GOSPITAL MAKTABDA O`QUVCHILARNING TIL BILISH KO`NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH: KOMMUNIKATIV KOMPETENTSIYA NUQTAI NAZARIDAN
Abstract
GOSPITAL MAKTABDA O`QUVCHILARNING TIL BILISH KO`NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH: KOMMUNIKATIV KOMPETENTSIYA NUQTAI NAZARIDAN
Full text
119 GOSPITAL MAKTABDA O`QUVCHILARNING TIL BILISH KO`NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH: KOMMUNIKATIV KOMPETENTSIYA NUQTAI NAZARIDAN Uralov Mirshod Dusmurodovich O`zDJTU 1-bosqich tayanch doktoranti E-mail: [email protected]om Anotatsiya: Ushbu maqola gospital maktablarida o‘quvchilarning til ko‘nikmalarini shakllantirish jarayonini kommunikativ kompetentsiya nuqtai nazaridan o‘rganadi. Gospital ta’lim sharoitida o‘quvchilarning tilni o‘zlashtirishlari va kommunikativ kompetentsiyasini rivojlantirishda gibrid o‘qitish metodikasining samarali qo‘llanilishi ta’kidlangan. Ingliz tili darslarida kommunikativ kompetentsiyani oshirish uchun interaktiv metodlar, masalan, rolli o‘yinlar, guruh muhokamalari, va onlayn ta’lim platformalaridan foydalanishning ahamiyati yoritilgan. Ushbu maqolada, gospital maktablarda ingliz tili o‘qitish jarayonida o‘quvchilarning muloqot qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish va ularga amaliy tilni qo‘llash imkoniyatlarini yaratish masalalari ko‘rib chiqilgan. Kalit so‘zlar: Gospital maktab, til ko‘nikmalari, kommunikativ kompetentsiya, ingliz tili, gibrid o‘qitish metodikasi, interaktiv metodlar, muloqot, onlayn ta’lim, o‘quvchilar, pedagogik metodlar, ta’lim sharoitlari. Kirish. Gospital maktablarida o‘quvchilarning ta’lim olish imkoniyatlarini maksimal darajada ta’minlash, ularning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishda kommunikativ kompetentsiyaning o‘rni alohida ahamiyatga ega. Bu maktablar, odatda, maxsus ta’lim sharoitlari, o‘quvchilarning kasalliklari va davolanish jarayonlari bilan bog‘liq bo‘lib, o‘qitish jarayoni va metodlari alohida yondashuvni talab qiladi. O‘quvchilarning kommunikativ kompetentsiyasini rivojlantirishda, ayniqsa, ingliz tili kabi chet tillarini o‘rgatish o‘ta muhimdir. Komunikativ kompetentsiya, o‘quvchilarga til orqali o‘z fikrlarini aniq va tushunarli tarzda ifodalash, boshqalar bilan samarali muloqotda bo‘lish va jamiyatda muvaffaqiyatli faoliyat yuritish imkoniyatini beradi. Gospital maktabda bu kompetentsiya rivojlantirishning eng samarali usullaridan biri gibrid o‘qitish metodikasining joriy etilishidir. Nazariy Asoslar. Komunikativ kompetentsiya tilni o‘rganish jarayonida shaxsning til va muloqot qobiliyatini rivojlantiradigan asosiysi hisoblanadi. Gospital maktabda o‘quvchilarning kommunikativ kompetentsiyasini rivojlantirishda, til o‘rgatishning faqat grammatika va lug‘at boyligini oshirishdan iborat emas, balki o‘quvchilarga tilni aniq va to‘g‘ri ishlatish, suhbatlarni boshqarish, fikrlarni ifodalash
120 va muloqotda bo‘lish kabi ko‘nikmalarni ham o‘rgatish zarur. Bu o‘quvchilarning jamiyatga integratsiyasini ta’minlashga yordam beradi [1, B. 215]. Gospital maktablarida kommunikativ kompetentsiya rivojlantirishda interaktiv metodlar, masalan, ro‘yxatga olish, rolli o‘yinlar, suhbatlar va guruh muhokamalari alohida o‘rin tutadi. Bu metodlar o‘quvchilarga real hayotdagi muloqotda o‘zlarini yanada ishonchli his qilishlariga yordam beradi [2, B. 232]. Ingliz tili darslarida, ayniqsa, o‘quvchilarning til ko‘nikmalarini rivojlantirishda kommunikativ metodlar asosiy o‘rin tutadi. Ushbu metodlar tilni nafaqat nazariy o‘rganishga, balki uni amalda qo‘llashga yordam beradi. Gospital maktablarida o‘quvchilarning til ko‘nikmalarini shakllantirish jarayoni ularning kasalliklari va davolanish sharoitlariga bog‘liq holda o‘ziga xosdir. Biroq, gospital ta’limi uchun samarali metodlar va yondashuvlar joriy etilishi, o‘quvchilarning ta’lim olishga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishda muhim rol o‘ynaydi [3]. Gibrid o‘qitish metodikasining asosiy maqsadi o‘quvchilarga o‘qish, yozish, tinglash va gapirish ko‘nikmalarini rivojlantirishdir. Bu metodika, an’anaviy darslarga raqamli va interaktiv elementlarni kiritish orqali o‘quvchilarga yanada samarali ta’lim olish imkonini yaratadi. Gospital maktablarida gibrid o‘qitish metodikasini qo‘llash, ayniqsa, o‘quvchilarning vaqt va joydan qat’i nazar ta’lim olishlariga imkon beradi [4]. Masalan, onlayn platformalar orqali o‘quvchilar o‘z vaqtida darslarga qatnashishlari va mashqlarni bajarishlari mumkin, bu esa ularning o‘z bilimlarini mustahkamlashga yordam beradi. Shuningdek, masofaviy o‘qish va o‘quv materiallari bilan tanishish imkoniyatlari o‘quvchilarning til ko‘nikmalarini rivojlantirishda samarali vosita bo‘lib xizmat qiladi. Ingliz tilini o‘qitish mobaynida gospital o`quvchilarning komunikativ kompetentsiyasini rivojlantiririb borish muhim ahamiyatga ega. Ingliz tilini o‘rgatishda, o‘quvchilarga nafaqat grammatikani o‘rganish, balki ushbu til orqali fikrlarini aniq ifodalash, boshqalar bilan samarali muloqotda bo‘lish, fikr almashish va muammolarni yechish kabi ko‘nikmalarni ham o‘rgatish zarur [5, B. 4]. Gospital maktablarida ingliz tili o‘qitish jarayonida o‘quvchilarning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun turli interaktiv usullar qo‘llaniladi. Masalan, o‘quvchilarni guruhlarga bo‘lib, ularga ingliz tilida suhbatlar o‘tkazish, debatlarga jalb qilish, shuningdek, ingliz tilida kichik hikoyalar yoki dialoglar yozishga undash bu kompetentsiyani rivojlantirishning samarali usullaridan biridir. Ingliz tili o‘qitish jarayonida kommunikativ kompetentsiyani oshirish uchun masofaviy o‘qish, videokonferensiyalar va virtual darslar kabi zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash muhimdir. Ushbu metodlar o‘quvchilarga tilni amaliyotda qo‘llash, madaniy farqlarni anglash, muloqot qilishni o‘rganish va bir-birlari bilan fikr almashish imkoniyatini beradi.
121 Xulosa. Gospital maktablarda o‘quvchilarning til ko‘nikmalarini shakllantirishda kommunikativ kompetentsiyaning roli beqiyosdir. O‘quvchilarning jamiyatga integratsiyasini ta’minlash, o‘z fikrlarini aniq va to‘g‘ri ifodalashda kommunikativ kompetentsiya muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi. Gibrid o‘qitish metodikasi va interaktiv yondashuvlar yordamida o‘quvchilar o‘z til ko‘nikmalarini samarali rivojlantirishi mumkin. Ingliz tili o‘qitishda o‘quvchilarni tilni amalda qo‘llashga undash, ularning kommunikativ kompetentsiyasini oshirishda alohida o‘rin tutadi. Kelajakda gospital maktablarda o‘quvchilarning kommunikativ kompetentsiyasini yanada rivojlantirish uchun zamonaviy pedagogik metodlar va texnologiyalarni joriy etish kutilmoqda. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. Avalos, L. (2023). Hospital Pedagogy: A Systematic Review. Journal of Educational Research, 45(3), P. 215-230. 2. Uralov M. D. “Gibrid o‘qitish metodikasi asosida gospital maktab o`quvchilarining kommunikativ kompetentsiyasini rivojlantirish” “Ilm-fan va innovatsiya 2024” xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya, O`zDJTU, 25.05.2024, Toshkent, B. 232-236. 3. Yusupjanova, S. M. (2024). Mehrli maktab: Gospital ta’lim jarayonini takomillashtirish. Toshkent: Yangi asr avlodi. 4. N. Valencia, J. Ortega, E. Alcocer, “HOSPITAL PEDAGOGY: A SPACE OF LOVE AND RECOGNITION FOR THE ONCOLOGICAL PEDIATRIC PATIENT” Texto & Contexto Enfermagem 2019, v. 28: e20180112. ISSN 1980-265X DOI Internet resurs: http://dx.doi.org/10.1590/1980-265X-TCE-2018-0112. 5. Ernazarova, Z. (2024). Gospital pedagogikaning mohiyati. PEDAGOG, 7-12, 1-4.