scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

TEXNIKA OLIY TA'LIM MUASSASALARIDA FIZIKA O'QITISHDA KOMPETENSIYAVIY YONDASHUV

Sultonova O'g'iloy Nabiyevna

Abstract

TEXNIKA OLIY TA'LIM MUASSASALARIDA FIZIKA O'QITISHDA KOMPETENSIYAVIY YONDASHUV

Full text

90 TEXNIKA OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA FIZIKA O‘QITISHDA KOMPETENSIYAVIY YONDASHUV Sultonova O‘g’iloy Nabiyevna Termiz muxandisliktexnologiya instituti, p.f.d prof Annotatsiya: Ta’lim masalasi muttasil tarzda zamon talablariga moslashib, fantexnika yutuqlariga hamohang ravishda takomillashib boradigan jarayon hisoblanadi. XXI asrdagi ta’lim tizimining o‘ziga xos jihatlaridan biritexnika oliy ta’lim muassasalarida talabalarning olgan bilimlarini hayotda qo‘llay olishlariga bo‘lgan talab, DTSlari va dasturlarining takomillashtirilishi, boshqacha qilib aytganda, kompetensiyaviy yondashuvning ta’lim tizimi mazmuniga singdirilishi, uning ta’lim natijalariga erishish dolzarb mavzu hisoblanadi ushbu tadqiqot muammolarni yechimi hisoblanadi. Kalit so‘zlar: Kompetensiyaviy ,takomillashtirish, muassasalari, muassasa, ijodiy, fikrlash ,o‘qitish. Nazariya,amaliyot, fizika, ta’lim, tadqiqot, rivojlantirish. Султанова У.Н. Огиой Набиевна Термезский университет инженерии и агротехнологий, доктор наук, профессор Аннотация: проблема образования-это процесс, который постоянно совершенствуется в соответствии с достижениями науки и техники, адаптируясь к требованиям времени. Одной из особенностей системы образования в XXI веке является требование технических высших учебных заведений к способности обучающихся применять полученные знания в реальной жизни, совершенствование ДЦП и программ, иными словами, внедрение в содержание системы образования компетентностного подхода, достижение образовательных результатов которого является актуальной темой данного исследования является решение проблем. Ключевые слова: компетентность ,совершенствование, институты, Институт, творческий, мышление ,обучение. Теория, практика, физика, образование, исследования, развитие. U.N.Sultonova O'og'oy Nabiyevna Termez University of Engineering and Agrotechnology, Ph.D., Professor Annotation: the issue of Education is a process that is constantly adapting to the requirements of the Times and improving in harmony with the achievements of Science and technology. One of the peculiarities of the educational system of the 21st 91 century is the demand for students in higher education institutions to be able to apply the knowledge gained in life, the improvement of their DTS and programs, in other words, the absorption of a competency approach into the content of the educational system, the achievement of its educational results is an urgent topic. Keywords: competency ,improvement, institutions, institution, creative, thinking ,teaching. Theory, practice, physics, education, research, development. Maqsad:Texnika oliy ta’lim muassasalarida fizika o‘qitishda kompetensiyaviy yondashuvning maqsadi talabalarning fizikani o‘rganishga nisbatan ijodiy fikrlash muassasalarida rivojlantirish, kasbiy kompetentlilikni o‘qitishda axborot texnologiyalarini joriy qilish, o‘qitishda nazariya va amaliyot uyg‘unligini ta’minlash, ta’lim sifati va samaradorligini va ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlashning me’yoriy asoslari yaratish, fanlarni chuqurlashtirilgan holda o‘qitish, ilmiy va innovatsion yutuqlarni amaliyotga joriy qilishning samarali mexanizmini yaratishustuvor vazifalar etib belgilandi. Bu esa, oliy ta’lim muassasalarida fizikani kompetensiyaviy yondashuv asosida o‘qitish metodikasini takomillashtirish dolzarb mavzu hisoblanadi shu bois ushbu tadqiqot muammoning yechimi bo‘la oladi. Kirish:O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 19 martdagi“Fizika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-5032-son qarorida “fizika sohasida ta’lim sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish” bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilangan. Bu esa fizika fanini o‘qitish metodikasining mazmunini kompetensiyaviy yondashuv asosida takomillashtirilishini talab etadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida “Agar tarixga nazar tashlaydigan bo‘lsak, dunyodagi deyarli barcha kashfiyot va texnologiyalarni yaratishda fizika fani fundamental asos bo‘lganini ko‘ramiz. Haqiqatan ham, fizika qonuniyatlarini chuqur egallamasdan turib, mashinasozlik, elektrotexnika, IT, suv va energiyani tejaydigan texnologiyalar kabi bugun zamon talab qilayotgan sohalarda natijaga erishib bo‘lmaydi” deb ta’kidlab o‘tgan . Ta’limda kompetensiyaviy yondashuvga oid materiallar tahlili asosida quyidagi ma’lumotlarni keltirish mumkin.“Kompetensiya” va “Kompetentlilik” so‘zlari ilk bor ilmiy adabiyotlarga kirib kela boshladi. Masalan, tilshunoslik nazariyasiga nisbatan kompetensiya atamasining amerikalik lingvist N.Xomskiy tomonidan “Sintaksis nazariyasi aspektlari” nomli asarida “Kompetensiya (o‘z tilini biladigan,gapiradigan, eshitadigan) iste’mol qiladigan (aniq hollarda tildan real foydalanadigan) fundamental farqni ajratamiz” yoki “insonning qandaydir faoliyatni bajarish qobiliyatidir” degan fikrlarini keltirib o‘tish mumkin . 92 G.A.Asilova dissertatsiya ishida «kompetensiya» va «kompetentlik» tushunchalari bo‘yicha berilgan ta’riflarni umumlashtirgan holda «kompetensiya» – ma’lum bir sohada faoliyat yuritish jarayonida shaxsiy sifatlar hamda bilim, ko‘nikma va malakalarning samarali qo‘llanishi; «kompetentlik» muayyan faoliyatni amalga oshirish uchun mavjud hamda yuzaga chiqishi mumkin bo‘lgan layoqatdir deb ta’riflagan. J.E.Usarov o‘z ilmiy ishlarida kompetensiyaning «ma’lum soha yoki yo‘nalishdagi tajriba va bilimlar, faoliyatni amalga oshirishga bo‘lgan tayyorlikning namoyon bo‘lishi hamda shaxsning turli nostandart holatlarda muvaffaqiyatli harakat qila olishidir» ta’rifini ko‘rsatib o‘tgan. B.X.Xodjaevning fikricha «kompetensiya yangi shaxsiy tajribani o‘zlashtirishga doir o‘z-o‘zini rivojlantirishga doir harakatlarini integratsiyalashga xizmat qiladi». N.A.Muslimov kompetentlik alohida bilim va malakalarning egallanishi emas, balki har bir mustaqil yo‘nalish bo‘yicha integrativ bilimlar va harakatlarning o‘zlashtirilishi ekanlini ta’kidlaydi. Kompetensiya va kompetentlilik tushunchalari yuzasidan ko‘plab olimlar, mutaxassislar fikr bildirishdi. Masalan,J.Ravenning “Zamonaviy jamiyatda kompetentlilik” nomli monografik asarida:“uko‘plab miqdordagi komponentlardan tashkil topgan bo‘lib, ulardan ko‘pchiligi bir-biriga nisbatan mustaqil,ayrim komponentlar ko‘proq kognitiv sohaga tegishli, boshqalari–his-tuyg‘u sohaga tegishli.Komponentlar o‘z-o‘zini samarali boshqarishda bir-birini to‘ldirishi mumkin” degan fikrni ilgani suradi. Ta’kidlash joizki, “kompetentlilik” tushunchasi bilan birgalikda,uningsinonimi sifatida “malakalar bazasi” termini ishlatilgan hollar ham mavjud. Mazkur komponentlar to‘plami insonga maqsadni belgilash, muvaffaqiyatga erishish hamda belgilangan faoliyat sohasida rivojlanish imkonini beradi. Bu tushunchalar orqali quyidagi xulosaga kelish mumkin. Kompetensiya-bu ma’lum soha yoki yo‘nalishdagi tajriba va bilimlar,faoliyatni amalga oshirishga bo‘lgan tayyorlikning namoyon bo‘lishi hamda shaxsningturli nostandart holatlarda muvaffaqiyatli harakat qila olishi. Kompetensiya tushunchasiga berilgan mazkur ta’rif, shaxsning o‘qish jarayonida egallagan bilim va tajribasini ko‘rsatadi. Kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan ta’limda talaba shaxsiy maqsadlari va vazifalari bilan ta’lim jarayonining asosiy ishtirokchisiga aylanadi. Ushbu yondashuv talabani faol, ongli faoliyatga jalb qilish, axborot, kommunikativ, ta’lim va bilish qobiliyatlarini, shaxsiy salohiyatini rivojlantirish, o‘z-o‘zining qadr-qimmatini shakllantir(1.rasm). 93 1rasm. Talaba kasbiy kompetentliligi elementlarining o‘zaro bog‘liqligi. Talaba qobiliyati uning kompetentliligi orqali namoyon bo‘ladi. Talaba fazilatlari, motivatsiyasi, qobiliyati kombinatsiyasini quyidagicha vektor shaklida ko‘rsatish mumkin va uning tarkibi, bilim, ko‘nikma, malaka va kasbiy kompetentliligi to‘plami sifatida tahlil qilinadi (1.2.-rasm). Texnika oliy ta’lim muassasalarida kompetensiyaviy yondashuv asosida fizika o‘qitishning maqsadi DTS va o‘quv dasturidagi maqsadlar bilan cheklangan bo‘lib, talaba bilim, ko‘nikma va malakalariga qo‘yilgan kompetensiyaviy yondashuvni amalga oshirish maqsadi va vositasini anglash bilan bog‘lashadi. 2-rasm. Talaba kompetentliligining vektor shakli. Yuqoridagilarga ko‘ra, kompetentlilik tushunchasiga nisbatan turli nuqtai nazarlar,mazkur tushunchani xuddi majmuali tuzilish kabi talqin qilish kerakligini isbotlaydi. 94 Talabalarda kompetensiyalarni shakllantirish va rivojlantirishni quyidagi uch turga bo‘ladilar: 1. Metapredmet kompetensiyalari (tayanch kompetensiyalar).2. Fanlararo kompetensiyalar.3. Fanga oid kompetensiyalar. . Mehnat bozorining o‘zgarib borish taraqqiyotining jadallashuvi, axborot muhitining globallashuvi, talabalarga qo‘yilayotgan talablarni eskicha yondashuv bilan ta’minlay olmaslik kunday ravshan. Kompetentlilik o‘z bilimlarini tinmay boyitib borish, o‘rganish, zamon talablarini his etishni, yangi bilimlarni izlab topish mahoratini o‘z amaliy faoliyatida qo‘llashni talab etadi. Kompetensiya egasi bo‘lgan mutaxassis muammolarni yechishda o‘ziga munosib bo‘lgan metodlarni tanlashi, to‘g‘ri kelmaydiganlarini rad etish, masalaga tanqidiy ko‘z bilan qarash ko‘nikmasiga ega bo‘ladi. Texnika sohasiga oid kompetentlilik – texnik mutaxassisning shaxsiy sifatlar to‘plami, bo‘lajak texnik mutaxassislar tayanch, umumiy, xususiy kompetensiyalar bilan qurollantirilsa, yangi innovatsion tajribalar izlab topishga kirishishadi, yangicha ijodiy ishlarning ilmiy asoslari, innovatsion g‘oyalar tuzib, shu asosida jamiyat qolaversa, texnika rivojlanishi novatori bo‘la oladi. Kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan ta’lim natijalarini nazorat qilish, ya’ni texnika oliy ta’lim muassasalarini tugatib, talaba olgan bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalarni hayotda duch keladigan tanish, notanish vaziyatlarda qo‘llashga tayyor ekanligini baholashdan iborat. Demak, har bir texnika oliy ta’lim muassasalarida kompetensiyaviy yondashuvni qo‘llash dolzarb muammolar yechimi bo‘lib xizmat qiladi. Tahlillar asosida aytish mumkinki, «kompetensiya» so‘zi «Competence» so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, «musobaqalashmoq», «baxslashmoq» «bellashuv» degan ma’nolarni yoki «musobaqalashishga layoqatlilik» ma’nosini anglatadi. Kompetentlilik bilim, ko‘nikma, malaka va shaxsiy xususiyatlar yig‘indisidan iborat shaxsiy natijalar, tizimli faoliyat. Kompetentlilik va kompetensiyaning o‘zaro nisbatini ko‘rsatsa, unda “kompetensiya” birlamchi,“kompetentlilik” ikkilamchi ekanligi ayon bo‘ladi . Berilgan axloqiy o‘quvlarga ko‘ra, shaxsning u yoki bu sohadagi kompetentlili gishakllantiriladi, kompetentlilik va kompetensiyalarning interferensiyasi3-rasm asosida shaxs kompetentli deb hisoblanadi. 1.3-rasm. Kompetentlilik va kompetensiya tushunchalarining an’anaviy ta’limdagi bog‘lanishi 1.4-rasm. Kompetentlilik va kompetensiya tushunchalarining interferensiyasi 95 Ilmiy psixologik,pedagogik manbalarda berilishicha, kompetensiya, kompetentlilik o‘ta murakkab, ko‘p qismli.Shuning uchun uning talqinlari har jihatdan tarkibiga ko‘ra, turli-tuman. «kompetentlilik», «kompetensiya» tushunchalari quyidagi holatlarga alohida e’tibor qaratiladi:bilimlar majmuining amalda qo‘llanishi;talabaning o‘quvi, xislatlari fazilatlari;amaliy faoliyatga tayyorgarligi;muammolarni xal etish amaliyotda zarur natijalarni qo‘lga kirita olish layoqati;talabaning o‘z faoliyati uchun zarur bo‘lgan bilimlar manbai yaratganligi. O‘zbekiston Respublikasida ta’limning uzluksizligi, uzviyligi, o‘quvchi shaxsi va qiziqishlari ustuvorligidan kelib chiqib, ularning yosh xususiyatlariga mos ravishda quyidagi tayanch kompetensiyalar shakllantiriladi: kommunikativ kompetensiya;axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi; o‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi;ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi; milliy va umummadaniy kompetensiya; matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi. Talabalarning fizika fani bo‘yicha egallagan bilimi, ko‘nikma, malaka va kopetesiyalarini kundalik hayotda duch keladigan kashfiyotlar, ilmiy yangiliklarni tushunish, nazariy va amaliy masalalarni yechishda foydalanish va amaliyotda qo‘llay olish qobiliyati hisoblanib, fizik jarayon va hodisalarni kuzatish va tushunish (mexanik harakat, jismlarning o‘zaro ta’siri, moddiy nuqtaning fazodagi harakati, aylanma, ilgarilanma harakatlar, molekular - kinetik nazariya, gaz qonunlari, suyuqlik va gazlar harakati, bug‘lanish, qaynash, kondensatsiya qoidalari, real gaz qonunlari, qattiq jism xossalari, issiqlik hodisalari, tebranish va to‘lqinlar jismlarning elektrlanishi, zaryadlarning o‘zaro ta’siri, qisqa tutashuv, yerning magnit maydoni, elektromagnit induksiya hodisalari, Quyosh va Oy tutilishlari, fasllar almashinuvi, sayyoralar harakati, meteorlar uchishini kuzatish) va bilimlarini qo‘llay olishni nazarda tutadi. Talabalarga kompetensiyaviy yondashuv asosida bilim berish orqali «Fizika» fanining barcha bo‘limlari talabalar nazariy olgan bilimlarini kelgusida egallaydigan mutaxassisliklari bo‘yicha yuzaga keladigan muammolarning hal etilishga tayyorlaydi (1-jadval qarang): 1.jadval Fizikaviy kompetensiyalar orqali quyidagicha shakllanadi Fizika fani bo‘limlari Mexanik hodisalar Asosiy nazariy qism «Fizika» fanining boshqa fanlar bilan bog‘lanish kinematikasi asoslari. Mexanika haqida umumiy ma’lumot. Koordinatalar tizimi nuqtaning to‘g‘ri chiziqli harakati. Dinamikaning asosiy vazifasi Nyuton qonunlari butun olam tortish qonuni, mexanikada saqlanish qonunlari. Mexanik ish, energiya,quvvat, impulsning saqlanish qonuni. Raketaning tuzilishi. Jismlarning muvozanat shartlari. Mexanik tebranishlar, 96 garmonik tebranishlar. Prujinali matematik va fizik mayatniklar. Mexanik to‘lqinlar, ko‘ndalang va bo‘ylama to‘lqinlar. Poynting vektori. Tovush to‘lqinlari 1 Jarayon va hodisalarni kuzatish va tushunish kompetensiyasi Mexanik harakat, jismlarning o‘zaro ta’siri suyuqliklar va gazlarda bosimning uzatilishi, mexanik tebranish va to‘lqinlarni kuzatish Kattaliklarni o‘lchash va aniqlash Vaqt, masofa, tezlik, massa, zichlik kuch, bosim, ish quvvat, energiya, tebranish davri va chastotalarini o‘lchash va aniqlash Kompetensiyala r Jarayon va hodisalarni tushuntirish Mexanik harakat, jismlarningo‘zaro ta’siri, suyuqlik va gazlarda bosimni uzatish, Nyuton qonunlari, butun olam tortishish qonunlari. Impuls va energiyaning saqlanish qonunlari. Guk qonuni Tajribalar o‘tkazish va xulosa chiqarish To‘g‘ri chiziqli tekis va tekis tezlanuvchan harakatda bosib o‘tilgan yo‘l. Elastiklik kuchining prujina uzayishiga, ishqalanish kuchining normal bosim kuchiga, richagning muvozanat shartlariga bog‘liqligini namoyon kilish bo‘yicha tajribalar o‘tkazish va xulosalar chiqarish Fizika asboblarning ishlash tamoyillari va texnik ob’ektlarning tuzilishini tushuntirish Sekundomer, uzunlikni o‘lchaydigan asbob, tarozi, dinamometr, barometr, gidravlik press, oddiy mexanizmlarning ishlashi Nazariy bilimlarni mustahkamlash va fizik bilimlarni amaliyotga qo‘llash To‘g‘ri chizikli tekis, tezlanuvchan, aylanma, ilgarilanma harakatlar. Nyuton qonunlari, Butun olam tortishish qonunlari. Og‘irlik, elastiklik, ishqalanish kuchlari. Mexanikish quvvat, energiya, impuls, kuch momenti, oddiy mexanizmlar, mexanik tebranishlar,to‘lqinlarga oid olgan bilimlarni mustahkamlash uchun masalalar yechish, ilmiy ommabop adabiyotlardan elektron ishlanma va elektron darsliklar, Internet va boshqa vositalardan foydalanish. Vaqt, masofa, tezlik, massa, ish, quvvatlarni o‘lchash. Nyuton, Paskal, Arximed qonunlaridan bilim, ko‘nikma va malakalarning kundalik turmushda qo‘llanilishi. Issiqlik hodisalari Egallanishi zarur bo‘lgan o‘quv materiallari Modda tuzilishi, molekulalarning issiqlik harakati, temperatura, ideal va yopishqoq suyuqlik. Bernulli tenglamasi. Puazeyl formulasi, molekular-kinetik nazariya, izojarayonlar. Maksvell taqsimlash, ichki energiya, termodinamika qonunlari, real gazlar VanDer-Vals tenglamasi. Gazlarning suyuqlikka aylanishi Joul-Tomson effekti. Issiqlik mikdori. Molekulalar issiqlik harakatining o‘rtacha kinetik energiyasi, Barometrik formula. Bolsman taqsimoti Kompetensiyalar Jarayon va hodisalarni kuzatish, tushuntirish Modda, agregat holatini o‘zgartirish, suyuqlikning nay bo‘ylab okimi, Puazeyl formulasi, issiqlik harakati, molekulalar issiqlik harakati Fizik kattaliklarningson Temperatura, issiqlik miqdori, solishtirma issiqlik 97 qiymatlarini aniqlash sig‘imi, havoning namligini o‘lchash Jarayon va hodisalarning fizik mohiyatini tushuntirish Modda agregat xolati o‘zgarishi. Moddaning atommolekular tuzilishi, termodinamika qonunlari, energiyaning saklanish qonunlari kompetensiyalar Tajribalarni o‘tkazish va xulosalar chiqarish Issiqlik almashinish jarayonida temperaturaning o‘zgarishi, izojarayonlar, molekulalarning issiqlik harakati. Adiabatik jarayon, kristall panjaralar Fizik asboblarning ishlash tamoyili va texnik ob’ektlarning tuzilishini tushuntirish Termometr tuzilishi, psixrometr, ichki yozuv dvigateli,bug‘ trubinasi tuzilishi Nazariy bilimlarni mustahkamlash, fizik bilimlarning amaliyotda qo‘llanilishi Molekulalarning o‘lchami va massasi, modda mikdori, molyar massa, molekular-kinetik nazariyaning asosiy tenglamasi, issiqlik mikdori, yoqilg‘ining solishtirma yonish issiqligiga oid olgan nazariy bilimlarni mustahkamlash uchun masalalar yechish, test topshiriqlarini bajarish, ilmiy adabiyotlardan, Internet, elektron ishlanma, elektron darsliklardan, virtual laboratoriyalardan foydalanish. Qattiq jismlarning erishi va qotishi, ichki energiya va ish, bug‘lanish va kondensatsiyani o‘rganish Elektromagnit hodisalar O‘quv materiallari Jismlarning elektrlanishi, Kulon qonuni, Gauss teoremasi, elektrostatik maydon potensiali. Elektr sig‘imi, kondensatorlar. O‘tkazgichlarda elektr tokining mavjud bo‘lishi. Om va Joul-Lens qonuni, magnit maydoni, Bio-SavarLaplas qonuni, Lorens va Alines kuchlari Moddaning magnit maydoni. Magnetiklarning turlari. Elektromagnit induksiya qonuni, induktiv-lik, transformatorlar, elektromagnit maydon uchun Maksvell tenglamalari. Elektromagnit tebranishlar, elektromagnit to‘lqinlar. Poynting vektori Jarayon va hodisalarni kuzatish Jismlarni elektrlash Magnitiklarningo‘zaro ta’siri. Magnit maydonining tokli o‘tkazgichga ta’siri. Tokning issiqlik ta’siri. Elektromagnit induksiyani kuzatish. Kattaliklarni o‘lchash va aniqlash Tok kuchi, kuchlanish, elektr qarshilik, solishtirma qarshilik, elektr tokining ishi va quvvatini o‘lchash Jarayon va hodisalarni tushuntirish Zaryadlangan jismlarningo‘zaro ta’siri, magnit maydonining tokli o‘tkazgichga ta’siri, tokning issiqlik ta’siri, elektromagnit hodisalar Tajribalar o‘tkazish va xulosalar chiqarish O‘tkazgichlarni ketma-ket, parallel va aralash ulash, zanjirning bir qismida tok kuchining kuchlanishga bog‘liqligiga doir tajribalar Fizik asboblarning ishlash tamoyili va ularning amaliyotda qo‘llanilishi Tok kuchi, kuchlanish, elektr qarshilik, zanjirning bir qismi uchun Om qonuni, o‘tkazgichlarni ketma-ket va parallel ulash. Kuchlanish, elektr qarshilik, solishtirma qarshilik. Elektr tokining ishi va quvvatini, 98 o‘zgaruvchan tokni transformatsiyalash bo‘yicha olgan bilim, ko‘nikma va malakalarning turmushda va texnikada qo‘llanilishi. Fizikaning optika, atom va yadro fizikasi bo‘limlari kompetensiyalarga taqsimlanib o‘rganiladi. Demak, fizika fani bo‘yicha talabalar bilishi va qo‘llay olishi kerak: tushunchalar, fizik kattaliklar, fizik qonunlar, tushuntirish kerak bo‘lgan fizik hodisalar, o‘lchash, natija olish, nazariy bilimlarni namoyon qilish, axborotlarni mustaqil ravishda izlash, amaliyotda qo‘llay olish, fizika fanidan talabalar kompetensiyasi, jarayon va hodisalarni kuzatish, kattaliklarni o‘lchash va aniqlash, jarayon va hodisalarni tushuntirish, tajribalar o‘tkazish va xulosalar chiqarish, fizik asboblarning ishlash tamoyili, fizik bilimlarni amaliyotda qo‘llash. Kompetensiya–mavjud bilim, ko‘nikma va malakalarni kundalik faoliyatda qo‘llay olish qobiliyati.Talabaning har tomonlama rivojlanishiga ta’sir etuvchi pedagogik muhitni yaratish muhim (.2-jadvalga qarang). 2 - jadval Talabaning har tomonlama rivojlanishiga ta’sir etuvchi pedagogik muhitni yaratish. Talabani xar tomonlama rivojlantirishga ta’sir etuvchi pedagogik muxitni yaratish Talabalar o‘zlashtirish kerak bo‘lgan bilim ko‘nikma, fikrlash dunyoni anglash, uni tadqiq qilish, jarayonlarini o‘rganish, voqealar, holatlar qonun va qoidalar munosabati va h.k. Joriy etish uchun: “Men xohlayman”, “Men bajara olaman”, “Menda qoniqish hissi paydo bo‘ldi”, “Meni yoqtiradilar” Ushbu yondashuv doirasida, shaxsni har tomonlama rivojlantirish, faoliyat sferasi his-tuyg‘u holati haqida so‘z boradi. Talabalar ongining rivojlanishini tashkil etish uchun har bir yutuqni ko‘rish kerak, buning uchun shunday topshiriqlar va masalalarni taklif etish kerakki, talaba uni bajara olsin. Talabalar qo‘shimcha adabiyotlar o‘qishi, u bilan tanishishi va tayyorlanishi kerakligini his qilish va bilim olish zarurligi buning zamirida katta texnik loyihalar yaratish, uni hayotga joriy etish mumkinligini anglay bilsin Fizika o‘qituvchisi o‘zining psixologik testlarini o‘tkazib berishi maqsadga muvofiq. Jumladan, «O‘quv faoliyatdagi intilish», «Muvaffaqiyatga erishish», «Sen kim?», «Sen qandaysan?», «O‘zingni angla», «O‘zingga baho ber» kabi testlar talabaning tafakkuri fikrlarini aniqlaydigan eng ustuvor yo‘nalishdir deyiladi. Masalan, taqqoslash testlari. «Sen o‘z fikringning ilmiy g‘oya innovatsiyalarini bayon qila olasanmi» kabi testlar. Buning natijasida talaba o‘zida nima o‘zgarish bo‘layotganini sezadi. Talabaning barcha ruhiy holatlari o‘zgaradi. Masalan, his qilish, qabul qilish, diqqatni jamlash, xotirani kuchaytirish, taassurot va fikrlash jarayonining ijobiy tomonga o‘zgarishiga sabab bo‘ladi.