QORAQALPOǴISTON ShAROITIDA QOVOQ (CUCURBITA) EKININI ETIShTIRISh AGROTEXNIKASI
Full text
480 UÓK: 635.6 QORAQALPOǴISTON ShAROITIDA QOVOQ (CUCURBITA) EKININI ETIShTIRISh AGROTEXNIKASI Jadigerova Mırzagul Sarsenbaevna Qishloq xo’jaligi fanlari falsafa doktori, PhD, assistent Qoraqalpoǵiston qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar instituti e-mail: [email protected] D.Karimbaeva., U.Imalatdinova 4-kurs Sabzavotchilik talabalari DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17537759 Annotaciya. Maqolada qovoqning ozuqaviy va davolash-profilaktik xususiyatlari va mevalaridan oziq-ovqat ishlab chiqarishda foydalanish nuqtai nazaridan tahlil qilingan. Kalit so‘zlar: oshqovoq, biologic faolmoddalar, vitamin С, R-faol moddalar, makromikroelementlar, pektinlar. Аннотация. В статье анализируются пищевые и лечебно-профилактические свойства тыквы в кулинарии и использование ее плода в производстве пищевых продуктов. Ключевые слова: тыква, биологически активные вещества, витамин С, Рактивные вещества, макро-микроэлементы, пектины. Abstract. The article analyzes nutritional and treatment-and-prophylactic properties of pumpkin in the light of the use of its fruits in food production. Keywords: pumpkin, biologically active substances, vitamin C, P-active substances, macro-micro elements, pectins. Kirish. Qovoq qovoqdoshlar oilasiga mansub poliz ekini. Qovoqning yirik mevali qovoq, muskatsimon qovoq va qattiq postli qovoq kabi 3 turi keng tarqalgan. X.Ch.Buriev (1992) qovoq ekinlarining rivojlanishi, biologiyasi va uruǵ mahsuldorligini órgangan va ótkazgan tajribalar shuni kórsatganki bunda u oshqovoq ósimliklarining gulining rivojlanishi, bir tur ósimlik navlaridagi gul turlari va ularning miqdori, gul morfologiyasi, meva elementlarining kelib chiqish dinamikasini órgangan. Uning kórsatishicha, qovoqning muskat turiga kiruvchi Palov-qádi 268 navi ósimliklarida 5 tipdagi gullar rivojlanadi: funksional va chin erkak; funksional-chin analıq; germofroditli; yirik qovoqning bir tupida 300-350 otalik va 10-18 onalik gúl paydo bóladı. N.N.Balashev (1976) Ózbekiston Respublikasining hududlarida poliz ekinlarining biologik va morfologik xususiyatlarini, ularni yetishtirish agrotexnikasi haqida ilmiy málumotlar keltirgan. Materiallar va uslublar. Respublikamizda hozirgi kunda qovoqdosh ekinlarni etishtirishda yangi agrotexnologiyalarni qollash, ekin maydonlarini
481 kengaytirish va yuqori hosil olish kozda tutilgan. Fermer xojaliklari, klasterlar va aholi tomorqa xojaliklarida dala madaniyatiga e`tibor berish, dala maydoni chetlaridan unumli foydalanishda qovoq ekinini etishtirish hamda mahsulot eksportini yo’lga qoyish ko’zda tutilgan. Xalqimizning soǵlom turmush tarzini yaratishda qovoq mahsulotining oziga xos o’rni bo’lib, u shifobaxshligi, vitaminlarga boyligi bilan qadimdan ma`lum. Respublikamiz fermer xo’jaliklari va shaxsiy tomorqalarda qovoqning 140 dan ortiq nav namunalari uchraydi, bulardan muskat qovoqlari 40-45% ni, yirik mevali qovoqlar 30-35% ni va qattiq po’stli qovoqlar 25-30% ni tashkil etadi. Qovoq 4 ta kenja turkum va 25 turni o’z ichiga oladigan Cucurbita L. turkumiga kiradi. O’zbekistonda ekiladigan qovoqlar morfologik va xo’jalikbiologik belgilariga ega bo’lgan 3 ta turga kiradi: 1. Qattiq po’stli yoki oddiy qovoq – C. Pepo L. 2. Yirik mevali qovoq – C. maxima Duch. 3. Muskatqovoq – C. moschata Duch. Qovoq uruǵining tarkibida 50% gacha moy bo’lib, po’sti yumshoq silliq uruǵli navlari ekilganda gektaridan 600-700 kg moy olish mumkin. Qovoqni emxashak sifatida, qish bo’yi yaxshi saqlanadigan xashaki navlari shirali ozuqa sifatida chorva mollariga beriladi. Qoraqalpoǵiston sharoitida qovoqning davlat reestriga kiritilgan Batler F1, Ispanskaya 73, Kashgarskaya 1644, Stofuntovaya navlarini ekish tavsiya etiladi. Ekiladigan qovoq uruǵi toza, yuqori unuvchan, kasallik yuqmagan, o’rtacha kattalikda, butun bo’lishi zarur. Qovoq etishtirishda erni ekishga tayyorlash muhim qadamdir. Kuzda er 35 sm chuqurlikda shudgor qilinadi. Erni shudgorlashdan oldin mineral va organic o’ǵitlar beriladi. Bahorda tuproqda namni saqlab qolish uchun erga uzun tishli xaskash yordamida ishlov beriladi. Qovoq ekini erta muddatlarda ekilganda erni bahorda qayta shudgorlashning hojati yo’q. Ekinlar kechki muddatlarda ekilganda erni qayta shudgorlash zarur. Bunda tuproqni aǵdarmasdan turib, 22 sm chuqurlikda chopib chiqiladi. Natijalar va munozaralar. Qovoq uruǵlari Respublikamiz hududida aprel oyining birinchi dekadasida, gektariga 3-5 kg miqdorida ekiladi. Ekish chuqurligi 4-6 smni tashkil etadi. Uruǵlar 10-15°C da unib chiqadi, 20-30°C haroratda normal rivojlanadi. Qovoq navlariga qarab 110-140 kunda pishib etiladi. Nihollari yalpi unib chiqishi bilan qator oralarini yumshatishga kirishiladi. Nihollar unib chiqqach 20–25 kun o’tgach, 2–3 chin barg paydo bo’lgandan keyin ekin birinchi marta chopiq qilinadi. Dastlabki suv berilib, oziqlantiriladi. Ikkinchi chopiq birinchisidan 25–30 kundan keyin o’tkaziladi. O’suv davrida qator oralari 4–5 marta chopiq qilinadi.
482 Xulosalar va tavsiyalar. Qovoqning o’suv davri mobaynida tuproq namligini suǵorish oldidan eng kam nam siǵimiga nisbatan 75–80% saqlash talab qilinadi. Ekinga 1 sotixga 4–5 m3/ga me`yorda 5–6 marta suv berib, tuproqning shu darajada nam bo’lishiga erishiladi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Т.Е.Остонақулов, В.И.Зуев, О.Қ.Қодирхoжаев «Сабзавотчилик» Дарслик Тошкент2009. 2. С.А. Юнусов «қовоқ етиштириш» 100 китоб тўплами Тошкент - 2021 3. Erejepova G.T., JadigerovaM.S. «Sabzavot eginleri biologiyası» Darslik. Toshkent-2025 4. Ismaiylov U. E., Qutlimuratova D.B. Diyqanshiliq ham melioraciya. Mir-aziz MCHJ. Oqiw qollanba. Nókis 2025 j.