scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

IQTIDORLI OʻQUVCHILARNI TARBIYALASH VA RIVOJLANTIRISHNING PSIXOLOGIK JIHATLARI

Salayeva Latofat Ulugʻbek qizi

Abstract

IQTIDORLI OʻQUVCHILARNI TARBIYALASH VA RIVOJLANTIRISHNING PSIXOLOGIK JIHATLARI

Full text

185 IQTIDORLI OʻQUVCHILARNI TARBIYALASH VA RIVOJLANTIRISHNING PSIXOLOGIK JIHATLARI Salayeva Latofat Ulugʻbek qizi Xorazm viloyati Urganch shahri UrDU Sport faoliyati, pedagogika va psixologiya kafedrasi oʻqituvchisi. Annotatsiya. Mazkur maqolada iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash, ularning qobiliyatlarini rivojlantirish va psixologik qo‘llab-quvvatlash masalalari yoritilgan. Iqtidor tushunchasi, uning psixologik xususiyatlari hamda iqtidorli o‘quvchilarga xos individual jihatlar tahlil qilingan. Shuningdek, ta’lim-tarbiya jarayonida individual yondashuv, motivatsiyani shakllantirish, ijodkorlikni qo‘llab-quvvatlash, emotsional va ijtimoiy moslashuvni ta’minlashning ahamiyati ko‘rsatib o‘tilgan. Kalit soʻzlar: iqtidorli o‘quvchi, qobiliyat, ijodkorlik, individual yondashuv, psixologik qo‘llab-quvvatlash, motivatsiya, ta’lim-tarbiya, intellektual salohiyat, emotsional rivojlanish, ijtimoiy moslashuv. Annotation. This article highlights the issues of identifying gifted students, developing their abilities, and providing psychological support. The concept of giftedness, its psychological characteristics, as well as the individual traits specific to gifted students are analyzed. In addition, the importance of applying an individual approach in the educational process, fostering motivation, supporting creativity, and ensuring emotional and social adaptation is emphasized. Key words. gifted student, ability, creativity, individual approach, psychological support, motivation, education and upbringing, intellectual potential, emotional development, social adaptation. Аннотация. В данной статье освещаются вопросы выявления одарённых учащихся, развития их способностей и оказания психологической поддержки. Анализируется понятие одарённости, её психологические особенности, а также индивидуальные характеристики, присущие одарённым школьникам. Кроме того, показано значение индивидуального подхода в учебно-воспитательном процессе, формирования мотивации, поддержки креативности, обеспечения эмоциональной и социальной адаптации. Ключевые слова. одарённый ученик, способности, креативность, индивидуальный подход, психологическая поддержка, мотивация, обучение и воспитание, интеллектуальный потенциал, эмоциональное развитие, социальная адаптация. XXI asr – bilim va intellekt asri hisoblanadi. Bugungi kunda jamiyat taraqqiyoti, mamlakatning raqobatbardoshligi hamda millat kelajagi, eng avvalo, yoshlarning qobiliyat va salohiyatidan kelib chiqadi. Shu boisdan ham ta’lim-tarbiya tizimida 186 iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash, ularni maqsadli qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish masalasi dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Har bir bola tabiatan o‘ziga xos qobiliyat va imkoniyatlarga ega bo‘lib tug‘iladi. Ammo bu imkoniyatlarning to‘liq namoyon bo‘lishi ko‘p jihatdan oiladagi muhit, maktabdagi ta’lim-tarbiya, pedagog va psixologlarning yondashuvlariga bevosita bog‘liq. Ayniqsa, iqtidorli o‘quvchilar odatiy metod va yondashuvlar bilan emas, balki maxsus pedagogik hamda psixologik qo‘llab-quvvatlash orqali yanada samarali rivojlantirilishi mumkin. Psixologik tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, iqtidorli o‘quvchilarda intellektual faoliyat yuqori bo‘lsa-da, emotsional sohada muayyan qiyinchiliklar kuzatilishi mumkin. Masalan, ular ba’zida tengdoshlari bilan muloqot qilishda qiynaladi, haddan tashqari talabchanlik yoki o‘ziga xos xulq-atvor ko‘rsatadi. Shu sababli ularning tarbiyasida nafaqat bilim berish, balki psixologik muvozanatni ta’minlash ham muhim hisoblanadi. Har bir o‘quvchining shaxsiy xususiyatlari va qiziqishlaridan kelib chiqib, uning intellektual hamda ijodiy salohiyatini rivojlantirish ta’lim-tarbiya jarayonining eng murakkab, ammo zaruriy jihatlaridan biridir. Chunki bugungi davr ta’limi o‘quvchidan faqat bilimlarni o‘zlashtirishni emas, balki mustaqil fikrlash, ijodiy yondashuv va keng dunyoqarashni talab etadi. Shuning uchun o‘quvchi shaxsini rivojlantirishda individual yondashuv asosiy tamoyil bo‘lib qolmoqda. Pedagogik yoki psixologik uslubni mukammal anglab yetish va uni to‘liq amaliyotga tadbiq etish murakkab jarayon sanaladi. Ammo jarayonni oldindan to‘g‘ri loyihalash, ya’ni har bir bola uchun individual ta’limiy va tarbiyaviy yo‘lni belgilab olish yanada samarali natija beradi. Shu bois, iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlashda ularning qobiliyatini hisobga olgan holda individual dastur asosida yondashish eng to‘g‘ri yo‘ldir. Agar bola ta’lim jarayonida topshiriqlarni yengil va tez bajarsa, unda quyidagi belgilar kuzatiladi: rivojlangan mantiqiy tafakkur, kuchli kuzatuvchanlik, mustahkam xotira, yuqori darajadagi qiziquvchanlik, o‘z fikrini ravon ifodalash qobiliyati, matematik va mantiqiy amallarni mustaqil bajarish, keng dunyoqarash. Bu belgilar bolaning bilish jarayonlari yuqori darajada shakllanganini bildiradi va ularga kattalar tomonidan alohida e’tibor berilishi zarurligini ko‘rsatadi. Iqtidorli o‘quvchilar, odatda, quyidagi jihatlar bilan ajralib turadi: ijodkorlikka moyillik, o‘ziga xos va original fikrlash, hazil-mutoyibani anglash, bilim olishga doimiy intilish, cheksiz qiziquvchanlik, boy tasavvur hamda ijodiy, tasviriy yoki musiqiy faoliyatda o‘zini namoyon eta olish. Shuningdek, ular ko‘pincha tengdoshlariga qaraganda mustaqilroq bo‘ladi va kattalar bilan muloqot qilishga ko‘proq intiladi. Biroq ba’zi hollarda ota-onalar farzandlarining bu kabi o‘ziga xos xatti- 187 17 Gʻoziyev E.Gʻ. Oliy maktab psixologiyasi. T., „Universitet“ 1997. 87-b. harakatlaridan xavotirga tushishi mumkin. Masalan, bolaning ortiqcha qiziquvchanligi, ko‘plab “Nega?”, “Nima uchun?” kabi savollar berishi ota-onani qiynashi, hattoki ularni jahldor qilishi mumkin. Bunday vaziyatlarda ba’zi ota-onalar bolaga tanbeh berish yoki jazolash yo‘lini tanlaydi. Natijada esa boladagi tabiiy qiziquvchanlik va ijodiy salohiyat so‘nishi mumkin. Shu sababli ota-onalar va pedagoglar iqtidorli bolalarning noodatiy savollari va xatti-harakatlariga to‘g‘ri yondashishi, ularni rag‘batlantirishi va rivojlantirishga ko‘maklashishi zarur. Iqtidorli bolalarning ota-onalari bilan suhbatlashilganda, ko‘pincha ularning farzandlaridan barcha sohada yetakchi bo‘lishini xohlashlariga guvoh bo‘lamiz. Masalan, ayrim ota-onalar: “Farzandim qobiliyatli bo‘lsa, nega o‘qishga qiziqmaydi?” degan savolni berishadi. Bu kabi qarashlar ota-onalarning boladan haddan tashqari yuqori talablar kutayotganidan dalolat beradi17. Amaliyotda shunday holatlar ham uchraydiki, ota-onalar o‘z farzandini biror faoliyat bilan ortiqcha shug‘ullanishga majbur qiladilar. Natijada bola o‘sha mashg‘ulotdan tezda charchaydi, hattoki unda mazkur faoliyatga nisbatan nafrat paydo bo‘lishi mumkin. Holbuki, bola tabiatan turli davrlarda turlicha qiziqishlarga ega bo‘ladi. Agar unga ozgina vaqt berilsa, u o‘zining tabiiy qiziqishidan kelib chiqib, shu mashg‘ulotni keyinchalik o‘zi xohlab davom ettirishi ehtimoldan xoli emas. Psixologlarning ta’kidlashicha, iqtidorli bolalarning intellektual yoki jismoniy ehtiyojlari uzoq vaqt davomida qondirilmasa, bu holat bolaning emotsional muvozanatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Natijada unda turli nevrotik holatlar, ruhiy beqarorlik yoki o‘ziga bo‘lgan ishonchning pasayishi yuzaga keladi. Shuning uchun ota-onalar farzandning qiziqishlari va qobiliyatlarini inobatga olib, majburlash o‘rniga ularni rag‘batlantirishi, faoliyatini erkin tanlashiga imkon berishi lozim. Agar bola iqtidorli bo‘lsa, u holda: -uning qiziqishi, ijodkorlikni, fikrlar originalligini qo‘llabquvvatlash kerak; -bolaning o‘z sevimli mashg‘ulot yoki o‘yin turini tanlashiga va o‘z fikrini bayon etishiga imkon berish lozim; -bola sizga emas siz unga moslashishingiz kerakligini unutmaslik kerak; -tengdoshlari va kattalar bilan munosabatlardagi muammolarni bartaraf etishda yordam berish kerak; -o‘zi kabi har tomonlama rivojlangan do‘stlari bo‘lishiga ahamiyat berish kerak; -bolani har doim ham g‘olib bo‘lishiga ortiqcha intilmaslik lozim, aks holda boshqa bolalar, tengdoshlari uni yomon ko‘rib qolishlari mumkin; -boladan har doim va hamma sohada birinchi bo‘lishini, maktabda esa a’lochi bo‘lishi kerakligini talab qilish noto‘g‘ri ,chunki maktabda a’lo baholarga o‘qish har 188 18 Karimova V.M. Psixologiya. Oʻquv qoʻllanma.T., A Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, ,,OʻAJBNT“ markazi, 2002. 205b. doim ham iqtidorli bo‘lishga bog‘liq emasligi isbotlangan18. Xulosa qilib aytganda, iqtidorli o‘quvchilarni tarbiyalash va rivojlantirish jarayoni murakkab bo‘lsa-da, u jamiyat taraqqiyotida hal qiluvchi ahamiyatga ega. Har bir iqtidorli bola – bu kelajakda jamiyatga katta foyda keltiradigan salohiyat egasi. Shu sababli ularning qobiliyatini erta aniqlash, psixologik qo‘llab-quvvatlash va individual yondashuv asosida rivojlantirish ta’lim-tarbiya tizimining eng muhim vazifalaridan biri bo‘lib qoladi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘xyati: 1. Gʻoziyev E.Gʻ. Oliy maktab psixologiyasi. T., „Universitet“ 1997. 87-b. 2. Karimova V.M. Psixologiya. Oʻquv qoʻllanma.T., A Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, ,,OʻAJBNT“ markazi, 2002. 205b. 3. Karimova V.M., Akramova F.A. „Psixologiya“. 1 -qism. Ma’ruzalar matni. T., TDIU, 2005. 208b. 4. KarimovaV.M., Akramova F.A. „Psixologiya“. 2-qism. Ma’ruzalar matni. T., TDIU, 2005. 125b. 5. www.Ziyonet. Uz 6. www. tdpu. Uz