ekinlari, jumladan ozuqabop ekinlar hosildorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatib kelmoqda. Orolbo‘yi hududida ozuqabop ekinlar hosildorligini oshirishda shu hudud tuproq-iqlim sharoitida ozuqabop ekinlarning urug‘larini yangi ishlab chiqilgan biopreparatlar bilan ishlov bergan holda ekish va vegetatsiya davrida sinash muhim yechimlardan biri hisoblanadi. Ushbu maqolada orolbo‘yi hududida sinash uchun turli xil biopreparatlar bilan ishlov berib ekilgan ozuqabop ekinlar to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan. Kalit so‘zlar. Orolbo‘yi, iqlim o‘zgarishi, suv tanqisligi, sho‘rlanish, ozuqabop ekinlar, biopreparatlar, hosildorlik, sinash. Аннотация. В результате высыхания Аральского моря в последние годы возник ряд проблем, таких как изменение климата и засоление почв. Такие проблемы, как различная степень засоления почв и дефицит воды, оказали негативное влияние на продуктивность сельскохозяйственных культур, в том числе кормовых. Одним из важных решений по повышению продуктивности кормовых культур в Приаралье является посев семян кормовых культур, обработанных новыми разработанными биопрепаратами, в почвенно-климатических условиях этого региона и их испытание в период вегетации. В данной статье представлена информация о кормовых культурах, обработанных различными биопрепаратами для испытаний в Приаралье. Ключевые слова. Приаралье, изменение климата, дефицит воды, засоление, кормовые культуры,биопрепараты, урожайность, исптание. Abstract. The drying of the Aral Sea in recent years has led to a number of problems, including climate change and soil salinization. These problems, such as varying degrees of soil salinity and water scarcity, have negatively impacted the productivity of agricultural crops, including forage crops. One important solution for increasing forage crop productivity in the Aral Sea region is sowing forage crop seeds treated with newly developed biopreparations in the region's soil and climatic conditions and testing them during the growing season. This article presents information on forage crops treated with various biopreparations for testing in the Aral Sea region. Keywords. Aral Sea region, climate change, water scarcity, salinization, forage crops, biopreparats, yield, soil utilization. 288 Kirish. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25yanvarda “Orolbo‘yi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududiga aylantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 41sonli qarori qabul qilingan edi. Orolbo‘yi mintaqasida so‘nggi yillarda ekologik vaziyatni tubdan yaxshilash, mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni jadallashtirish hamda aholi turmush tarzi va daromadlarini oshirishga qaratilgan keng qamrovli islohotlar amalga oshirildi. So‘nggi 55-yilda Orol dengizining qurigan tubida 5,2 million gektar maydonda yangi Orolqum cho‘li paydo bo‘ldi. Iqlim o‘zgarishi mintaqada ijtimoiy-iqtisodiy, ekologik va sog‘liqni saqlash tizimidagi dolzarb muammolarni yanada og‘irlashtiruvchi asosiy omillardan hisoblanadi. Qurg‘oqchilik, qum va tuz bo‘ronlari kabi hodisalarning tez-tez yuz berishi va intensivligi katta ahamiyat kasb etayotganligi va deyarli har yili sodir bo‘ladigan hodisaga aylanib borayotganligi aholi salomatligi uchun sezilarli darajada xavf-xatarlarning oshishiga va qishloq xo‘jaligi ekinlari, jumladan ozuqabop ekinlar hosildorligining pasayishiga olib kelmoqda. Shulardan kelib chiqqan holda orolbo‘yi hududida ozuqabop ekinlarning hosildorligini oshirishda har xil biopreparatlarni sinash va o‘rganish bugungi kunda dolzarb ahamiyatga ega bo‘lgan vazifalardan hisoblanadi. Materiallar va uslublar. Tadqiqot materiallari sifatida ozuqabop ekinlarning mahalliy va xorijiy nav, namunalari qo‘llanildi. Ilmiy tadqiqotlarda dala, laboratoriya tajribalari, fenologik kuzatuvlar umumqabul qilingan uslubiy qo‘llanma va urug‘likning sifat ko‘rsatkichlari O‘zDSt 2823:2014 dan foydalanildi. Natijalar va munozara. Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti olimlari tomonidan yaratilgan ozuqabop ekinlar urug‘lari turli xil biopreparatlar bilan ishlov berilgan holda ekildi. Orolbo‘yi hududida, ya’ni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kegeyli tumani, Ko‘ko‘zak OFY hududida joylashgan “Qayrat tabisli” fermer xo‘jaligi yer maydonlarida javdarning Shalola navini sinash uchun urug‘lari 7 xil usulda ishlov berilgan holda va nazoarat sifati hech qanday biopreparat qo‘llamasdan ekildi. 7 xil usulda variantlarda qashqarbedaning Qibray navi ham shu variantlarda va shu takrorlanishda ekildi. Ularda fenologik kuzatuvlar olib boriladi, qimmatli xo‘jalik belgilari o‘rganiladi. Xulosa va tavsiyalar. Orolbo‘yi hududi tabiiy tuproq-iqlim sharoitida ozuqabop ekinlarni turli biopraratlar bilan ishlov berish orqali sinash va o‘rganish kelgusida Orolbo‘yi hududida ushbu ekinlardan yuqori hosil olish imkoniyatlarini beradi. 289 Foydalanilgan adabiyotlar: 1. B.D.Allashov, M.X.Zulfikarov, M.N.Sattarov. Primary seed production of fodder crops. IOP Conference Series: Earth and Environmental Science 614 (1), 012160 https://iopscience.iop.org/article/10.1088/1755-1315/614/1/012160 2. B.D.Allashov Milliy genbankdan olingan oqjo‘xori namunalarini ayrim qimmatli xo‘jalik belgilari bo‘yicha o‘rganish. 2024Ж. Science and innovation. Том 3. №Special Issue 47. 574579 b. 3. Dala tajribalarini o‘tkazish uslublari. O‘zPITI, Toshkent. 2007, 147 b. 4. Доспехов Б.А. «Методика полевого опыта. 5-е изд.» - М.: Агропромиздат, 1985. 351 с.