scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

HIMOYALANGAN JOYLARDA POMIDOR VA BODRINGDA UCHRAYDIGAN ZARARKUNANDALARINING TUR TARKIBI VA RIVOJLANISHI

Utepburgenov Adilbay Reymbaevich; Shamshetova Aysulıw Muratbay qizi

Full text

453 UDK: 63.632.937. HIMOYALANGAN JOYLARDA POMIDOR VA BODRINGDA UCHRAYDIGAN ZARARKUNANDALARINING TUR TARKIBI VA RIVOJLANISHI Utepburgenov Adilbay Reymbaevich, dotsent, q.x.f.n. Shamshetova Aysulıw Muratbay qizi, tayanch doktorant Qoraqalpogʻiston qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17537715 Annotatsiya: Maqolada Qoraqalpogʻiston sharoitida himoyalangan joylarda etishtiriladigan pomidor va bodring ekinlarida rivojlanib, zarar keltiradigan zararkunandalarning tur tarkibi, ularning rivojlanish biologiyasi, keltiradigan zarari hamda zararkunandalarda yirtqichlik qiladigan entomofaglar haqida ma`lumotlar berilgan. Aniqlangan zararkunanda turlaridan: tamaki tripsi, issiqxona oqqanoti, poliz, beda shiralari, pomidor kuyasi va gʻovak hosil qiluvchi pashsha turlari aniqlanib, shu bilan birga ularning entomofaglarning xususiyatlari boʻyicha issiqxonalarda olingan ma`lumotlar kiritildi. Kalit so’zlar: bioekologiya, zararkunanda, kemiruvchi, soʻruvchi, entomofag, tuxum, qurt, gʻumbak, imago, nimfa. Аннотация: В статье приведены сведения о видовом составе вредителей развивающихся на томатах и огурцах, выращиваемых в защищенных условиях в Республике Каракалпакстан, об их биологии развития, наносимом ущербе, а также о хищных энтомофагах питающихся вредителями. Определены виды вредителей, такие как: табачный трипс, тепличная белокрылка, бахчевая и люцерновая тли, томатная моль и различные виды мух, повреждающих плоды. Наряду с этим приведены данные об особенностях энтомофагов, встречающихся в теплицах. Ключевые слова: биоэкология, вредитель, грызущий, сосущий, энтомофаг, яйцо, личинка, куколка, имаго, нимфа. Annotation: The article provides information on the species composition of pests developing on tomatoes and cucumbers grown in protected areas of the Republic of Karakalpakstan, their developmental biology, the damage they cause, and the entomophages that prey on these pests. Identified pest species include tobacco thrips, greenhouse whitefly, melon aphid, alfalfa aphid, tomato moth, and fruit fly species. In addition, data obtained in greenhouses on the biological characteristics of these pests and their entomophages are presented. Keywords: bioecology, pest, gnawing, sucking, entomophage, egg, larva, pupa, imago, nymph. Kirish. Himoyalangan joylarda hozirgi kunda qishloq xoʻjaligi ekinlari zararkunandalarining salbiy ta`siridan 20-30 foiz hosil nabud boʻlmoqda. Soʻngi yillarda issiqxona sharoitida bodring ekinini bir necha turdagi zararkunandalar zararlab, hosil miqdorini kamaytirib, uning sifatini buzmoqda. Bunday 454 zararkunandalarga oddiy oʻrgimchakkana, tamaki tripsi, issiqxona oqqanoti va oʻsimlik shiralari, gʻovak hosil qiluvchi pashshalar, nematodalar va boshqa turli sistematik oilalarga mansub boʻlgan zararkunandalar bilan kuchli zararlanishi natijasida hosildorlik 40-50 foizga, ayrim issiqxonalarda esa, hosildorlik 50-60 foizgacha nobud boʻlishi kuzatilgan [1; 19-b]. Himoyalangan joylarda soʻruvchi zararkunandalardan pomidor oʻsimligida issiqxona oqqanoti (Trialeurodes vaporariorum Westw.), tamaki tripsi (Thrips tabaci Lind.), bodringda esa, gʻoʻza oqqanoti (Bemisia tabaci Genn.), poliz shirasi (Aphis gossypii Glov.) va oʻrgimchakkananing (Tetranychus urticae Koch.) katta zarar keltirishi aniqlangan [3; 396; 4,1626 b.]. Oltinkoʻz – (Chrysopa carnea Steph) issiqxonadagi shira, oʻrgimchakkana va tripslar bilan oziqlanadi. Xonqizi yirtqichi agrobiotsenozlarda beda va poliz shiralarini 50-60% gacha, kamaytirib turadi [2; 5-b] Zararkunandalarning oʻsimlikdagi sonini aniqlash F.M.Uspenskiyning (1973) ekinlarda zararkunanda sonini hisobga olish metodikasi asosida olib borildi [5; 162-b.]. Materiallar va uslublar. Ilmiy tadqiqot ishlari Qoraqalpog’iston qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar instituti qoshidagi №1 va 2issiqxonasшda olib borildi. Pomidor kuyasi (Tuta absoluta Meyr.) oʻsimlikning barg va mevalarini zararlab hosildorlikka sezilarli darajada zarar etkazadi, kuchli zararlangan maydonlardagi ekinlar butunlay qurib qolish holatlari kuzatildi. Yuqorida keltirilgan zararkunandalarning oʻsimliklardagi sonining koʻpayib ketishi, etkazadigan zararining yildan yilga ortib borishining asosiy sabablaridan biri Respublikamiz agroiqlim sharoiti zararkunandaning normal rivojlanishi uchun qoʻlay boʻlib, ularning agrobitsenozlarga toʻliq tarqalishi ta`minlangan. Shu sababdan zararkunandalarga qarshi ilmiy asoslangan, ya`ni har bir turning tarqalish imkoniyatlari, rivojlanish bioekologiyasi toʻla oʻrganilmasdan va ilmiy tadqiqot ishlari natijalariga asoslanmasdan qarshi kurashni ishlatish kutilgan natija bermasligi ma`lum. Oʻsimlikning oʻsish davrida zararkunandalar bilan birga tabiiy ravishda kupayadigan entomofaglarni ham tahlil qildik. Olib borilgan nazorat ishlari davomida Qoraqalpogʻiston sharoitida himoyalangan joylarda uchraydigan zararkunandalardan tamaki tripsi, issiqxona oqqanoti, poliz shirasi, pamidor koʻyasi va gʻovak hosil qiluvchi pashsha turlari aniqlanidi. Shu bilan birga issiqxonalarda entomofaglardan oltinkoʻz va xonqizi yirtqichlari hisobga olindi. Olingan tajriba natijalari 1-jadvalga keltirilgan. 1-jadval Issiqxonalarni tekshirishda asosiy zararkunandalarning tur tarkibi, 2024-2025-yil 455 Zararkunandalar va entomofaglar nomlari Tarqalgan ekin turlari Nomi Lotincha nomi Pamidor Bodring Bulg’or qalampiri Issiqxona oqqanoti (Trialeurodes vaporarioum West.) + +++ - Trips (Thysanoptera: Thripidae) - ++ + Poliz biti (Aphis gossypii Glov.) ++ +++ + Pomidor kuyasi Tuta absoluta Meyr. +++ - - G’ovak hosil qiluvchi pashsha (Liriomyza sativae) +++ +++ - Entomofaglar Xonqizi Coccinella septempunctata L. ++ +++ + Oltinkoʻz Chrysopa carnea Steph. ++ +++ + Jadvalda pamidorning asosiy zararkunandalari pomidor kuyasi va gʻovak hosil qiluvchi pashsha ekanligi koʻrsatilgan. Kamroq darajada, issiqxona oqqanoti va poliz bitining zarar etkazishi aniqlandi. Bodrining asosiy zararkunandalari issiqxona oqqanoti, gʻovak hosil qiluvchi pashsha va poliz biti va kamroq darajada, tripsning soni koʻrsatilgan. Manitoring davomida olingan maˋlumotlar shuni ko’rsatadiki, pamidor kuyasi, poliz biti va gʻovak hosil qiluvchi pashsha issiqxonalarda hozirda keng tarqalgan. Entomofaglardan bodring bilan pomidorda oltinkoʻz va xon qizilarning rivojlanishi aniqlandi. Manitoring davominda olingan malumotlar shuni korsatadi, bodring ekinida zarakunandalar soninin ortishi bu entomofaglarning hám soni koʻp bolishini koʻrsatadi. Xulosa. Monitoring davomida olingan ma`lumotlar shuni koʻrsatadiki, issiqxonalarda pomidor va bodring o’simliklarida zararkunandalardan pamidor kuyasi, poliz biti va g’ovak hosil qiluvchi pashsha ustunlik qiladi. Entomofaglardan oltinko’z va xon qizi qoʻngʻizlari shiralarning sonini kamaytirishda katta ahamiyatga ega ekanligi aniqlandi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Kimsanboev X.X., Sulaymonov B, Rashidov M.I., Boltaev B.S Biolaboratoriyalarda entomofaglarni ko’paytirishning biologik asoslari (o‘quv qo‘llanma).- Toshkent, «Talqin», 2007. 19-b. 2. Mamatov K.Sh. Pomidor kuyasining zarari va kurash usullari.// Agro kimyo himoya va o’simliklar karantini.-2020.-№2.-B.6-8. 3. Nuralieva D.S. Issiqxonada sabzavot ekinlarini soʻruvchi zararkunanda va hasharotlardan himoya qilish usullari. -Central Asian Research journal For interdisciplinari studies (CARJIS).-2020.-B.396-400.