QORAQALPOG'ISTON SHAROITIDA SABZAVOT LOVIYASINI (PHASEOLUS VULGARIS L.) ENG QULAY ETISHTIRISH MUDDATLARI VA SERHOSIL NAVLARINI TANLASH
Full text
435 UO‘K: 635.652 QORAQALPOG‘ISTON SHAROITIDA SABZAVOT LOVIYASINI (PHASEOLUS VULGARIS L.) ENG QULAY ETISHTIRISH MUDDATLARI VA SERHOSIL NAVLARINI TANLASH N.D.Aymuratova, D.E.Madreyimova Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti Email: [email protected] DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17537683 Annotatsiya: Qoraqalpog‘iston sharoitida sabzavot loviyasini (phaseolus vulgaris l.) eng qulay etishtirish muddatlari va serhosil navlarini aniqlash masalalari tadqiq qilingan. Tajriba sharoitida besh xil loviya navi va ularning uch xil ekish muddatida hosildorlik ko‘rsatkichlari, o‘sish sur’ati hamda sifat xususiyatlari o‘rganilgan. Olingan natijalar asosida optimal ekish muddatlari va navlarni tanlash orqali hosildorlikni oshirish mumkinligi ko‘rsatildi. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari uchun tavsiyalar beradi. Kalit so‘zlar: sabzavot loviyasi, etishtirish, muddat, serhosil navlar, hosildorlik, belgi, xususiyat, tuproq, dukkak, sifat. Annotation: In the conditions of Karakalpakstan, the issues of determining the most favorable growing dates and high-yielding varieties of vegetable beans (phaseolus vulgaris l.) were studied. Under experimental conditions, the yield indicators, growth rate, and quality characteristics of five bean varieties and their three different sowing dates were studied. Based on the obtained results, it was shown that it is possible to increase yields by selecting optimal sowing dates and varieties. Provides recommendations for agricultural producers. Keywords: vegetable beans, cultivation, timing, high-yielding varieties, yield, trait, characteristic, soil, legume, quality. Kirish. Dunyo bo‘yicha har yili 20 mln. gektarga yaqin maydonda sabzavot loviyasi etishtiriladi. Shundan Osiyo mamlakatlarida 11 mln ga maydon, shundan 6 mln. ga maydon Hindiston ulushiga to‘g‘ri keladi. Qolgan qismi Evropa, Amerika, Afrika, Avstraliya davlatlariga tegishli hisoblanadi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) ma’lumotlariga ko‘ra, 2050 yilga borib, dunyo aholisi diyarli 10 milliard kishini tashkil qiladi va shunga muvofiq oziq-ovqat mahsulotlarining ishlab chiqarishini joriy davrga nisbatan 60% ga oshirishni talab qiladi [2] . Bugungi kunda oziq ovqat xavfsizligini ta’minlashda sabzavot ekinlarining o‘rni beqiyos bo‘lib, ularning tarkibida oqsillar, uglevodlar, kraxmal, engil hazm bo‘luvchi moylar, turli xil vitaminlar, minerallar va fermentlarga boyligi tufayli insoniyatning kundalik iste’mol mahsulotlarini 70-75% tashkil qiladi.Sabzovat loviyasi kuchli oqsil manbai hisoblanadi va karbongidratlar, tolalar, vitaminlar va minerallarni o‘z ishiga oladi, eurak salomatligini qullab quvatlaydi, qon shakarni boshqarishga yordam beradi va hazimni yaxshilaydi [3,5].
436 Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash deganda esa, nafaqat sabzavot mahsulotlarining miqdorini oshirish, balki noyob tarkibga ega ekin turlarini aniqlash va ularni kundalik ovqatlanish ratsioniga kiritish nazarda tutiladi. Har bir sabzavot turining o‘ziga xos qimmatli xususiyatlari mavjud bo‘lib ularning orasida dukkakli sabzavotlar ham muhim ahamiyat kasb etadi. Dukkakli sabzavotlar ichida sabzavot loviyasi xush taamligi, dukkaklarini texnik etilganda va donlarining fizologik pishib etilganda ham to‘rt fasilda ham sevib iste’mol qilinishi bilan ajralib turadi [1,4]. Ekish muddatlari va loviya navlarining hosildorlik xususiyatlarini ilmiy asosda o‘rganish qishloq xo‘jaligida yanada samarali ishlab chiqarishni ta’minlash uchun dolzarb vazifa hisoblanadi. Ushbu tadqiqotning maqsadi o’rta sho’rlangan tuproq sharoitidasabzavot loviyasining turli navlari uchun eng optimal ekish muddatlarini aniqlash va serhosil navlarni tanlashdan iboratdir. Tadqiqot ishlari Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutining tajriba maydonlarida olib borildi. Tadqiqot uchun Maxsuldor (nazorat), Koralevskiy, Ganimed, Qizil fasol, Morskaya fasol loviya navlari tanlandi. Tuproq va iqlim sharoitlari doimiy nazorat ostida bo‘lib, o‘simliklarga zarur parvarish ishlari amalga oshirildi. Olingan natijalar statistik tahlil uchun ANOVA usuli bilan qayta ishlanib, farqlarning ahamiyati Tukey testi yordamida baholandi (p<0,05). Eksperimental tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, loviyaning hosildorligi va o‘sish ko‘rsatkichlari ekish muddatlariga sezilarli bog‘liq. Keyingi tajribamizda urug’lar asosan may oyining 1 sanasida ekildi bunda xam oldingi ekilish sxemasi bilan birdek paxat 10 kun o’tkandan song ekilidi bunda tuprok xarorati va ov-havo normal bólganligi sababli urug’larimizning kukaruvshangligida xam bir kansha park qildi (1-jadvalga qarang). Dala sharoitida urug’lar unuvchanligi bir qancha jadallashganligini nazorat qildik. Har bir varintdan 10 ta o’simlikda biometrik o’lchovlar olib borildi. Bunda o’simliklar asosan 10-iyunь, 10-iyul va 10 avgust kunlari bo’ylari o’lchanib borildi. Bunda nazorat Mahsuldor navga nisbata eng baland bo’lisi Koralevskiy navi avgust oyida 112 smni tashkil etdi. Nazoratga nisbata past bo’ylisi Morskaya fasol navida kuzatildi. 1-jadval Sabzavot lobiyasini ekish muddatlari bo’yicha urug’lar unuvchanligi va biometrik ko’rsatkichlari (1may sanasida ekilgan tajriba) № Nav nomlari Urug’ unuvshanligi % Ósimlik bóyi/sm Laboratoriyada Dala sharoitida 10.06 10.07 10.08
437 1 Maxsuldor (nazorat) 87 73 14 57 101 2 Koralevskiy 94 90 27 63 112 3 Ganimed 89 86 18 49 98 4 Qizil fasol` 90 86 22 58 103 5 Morskaya fasol` 75 69 14 56 89 Eng maqbul ekish muddatida ya`ni 1 mayda ekilgan o’simliklarning pishib etilgan hosilidan 1000 dona don massasi o’lchanganida nazorat variant Mahsuldorda 454 gramm, nazoratga nisbatan 1000 dona don vaznin Koralevksiy navida 516 gramm, Ganimet navida 410 gramm, Qizil fasolda 492 gramm va eng yirik urug’lar Morskaya fasolda 604 grammni tashkil etdi. Biometrik o’lchovlar ham olib borildi va nazorat variant Mahsuldorning o’simliklar bo’yi o’rtacha 92 smni tashkil etgan bo’lsa nazoratga nisbatan o’rganilayotgan navlar Koralevsiky, Ganimet va Qizil fasol navlari 108-115 sm atrofida bo’ldi. Nazoratga nisbatan past bo’yli Morskaya fasol navi 83 sm ni tashkil qilgan. Hosildi yig’ib olinganidan so’ng unung 1 kilogramida donlar soni ko’rsatkichi bo’yicha qo’yidagi natijalar olindi. Nazorat variant Mahsuldor navida 1643 dona don borligi, nazoratga nisbatan o’rganilgan navlar ya`ni Koralevskiy navida 1758 dona, Ganimet navida 1698 dona, Qizil fasolda 1704 dona va Morskaya fasolda 1201 dona don borligi aniqlandi. Bundan xulosa qilish mumkinki, urug’lari yirik bulsa dukkakdagi don soni kam chiqishi, 1000 dona urug’lar vazni ko’p bo’lishi urug’larning yirikligini aңlatadi. Bundan tashqari 1000 dona urug’ vaznini bilish ekish me`yorini oldindan prognozlashga yordam beradigan ko’rsatkich hisoblanadi. Ótkazilgan tajribada pishib etilgan loviyalar sarǵiltim rangga enib sobiqlar yorilib pisha boshlaydi. Pishgan loviyaning donlari posloǵidan ajratib olib oloqida ólshandi Hisob-kitoblar har bir nav bóyicha alohida bajarildi. Puch, yorilgan, etilmagan loviyalar miqdori yaroqsiz deb hisoblanadi Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Smith J., et al. Agricultural practices for beans. Journal of Crop Science, 12(3), 2018 y. 4553. 2. Karimov A. Loviya navlarini tanlash va etishtirish. Toshkent: Qishloq xo‘jaligi nashriyoti 2020 y. 7-8. 3. Ivanov P. Phaseolus vulgaris cultivation techniques. Russian Agricultural Review, 2019 y. №5(2), 34-40. 4. Zhang L., et al. Optimizing planting dates for common beans. Intl. J. of Agronomy, 2021 y, 12. 5. Jones M. (2020). Phaseolus vulgaris: Agronomic insights. Plant Science Today, 14(2), 8995.