OROL DENGIZINING QURIGAN TUBI TUPROQ - GRUNTLARI EKOLOGIK TIZIMLARINING HOZIRGI HOLATI VA ULARNING O'ZGARISHI
Full text
557 UO‘T: 63:631.4 OROL DENGIZINING QURIGAN TUBI TUPROQ - GRUNTLARI EKOLOGIK TIZIMLARINING HOZIRGI HOLATI VA ULARNING O‘ZGARISHI Abdraxmonov T., Q.x.f.n.professor, O`zbekiston Milliy universiteti; Normurodova Q.T., B.f.d. professor, O`zbekiston Milliy universitet; Karimboyeva M.Q., Tuproqshunoslik kafedrasi mustaqil izlanuvchi (PhD) O`zbekiston Milliy universitet; karimboyev[email protected] DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17537913 Abstract. This resource studies the process of aridification in the dry regions of the Aral Sea, the classification and types of climate based on the drought index. In addition, the physical, chemical, and biological properties of the soils in those regions are studied. Some results are presented below. Keywords: desiccation process, desiccation index, microbial flora, pH value, salinity level. Annotatsiya. Ushbu manbada Orolning qurigan tubi hududlarida yuz berayotgan qurg`oqlanish jarayoni, qurgʻoqchilik indeksiga asoslangan iqlim tasnifi va turlari o`rganilmoqda. Bundan tashaqari o`sha hududlardagi tuproq – gruntlarining fizik, kimyoviy, biologik xossalari o`rganilmoqda. Quyida ayrim natijalarni ko`rsatildi. Kalit so`zlar: qurg`oqlanish jarayoni, qurg`oqlanish indeksi, mikroorganizmlar florasi, pH ko`rsatkichi, sho`rlanish darajasi, Kirish. Soʻnggi vaqtlarda, Orol tubi hududlarida yuz berayotgan anomal oʻzgarishlar va antropogen bosimning kuchayishi natijasida qumli choʻl tuproqlarining yanada shoʻrlanishi va qurgʻoqlanish jarayonining ortib borishi kuzatilmoqda [3,4]. Bu oʻz-oʻzidan Orol dengizining qurishi atrof – muhitdagi tuproq qoplami, mikroorganizmlar florasi, oʻsimlik dunyosi, hayvonot olami va insonlarning ijtimoiy – iqtisodiy turmush tarziga sezilarli ta'sir qilishidan dalolat beradi. Adabiyotlarda berilgan ma'lumotlarga koʻra, qurgʻoqchil yerlar butun dunyoning 40 %dan ortigʻini tashkil qiladi. Orol dengizining tezlik bilan qurib borishi butun global tabiiy sharoitning o‘zgarishiga va ayrim hududlarda tuproq qoplamining o‘zgarishiga ham olib keldi. Qurigan dengiz tubida ochilib qolgan turli dengiz yotqiziqlari qumlar, qumoq - qumli, qumoqli, loyli jinslar ustida primitiv tuproq paydo bo‘lish jarayoni davom etmoqda [5,10]. Sahrolanish jarayonlari taʼsirida Orol boʻyi hududlari (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati chegarasida) dagi 677,6 ming gektar sug‘oriladigan yerlarning 84,2 foizi turli
558 darajada shoʻrlangan boʻlib, shundan 217,8 ming gektari yoki 32,14 foizi kuchsiz, 188,8 ming gektari yoki 27,86 foizi oʻrtacha, 82,3 ming gektari yoki 12,15 foizi kuchli va 81,7 ming gektari yoki 12,06 foizi juda kuchli shoʻrlangan tuproqlardir (Davyergeodezkadastr qoʻmitasi maʼlumotlari)[8]. Orol dengizi qurishining sabablari haligacha munozarali. Baʼzi tadqiqotlar shuni koʻrsatdiki, “Iqlim o‘zgarishi Orol dengizining qurishida asosiy omillardan biri hisoblanadi”, - degan fikr keltirilgan [6,11]. O‘sha davrlarda daryolarning suvidan qo‘shni davlatlarning foydalanishiga qaraganda, Amudaryo va Sirdaryo suvidan Oʻzbekiston 52%, Turkmaniston 20%, Tojikiston 11%, Qozog‘iston 10% olingan suv sug‘orma dehqonchilik uchun ishlatilgan [7]. 2010 - 2018 - yillarda olib borilgan tadqiqotlarda olingan maʼlumotlarga ko‘ra, Orol bo‘yi hududlarida degradatsiya va sahrolanish jarayonlari taʼsirida, degumifikatsiya jarayonlari bu hududlarning sug‘oriladigan va yaylov tuproqlarida turlicha sodir bo‘layotganligi kuzatildi. Tadqiq etilgan jami sug‘oriladigan yerlarga nisbatan 1,5% maydonlardagi tuproqlar gumus bilan oʻrtachadan yuqori (1,5-2,0%), 47,0% maydonlarda oʻrtacha (<1,5%) va 51,5% maydonlardagi tuproqlar kam (<1,0%) va juda kam (<0,5%) va darajada taʼminlangan. Yuqorida keltirilgan malumotlar Orol bo`yi hududlariga tegishli, Orolning qurigan tubida tarqalgan hududlarda bu ko`rsatkichlar ancha past. Natijada, Orol dengizi O‘rta Osiyoning qurg‘oqchil hududidan biriga aylangan. Orol dengizining qurishi tuproq eroziyasi va o‘simlik qoplamining o‘zgarishi aholining salomatligi va hayotiga jiddiy xavf tug‘dirdi [1,2,9]. Tadqiqot izlanishlari natijasida xalqaro qabul qilingan qurgʻoqlanish jarayonining turlari meteorologik, gidrologik, qishloq xoʻjaligida qurgʻoqchilik, ijtimoiy-iqtisodiy qurgʻoqchilikga boʻlinadi va ular bir-birlaridan hosil boʻlish jarayoni, ta'sir doirasi, darajasi va natijasi jihatidan farq qiladi. Masalan, qurgʻoqchilik indeksiga asoslangan iqlim tasnifi va quruq yerlarning kichik turlari quyidagicha belgilanadi: giper quruq yerlarda qurgʻoqchilik indeksi AI < 0.05, quruq erlarda 0.05 ≤ AI < 0.2, yarim quruq yerlarda 0.2 ≤ AI < 0.5, quruq subhumid yerlarda qurg`oqlanish indeksi 0.5 ≤ AI < 0.65, nam yerlarda 0.5 ≤ AI < 0.65. Moʻynoq tumanida o'zgidromet yillik ma'lumotlari asosida 2013, 2015 va 2018 yillardagi qurgʻoqlanish indeksi monitoring qilinganda, 2013 – yil boshida iqlim quruq boʻlgan va yil oxiriga borib giper – quruq boʻlib, iyul-avgust oylarida yogʻingarchilik deyarli kuzatilmaganligi qayd etilgan. 2015 – yil aprel oyida qurgʻoqchilik indeksi 0,05 boʻlgan boʻlsa, avgust oyida ham 0,05 qiymat bilan giper – quruqlikni kuzatilgan. 2015 - yilda iyun, iyul, sentyabr oylarida yogʻingarchilik
559 deyarli boʻlmagan. 2018 – yilga kelib, qurgʻoqchilik indeksi 0,16, ya'ni yil boshida iqlim koʻrsatkichi quruq, may oyida giper – quruq, iyun, iyul, avgust, sentyabr oylaridan yogʻingarchilik kuzatilmagan. Lekin, oktabr oyida qurgʻoqchilik indeksi 0,02 boʻlib, giper – quruq turni koʻrsatgan. Orolning qurigan tubi hududlarida tarqalgan tuproq gruntlarida tadqiqotlar olib borilganda ularning pH ko`rsatkichi ba`zi hududlarda neytral kuchsiz va o`rtacha ishqoriylikni namoyon qildi. Bunday koʻrsatgichlar, Orol tubi hududlaridagi mikroorganizmlar florasiga ham oʻz ta'sirini koʻrsatadi. Masalan, kundan kunga qurgʻoqlashib borayotgan Orol tubi hududlaridagi mikroorganizmlar florasi oʻrganilganda, 0-1sm tuproqda 36-42x106 ta, 1-19sm tuproqda 11-15x106 ta, 19-45sm tuproqda 52-64x104 , 45-70sm tuproqda eng koʻp, 70-85sm tuproq namunalarida 137-151x103 turli xil avlodga mansub mikroorganizmlar mavjudligi aniqlangan. Ayniqsa, Orol tubini 70-85sm oraligʻidagi tuproq namunalaridan ajratib olingan izolyatlarning turli ozuqa muhitlarida oʻsishi va rivojlanishi, magniy va kalsiyli ozuqa muhitida oʻsib, ularni parchalashi bu izolyatlarni noyob ekanligini koʻrsatadi. Hozirda esa Orol dengizining qurigan tubida Mo`ynoq tumanidan Nolovoy nuqtagacha har 20 km masofadan dengiz sathidan turli balandlikda va bir biridan faqr qiluvchi tuproq – gruntlari tekshiruv uchun olindi. Keyinchi nashrlarimizda bu haqida yana e`lon qilamiz. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Löw F, Prishchepov A, Waldner F, Dubovyk O, Akramkhanov A, Biradar C, Lamers J. Mapping cropland abandonment in the Aral Sea Basin with MODIS time series. Remote Sensing 2018. № 10(2). 159 pp. DOI 10.3390/rs10020159. 2. Crighton E.J., Barwin L., Small I., Upshur R. What have we learned? A review of the literature on children’s health and the environment in the Aral Sea area. International Journal of Public Health 2010. №56 (2). – Pp. 125–138. doi:10.1007/s00038-010-0201-0 3. Gaetano Pellicone, Tommaso Caloiero, Ilaria Guagliardi The De Martonne aridity index in Calabria (Southern Italy). Journal of maps 2019, Vol. 15/2, 788–796. https://doi. org/10.1080 /17445647. 2019.1673840. 4. Global Precipitation Climatology Centre and potential evapotranspiration data from the Climate Research Unit of the University of East Anglia (CRUTSv3.20), WAD3-JRC, modified from Spinoni, J. 2015. https://wad.jrc.ec.europa.eu/drought 5. Jumanazarova D. Orolning kechagi va hozirgi ekologik holati. Science and innovation. 2022, №4. UIF8.2 ISSN: 2181-3337. 6. Khromova T.E., Osipova G.B., Tsvetkov D.G., Dyurgerov M.B., Barry R.G. “Changes in Glacier Extent in the Eastern Pamir, Central Asia, Determined from Historical Data and ASTER Imagery”. Remote Sensing of Environment. 2006. № 102(1). - Pp. 24–32. doi:10.1016/j.rse2006.01.019. 7. Qushimov B., Ganiev I.M., Rustamova I., Haitov B., Islam K.R. Land Degradation by Agricultural Activities in Central Asia. 2007. https://www.researchgate.net/publication/277131529
560 8. Qo‘ziev R.Q., N.Yu. Аbduraxmonov, B.R. Ramazonov Orol bo‘yi hududlarining tuproq resurslari va ulardan samarali foydalanishning ilmiy asoslari. Toshkent, “Zilol-buloq” nashriyoti, 2020 y. – 204 b. 9. Singh A, Behrangi A, Fisher JB, Reager JT. On the desiccation of the South Aral Sea observed from spaceborne missions. Remote Sensing 2018. № 10(5). 793 pp. DOI 10.3390/rs10050793. 10. Sobirov J., Xudarganova D., Abdullayeva M. Orol dengizi qurishi va Orolboʻyi mintaqasi lanshaftlarining oʻzgarishi. Texas Journal of Multidisciplinary Studies ISSN NO: 2770-0003 Date of Publication: 20-01-2022. https://zienjournals.com 11. Sorg Annina, Tobias Bolch, Markus Stoffel, Solomina Olga, Beniston Martin. “Climate Change Impacts on Glaciers and Runoff in Tien Shan (Central Asia)”. Nature Climate Change 2012. № 2(10). - Рр. 725–731.