IJTIMOIY TARMOQLARDAGI SIYOSIY MATNLAR VA ULARNING LINGVISTIK EKSPERTIZASI
Abstract
Ushbu maqolada ijtimoiy tarmoqlardagi siyosiy matnlar va ularning lingvistik ekspertizadan o‘tkazish, bu boradagi mavjud muammolar hamda ularning yechimi bo‘yicha amalga oshirilgan va amalga oshirilishi lozim bo‘lgan dolzarb vazifalar haqida fikr yuritiladi.
Full text
308 IJTIMOIY TARMOQLARDAGI SIYOSIY MATNLAR VA ULARNING LINGVISTIK EKSPERTIZASI Soliyeva Nargis Abdixamitovna X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi laboratoriya mudiri, 3-darajali adliya maslahatchisi, filologiya fanlari bo‘yicha (PhD) falsafa doktori, O‘zRes Turon Fanlar Akademiyasi professori Annotatsiya: Ushbu maqolada ijtimoiy tarmoqlardagi siyosiy matnlar va ularning lingvistik ekspertizadan o‘tkazish, bu boradagi mavjud muammolar hamda ularning yechimi bo‘yicha amalga oshirilgan va amalga oshirilishi lozim bo‘lgan dolzarb vazifalar haqida fikr yuritiladi. Kalit so‘zlar: siyosiy matn, lingvistik ekspertiza, ijtimoiy tarmoqlar, tilshunos, qonunchilik, mualliflik, javobgarlik. Kirish. Til jamiyatning ajralmas va birlamchi qismi sifatida nufuzi va o„rni beqiyos. Hozirgi kunda dunyoning rivojlangan mamlakatlarida tilning amaliy ahamiyati, undan samarali foydalanishga doir qimmatli ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Xalqaro aloqalar faollashgan bir paytda yurtimizda ham bu boradagi tadqiqotlarni yangi bosqichga ko„tarish dolzarb vazifalardan biri. Xususan, tilshunosligimiz uchun nisbatan yangi bo„lgan psixolingvistika, neyrolingvistika hamda lingvistik ekspertiza kabi qator sohalarning rivoji orqali ijtimoiy, iqtisodiy, ilmiy-ma‟rifiy hamda siyosiy muammolarni yechish har doimgidan ham ko„ra zarurroq bo„lib turibdi. Materiallar va metodlar. Hozirgi kunimiz uchun axborot almashinuvida hech bir istisnolarsiz ijtimoiy tarmoqlarning o„rni va roli yuqoridir. Xalq boshqaruvida to„g„ri va adolatli siyosat olib borish demokratik davlat sifatida xalqning ham fikrmulohazalarini e‟tiborga olish maqsadida bu boradagi ishlarni ijtimoiy tarmoqlarda e‟lon qilish muhim vazifalardan. Sir emaski, hozirgi kunda turli ob‟yektiv va sub‟yektiv sabablarga ko„ra siyosiy matnlarni turlicha tushunish bilan bog„liq murakkabliklar yuzaga kelmoqda. Ushbu masalani ilmiy jihatdan tartiblash va shu orqali siyosatchilar hamda xalqning bu boradagi muammolari yechimi bo„yicha tadqiqot olib borish muhim. Avvalo siyosiy matn murakkab hodisa sifatida bir qator o„ziga xosliklarga ega ekanligini inobatga olish zarur. Birinchidan, siyosiy matn siyosat sohasida ishlaydigan matn turidir. Ikkinchidan, bu matn maxsus mavzularga, xususan, siyosiy masalalarga bag„ishlangan. Olimlarning fikricha, siyosiy matn siyosiy faoliyat bilan shug„ullanuvchi kishilar tomonidan yaratilgan matndir[2]. Shuni alohida ta‟kidlash kerakki, siyosiy matnlarni o„rganishda tor va keng yondashuvlar mavjud. Ya‟ni tor yondashuvga ko„ra, faqat bevosita siyosatchilar tomonidan yaratilgan matnlar
309 siyosiy, keng yondashuvga ko„ra siyosiy matnlar siyosiy mavzudagi har qanday matnlarni o„z ichiga oladi, deb taxmin qiladi [5. 196]. Siyosiy matnning o„ziga xos xususiyati uning bir guruh odamlarga ta‟sir o„tkazishga qaratilganligi bilan ham xarakterlanadi. Siyosiy matnning eng muhim xususiyatlaridan biri ta‟sir ko„rsatishdir, chunki uning vazifasi axborotni qabul qiluvchiga ta‟sir qilish orqali ma‟lum bir natijaga erishish. Boshqa bir ta‟rifga ko„ra, siyosiy matn - bu dolzarb siyosiy masalalarga bag„ishlangan va ommaviy auditoriyaga qaratilgan matndir [1. 15]. Siyosiy nutq tadqiqotchilarining qayd etishicha, nutqning bu turining mazmunli xususiyati unda siyosiy birlashma, masalan, partiya, boshqa jamoat tashkilotlari, davlat boshqaruvi organlari va siyosiy faollar faoliyatining aks etishidir. Bu faoliyat muayyan g„oyalarni ilgari surish orqali siyosiy vaziyatga ta‟sir ko„rsatishga qaratilgan. Siyosiy matn to„g„ridan-to„g„ri yoki bilvosita "siyosiy hokimiyatni taqsimlash va undan foydalanish masalalariga" qaratilgan [4. 89]. Siyosiy matn o„zining asosiy maqsadi - ta‟sir o„tkazish bilan uzviy bog„liq bo„lgan qator funksiyalarni bajaradi. Siyosiy matnning quyidagi funksiyalarini ajratish mumkin: birinchidan, axborot siyosiy matn uchun katta ahamiyatga ega, chunki axborot har qanday siyosiy matnning maqsadi hisoblanadi. Bu funksiya tasvirlangan hodisa yoki siyosatning o„zi haqida yetarli ma‟lumotni yetkazishdan iborat. Siyosiy matnning asosiy maqsadini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun axborot siyosiy auditoriya e‟tiborini jalb qilish uchun eslab qolish uchun qulay, turli g„alizliklardan xoli bo„lishi lozim. Ikkinchidan, yuqorida aytib o„tilganidek, siyosiy matn ta‟sirga qaratilgan, shuning uchun ishontirish va motivatsiya bera olish ham o„ziga xos xususiyatlardandir. Har qanday siyosiy matn siyosiy auditoriyani muallif xabaridagi ma‟lumotlarning to„g„riligi va asosliligiga ishontirishga qaratilgan bo„lishi eng muhim talablar sirasiga kiradi. Siyosiy matn funksiyalarining quyidagi tasnifi eng to„liq ko„rinadi: 1) diqqatni jalb qilish; 2) mafkuraviy funksiya (vaziyatni ko„rish: qanday muammolarni hal qilish kerak va ularni hal qilish yo„llari); 3) tinglovchilarni qo„yilgan muammolarning to„g„riligiga va ularni hal qilishning taklif etilayotgan yo„llariga ishontirish; 4) tinglovchilarni muallifning takliflarini qo„llab-quvvatlashga safarbar etish [1. 23]. Izlanish va muhokamalar. Har qanday siyosiy matn siyosiy vaziyatni ijobiy yoki aksincha tarafga o„zgartirishga turtki bo„la oladi. Siyosiy matnning vazifalari reklama va shiorlar, varaqalar, siyosiy nutqlar va maqolalar, siyosiy nashrlarda juda aniq namoyon bo„ladi. Siyosiy matnlar bajariladigan vazifalariga ko„ra quyidagi
310 janrlar bilan ifodalanishi mumkin: - marosim janrlari (inaugurasion nutq, salomlashish nutqi va boshqalar); - oriyentatsiya janrlari (farmonlar, hisobotlar, shartnomalar); - siyosiy matnlarning agonal janrlari (shior, varaq, mitingdagi nutq). Bunday matnlar kurashga chaqiriqlarni o„z ichiga oladi va ifodalilikning kuchayishi bilan ajralib turadi; - informasion janrlar (gazetadagi ma‟lumotlar, ommaviy axborot vositalaridagi siyosatchilarning murojaatlari). Og„zaki va yozma nutqni taqqoslashda og„zaki nutqning janrlari (munozaralar, miting va yig„ilishlardagi nutqlar, ma‟ruzalar, suhbatlar, intervyular va boshqalar) [8. 78]. Og„zaki nutq yozma muloqotdan ko„ra tinglovchilarga ta‟sir qilish uchun katta imkoniyatlarga ega. Og„zaki siyosiy madaniyatga ega bo„lgan mamlakatlarda yozishdan ko„ra omma oldida gapirishga urg„u beriladi. Siyosatchi uchun tinglovchilar bilan to„g„ridan-to„g„ri jonli muloqot, masalan, saylovchilar bilan uchrashuvlar yoki matbuot anjumanlari paytida muhim ahamiyatga ega. Shuni ta‟kidlash kerakki, siyosiy muloqot turlari o„rtasida aniq farqlar mavjud: og„zaki va yozma siyosiy matnlarning tuzilishi bevosita xabarning adresatga qanday uzatilishiga bog„liq. Og„zaki nutqning o„ziga xos qurilish qoidalari bor, masalan, nutq kirish, asosiy qism va xulosadan iborat, ammo og„zaki muloqotda yoritilgan mavzular soni ko„pincha cheklangan. Og„zaki taqdimot qabul qiluvchiga ta‟sirni kuchaytirish uchun ishlatiladigan ma‟lum usullar bilan tavsiflanadi. Bularga ham leksik, ham grammatik usullar kiradi. Og„zaki va yozma matnlar o„rtasidagi farqlarni quyidagi sabablar bilan izohlash mumkin: birinchidan, so„zlovchi, auditoriya, muallif va adresat-o„quvchi o„rtasidagi munosabatlarning har xil tabiati, ikkinchidan, matnlarni idrok etishning o„ziga xos xususiyatlari. Nutq dialogik va monologik bo„lishi mumkin, shuning uchun siyosiy matnlarda monologik janrlar ajralib turadi, ular orasida, masalan, gazeta maqolalari, radio xabarlar va dialogik janrlar (parlament muhokamalari, munozaralar, muzokaralar va boshqalar) [3. 55]. Siyosiy matnlarga xos bo„lgan yana bir jihat shuki, bunday matnlarda mualliflik masalasining kimgadir tegishli yoki ayni bir shaxsga tegishli bo„lmaydi. Siyosiy matn muallifi bu matnni talaffuz qilgan siyosatchi yoki ushbu matn uchun mas‟ul bo„lgan shaxs hisoblanadi [3. 56]. Siyosiy yetakchilarning nutqi soha mutaxassislari tomonidan yaratilsa-da, matn siyosatchi tomonidan e‟lon qilinganligi sababli javobgarlik uning zimmasida bo„ladi va bu ham o„ziga xos murakkabliklarga ega. Siyosiy matnning muallifligi masalasining yana bir jihati shundaki, ayrim turdagi matnlar masalan, ma‟lum bir muallifga ega bo„lmagan mamlakat konstitutsiyasi kiradi, shuning uchun uning mazmuni uchun davlat organlari javobgardir, deyishimiz mumkin. Bu turdagi matnlarga, kiradigan shiorlarni anonim siyosiy matnga sifatida qaraymiz, garchand bunday matnlarning muallifi mavjudligi haqida xulosalarga ega bo„lsak-da. 2021
311 yilning 24 oktyabrida “O„zbekiston Respublikasi Prezidentligiga saylov” o„tkazildi. Biroq, saylovdan avval Qalampir.uz “Noyabr oyida Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga boradi” [9] mavzusidagi maqolasi keng omma tomonidan salbiy munosabat bilan kutib olindi. Xabarga ko„ra “Joriy yilning noyabr oyida O„zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasiga tashrif amalga oshiradi. Bu haqda O„zbekiston Prezidenti Matbuot xizmati\~ma‟lum qildi.” [9] deb ko„rsatilgan edi. Qalampir.uz internet sayti esa bunga izoh sifatida “O„zbekistonda joriy yilning 24 oktyabr kuni Prezident saylovi o„tkazilishi kutilmoqda. Prezident saylovi natijalari qanday bo„lishi ma‟lum emas.” [9]ligini qayd etgan. Ushbu xabar va unga internet saytining munosabati xalqning o„rtasida saylovga, yurtimizdagi siyosatga ishonchsizlikni, turli e‟tirozlar bildirilishiga sabab bo„ldi. O„zbekiston Respublikasining Saylov kodeksi (O„zR 25.06.2019 y. O„RQ-544-son Qonuni bilan tasdiqlangan)ga ko„ra “65-modda. O„zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish. O„zbekiston Respublikasi Prezidenti Markaziy saylov komissiyasi tomonidan O„zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi natijalari rasmiy ravishda e‟lon qilingan kundan e‟tiboran kechi bilan ikki oy ichida O„zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qo„shma majlisida qasamyod qilgan paytdan e‟tiboran o„z lavozimiga kirishadi. Amaldagi O„zbekiston Respublikasi Prezidenti o„z vakolatlarini yangi saylangan O„zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimga kirishguniga qadar bajaradi.” [9] deb belgilab qo„yilgan. 2021 yil 24 oktyabrdan boshlab ikki oyni hisoblasak bu 2021 yil 23 dekabrga qadar bo„lgan vaqtni o„z ichiga oladi. Saylov kodeksidagi ushbu moddaning oxirgi xat boshisida amaldagi prezident o„z vakolatlarini yangi prezident saylangunga qadar bajarish belgilangan. Bundan ma‟lum bo„ladiki, O„zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot kotibi tomonidan e‟lon qilingan siyosiy xabar qonunga xilof emas va bahsli o„rinlari ham yo„q. Bunday siyosiy xabarlarni taqdim etishda xalqning ham saviyasini inobatga olish va bunday vaziyatlarda ijtimoiy tarmoqlarda faoliyat yuritayotgan jurnalistlar siyosiy jihatdan ham hushyor bo„lishi juda muhim masalalardan biri. Yurtimizdagi faol siyosiy jarayonlarda ijtimoiy tarmoqlarda e‟lon qilinib borayotgan siyosiy matnlarning tushunilishida tez-tez uchrab turgan bunday anglashilmovchiliklarga barham berishda aksariyat hollarda turli mantiqiy asoslangan yoki bunday xususiyatga ega bo„lmagan izohlar berish odatga aylana boshladi. Rasmiy uslubga xos bo„lgan eng muhim xususiyatlardan bir, rasmiy uslubning hamma uchun bir xil tushunarli bo„lishidir. Biroq rasmiy chiqishlarda bunga yetarli darajada e‟tibor qaratilmagan holatlar ham ko„zga tashlanib qoldi. Bugungi kunda siyosiy matnlarni ekspertizadan o„tkazish bo„yicha
312 Vazirlar Mahkamasining “Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini lingvistik ekspertizadan o„tkazish tartibi to„g„risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (2021 yil 28 oktyabrdagi 662-son qaroriga 2021 yil 28 oktyabrdagi 662-son) [11] ham ayni muddao bo„ldi. Mazkur qarorning 3-bob. Loyihani lingvistik ekspertizadan o„tkazish talablariga ko„ra quyidagilar belgilangan. Xulosa. Shunday qilib, loyiha matni lingvistik ekspertizadan quyidagi talablar asosida o„tkaziladi: jumlalarning soddaligi va qisqaligi, ta‟riflarning aniqligi; imlo, uslubiy, grammatik va orfografiya qoidalariga mosligi; yangi atamalar, shuningdek, soha atamalarining to„g„ri qo„llanganligi; so„z birikmalarining o„zaro to„g„ri bog„langanligi; bayonning tizimliligi va ifodali ketma-ketligi. [11] Loyihani lingvistik ekspertizadan o„tkazish talablariga ko„ra ijtimoiy tarmoqlardagi matnlarni ham lingvistik ekspertizadan o„tkazish maqsadga muvofiq bo„ladi. Ko„rinib turibdiki, huquqiy hujjat qanday vazifalarni amalga oshirilishi zarur ekanligini, talabni ifodalab kelmoqda. Biroq bunday vazifalarni amalga oshirishning ilmiy asoslarini ko„rsatib bera olmaydi va bu esa siyosiy matnlarni lingvistik ekspertizadan o„tkazish shakllari, metodlari va o„ziga xosliklarini jiddiy tadqiq etishni dolzarb vazifa qilib qo„yadi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. Бондаренко С.В. 2005. Политическая идентичность в киберпространстве. – Политическая наука. № 3. С. 76-92. Бондаренко Н.А. 2010. 2. Интенциональность социального поведения как философская проблема: дис. … к.филос.н. М. 160 с. Василенко И.А. Политическая философия: учебное пособие. М.: Инфра-М. 320 с. Мирошниченко И.В. 2013. 3. Социальные сети в российской публичной политике: дис. … д.полит.н. М. Михайленок О.М., Щенина О.Г. 2018. Антропологическое измерение политики: новый «сетевой человек». – Вестник Московского государственного областного университета (электронный журнал). № 2. С. 1-14. Михайлов И.Ф. 2015. 4. Неъматов Ҳ., Менглиев Б., Ҳамроева Ш. Тилшуносликнинг методологик масалалари. – Германия: Globe,2020 5. Идентичность как категория политической науки: словарь терминов и понятий. 2012. М.: РОССПЭН. 208 с. общества. СПб: Изд-во СПбГУ. 258 с. Пятигорский А.М. 2010. 6. Неъматов Ҳ., Менглиев Б., Ботирова А. Тилшуносликнинг амалий масалалари. (Монография) – Германия: Globe, 2020. 7. Неъматов Ҳ., Менглиев Б., Ботирова А. Тилшуносликнинг фалсафий масалалари. (Монография) – Германия: Globe, 2020. 8. Зеленко И.Б.Политическом смысле в социальных сетях (интенциональный контекст) Власть 2018‟08 9. https://qalampir.uz/uz/news/noyabr-oyida-shavkat-mirziyeev-rossiyaga-boradi-47306 10. Ўзбекистон Республикасининг Сайлов кодекси (ЎзР 25.06.2019 й. ЎРҚ-544-сон Қонуни билан тасдиқланган) 11. https://lex.uz/docs/5701504