scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

QOVOQ NAV VA DURAGAYLAR TOʻPLAMINING OʻSISHI, PALAK SHAKLLANISHI, MAHSULDORLIK KOʻRSATKICHLARI VA HOSILDORLIGI

T.E.Ostonaqulov; X.S.Amirov; P.X.Chorshanbiyev; A.A.Berdanov

Full text

409 UO’K:635.621:631.52:631.547:631.55 QOVOQ NAV VA DURAGAYLAR TOʻPLAMINING OʻSISHI, PALAK SHAKLLANISHI, MAHSULDORLIK KOʻRSATKICHLARI VA HOSILDORLIGI T.E.Ostonaqulov, q.x.f.d., QarshiDU professori, X.S.Amirov, q.x.f.f.d., QarshiDU dotsenti, P.X.Chorshanbiyev, TermizDTAU tayanch doktoranti, A.A.Berdanov, QXBIMMning Qoraqolpogʻiston Respublikasi agroxizmatlar markazi, tadqiqotchi DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17537624 Annotasiya. Maqolada qovoq nav va duragaylari toʻplami Janubiy hudud – Surxondaryo viloyati sugʻoriladigan och tusli boʻz tuproqlari sharoitida oʻsishi, rivojlanishi, mahsuldorlik koʻrsatkichlari va hosildorligi boʻyicha baholash natijalari keltirilgan. Olingan ma’lumotlar asosida qovoqning Tikva jemchujnaya, Atlas, Japan 10gr, Noaniq1, Oshin kadi, Shirintoy, Stofuntovaya navlari eng yuqori hosildorlik boʻyicha (36,7-58,8 t/ga) ajratildi. Kalit soʻzlar: qovoq, nav, duragay, oʻsuv davri,palak,ildiz vani, hosildorlik. Аннотация. В статье изложены результаты оценки коллекции сортов и гибридов тыквы в условиях орошаемых светло-сероземных почв южного региона Сурхандарьинской области по росту, развитию, показатели продуктивности и урожайности. На основе полученных данных по урожайности (36-58 т/га) выделены сорта тыквы - Тiкva jemchujnaya, Atlas, Japan 10gr, Ноаниқ1, Oshin kadi, Shirintoy, Stofuntovaya. Ключевые слова: тыква, сорт, гибрид, вегетационный период, ботвы, масса корней, урожайность. Abstract. The article presents the results of an evaluation of a collection of pumpkin varieties and hybrids under irrigated light gray-meadow soil conditions of the southern region of Surkhandarya Province, focusing on growth, development, productivity, and yield indicators. Based on the obtained data, with yields ranging from 36 to 58 t/ha, the following pumpkin varieties were identified as promising: Tikva Jemchujnaya, Atlas, Japan 10gr, Noaniq1, Oshin Kadi, Shirintoy and Stofuntovaya. Keywords: pumpkin, variety, hybrid, vegetation period, vine, root mass, yield. Kirish. Qovoq dorivor mahsulotlar ichida birinchi oʻringa loyiq boʻlib, uning mevasi tabobatda astma, kamqonlik, varikoz tomirlari, shamollashni, prostata bezlarini davolashda, urugʻi qaynatmasi, yogʻi gijja haydaydigan dori tariqasida ishlatiladi [5]. Har bir tuproq va iqlim sharoitida qovoq ekinidan barqaror ertagi yoki uzoq saqlanadigan moʻl va sifatli hosil olish koʻp jihatdan moslanuvchan navlarni tanlash, ularning urugʻini ekisholdi tayyorlash, qulay ekish muddati, oʻgʻitlash, sugʻorish 410 usuli va rejimi kabi agrotexnologik tadbirlarni ishlab chiqishga bogʻliq. Bu yoʻnalishda respublikamiz sharoitida tadqiqotlar yetarli darajada oʻtkazilmagan. Mamlakatimizda sugʻoriladigan och tusli boʻz tuproqlari sharoitida qovoq turli navlar toʻplamini har tomonlama baholash, ulardan moslanuvchanlarini ajratib turli agrotexnologik tadbirlarda oʻstirib, oʻsimlik shakllanishi, hosil miqdori va sifati, tovar koʻrsatkichlariga ta’sirini aniqlash ilmiy va amaliy jihatdan dolzarb hisoblanadi. Tadqiqotning maqsadi - Respublikamizning janubiy hududi Surxondaryo viloyati sugʻoriladigan och tusli boʻz tuproqlari sharoitida qovoq navduragaylarini har tomonlama baholab, istiqbolli, moslanuvchanlarini ajratishdan iborat. Tadqiqotning materiallar va uslublari. Dala tajribalari Termiz tumanida joylashgan Surxondaryo ingichkatolali paxtachilik ilmiy tadqiqot institutining tajriba xoʻjaligi sugʻoriladigan och tusli boʻz tuproqlari sharoitida oʻtkazildi. Tajriba oʻtkazilgan och tusli boʻz tuproqlarda yer osti suvlari 1,5-2,5 metr chuqurlikda joylashgan. Tuproqni mexanik tarkibi oʻrta qumoq. Tajriba dalasi haydalma (0-30 sm) va haydav osti (31-50 sm) qatlamlarida gumus miqdori 0,895-0,700%, suvli soʻrim pH=7,7, tuproq hajm massasi 1,35-1,50 g/sm3, solishtirma massasi 2,5-2,6 g/sm3 ni, yalpi azot 0,084-0,069%, umumiy fosfor 0,140-0,114%, kaliy 2,10%, nitrat shaklidagi azot miqdori 18,5-12,5 mg/kg, ammoniy shaklidagi azot miqdori 3,041,5 mg/kg, harakatchan fosfor 27,8-13,95 mg/kg, almashinuvchi kaliy 199-165 mg/kg ni tashkil etdi. Tadqiqot boʻyicha qovoq ekinining 30 ta nav-duragaylar toʻplamini qayd etilgan sharoitda oʻsishi, rivojlanishi, tupning shakllanishi, mahsuldorligi va tovar hosildorligi boʻyicha har tomonlama baholanib, istiqbolli moslanuvchanlari ajratildi. Ekish (280+70 sm):2x70 sm sxemada,5-6 sm chuqurlikda amalga oshirildi. Delyanka maydoni 35 m2, takrorlar soni 3 ta boʻldi. Dala tajribalarini oʻtkazish, ekish, ekinni parvarish qilish, hosilni yigʻish, hisoblash va analizlar umumiy qabul qilingan uslub hamda tavsiyalar asosida olib borildi [1,2,3,4,7]. Natijalar va uni munozara. Qovoq nav va duragaylar toʻplami oʻsimlikning oʻsishi, rivojlanishi, tupning shakllanishi va hosildorligi boʻyicha sezilarli farqlangani aniqlandi. Olingan ma’lumotlarga koʻra, oʻrganilgan qovoq nav va duragaylarining oʻsuv davri davomiyligi 106 kundan 136 kungachani tashkil etdi. Nisbatan tezpishar (oʻsuv davri 106 kun) – Pluto F1, Japan 10 gr, Ferrari F1, Waltham butternut, Pioneer, Noaniq1 nav-duragaylarda, eng kechpishar (136 kun) boʻlib, Ispanskaya 73 (st.), Ashkadi, Katta habba kadi, Stofuntovaya, Rossiyanka, Provanskaya navlari hisoblandi. Boshqa nav-duragaylarda esa oʻsuv davri 111-131 kunni tashkil etdi. Palak poyasining uzunligi oʻrganilgan nav-duragaylarda 47 sm 411 (Xolva kadi) dan 453 sm. gacha (Oshin kadi) oʻzgardi. Eng uzun poyali oʻsimliklar – Kichkintoy (385 sm), Vitaminnaya (308 sm), Oshin kadi (453 sm), Palov kadu 268 (269 sm), Tikva jemchujnaya (273 sm), Noaniq 4 (400 sm), Ashkadi (253 sm), navlari boʻldi. Palakdagi yon shoxlar soni nav-duragaylar boʻyicha 3-14 donagacha boʻldi. Barglanish – asosiy morfologik belgi boʻlib, sinalgan nav-duragaylar toʻplamida 45 donadan 436 donagacha farqlanib, kuchli barglanish (400 donadan ziyod) Waltham butternut, Noaniq 1, Kichkintoy, Oshin kadi, Tikva atlasniy, Tikva jemchujnaya, Tikva gitara, Shirintoy, Noaniq 3, Noaniq 4, Ispanskaya 73, Ashkadi, Stofuntovaya, Rossiyanka navlarida qayd etildi. Tuproq 0-25 sm qatlamidagi bir tup palak ildiz massasi 10-65 grammni tashkil qildi va nisbatan baquvvat ildiz massasi (61-65 g) Vitaminnaya, Oshin kadi, Tikva atlasniy, Tikva gitara, Noaniq 4, Ispanskaya 73, Katta habba kadi, Stofuntovaya, Rossiyanka, Provanskaya navlarida aniqlandi. Tupning palak vazni 16-449 g ni tashkil etib, baquvvat palaklar (400 g va ziyod) Noaniq 1, Oshin kadi, Noaniq 2, Tikva atlasniy, Noaniq 3, Noaniq 4, Provanskaya navlarida kuzatildi. Tupdagi mevalar soni 1,3-4,2 donani, mevalar vazni esa 3,0-7,2 kg ni tashkil etdi. Eng yuqori mahsuldorlik (4,1-7,2 kg/tupda) Tikva jemchujnaya, Atlas, Japan 10 gr, Waltham butternut, Noaniq 1, Vitaminnaya, Oshin kadi, Tikva atlasniy, Shirintoy, Katta habba kadi, Stofuntovaya navlarida kuzatildi. O’rganilgan qovoq nav va duragaylari hosildorligi aniqlanganda, gektaridan 19,6 tonnadan (Xushtam) 58,8 tonnagacha (Tikva jemchujnaya) tashkil etdi. Eng yuqori hosildorlik (36,7-58,8 t/ga) Tikva jemchujnaya, Atlas, Japan 10 gr, Noaniq 1, Oshin kadi, Shirintoy, Stofuntovaya navlaridan olindi. Xulosa. Respublikamiz janubiy Surxondaryo viloyati sugʻoriladigan och tusli boʻz tuproqlari sharoitida oʻrganilgan qovoq nav va duragaylari oʻsishi, rivojlanishi, tupda ildiz, palak va barg shakllanishi, mahsuldorlik koʻrsatkichlari boʻyicha keskin farqlanib, eng yuqori hosildorlik (36,7-58,8 t/ga) Tikva jemchujnaya, Atlas, Japan 10gr, Noaniq 1, Oshin kadi, Shirintoy, Stofuntovaya navlarida qayd etildi. Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati: 1. B.J.Azimov, B.B.Azimov va boshqalar. Professor R.A.Nizomov umumiy tahriri ostida. Sabzavot, poliz va kartoshka ekinlarida tajribalar oʻtkazish uslubi. Uslubiy qoʻllanma. Toshkent. Baktria press. 2023.-B.264. 2. С.C.Литвинов. Методика полевого опыта в овощеводстве. Москва. ГНУ ВНИИО. 2011. -C.648. 3. O‘zbekiston Respublikasi hududida ekish uchun tavsiya etilgan qishloq xo‘jalik ekinlari Davlat reestri. Toshkent.2025.-B.98 4. T.E.Ostonaqulov. Seleksiya va urug‘chilik. - Toshkent. Istiqlol.2002 (2017).- B.272. 5. T.E.Ostonaqulov, V.I.Zuev, O.Q. Qodirxo‘jayev. Mevachilik va sabzavotchilik (Sabzavotchilik). Toshkent.2019.-B.520.