scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

KASBIY FAOLIYATDA PSIXOLOGIK MASLAHAT YO'NALISHINING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Odamova O'giljon Kenjaevna

Abstract

KASBIY FAOLIYATDA PSIXOLOGIK MASLAHAT YO'NALISHINING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Full text

137 KASBIY FAOLIYATDA PSIXOLOGIK MASLAHAT YO‘NALISHINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI ODAMOVA O‘GILJON KENJAEVNA Urganch Davlat Unversiteti v.b. dotsent [email protected] Tel: +99894 230 2875 Annotatsiya: Mazkur maqolada psixologik maslahatda suhbat davomida mijoz o‘z muammolarini va o‘zi to‘g‘risidagi gaplarni o‘zi gapirib berishi, begona odamlardan holi va yakkama-yakka, yuzma - yuz, maxsus jihozlangan xonada o‘tkazilishi haqidagi fikrlar bayoni berilgan. Mijozning individual xususiyatlari sababli psixoîog maslahatchi uning muammosini darhol va qo‘shimcha yordamsiz hal eta olishiga to‘la ishonmaydi. Agarda mijoz o‘ziga yetarlicha ishonmasa, o‘z hayajonlari va hulqini boshqara olmasa, agarda uning intellektual rivojlanish darajasi qiyin vaziyatlarda oqilona, to‘g‘ri yechimni mustaqil qabul qilish uchun yetarli bo‘lmaganda bunday hollar uchrab turadi. Psixolog ham, o‘z navbatida muammoning mohiyatini tushunib yetish, bu muammoni o‘zi uchun ham, mijoz uchun ham oydinlashtirishga harakat qilib diqqat bilan tinglashi, maslahatlar davomida mijozning shaxsini baholanashi, uning shaxsiy xususiyatlarini hisobga olib mijozga uning muammosini qanday qilib amaliy hal etish bo‘yicha ilmiy, asosli tavsiyalar berilishiga doir fikrlar mavjud. Аннотация: В данной статье дается изложение мыслей о том, что в ходе беседы на психологическом консультировании клиент должен сам рассказать о своих проблемах и о себе, быть свободным от посторонних и проводиться один на один, лицом к лицу, в специально оборудованном помещении. Из-за индивидуальных особенностей клиента психоаналитик не до конца уверен в том, что консультант сможет решить его проблему немедленно и без дополнительной помощи. Бывают случаи, когда клиент недостаточно уверен в себе, не может контролировать свои волнения и поведение, когда уровень его интеллектуального развития недостаточен для самостоятельного принятия рационального, правильного решения сложных ситуаций. Есть мнения, что и психолог, в свою очередь, должен понимать суть проблемы, внимательно выслушивать, пытаясь прояснить эту проблему как для себя, так и для клиента, в ходе консультаций оценивать личность клиента, учитывая его личностные особенности, давать клиенту научные, обоснованные рекомендации о том, как решить его проблему на практике. Annotation: in this article, psychological advice gives a statement of thoughts that during the conversation, the client will speak out about his problems and 138 statements about himself, be free from strangers and be held one by one, face to face, in a specially equipped room. Due to the individual characteristics of the client, the psychoîog consultant does not fully believe that he will be able to solve his problem immediately and without additional help. If the client is not confident enough, unable to control his excitement and Hulk, such situations occur when his level of intellectual development is insufficient to independently adopt a rational, correct solution in difficult situations. Both the psychologist and, in turn, there are opinions about understanding the essence of the problem, carefully listening to this problem, trying to clarify it both for himself and for the client, assessing the personality of the client during the tips, taking into account his personal characteristics, giving the client scientific, reasonable recommendations on how to practically solve his problem. Kalit so‘zlar: Psixologiya, maxsus, maslahat, taraqqiyot, mutaxassislar, psixologiya sohasi, muammo, mijoz, vaziyat, yechim, mustaqil, shaxsiy, xususiyat, voyaga yetmaganlar, individual, guruhiy, jamoaviy, ruhiy, tipologik, ilmiy, amaliy. Ключевые слова: психология, специальный, консультирование, прогресс, специалисты, область психологии, проблема, клиент, ситуация, решение, независимый, личный, характеристика, несовершеннолетний, индивидуальный, групповой, коллективный, психический, типологический, научный, практический. Keywords: Psychology, special, counseling, progress, professionals, psychology area, problem, client, situation, solution, independent, personal, trait, minors, individual, group, collective, mental, typological, scientific, practical. Psixologik maslahat deb muhtoj bo‘lganlarga maslahat va tavsiyalar sifatida mutaxassis psixolog tomonidan bevosita beriladigan psixologik yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan amaliy psixologiyaning alohida sohasiga aytiladi. Ular psixolog tomonidan mijoz hayotida duch kelgan muammoni dastlab o‘rganib chiqish va shaxsiy suhbat asosida beriladi. Ko‘pincha psixologik maslahat oldindan belgilangan soatda, buning uchun maxsus jihozlangan xonada, odatda begona odamlardan xoli va yakkama-yakka, yuzma-yuz o‘tkaziladi. Psixologik maslahat bir soatdan uch soatgacha davom etadigan psixologning mijoz bilan shaxsiy suhbati shaklida o‘tkaziladi. Mana shu suhbat davomida mijoz o‘z muammolari, o‘zi to‘g‘risida gapirib beradi. Psixolog o‘z navbatida muainrnoning mohiyatini tushunib yetish, bu muammoni o‘zi uchun ham, mijoz uchun ham oydinlashtirishga harakat qilib diqqat bilan tinglaydi, maslahatlar davomida mijozning shaxsi baholanadi, uning shaxsiy xususiyatlarini hisobga olib mijozga uning muammosini qanday qilib amaliy hal etish bo‘yicha ilmiy, asosli tavsiyalar beriladi. Psixologik maslahat — bu psixolog kasbiy mutaxassislik faoliyatida nisbatan yangi soha hisoblanib, mamlakatimiz fan taraqqiyotida psixologiyaga oid ilmiy 139 tadqiqot ishlari psixologiya fanini o‘qitish, psixologik korreksiya va psixodiagnostika kabi an’anaviy amaliy ish shakllari bilan bir qatorda mustaqil faoliyat sohasi sifatida yaqinda ajralib chiqdi. So‘zsiz bu faoliyat mutaxassisdan maxsus juda chuqur bilim hamda kasbiy tayyorgarlikni talab etadi. Bu tayyorgarlikni oddiygina tashkil etish, yuqorida sanab o ‘tilgan bilim sohalari va malakalar bilan almashtirish mumkin emas, biroq psixolog maslahatchi uchun mazkur bilimlarning barchasi ham juda zarur. Psixologik maslahatlar sohasidagi bilimlar faqat amaliy psixolog bo‘lishni xohlovchilar uchun emas, balki ijtimoiy xizmat xodimlari va defektologlar (maxsus psixologiya sohasidagi mutaxassislar) uchun ham majburiy hisoblanadi. Hozirgi kunda mutaxassislarni tayyorlashda barcha oliy o‘quv yurti dasturlariga psixologik maslahat fani kiritilgan va yaqin kelajakda amaliyot bilan shug‘ullanuvchi psixologlar soni bo‘yicha respublikamiz dunyoning rivojlangan mamlakatlariga tenglashib oladilar, deb hisoblashga barcha asoslar mavjud. Psixolog-maslahatchining mijoz bilan uchrashuvi ko‘pincha bir ikki uchrashuv bilan cheklanmaydi. Ko‘pchilik hollarda mijoz bilan uch marta va lindan ko‘p uchrashib ancha uzoq muddat davomida maslahat berib borish talab etiladi. Bunday uzoq muddatli maslahatlarning zarurligi quyidagi odatiy hollarda yuzaga keladi: - Mijozning muammosi shunday murakkab bo‘Iadi-ki, birikki soat davomida uni tushunib olish deyarli mumkin emas. Mijozning bir emas, balki bir necha muammolari mavjud, ularning har birini hal etish alohida maslahatni talab etadi; - Taklif etilayotgan muammoning yechimi mijoz tomonidan darhol va to‘la mustaqil amalga oshirilishi mumkin emas va maslahatchi tomonidan qo‘shimcha yordam ko‘rsatishni talab etadi. - Mijozning individual xususiyatlari sababli psixoîog maslahatchi uning muammosini darhol va qo‘shimcha yordamsiz hal eta olishiga to‘la ishonmaydi. Agarda mijoz o‘ziga yetarlicha ishonmasa, o‘z hayajonlari va hulqini boshqara olmasa, agarda uning intellektual rivojlanish darajasi qiyin vaziyatlarda oqilona, to‘g‘ri yechimni mustaqil qabul qilish uchun yetarli bo‘lmaganda bunday hollar uchrab turadi. Psixologik xizmat faoliyati o‘quvchilar aqliy taraqqiyoti va shaxsiy xususiyatlarini tashxis qilishga, ta’lim-tarbiyadagi xatoliklaming psixologik sabablarini aniqlashga qaratilmasdan, balki bunday xato va kamchiliklarni yo‘qotish va oldini olishga qaratiladi. Bundan psixologning aniqlangan chetlashishlarni korreksiya qilishda faol ishtirok etish zarurligi kelib chiqadi. Psixologik xizmat faoliyati bolalar, yosh va pedagogik psixologiya, psixokorreksiya, psixologik maslahat sohasida timumiy psixologik va maxsus psixologik bilimlar olgan mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi. Psixologik xizmatga jalb qilingan pedagoglar bu mutaxassislikni olish uchun maxsus qayta tayyorgarlikdan o‘tishlari lozim. Psixologning maslahat berish rejasida quyidagi ishlar o‘z aksini topishi zarur: 140 1. Bolalar, o‘qituvchilar, talabalar ta’lim va tarbiyasi bilan sluig‘ullanuvchi barcha shaxslarga, jumladan, ma’muriyat (direktor, rektor, mudir) o‘qituvchilar, murabbiylar, ota-onalar, ijtimoiy va jamoatchilik tashkilotlari xodimlariga aniq, yaqqol masiahatlar berish. 2. Ta’lim, taraqqiyot, tarbiya, kasb tanlash va turmush iiurish, o‘zaro munosabat, muomala va muloqot sirlari, tengdoshlar va voyaga yetmaganlar munosabati, masalan, dunyoqarash, qobiliyat, iqtidor muammolari yuzasidan individual, guruhiy, jamoaviy tarzda masiahatlar uyushtirish. 3. Ma’muriyat, bolalar, o‘quvchilar hamda talabalar va ota-onalarga ularning ruhiy o‘sishi xususiyatlariga oid ma’lumotlar berishi, farzand asrab olish, onalik va otalikdan mahrum qilish ishlarida qatnashish, tashkilotlaming g‘amxo‘rlik va vasiylik to‘g‘risidagi qabul qilgan qarorlariga munosabat bildirishi lozim. 4.Ota-onalarga bolaning ruhiy rivojlanishi xususiyatlarini shaxs sifatida shakllanishi, o‘zaro munosabat maqomlari, bunda farzandlaming yoshi, jinsi, individual-tipologik xususiyatlari muammosi bo‘yicha ilmiy-amaliy masiahatlar beradi. 5. Maktab o‘quvchilari, o‘rta maxsus va kasb-hunar kolleji hamda akademik litsey talabalariga ularning imkoniyati, istiqboli to‘g‘risida ilmiy-amaliy xususiyatga molik masiahatlar berish: yoshlarni saralash, tanlash, kasbga yaroqlilik darajasini aniqlash, tanlov komissiyasida maslahatchi sifatida ishtirok etish. Mazkur ishlar o‘quvchilami maktab, kollej va litseylarda o‘qitish davomida psixologik-pedagogik jihatdan chuqurroq o‘rganishga yo‘naltirilgan bo‘lib, ularning individual xususiyatlarini, ta’lim-tarbiyadagi nuqsonlarning sabablarini 9 aniqlashga moijallangandir. Tashxis ishlari guruhiy yoki individual tarzda o‘tkaziladi. Bu asnoda amaliy psixolog quyidagi vazifalarni bajaradi. Yosh davr taraqqiyoti mezonlariga muvofiqligini aniqlash maqsadida psixolog bolalar, o‘quvchilar, maxsus maktab o‘quvchilarini, akdemik litsey va kasb-hunar kollejlari, oliy o‘quv yurti talabalarini psixologik tekshiruvdan o‘tkazadi, ularning bilim saviyalarini belgilaydi. O‘quvchilarning kasbiy yaroqliligini tashxis qiladi, ularning shaxs xislatlari, irodaviy sifatlari, his-tuyg‘ulari, o‘zini-o‘zi boshqarish imkoniyati, intellektual darajasini tekshiradi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Z.T. Nishonova,SH.Asomuddinova “PSIXOLOGIK MASLAHAT”. Toshkent.”Fan va texnologiyalar nashriyoti”.2021 yil.256 b 2. Z.T. Nishonova, G.K Alimova “PSIXOLOGIK XIZMAT PSIXOKORREKSIYA” .,Toshkent.”Fan va texnologiyalar nashriyoti”.2019 yil.435 b. 3. Xaydarov F.I., Xalilova N.“Umumiy psixologiya”.T.:Nizomiy nomidagi TDPU - 2010. 247-b. 141 4. Djumaniyazova M.X., Raximova E.R., Kutlimurotova N.R., Raximova Sh.A., Raximova G.I. Darslik. UMUMIY PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA. BROK CLASS SERVIS‖. Toshkent -2025 yil 5. G‘oziyev E.G‘. U mumiy psixologiya.. T. O‘qituvchi. 2010 y.