OROLBO'YI HUDUDIDA OZUQABOP EKINLARDAN YUQORI HOSIL OLISHDA YANGI BIOPREPARATLARNI SINASH
Full text
290 UO‘K: 633.1-3. OROLBO‘YI HUDUDIDA OZUQABOP EKINLARDAN YUQORI HOSIL OLISHDA YANGI BIOPREPARATLARNI SINASH Kochkarov Farxаd Xo‘jamuratovich Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti kichik ilmiy xodimi e-mail: [email protected] Seitmusayev Bayrambay Abatbayevich Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi huzuridagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi agroxizmatlar markazi e-mail: [email protected] Allashov Baxram Davletbayevich q.x.f.n., Parmanova Dilnoza Mavlanovna Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17537305 Annotatsiya. Orol dengizi qurishi natijasida so‘nngi yillarda iqlim o‘zgarishlari kuzatilmoqda. Tuproqlarning turli darajada sho‘rlanishi, suv tanqisligi kabi muammolar qishloq xo‘jaligi ekinlari, jumladan ozuqabop ekinlar hosildorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, hosildorlik ko‘rsatkichlari keskin kamayib ketishi kuzatilmoqda. Ozuqabop ekinlar hosildorligini oshirishda, har bir gektar yerdan olinadigan ozuqa birligini oshirishda shu hudud tuproq-iqlim sharoitida ozuqabop ekinlarning urug‘larini turli biopreparatlar bilan ishlov bergan holda ekish va vegetatsiya davrida sinash muhim yechimlardan biri hisoblanadi. Ushbu maqolada orolbo‘yi hududida sinash uchun turli xil biopreparatlar bilan ishlov berib ekilgan ozuqabop ekinlar to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan. Kalit so‘zlar. Orolbo‘yi, iqlim o‘zgarishi, suv tanqisligi, sho‘rlanish, ozuqabop ekinlar, biopreparatlar, hosildorlik, sinash. Аннотация. В результате высыхания Аральского моря в последние годы наблюдается изменение климата. Такие проблемы, как различная степень засоления почв и дефицит воды, негативно сказываются на урожайности сельскохозяйственных культур, в том числе кормовых, и наблюдается резкое снижение показателей урожайности. Для повышения урожайности кормовых культур и увеличения выхода кормовой единицы с каждого гектара земли одним из важных решений является посев семян кормовых культур, обработанных различными биопрепаратами, в почвенноклиматических условиях региона и их испытание в период вегетации. В данной статье представлена информация о кормовых культурах, обработанных различными биопрепаратами для испытания в Приаралье. Ключевые слова. Приаралье, изменение климата, дефицит воды, засоление, кормовые культуры, биопрепараты, урожайность, испытание. Abstract. Climate change has been observed in recent years as a result of the drying up of the Aral Sea. Issues such as varying degrees of soil salinity and water shortages negatively impact the yield of agricultural crops, including forage crops, and a sharp decline in yields has been observed. To increase forage crop yields and increase the feed unit yield per hectare of land, one important solution is to sow forage crop seeds treated with various biopreparations in the region's soil and climatic conditions and test them during the growing season. This article
291 presents information on forage crops treated with various biopreparations for testing in the Aral Sea region. Keywords. Aral Sea region, climate change, water shortage, salinity, forage crops, biopreparations, yield, testing. Kirish. 2022-yil 25-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Orolbo‘yi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududiga aylantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 41-son qarori, 2023-yil 23-noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining“Respublikada yashillik darajasini yanada oshirish, «yashil makon» umummilliy loyihasini izchil amalga oshirish orqali ekologik barqarorlikni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-199-sonFarmoniqabul qilindi. Ushbu farmon va qarorlarga asosan Orolbo‘yi mintaqasida so‘nggi yillarda ekologik vaziyatni tubdan yaxshilash, mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni jadallashtirish hamda aholi turmush tarzi va daromadlarini oshirishga qaratilgan keng qamrovli islohotlar amalga oshirildi. Orolbo‘yi hududida ozuqabop ekinlarning hosildorligini oshirishda har xil biopreparatlarni sinash va o‘rganish bugungi kunda dolzarb ahamiyatga ega bo‘lgan vazifalardan hisoblanadi. Materiallar va uslublar. Tadqiqot materiallari sifatida ozuqabop ekinlarning mahalliy va xorijiy nav, namunalari qo‘llanildi. Ilmiy tadqiqotlarda dala, laboratoriya tajribalari, fenologik kuzatuvlar umumqabul qilingan uslubiy qo‘llanma va urug‘likning sifat ko‘rsatkichlari O‘zDSt 2823:2014 dan foydalanildi. Natijalar va munozara. Ozuqabop ekinlar urug‘lari turli xil biopreparatlar bilan ishlov berilgan holda ekildi. Orolbo‘yi hududida, ya’ni Qoraqalpog‘iston Xo‘jayli tumani, Samanko‘l MFY hududida joylashgan “Sobir ota” fermer xo‘jaligi yer maydonlarida ham quyidagi ozuqabop ekinlar nav, namunalari sinash uchun ekildi. Quyidagi 1-sxemada ekish tasvirlangan.Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan yaratilgan sulining “O‘zbekiston keng bargli” navi 8 xil usulda ishlov berilgan holda va nazorat sifati hech qanday biopreparat qo‘llamasdan ekildi. 8 xil usulda urug‘larga ishlov berilib, 4 ta takrorlanishda ekildi. Ularda fenologik kuzatuvlar olib boriladi, qimmatli xo‘jalik belgilari o‘rganiladi. Xulosa va tavsiyalar. Orolbo‘yi hududi tabiiy tuproq-iqlim sharoitida ozuqabop ekinlarni turli biopraratlar bilan ishlov berish orqali sinash va o‘rganish kelgusida Orolbo‘yi hududida ushbu ekinlardan yuqori hosil olish imkoniyatlarini beradi.
292 Foydalanilgan adabiyotlar: 1. B.D.Allashov, M.X.Zulfikarov, M.N.Sattarov. Primary seed production of fodder crops. IOP Conference Series: Earth and Environmental Science 614 (1), 012160 https://iopscience.iop.org/article/10.1088/1755-1315/614/1/012160 2. B.D.Allashov Milliy genbankdan olingan oqjo‘xori namunalarini ayrim qimmatli xo‘jalik belgilari bo‘yicha o‘rganish. 2024-J. Science and innovation. Tom 3. №Special Issue 47. 574-579 betlar. 3. Dala tajribalarini o‘tkazish uslublari. O‘zPITI, Toshkent. 2007, 147 b. 4. Доспехов Б.А. «Методика полевого опыта. 5-е изд.» - М.: Агропромиздат, 1985. 351 с.