scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

OROL DENGIZI HUDUDINING IQLIMI O'ZGARISHI VA TABIIY-AGROIQLIMIY SHAROITLARI

Kattayeva G.N.; Ismonov A.J.; Mamajanova U.X.

Full text

610 OROL DENGIZI HUDUDINING IQLIMI O‘ZGARISHI VA TABIIYAGROIQLIMIY SHAROITLARI Kattayeva G.N. biologiya fanlari falsafa doktori (PhD) [email protected] Ismonov A.J. katta ilmiy xodim, biologiya fanlari nomzodi. [email protected] Mamajanova U.X. bologiya fanlari falsafa doktori (PhD). [email protected] Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17538013 Annotatsiya. Mazkur matn iqlim sharoitlari, havo va suv harorati o‘zgarishlari, shuningdek, Orol dengizi hududidagi tabiiy ofatlar haqida umumiy tasavvur beradi. Dengiz suvining yuqori qismidagi harorat yozda 27-28°C atrofida bo‘ladi, ammo chuqurlikka qarab harorat pasayadi. 1 metr chuqurlikda yoz oylarida harorat 10°C ga teng. Tuproq harorati havo haroratidan 1-2°C farq qiladi va yozda 35-36°C gacha ko‘tariladi.Qishda tuproq harorati -7°C dan -9°C gacha pasayadi. Iqlimning keskin o‘zgarishi va suv resurslarining kamayishi qurg‘oqchilik yoki suv toshqinlari kabi tabiiy ofatlar xavfini keltirib chiqaradi. Kalit so‘zlar. Iqlim o‘zgarishi, shimol, janub, yog‘ingarchilik, havo harorati, Orol dengizi. Аннотация. Этот текст дает общее представление об условиях климата, изменениях температуры воздуха и воды, а также о природных катастрофах, происходящих в регионе Арала. Температура воды на поверхности моря летом составляет около 27-28°C, однако с увеличением глубины температура снижается. На глубине 1 метр температура воды летом составляет 10°C. Температура почвы отличается от температуры воздуха на 1-2°C и летом может повышается до 35-36°C. Зимой температура почвы может опустится до -7°C. -9°C. Резкие изменения климата и сокращение водных ресурсов создают риск возникновения природных катастроф, таких как засухи или наводнения. Ключевые слова. изменение климата, север, юг, осадки, температура воздуха, Аральское море. Annotation.This text provides a general overview of climate conditions, changes in air and water temperature, and natural disasters occurring in the Aral Sea region. The sea surface temperature in summer is approximately 27-28°C, but decreases with depth. At a depth of 1 meter, the water temperature in summer is 10°C. Soil temperature differs from air temperature by 1-2°C and can rise to 35-36°C in summer. In winter, soil temperature can drop to -7°C or -9°C. Drastic climate changes and declining water resources create the risk of natural disasters such as droughts and floods. Keywords: climate change, north, south, precipitation, air temperature, Aral Sea. Kirish. So‘nggi yillarda inson faoliyatining salbiy ta’siri natijasida atrof muhitga sezilarli o‘zgarishlar ruy bermoqda, jumladan iqlim o‘zgarishi, atmosfera, 611 suv, litosfera ifloslanmoqda va ekologik inqirozning eng katta xavfi bo‘lgan Orol muammosi yuzaga keldi. Hozirgi kunda eng dolzarb muammolardan biri – bu Orol fojeasi bo‘lib, u insoniuatga, tuproq qoplamiga, o‘simliklar olamiga, iqlimga, jamiki tirik organizmga salbiu ta’sir etmoqda. Orol dengizining 1960 uildan boshlab keskin qurishi natijasida, tuproqlarning ekologik-meliorativ, agrokimyoviu xossalarida, eroziua jarauonlarida turli muammolar uuzaga kelgan. Antropogen omillarning salbiu ta’siri natijasida, tuproq degradatsiuasi vujudga kelgan va ekotizmni kuchli zarar ko‘rishiga sabab bo‘lgan. Orol dengizi qurigan tubida shakllanayotgan tuproqgruntlarning xossa-xususiyatlarini aniqlash, degradatsiya jarayonlarini oldini olish, yumshatish, Orol dengizi hududida sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarni tahlil qilish va yer resurslaridan samarali, oqilona foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Tadqiqotning joyi va amalga oshirish uslublari. Tadqiqot obekti sifatida Orol dengizi qurigan tubi olingan. Dala tadqiqotlarini o‘tkazishda qabul qilingan yo‘riqnoma bo‘lib, bundan barcha soha vakillari foydalanildi. O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya markazidan Qo‘ng‘irot va Mo‘ynoq metestansiyalarini ma’lumotlari olingan [1]. Tadqiqot natijalari va ular muhokamasi. Orol dengizi g‘arbiy hududlarining iqlimi, o‘zining o‘ta kontinentalligi hamda quruqligi bilan ajralib turadi. Orol dengizi fojeasining kuchayishi 2018-yil may oylarida yuz bergan kuchli shamol ta’sirida, Qozog‘iston Respublikasidan Orol dengiziga sovuq havo oqimining kirib kelishi natijasida, dengizning qurigan tubidan katta miqdorda tuzli chang qumlar havoga ko‘tarilgan, buning oqibatida bir nechta hududlar chang tuz bo‘ronlar ostida qolgan, shamolning tezligi 18-25 m/s, ba’zi joylarda 27 m/s gacha kuchayib tuz aralash changli bo‘ronni keltirib chiqarib, bu hudud tuproq ekologikmeliorativ holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan. Yillik o‘rtacha shamol tezligi 4,4 m/s tashkil etadi. Orol dengizining bug‘lanishlar va iqlim o‘zgarishlari ta’sirda qurishi va ekin maydonlarini kengayishi oxirgi 20 yil ichida bu dengiz satxi pasayishining asosiy omili emas. Iqlim o‘zgarishi va bug‘lanishlar, Orol dengizining yoppasiga qurishini tezlashtirgan deb ta’kidlaganlar [3]. Dengiz suvlari dekabr oyining o‘rtalaridan, mart oylari oxiriga qadar muzlaydi. Yozda suvning yuqori qismidagi harorat 27-280C ni tashkil etadi, chuqurlik ortishi bilan harorat pasayib boradi. Yoz oylarida 1m chuqurlikda harorat 100C ga teng. Dengiz ustida havoning o‘rtacha harorat yoz oylarida 30,3-30,50C, qishda eng sovuqli kunlar -100C ni tashkil etadi. 612 Tuproq harorati, havo haroratidan 1-20C ga farq qilgan holda -7 -90C ni tashkil etib, yozning eng issiq kunlarida 35-360C bo‘lib, o‘rtacha ko‘rsatkichlarining ortib borishi, suv resurslarining kamayishi – qurg‘oqchilik yoki suv toshqinlari ko‘rinishidagi tabiiy ofatlarning tez–tez yuz berib turishiga sharoit yaratadi. Dengizni qurigan tubi hududlarini iqlim sharoitlarini tavsiflovchi «Qo‘ng‘irot va Mo‘ynoq» meteostansiyalarning 10 yillik o‘rtacha oylik va yillik ma’lumotlarining ko‘rsatishicha, o‘rtacha yillik havo harorati -8,10C dan -10,00C oralig‘ida, yanvarda – 1-90C dan iyun-iyul oylarida +34,0-37,00C gacha haroratni tashkil etadi, kunduz kunlari havoning maksimal harorati 48-500C gacha etadi, yanvar oyining o‘rtacha oylik harorati minus -6,0 -10,50C ko‘rsatkichlarda kuzatilgan. Minimal havo harorati havo sovib ketgan kunlari minus -32-350C gacha tushib ketadi. Orol dengizi hududi, O‘rta Osiyoning cho‘l zonasi subtropikning shimoliy qismida va Shimoliy Qozogiston subboreal subzonasining janubiy qismida joylashgan. Iyul oyining o‘rtacha yillik havo harorati +30,0 +32,4°C ga etadi. Haroratning mutlaq maksimaldan minimalgacha o‘zgarishining yillik keng diapazoni keskin kontinental iqlimdan dalolat beradi. Havo haroratining o‘rtacha 10 yillik amplitudasi 14,5-17,10C oralig‘ida tebranib turadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Gidrometeorologiya boshqarmasi «Qo‘ng‘irot» meteostansiyasining 2012-2021 yillardagi o‘rtacha yillik havo harorati ko‘rsatkichlari (0C) ma’lumotlarida aks etgan (rasm). Rasm. «Qo‘ng‘irot» va «Mo‘ynoq» tumanlarida havo harorati ko‘rsatkichlari Orol dengizining g‘arbiy tomoni suv girdobining dinamikasi bo‘yicha kuz faslida, sentabr-oktabr oylarida vaqt, shamol tezligi va yo‘nalishini g‘arbiy havzadagi suvlarning minerallashganlik darajasini o‘rganishib, 2003 yildagi 82‰ dan 2019 yilga kelib 140-150‰ gacha oshganligini va muzlash haroratining mos ravishda pasayishi, g‘arbiy havzaning isishi va mavsumiy harorat siklining bahor va -100% -50% 0% 50% 100% 2012 2013 2014 2015 2016 2017 2018 2019 2020 2021 10 yillik o‘rtacha Ҳаво ҳарорати 0C Qo‘ng‘irot Mo‘ynoq 613 kuz fasllarida oldinroq boshlanishiga siljishi davom etganligini ko‘rsatganlar. O‘rtacha suv haroratining yillik diapazoni 2018 yilda o‘rtacha 32°C bo‘lganligini takidlaganlar [2;3]. Oxirgi 10 yillikda o‘rtacha havo namligi 54,2-56,9% atrofida bo‘lib yanvar, fevral oylariga to‘g‘ri keladi, havo namligining past ko‘rsatkichi 37,2% iyul oyiga to‘g‘ri keladi. Mo‘ynoq tumanida namlik nisbatan balandroq ekanligi qayd etildi. Olingan ma’lumotlar asosida Mo‘ynoq va Qo‘ng‘irot tumanlarida 10 yillik o‘rtacha yog‘ingarchilik miqdori 7,2-8,4 mm ni tashkil etgan. Yog‘ingarchilik miqdori yuqori ko‘rsatkich mart oyiga 21,6-23,7 mm ga to‘g‘ri kelgan. Yildan-yilga borgan sari iqlimni o‘zgarib borayotganligini, yog‘ingarchilik miqdorining kamayib borishi, bug‘lanish jarayoni jadallashishi va uning oqibatida sahrolanish, degradatsiya jarayonlarini keltirib chiqarmoqda[4]. Xulosa. Orol dengizi qurishining jadallashuvi, keyingi yillardagi iqlim o‘zgarishi, xususan yog‘ingarchilikning kam bo‘lganligi mintaqada tuz va suv mutanosibligini buzilishiga, yerlarning sho‘rlanishiga, unumdorligiga va pirovardida qishloq xo‘jalik yaylov ekinlari hosildorligining kamayishiga olib kelmoqda. Natijada, dengizni qurigan tubi tuproq-gruntlarida degradatsiya va degumifikatsiya jarayonlarini rivojlantirib, ekologik muvozanatni buzilishiga olib kelmoqda. Ekologik muvozanatni yumshatish maqsadida ihota o‘rmonzorlarini barpo etish eng dolzarb usullardan hisoblanadi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. «Davlat yer kadastrini yuritish uchun tuproq tadqiqotlarini bajarish va tuproq kartalarini tuzish bo‘yicha yo‘riqnoma» - Toshkent, 2013. – B. 46. 2. A.I. Ginzburg, A. G. Kostyanoy, N. A. Sheremet, D. M. Solovev. K voprosu o vixrevoy dinamike vod v zapadnom basseyne Aralskogo morya. Sovremennыe problemы distansionnogo zondirovaniya Zemli iz kosmosa. 2022. T. 19. № 6. - S. 186–194 3. Shuangyan Huang, Xi Chen, Cun Chang, Tie Liu, Yue Huang, Yue Huang, Xiaoting Ma, De Maeer, Tim Van de Voorde.// Impacts of climate change and evapotranspiration on shrinkage of Aral Sea. Science of The Total Environment., 1 November 2022 – T.845 –C. 157203. 4. Ismonov A.J., Dusaliev A.T., Kalandarov N.N., Mamajanova U.X. Kattaeva G.N. Rrofile of desert sandy soils formed in the Aral sea dried-up seabed // E3S Web Conf. Volume 486, pp.15. 2024. 07. 02. IX International Conference on Advanced Agrotechnologys, Environmental Engineering and Sustainable Development https: //doi.org/10.105/e3sconf/202448604010.