scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

MAHALLIY OG'ITLAR (G'O'NG) VA O'TMISHDOSH EKINLARNING KUZGI BUG'DOY UNUVCHANLIGI VA O'SISH DINAMIKASIGA TA'SIRI

Ismaylov Uzaqbay Embergenovich; Qozibayeva Nafosat Shavkatovna

Full text

412 UO‘K: 63.6331.11 MAHALLIY OG‘ITLAR (G‘O‘NG) VA O‘TMISHDOSH EKINLARNING KUZGI BUG‘DOY UNUVCHANLIGI VA O‘SISH DINAMIKASIGA TA’SIRI Ismaylov Uzaqbay Embergenovich Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti, professor Е-mail: [email protected] Qozibayeva Nafosat Shavkatovna Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti, 1-kurs tayanch doktoranti Е-mail: [email protected] DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17537634 Annotatsiya. Maqolada mahalliy og‘itlar (g‘o‘ng) va o‘tmishdosh ekinlarning kuzgi bug‘doy unuvchanligi va o‘sish dinamikasiga ta’siri haqida ma’lumotlar keltirilgan. Tajriba 9 variant 3 ta qaytariqda olib borildi. 5 marotaba fenologik kizatuvlar o‘tkazildi. Nazorat variantida 208.3 donagacha nihol ungan bo‘lsa, 6 variantda 208,7 dona, 9 variantlarda esa 209,2 donagacha nihol unib chiqdi va nazorat variantidan 1,1 donaga ko‘pligi aniqlandi. Kalit so‘zlar: o‘sish dinamikasi, o‘tmishdosh ekinlar, go‘ng, oraliq ekin, takroriy ekin, sideratlar, Orol dengizi. Abstract. The article provides information on the influence of local fertilizers (manure) and preceding crops on the germination and growth dynamics of winter wheat. The experiment was conducted in 9 variants with 3 repetitions. Phenological observations were conducted 5 times. In the control variant, up to 208.3 seedlings were grown, in the 6th variant - up to 208.7 seedlings, and in the 9th variant - up to 209.2 seedlings, which is 1.1 more than in the control variant. Keywords: growth dynamics, preceding crops, manure, intermediate crop, repeated crop, green manure, Aral Sea Kirish. Mamlakatimizda don yetishtirishni ko‘paytirish hamda sug‘oriladigan maydonlar hosildorligini oshirish, muayyan tuproq holatini yaxshilash va imkon qadar ekologik toza mahsulot yetishtirish vazifasini oldimizga qo‘yadi. G‘alla hosildorligini yanada oshirish, don sifatini, ayniqsa, uning nonboplik xususiyatini yaxshilashda tuproq unumdorligiga alohida e’tibor qaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu jarayonda agrotexnologiyani maqbullashtirish, bug‘doyni kasallik, zararkunanda va begona o‘tlardan himoya qilish, tuproq organic holatini yaxshilashning uyg‘unlashgan almashlab ekish tizimini keng hamda o‘rinli joriy etishni taqazo etadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Orol dengizi qurishi ta’sirida hududimiz tuproq holati yaroqsiz holatga kelmoqda. Bunday hodisalarning oldini olish va tuproq umumiy holatini yaxshilash, kelajak avlodga yaroqli holatda yetkazish maqsadida almashlab ekishning yangi tizimini tajribada sinab ko‘rdik. Adabiyotlar tahlili. Qishloq xo‘jalik ekinlarining maqbul o‘sib rivojlanishi uchun, tuproqda kechayotgan turli jarayonlar ning qulay muhitini yuzaga keltirish 413 uchun ekiladigan ekin larning turiga va ularni parvarish qilish agrotexnikasiga ham alohida e’tibor berish kerak. Qishloq xo‘jaligi ekinlarni yaxshi o‘sib rivojlanishi, yuqori va sifatli hosil olish uchun almashlab ekishning yanada mukammal yangi tizimlarini ishlab chiqish va joriy etish lozim (N.Baxramova, M.Azimova, R.Ergashev 2024) Ekinning simbioz faoliyati shakllanishini o‘rganish asosida ta’kidlash joizki, almashlab ekishda kuzgi bug‘doydan keyin mosh etishtirish nafaqat don balki tuproq organic qismining ortib, bug‘doy hosildorligi oshishiga ham erishiladi.( F.Xalilova 2024) Almashlab ekish tizimida takroriy va oraliq ekinlar ta’sirida tuproq fizikaviy holatlari (hajm og‘irligi) yaxshilanadi. (Ismaylov D.U., Jubatov M. J. ) Materiallar va uslublar. Tadqiqot o‘tkazishda barcha fenologik kuzatuvlar va o‘lchovlar “Dala tajribalarini o‘tkazish uslublari” agrofizikaviy tahlillar “Методика агрофизических исследований” uslubiy qo‘llanmalaridan va matematik-statistik tahlili Microsoft Excel dasturida dispersion usulda amalga oshirildi (B.A.Dospexov). Natijalar. Tajriba Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumani Dorman OFY hududidagi “Kamoliddn-Bekniyoz” fermer xo‘jaligida o‘tkazildi. Bu mintaqaning iqlimi keskin kontinental, yillik yog‘in miqdori o‘rtacha 150-200 mmni tashkil qiladi. Tajriba dalasi tuproqlari otloqi-alluvial tipida bo‘lib, qadimdan sug‘orib kelinadi. pH darajasi neytral, kuchsiz sho‘rlangan yoki sho‘rlanishga moyil, Yer osti suvlarining chuqurligi 1,5-1,8 metrni tashkil qiladi o‘rtacha mexanik tarkibga ega, o‘rtacha sho‘rlangan tuproqlar hisoblanadi. Dala tajribasida kuzgi bug‘doyning Yaksart navi ekildi. Bitta qaytariq maydoni 180x9=1020 m2, tajriba maydoni esa 1020x3=3060 m2 tajriba dalasi 1 ga ni tashkil qiladi. Tajribada bug‘doy navlarining urug‘lari 2025-yilning 10-sentyabr kuni ekildi. Tajriba dalasidagi barcha agrotexnik tadbirlar hamma variantlarda bir xil amalga oshirildi. Fenologik kuzatuvlar sifatida urug‘ unib chiqish dinamikasi, maysaning bo‘yi organildi. Tajribada bug‘doyning o‘sish dinamikasi 5 marotaba kuzatib borildi. 1m2 maydondagi poyalar soni (dona), poyaning balandligi (sm) aniqlandi. Variantlar Kuzatish kunlari 16.IX 17.IX 18.IX 19.IX 20.IX Nazorat 1 17.0 51,1 75,9 129,0 208,3 Nazorat 2 18,3 52,7 76,0 132,5 207,0 Nazorat 3 18,0 61,7 74,0 128,0 208,3 4 18,0 63,7 80,0 123,5 205.2 5 19,2 53,5 74,2 129,0 206,0 6 19,7 54,7 73,5 139,0 208,7 414 7 19,2 63,0 72,7 129,5 207,5 8 18,7 63,2 83,7 130,2 209,2 9 19,7 63,2 79,7 132,2 209,2 Yuqoridagi jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, bir metr kvadrat maydonda hosil bo‘lgan maysalar soni bo‘yicha Nazorat variantida 208.3 dona nihol ungan bo‘lsa, 4,5,6 variantlarda 208,7 dona, 7,8,9 variantlarda esa 209,2 donagacha nihol unib chiqdi va nazorat variantidan 1,1 donaga ko‘pligi aniqlandi. 7,8,9variantlar 4,5,6 va nazorat variantlariga nisbatan ustunligini ko‘rsatdi. Maysaning bo‘yi uzunligi bo‘yicha ham 7,8,9variantlar boshqa variantlardan ustun bo‘ldi, ya’ni 22,8 smni tashkil qildi. Xulosa. Yuqoridagi ma’lumotlarga asoslanib, o‘tmishdosh sifatida ekilgan takroriy va oraliq ekinlar kuzgi bug‘doy urug‘ining unib chiqishi, o‘sish dinamikasining yuqori bo‘lishiga ta’sir qilgan. Kuzgi bug‘doy bilan siderat ekinlarning birgalikdagi almashlab ekish tizimini tavsiya qilamiz. Kuzgi bug‘doy hosili yig‘ishtirib olingandan keyin bo‘shagan yerlarga makkajo‘xori, mosh, soya, loviya yoki kechki kartoshka ekish mumkin. Bunda bitta daladan bir yilda ikki, oraliq ekin ekilsa hattoki 3 marta hosil olish imkoniyati yuzaga keladi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Teshaboyev N.I.,Mahramxo‘jayev S.A., Kuzgi bug‘doy: navlar va hosildorik // Science and innovation international scientific journal Vol 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337 B 611. 2. Turdaliev, A. T., Darmonov, D. Y., Teshaboyev, N. I., Saminov, A. A., & Abdurakhmonova, M. A. (2022, July). Influence of irrigation with salty water on the composition of absorbed bases of hydromorphic structure of soil. In IOP Conference Series: Earth and Environmental Science (Vol. 1068, No. 1, p. 012047). IOP Publishing. 3. Ismaylov U.E., Seytnazarov. S. Diyqanshiliq mashqalalari hәm olardi sheshio‘ jollari. // Nukus. - 2011. “Bilim” – 26 b. 4. Ismaylov U.E. Ismaylov M, Aytimbetov A. Jazliq hám guzlik biydaydan joqari zúráát alıw ilajlari. TashMAU NF Konferensiya materiallari. // Nókis. - 2007. 31-33 b. 5. Qodirov B., Kuzgi bug’doy ekish me`yorlarini urug’lik sifati va hosildorlikka ta`siri // Yosh olimlar – qishloq xo’jalik fani va amaliyotini yuksaltirishda etakchi kuch:, O’zbekiston respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligi tizimidagi ilmiy va oliy ta`lim muassasalari magistrlari, aspirantlari, tadqiqotchilari va doktorantlarining ilmiy amaliy konferenciyasi ilmiy maqolalar to’plami, II Jildlik, - I jild. AGRO ILM jurnali. Toshkent.: 2008.-B.148-152. 6. N.Baxramova, M.Azimova, R.Ergashev. Navbatlab ekish tizimida mosh ekinining rivojlanishi va hosildorligi. //O’zbekiston qishloq va suv xo’jaligi. -2024. Maxsus son №2-B. 30-31.