GURVAK YETISHTIRISHDA GIDROGELDAN FOYDALANISH
Full text
446 UO‘T:631:635.1.8 GURVAK YETISHTIRISHDA GIDROGELDAN FOYDALANISH Хudaynazarova Мohigul Ilhomovna talaba, Saparniyazov In’omjan Artiqbaevich, Qishloq xo’jaligi fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti e-mail: [email protected] DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17537706 Annotatsiya:Maqolada Qoraqalpogʻiston sharoitida agrotsenozlarda suv zahiralaridan oqilona foydalanish va suvtanqislik muhitida gidrogeldan foydalanib qovunning Gurvak navini o’stirilganda o’sishi, rivojlanishi, gidrogelning biometrik ko’rsatkichlariga ta’siri haqida ma’lumotlar keltirilgan. Kalit soʻzlar: suvtanqislik, qovun, gidrogel, resurstejamkor, hosildorlik. Aннотация: В статье представлены сведения о рациональном использовании водных ресурсов в агроценозах Каракалпакстана, особенностях роста и развития дыни сорта Гурвак при выращивании с использованием гидрогеля в условиях дефицита воды, а также влияние гидрогеля на биометрические показатели. Ключевые слова: дефицит воды, дыня, гидрогель, ресурсосбережение, урожайность. Abstract: The article presents information on the rational use of water resources in agrocenoses in Karakalpakstan and the growth and development of the Gurvak melon variety when grown using hydrogel in a water-scarce environment, and the effect of hydrogel on biometric indicators. Key words: water scarcity, melon, hydrogel, resource-saving, productivity. Kirish. Yashil iqtisodiyotga o‘tish va ekologik barqarorlikka erishish bugungi kunning asosiy davr talablaridan biri hisoblanadi. Butun dunyodagi ko‘pchilik mamlakatlarda qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orish uchun suv tanqisligi kuzatilmoqda va bu ko‘p vaqt o‘tmay ichimlik suvi tanqisligiga ham olib kelmoqda [2]. Vaziyat shu zaylda davom etadigan bo‘lsa, yaqin kelajakda oziqovqat mahsulotlarining ham tanqisligi vujudga kelishi ehtimoli yuqori bo‘lib qolmoqda. Dunyo mamlakatlaridagi vaziyatni to‘g‘ri tahlil qilgan holda, bizda ham tuproq, suv resurslaridan oqilona foydalanishni, ularni muhofaza qilish bugunning asosiy vazifalaridan biridir [5]. Shu sababli resurstejamkor texnologiyalarni ishlab chiqish orqali bu kabi muammolarni yumshatish mumkin bo‘ladi Oxirgi statistik ma’lumotlarga ko‘ra mamlakatimiz aholisi 38 milliondan oshib ketdi. Bu esa o‘z navbatida oziq-ovqat, kiyim-kechak va boshqa kundalik ehtiyojlarning oshishiga olib keladi. Hozirgi kunda poliz mahsulotlariga bo‘lgan talab kun sayin ortib
447 bormoqda. O‘zbekiston qovunlari o‘zining shirinligi, betakror mazasi, hidi, uzoq muddat saqlanishi bilan butun dunyoga mashhur [7]. Mavzuning dolzarbligi. Ko‘pchiligimizga ma’lumki, bugungi kunda Qoraqalpog‘iston sharoitida yetishtirilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari o‘zining mazasi, o‘ziga xos ta’mi bilan ajralib turadi. Agrosenozlarga sug‘orma suvlarining yetishmasligi yoki vaqtida bo‘lmasligi, o‘simliklar o‘sishi va rivojlanishi jarayonida namlikning yetarli bo‘lmasligi ekinlarni stress holatiga, hosildorlikning keskin kamayib ketishiga olib kelishi tabiiy. Shuning uchun bugungi kunda qovunlarni yetishtirishda resurs tejamkor texnologiyalardan foydalanishni mulchalash, idizdan tashqari oziqlantirish, tomchilatib sugʻorish kabilarni taqozo etmoqda, biz Qoraqalpog‘iston sharoitida suv zahiralaridan oqilona foydalanish, ularni tejash maqsadida qovunning Gurvak navini o‘stirishda gidrogel qo‘llanilib yetishtirishni ilmiy asoslashni o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘ydik. Tajriba joyi, obyekti va uslubi. Tajriba ishlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beriniy tumanida 2024 yili ochiq dala sharoitida olib borildi. Tajriba ishlari obyekti qilib, Beruniy tumani oʻrtacha shoʻrlangan tuproqlari, Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan gidrogel, qovunning Gurvak navi olindi. Tahlil va natijalar. O‘zbekistonning geografik joylashuvi, iqlim sharoiti o‘ziga xos bo‘lib, har bir hududda o‘sha muhitga mos o‘simliklar dunyosi shakllanadi hamda o‘sha mintaqaning o‘ziga xos brendiga ham aylanib ulgurgan. Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘istonda ham dunyoga mashhur ekinlaridan qovunning Gurvak navi yetishtiriladi. Gurvak - qovunning serhosil, yozgi, oʻrtapishar navi guruhi. Poʻsti rangiga qarab ola, qora, koʻk, oq gurvak, xillari bor. Ola gurvak tarkibida 8,8-10,4% qand bor. Koʻk gurvak tarkibida 7,49,7% qand bor. Oq gurvak tarkibida 7,6-10,4% qand bor. Gurvak asosan Xorazm viloyati va Qoraqalpogʻiston Respublikasida ekiladi va mintaqaning tashrif qog‘iga aylangan. Tajriba ishlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Beruniy tumanida 2024 yili olib borildi. Uy oldi tomorqa yeridan qovun ekish uchun ajratilgan yer barcha agrotexnik talablar asosida tayyorlandi. Tajribada gidrogeldan qo‘llashimizdan asosiy maqsadimiz sugʻorma suvlaridan foydalanmasdan yoki kam miqdorda sarflagan holda qovun yetishtirish. Gidrogel tuproqdagi mavjud namlikni yigʻadi va bundan qovun o‘sishi va rivojlanishi davomida foydalanib boradi. Gidrogel qovun urugʻi ekiladigan sathdan chuqurroqqa 25-30 gramdan solinib, ustiga tuproq tashlandi hamda qovun urugʻi ekildi. Qovunni ochiq dala maydoniga ekish 2024yil 11-aprel kuni amalga oshirildi. Tuproqqa ekilgan urugʻdan ma’lum vaqt
448 oralig‘ida ildiz oʻsadi hamda gidrogelga yetib borib, uning namligidan ehtiyojiga qarab foydalanib boradi. 26-Aprel kuni urugʻdan ekilgan qovunlar unib chiqdi. Keyingi fenologik kuzatishlar davomida uning oʻsish dinamikasi kuchayib borganligi kuzatildi. 10 may kuni kuzatishlarimizda qovun barglari yiriklashdi va bo’yi 6 sm dan oshganligi qayd etildi. Qovunning toʻliq palak yoyib, gullashi va meva tuga boshlashi 16-iyun kuni qayd etildi. Gidrogelning ahamiyatini bilish maqsadida dala sug‘orma suvlaridan foydalanilmadi hamda gullash va meva tugish jarayonida qovunning suvga boʻlgan talabi kuzatib borildi. Tajribamizda ekilgan gurvak qovunlari 15 iyul kuni pishib yetildi. Gidrogel qoʻllanilmay ekilgan variantlardagi qovunlarning hajmi nisbatan kichik boʻlganligi qayd etildi hamda vaqtidan ilgari pishib yetildi. Buning asosiy sababi adabiyotlarda keltirilishicha oʻsimlik qanchalik koʻproq stress holatiga tushganda, vegetatsiya davri tezroq tugaydi ekan. Gidrogel qoʻllanilib ekilgan variantlardagi qovunlar vegetatsiya davri toʻliq bo‘lib, oʻz vaqtida pishdi. Qovunning to‘liq vegetatsiya davri tugagandan keyin ildiz qismi kovlab olinib o‘rganilganda, gidrogel solingan tuproqlarda namlik saqlanib turganligi aniqlandi hamda shu atrofda mayda ildizlarning juda ko‘pligi qayd etildi. Ildiz hajmi yer usti palagiga nisbatan korrellyatsiya mavjudligi aniqlandi. Gidrogel qoʻllanilmagan oʻsimliklarda ildiz hajmi kam va tarqoq holatda ekanligi qayd etildi hamda ularning yer ustu boʻlimi massasining kam bo‘lganligi aniqlanildi. Xulosa oʻrnida aytish mumkinki, Qoraqalpogʻiston sharoitida Beruniy tumanida gurvak navli qovunni gidrogel qoʻllanilib ekilganda, bir marotaba ham sugʻorilmasdan yuqori hosildorlikka erishish mumkin ekan. Bunda biz qovun ekilgan yerni faqat sho‘rini yuvishdagina sug‘orma suvlaridan foydalandik. Tuproq ekishga tayyorlanib qovun ekilgandan keyin sug‘orma suvlaridan foydalanilmadi. Suv zahiralaridan oqilona foydalanish orqali ularni tejash, suvtanqis hududlarga suvning yetib borishiga olib keladi. Bunda gidrogeldan foydalanish orqali sugʻorma suvlarini tejash mumkinligini tajribalarimizda koʻrib chiqdik. Tajriba ishlari 2025 yili ham davom ettirildi. Shu sababli ham biz agrotsenozlarda gidrogeldan keng koʻlamda foydalanishni tavsiya qilamiz. Xulosa. Demak, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumani tuproqlari sharoitida gidrogel moddasini qoʻllanilib qovunning Gurvak navini yetishtirish mumkin ekan. Namlik bilan toʻyingan gidrogel oʻsimlikning oʻsishi davomida namlik bilan ta’minlaydi va qoldiqlari tuproqqa aralashib ketadi. Sugʻorma suvlari yetishmaydigan agrosenozlarda gidrogeldan foydalanib hosil olish mumkin degan xulosaga kelindi.
449 Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Azimov B.J., Azimov B.B. Sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilikda tajribalar o’tkazish metodikasi. -Toshkent: «O’zbekiston milliy ensiklopediyasi» nashriyoti. 2002. 2. Saparniyazov I.A., Sanaev S.T., Isaev S., Rizaev Sh., Shamsiev A., Rakhmatov I. Growing varieties sweet corn main period in Karakalpakstan. E3S Web of Conferences 497, 03043 (2024) ICECAE 2024. https://doi.org/10.1051/e3sconf/202449703043 3. Санаев С.Т., Сапарниязов И.А. Қорақалпоғистон Республикаси шароитида гидрогель қўлланилиб сабзавот (ширин) маккажўхори етиштириш. «Жанубий Оролбўйи биологик хилма-хиллигини сақлаш, қайта тиклаш ва муҳофаза қилишнинг экологик масалалари» мавзусидаги Халқаро илмий-назарий анжуман Нукус 2018 йил.