BO'G'OZ MOLLARNI TO'G'RI PARVARIShLASH
Full text
493 УДК: 636.22.28.083 BO’G’OZ MOLLARNI TO’G’RI PARVARIShLASH G’iyasov X.A. Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti Qoramolchilik bo’limi mudiri, q.x.f. n., k.i.x. DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17537793 Annotasiya: Maqolada bo’g’oz sigir va g’unajinlarni to’g’ri oziqlantirish va saqlash, ularni tug’ishga tayyorlashni tashkil etish bo’yicha ilmiy tavsiyalar berilgan. Kalit so’zlar: sigir, tana, sun’iy urug’lantirish, bo’g’ozlik, g’unajin, tug’ishga tayyorlash, sigirlarni sutdan chiqarish va h.k. Annotasiya: В статье даны научные рекомендации по организации правильного кормления и содержания стельных коров и телок, а также подготовке их к отелу. Klyuchevыye slova: корова, телка, искусственное осеменение, стельность нетели, запуск,pдготовка к отелу и др. Annotation: The article provides scientific recommendations on how to properly feed and care for pregnant cows and heifers, as well as prepare them for calving. Key words: cow, heifer, artificial insemination, pregnancy, heifers, launching, preparation for calving, pregnancy, etc. Kirish. Ilm-fan va ilg’or xo’jaliklar tajribasidan ma’lumki, chorva mollaridan sog’lom avlod olishning asosiy sharti ularni to’laqimmatli oziqlantirish, zooveterinariya qoidalari asosida saqlash, urg’ochi mollarni o’z vaqtida sun’iy urug’lantirish, bo’g’oz mollarni to’g’ri parvarishlash va ularni tug‘ishga yaxshi tayyorlashga bog’liq. Мavzuning dolbzarbligi. Sog’lom avlod olish istagan har bir mol egasi bo’g’oz molning oxirgi 7-9 oylik bo’g’ozlik davrida parvarishiga alohida e’tibor berishi zarur. Chunki, mollar bo’g’ozlik davrida homilasining o’sish va rivojlanishi uchun zarur to’yimli moddalar zahirasini to’playdi. Ayniqsa g’unajinlarni tug’ishga tayyorlash juda muhim. Usullar. Bo’g’oz g’unajinlar va sigirlar har kuni ochiq havoda bo’lishlari shart. Bunda organizmdagi qon kislorodga to’yinadi, qon aylanishi yaxshilanadi, quyosh nuridan bo’g’oz mollar organizmi “D” vitaminining ilk ko’rinishi - kalseferol sintezini kuchaytiradi. Bu homilada suyaklar o’sishi va rivojlanishini yetarlicha ta’minlaydi. Bo’g’ozlikning oxirgi davrida kelib energiya yetishmasligi holatini bartaraf etish uchun kletchatka, vitaminlar va mineral moddalar unga qo’shilishi mumkin. Bunda ozuqa rasioniga baliq yog’i, ozuqa achitqilari, turli vitaminlar, kepaklar ko’shiladi. Bo’g’oz sigirlar oxurida yalaydigan osh tuzi yetarlicha bo’lishi lozim.
494 Bo’g’ozlikning 7 oyligidan boshlab ular 10-15 kun har kuni bir marta ularni sog’in zaliga haydab kiritilib, yelini 5-10 minut UPVN-100 pnevmatik yelin uqalash uskunasi yordamida uqalanadi. Bu tadbirni tug’ishiga 10-15 kun qolganda to’xtatish lozim. Bo’g’oz mol tug’ishiga 10 kun qolganda tug’ruqxonaga o’tkaziladi. Ularning ozuqa rasionidan shirali va yem ozuqalar chiqariladi va sifatli beda pichani berib boriladi. Bo’g’oz mol sigir bo’lsa, uni tug’ishiga ikki oy qolganida asta-sekin sutdan chiqarilishi shart. Chunki, 7 oylik bo’g’ozlik davriga kelib mol qornidagi xomilaning tirik vazni atigi 5-10 kg bo’ladi (1-jadval). Bo’g’ozlik davrida qoramol xomilasining o’sishi Bo’g’ozlik davri, oy Xomila uzunligi, sm Xomilaning og’irligi, g, kg 1 1 1-6 g. 3 12-14 130-150 g. 6 45-60 3,5-7 kg 9 80-100 25-60 kg Buzoqning tug’ilganidagi tirik vazni mol zoti va mahsuldorlik yo‘nalishiga qarab 25-60 kg bo’ladi. Demak, bo’g’oz sigir qornidagi buzoqning 20-50 kg tirik vazni aynan bo’g’ozlikning oxirgi ikki oyida shakllanadi. Chunki bu davrda mol organizmida moddalar almashinuvining shiddat bilan kechadi. Jadvaldan ko’rinib turibdiki, otalanganidan to buzoq tug’ilgunicha bo’lgan davrda xomilaning uzunligi 80-100 barobar ortsa, uning og’irligi 4-9 barobarga oshadi. Bu davrda ulardan sut sog’ib olishdan to’xtatilgani uchun “sutdan chiqarilgan davr” deb ataladi va u 60 kunni tashkil etadi. Bu davrda bo’g’oz mollarning to’la qimmatli oziqlantiriladi. Ozuqa rasioniga quruq beda va boshqa quruq o’tlardan kiritilib, shirali, ko’k ozuqalarni kamaytirish, barda berishni umuman to’xtatish lozim. Bunda bo’g’oz sigir organizmida sut ishlab chiqishni kamaytirish uchun rasiondan shirali ozuqalar 3-4 kun davomida chiqariladi, omixta yemlar miqdori 60-70% kamaytiriladi. Bo’g’oz sigirlar odatda 7-12 kun mobaynida asta-sekin sutdan chiqariladi. Rasion xomilaning rivojlanishi uchun zarur bo’lgan vitaminlar, makro va mikroelemetlar bilan boyitiladi. Har qanday bo’g’oz sigir yoki g’unajin xomilasining me’yorida normal o’sishi va rivojlanishi uni to’laqimmatli va muvozanatlangan oziqlantirishga bevosita bog’liq. G’unajinlar tug’ish davrigacha kuniga 7–8 EOB (energetik ozuqa birligi) mavjud rasionda boqilishi lozim. Rasionning oqsilli ozuqalar bilan
495 ta’minlanish darajasi 1 EOBga 105-110 gr. oqsil nisbatida bo’lishi lozim. Bo’g’oz mollarga ko’p konsentratli kuchli ozuqa rasionlari to’g’ri kelmaydi. Shuning uchun, yemni kamaytirib, uning o’rniga hajmli, quruq beda pichani va boshqa quruq o’tli ozuqa rasionlarida boqiladi. Masalan, tirik vazni 400–450 kg bo’lgan 78 oylik bo’g’oz g’unajinlarga qishgi davrda kuniga 3,5 kg pichan, 1,0 kg somon, 12 kg silos, 7,0 kg senaj, 1,5 kg omixta yem, 55 g ozuqa fosfotitlari, 58 gr osh tuzi, 260 mg nordon oltingugurtli rux, 11 mg nordon oltingugurtli kobalt, 3200 xalqaro birlikda (XB) “D” vitaminini berish maqsadga muvofiq. Olingan natijalar. Biz tadqiqotlar olib borayotgan Toshkent viloyatining “Kim Pen Xva chorvasi” va “Dil giyo fayz baraka” qoramolchilik fermer xo’jaliklarida qoramollarni, ayniqsa bo’g’oz mollarni oziqlantirish va parvarishlashga alohida e’tibor berilmoqda. Shuning uchun har 100 bosh ona moldan yiliga 77-80 tadan buzoq olinmoqda. Sigir va g’unajinlarning bo’g’ozlik davri asosan 284-285 kunni tashkil etadi. Bo’g’ozlik davrining me’yoridan oshib ketishi podadagi 10 % g’unajinlarda, erta tug’ilishlar esa 4-6 % da kuzatilishi mumkin. Qoramollarning bo’g’ozlik davrining davomiyligiga ularning zoti, yoshi, xomilaning jinsi, bo’g’oz mollarning saqlash va oziqlantirish usullari ta’sir ko’rsatadi. Buqachalar tanachalardan ko’ra bir kun oldin tug’iladi, egiz buzoqlar ham odatda oldinroq tug’iladi. Xulosalar. Bo’g’oz mollarni tug’dirishga alohida e’tibor berish lozim. Buning uchun tug’ish joyini zooveterinariya qoidalari asosida tayyorlash zarur. Tug’ish joyi toza bo’lib unda yelvizaklar va ortiqcha namlik bo’lmasligi, yetarli yorug’lik bo’lishi lozim. Bo’g’oz mollarni tug’dirishdan oldin zarur miqdorda iliq suv, artish matolari, xo’jalik sovuni, 1% margansovka, 5% yod eritmalari va qaychini tayyorlab qo’yish zarur. Tug’ish jarayoniga veterinariya mutaxassisini taklif etish lozim. “Yelin mastiti” kasalligini oldini olish uchun, tug’ishiga bir hafta qolganda, ularning umumiy oziqlantirish miqdori energetik ozuqa birligi(EOB)da 30–40 % ga kamaytirilishi lozim. Ushbu tavsiyalarga rioya etish chorva mollari bosh sonini ko’paytirish va mahsuldorligini oshirish imkoniyatini yaratadi. Chorva mollari tug’aversa, ularning bosh soni ortadi, sut ham go’sht ham ko’payadi, xalqimiz dasturxoni to’kin bo’ladi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Akmalxonov Sh.A., Jumadullayev B.X., Yuldashev D.Q., Komilov A.A., Imankulova K.A., Gulmatova N.A. “Qoramollarni asrash, oziqlantirish va pushtdorlik xususiyatlarini yaxshilash bo’yicha Tavsiyanoma”. Toshkent-2020.
496 2. Giyasov X.A. Chetdan naslli qoramol olib kelish muammolari. Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari, Toshkent-2025 yil 4-iyun, 256-260 b. 3. Xoxrin S.N. Koрмление крупного рогатого скота, овец, коз и лощадей. Санкт Петербург, OOO «Kвадро», 2019, С.341-406. 4. Yuldashev D.Q., G’iyosov X.A., Xolmatov A.H. “Bo’g’oz mollarni parvarishlash”, “Fermer” jurnali, 2022 yil 5-soni,12-15 b. 5. Аллашов Б. Д. и др. Изучение исходных материалов для селекции кормовых культур. Ж //Science and innovation. – 2024. – Т. 3. – №. Special Issue 49. – С. 557-561.