scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

KASBIY IDENTIFIKATSIYANI RIVOJLANTIRISHNING PSIXOLOGIK STRATEGIYALARI

Kurbonov Munis Umirbekovich

Abstract

KASBIY IDENTIFIKATSIYANI RIVOJLANTIRISHNING PSIXOLOGIK STRATEGIYALARI

Full text

192 KASBIY IDENTIFIKATSIYANI RIVOJLANTIRISHNING PSIXOLOGIK STRATEGIYALARI Kurbonov Munis Umirbekovich Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetining mustaqil izlanuvchisi Annotatsiya: Ushbu maqolada bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarining kasbiy identifikatsiyasini shakllantirish va rivojlantirishning psixologik strategiyalari tahlil etiladi. Shaxsiy o‘sish, kasbiy motivatsiya, o‘zini anglash, kasbiy qadriyatlar kabi omillar asosida kasbiy identifikatsiya jarayoniga ta’sir etuvchi psixologik yondashuvlar aniqlangan. Tadqiqotda innovatsion metodlar va psixologik treninglar orqali kasbiy identifikatsiyani rivojlantirish mexanizmlari asoslab beriladi. Kalit so‘zlar:kasbiy identifikatsiya, psixologik strategiyalar, motivatsiya, o‘zini anglash, kasbiy tayyorgarlik. Bugungi kunda ta’lim tizimida sifatli o‘zgarishlarga erishish uchun pedagogik kadrlarning nafaqat bilim darajasi, balki ularning kasbiy identifikatsiyasi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, kasb ta’limi yo‘nalishidagi bo‘lajak o‘qituvchilarning o‘z kasbiga nisbatan munosabati, o‘zini shu kasb vakili sifatida qabul qilishi – bu ularning kasbiy identifikatsiya jarayonining muhim bosqichidir. Mazkur maqolada shu jarayonni rivojlantirishga xizmat qiluvchi psixologik strategiyalar tahlil qilinadi. Yangi O‘zbekistonning 2022-2026-yillarga taraqqiyot strategiyasining to‘rtinchi bo‘limida quyidagicha ta’kidlangan, maktablarda ta’lim sifatini oshirish, pedagogkadrlarning bilimi va malakasini xalqaro darajaga olib chiqish. Maktablarni rivojlantirish milliy dasturini joriy etish orqali xalq ta’limi tizimida qo‘shimcha 1,2 million o‟quvchi o‘rni yaratish. 2026-yilga qadar o‘quv dasturlari va darsliklarni ilg‘or xorijiy tajriba asosida to‘la qayta ko‘rib chiqib, amalda joriy etish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Bugungi kunda ta’lim tizimi tezkor o‘zgarishlar va innovatsiyalar davrida faol ishtirok etishni talab qiladi. O‘qituvchilarning kasbiy identifikatsiyasini mustahkamlash ularni yangi pedagogik texnologiyalar va metodlarga ochiq, o„zgarishlarga tayyor shaxslar sifatida shakllantirishga yordam beradi. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari bolalarning birinchi ta’lim olish bosqichida ularning dunyoqarashi, axloqiy-ijtimoiy qadriyatlarini shakllantirishda asosiy rol o‘ynaydi. Shuning uchun, ularning kasbiy identifikatsiyasi darajasi jamiyatning kelajak avlodini tarbiyalash va madaniy rivojlanishida katta ahamiyat kasb etadi. Ushbu omillarni chuqur o‘rganish va qo‘llash orqali ta’lim tizimida sifatli o‘zgarishlarga erishish mumkin bo‘ladi.Shuningdek, o‘qituvchilarning shaxsiy va professional rivojlanishi, dars berish jarayonining innovatsion yondoshuvlar bilan boyitilishi umumiy ta’lim tizimining yanada mustahkamlanishi ta’minlanadi. 193 Kasbiy identifikatsiya – bu shaxsning o‘zini ma’lum bir kasb vakili sifatida anglash jarayonidir. Bu jarayon orqali shaxs o‘zining kasbiy qadriyatlarini, vazifalarini va ijtimoiy rolini chuqur anglaydi. Zamonaviy psixologiyada kasbiy identifikatsiyaga individual, ijtimoiy-psixologik, madaniy va motivatsion yondashuvlar mavjud. Kasbiy ma’lumot bilan ta’minlanganlik shakllari –kasbiy axborotga egalik qilish shunday yo‘lga qo‘yilishi kerakki, bunda o‘quvchilar kasb haqida kerakli bilimlarga ega bo‘lsinlar hamda keyinchalik shu bilimlar kasbiy jihatdan o‘zini o‘zi aniqlash chog‘ida asos bo‘lib xizmat qilsin. O‘quvchilar tomonidan istalgan axborotga xususan, kasbiy yo‘nalgan xarakteridagi axborotga egalik ma’lum bir shartlarga rioya qilingandagina samarali bo‘ladi. Birinchidan o‘quvchilarda kasbiy axborotli materialni idrok qilishga ijobiy munosabatni shakllantirish lozim. O‘quvchilar uchun taklif etilayotgan ma’lumotlar ular uchun tushunarli bo‘lishi lozim. Ma’lumotli material ham mazmunan ham shaklan o‘quvchilarning yosh va ta’lim olish xususiyatlarini hisobga olgan holda berilishi kerak. Ma’lumotni berishda maxsus terminalogiya yoki texnologik ma’lumotlar haddan ziyod ko‘p bo‘lmasligi ma’qul, chunki u tushunarsiz bo‘lib qolishi mumkin. Ikkinchidan o‘quvchilarda kasbga nisbatan ongli adekvat munosabatni shakllantirish uchun axborotni to‘g‘ri yetkazish lozim. U nafaqat tushunarli balki ob’ektiv bo‘lmog‘i lozim. Kasbiy ma’lumotni samarali amalga oshirish uchun kasbga yo‘naltiruvchi psixolog quyidagilarga amal qilishi kerak: -hududning kadrlarga bo‘lgan hamda ishlab chiqarishning kelajakdagi va hozirgi kun talablarini bilish; -ma`lumotli materiallarni zamonaviy tarzda tayyorlash ya’ni o‘quv qo‘llanmala, kasbga yo‘naltirish varoqlari va boshqalar. -kasbiy yo‘nalganlik bo‘yicha tavsiya etiladigan adabiyotlar ro‘yxatiga ega bo‘lish. Kasbiy tayyorgarlik deganda “faoliyatning ma’lum bir sohasidagi ishlarni bajarishga imkon beradigan maxsus bilim, ko‘nikma va malakalar majmui tushuniladi. Kasbiy tayyorgarlik mehnat jarayonida, malaka oshirish tizimida va o‘z-o‘zini tarbiyalash orqali takomillashtiriladi [1]. Oliy ta’lim tizimida barcha kasblar bo‘yicha malakali mutaxassislarni tayyorlashni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi. Ta’lim muassasalarida o‘quv jarayoni ta’lim oluvchilarning individual va yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda tashkil etiladi. Psixologik strategiyalar – bu shaxsning o‘zini rivojlantirish, muammolarni hal qilish va maqsadlarga erishishdagi ongli yo‘llaridir. Kasbiy identifikatsiyani rivojlantirishda quyidagi strategiyalar muhim: ·O‘z-o‘zini anglash strategiyalari ·Motivatsion strategiyalar ·Emosional barqarorlik strategiyalari ·Ijtimoiy rollarni o‘zlashtirish strategiyalari 194 Bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarining kasbiy identifikatsiyasini rivojlantirishda psixologik treninglar, refleksiv suhbatlar, mentorlik tizimi, kasbiy faoliyatga yaqinlashtirish (praktik mashg‘ulotlar) asosiy rol o‘ynaydi. Ularning kasbiy orientatsiyasini kuchaytirish uchun o‘z-o‘zini baholash texnikalari, kasbiy ideal modellarni o‘rganish muhim. Pedagogik faoliyatni yetarlicha yuqori darajada amalga oshira oladigan, o‘quvchilarning o‘qitilganligi va tarbiyalanganligida yaxshi natijalarga erishadigan hamda shaxs sifatida o‘zini yuzaga chiqara oladigan o‘qituvchi kasbiy kompetentli bo‘lib hisoblanadi [12-18]. - kasbiy pedagogik bilimlar bilan; - kasbiy pedagogik mahorat bilan; - o‘qituvchining ham bilish sohasiga, ham motivatsion sohasiga tegishli bo‘lgan kasbiy ahamiyatli sifatlari bilan; - kasbiy pedagogik pozitsiyasi bilan; - o‘qituvchining xulq-atvorini belgilaydigan (o‘quvchilarga, o‘ziga, hamkasblariga) barqaror munosabatlari tizimi bilan. O‘qitish jarayonida shakllantiriladigan bilim, mahorat va ko‘nikmalar ko‘pincha real hayotdagi vaziyatlarda keraksiz bo‘lib qoadi. Ularning bunday o‘ziga xosligi bo‘lajak o‘qituvchilarning eng birinchi o‘rinda, moslashuvchan, mobil bilimlari va ulardan turli xil, shu jumladan, tipik bo‘lmagan vaziyatlarda ham foydalana olish mahoratining shakllantirilishiga qaratiladigan kasbiy hamda metodik tayyorgarligi mazmuniga bo‘lgan o‘ziga xos talablarni birinchi o‘ringa olib chiqadi Shaxs kasbda o'rganishni kuzatish uchun ijtimoiy rollarni o'rganish juda muhim. Bo'lajak o'qituvchilarni real o'quv muhitiga yaqinlashtirish orqali ular o'qituvchi sifatida dizayn qila oladi. amaliyotlar natija beradi: Pedagogik amaliyot – maktabda yoki kollejda amaliy mashg'ulotlar olib borish; Mentorlik dasturlari – tajribali ustozlar bilan “junior-senior” uslubidagi hamkorlik; Rol o'yinlari va treninglar – talabalarning muayyan pedagogik o'zini sinab ko'rishi. Bu strategiyalar talabaning kasbiy o'zligiga chuqurroq kirib borishiga xizmat qiladi. Bo'lajak o'qituvchining kasbiy identifikatsiyasi faqat tajriba tajribalarga emas, balki stress va harakatga qarshi turishga harakat qilish ham bog'liq. Stressni yengish bo'yicha davolash treninglar , Hissiy intellektni rivojlantiruvchi mashg'ulotlar , Jamoaviy qo'llab-quvvatlashni tashkil qilish zarur. Bu xodimlar orqali talabalarda yordamlik, ishonch va barqarorlik rivojlanadi. Har bir kasbiy talaba o'zining kasbiy yo'lini portfelini ko'rsatishda olib borishi tavsiya qilish. Portfolio kiritiladi: Yozilgan esse, kasbiy reja va rejalar; O'tilgan treninglar, mahorat darslari, amaliyot usullari; 195 O'zo'zini materiallar va mulohazalar. Bu usul o'zgarish va o'sish dinamikasini talabaning o'zi nazorat qilish uchun imkoniyatlari.2024–2025 o‘quv yilida Urganch Davlat Universitetining texnologik ta’lim yo‘nalishi talabalari o‘rtasida psixologik strategiyalarga asoslangan metodik eksperiment o‘tkazildi. Natijada, strategiyalarni qo‘llagan guruhda kasbiy identifikatsiya ko‘rsatkichlari 24% ga oshgan. Kasbiy identifikatsiyani shakllantirish va rivojlantirish uzoq muddatli psixologik jarayon bo‘lib, bu jarayonga tizimli yondashuv zarur. Ta’lim muassasalarida individual psixologik yondashuvlar, muntazam treninglar va motivatsion dasturlarni joriy etish – bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy o‘sishini ta’minlaydi. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Бодалев А.А. Личность и общение. — М.: Педагогика, 1981. 2. Абульханова-Славская К.А. Стратегии жизни. — М.: Мысль, 1991. 3. Маркова А.К. Психология профессионализма. — М.: Знание, 1996. 4. Эркинаева Н. Касбий психологик tayyorgarlik asoslari. – Тошкент: TDPU, 2020 5. Mahkamova Z. Kasbiy rivojlanishning psixologik mexanizmlari. — Samarqand, 2021. 6.Ginzburg M. Professional Identity: Development and Research Trends. — Psychology Journal, 2018. 7.Хасанов, А.А. Межпредметные связи и их функции / А.А. Хасанов // Отечественная и зарубежная педагогика. – 2012. - № 2 (5). – С. 130-132. 8. Жаббаров Рустам Равшанович (2019) Использование педагогического потенциала народных художественных промыслов как средства развития творческих способностей учащихся. INTERNATIONAL SCIENTIFIC PRACTICAL CONFERENCE "Improvement of the state and non-state preschool education sectors: new forms and education content". pp-144-146. 9. Абдуллина О. А. Общепедагогическая подготовка учителя в системе высшего педагогического образования / О. А. Абдуллина. М.: Просвещение, 1990. 141 с. 10.Чернявская А.П. Психологическое консультирование по профессиональной ориентации. М., 2001.