TALABALARDA PSIXOLINGVISTIK BILIMLARNING AHAMIYATI
Abstract
TALABALARDA PSIXOLINGVISTIK BILIMLARNING AHAMIYATI
Full text
300 TALABALARDA PSIXOLINGVISTIK BILIMLARNING AHAMIYATI A.K.Shamshetova Psixologiya fanlari doktori (DSc) O‘zDJTU Annotatsiya.Ushbu ilmiy maqolada talaba chet tillarni o‘rganishda psixolingvistik bilimlarini bilishi, unda tilshunoslik va lingvistik o‘zaro bog‘liqligi haqida bilimlarni olib borish ahamiyati aytilgan. Psixolingvistikaning nazariy va amaliy ilmiy izlanishlarini amaliyotga tadbiq etish zarurligi ko‘rsatilgan. Kalit so‘zlar: psixolingvistika, nazariy psixolingvistika, amaliy psixolingvistika, nutq afaziyasi, nutq faoliyati, tillarni o‘zlashtirish jarayonlari Аннотация. В данной научной статье говорится о том, что студент владеет психолингвистическими знаниями при изучении иностранных языков, о важности проведения в них лингвистических и лингвистических взаимосвязей. Указывается на необходимость применения на практике теоретических и практических научных исследований психолингвистики. Ключевые слова: Психолингвистика, теоретическая психолингвистика, прикладная психолингвистика, речевая афазия, речевая деятельность, процессы овладения языком Annotation. This scientific article states that a student has psycholinguistic knowledge when learning foreign languages, and the importance of conducting linguistic and psycholinguistic research. It also emphasizes the need to apply theoretical and practical research in psycholinguistics. Keywords: Psycholinguistics, theoretical psycholinguistics, applied psycholinguistics, speech aphasia, speech activity, language acquisition processes Psixolingvistika inson tafakkuri, nutqi va til o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni o‘rganuvchi fan sohasi bo‘lib, u psixologiya va tilshunoslik fanlarining tutashgan nuqtasida shakllangan. Bugungi kunda talabalar uchun psixolingvistik bilimlarning ahamiyati nihoyatda katta, chunki bu bilimlar nafaqat nutq madaniyatini shakllantirish, balki tafakkur, muloqot va ta’lim jarayonida samaradorlikni oshirishga ham xizmat qiladi . Psixolingvistik bilimlar talabaga nutq va tafakkur o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni tushunishga yordam beradi. Bu esa talabaning fikrlash jarayonini aniq, mantiqiy va izchil shaklda ifodalash ko‘nikmasini rivojlantiradi. Chet tilini o‘rganishda psixolingvistik yondashuv o‘quvchilarga tilni tezroq o‘zlashtirish, so‘z va jumlalarni idrok etish, xotirada saqlash va qayta tiklash jarayonlarini samarali tashkil etishga yordam beradi. Psixolingvistik bilimlar orqali talabalar muloqot jarayonining psixologik mexanizmlarini diqqat, xotira, motivatsiya, hissiyot va idrokni chuqurroq anglaydi. Bu esa ularda kommunikativ kompetensiyani, ya’ni samarali muloqot qilish qobiliyatini rivojlantiradi
301 Tilshunos mutaxassislar ona tili bilan birga xorijiy tillarni o‘zlashtirishda ham ba’zi psixologik to‘siqlarni ko‘p uchrayotganini keltirib o‘tadi. Bizga ma’lumki, bilingvlarning til o‘rganishi mushkul masala. Psixolog olimlar agar bola ikki va undan oshiq tilda so‘zlashiladigan oilada o‘ssa, u ikkala tilni ham bemalol o‘rgana oladi va ushbu tillarda ravon so‘zlashadi-deb ta’kidlab o‘tishadi. Tilshunoslikda psixologiya tillarni o‘zlashtirishda qisman ishtirok etadi yoki qisman psixologiyadan foydalanamiz deb hisoblamaslik kerak. Psixologiyada alohida psixolingvistika yo‘nalishi lingvistik fanlarga tegishli bo‘lgan murakkab fan sifatida o‘rganiladigan sohalardan, chunki u nutqni o‘sishi, tilni o‘zlashtirish jarayonlarini psixik hodisa sifatida o‘rganadi. Psixolingvistika bu psixologik va lingvistik jihatlarni o‘rganadigan fan hisoblanib, inson nutq faoliyati, individual xususiyati, fikrlash qobiliyati bilan bog‘liq o‘rganiladi. A.A.Leontev psixolingvistika maktabining asoschisi va zamonaviy psixolingvistikaning yetakchi nazariyotchisi hisoblanadi, u psixolingvistikaning predmeti umuman nutq faoliyati va uni kompleks modellashtirish qonuniyatlarini o‘rganib berishgan. Psixolingvistik bilimlarni qo‘llash sohalari har xil va nazariy bilimlarni qayerda qo‘llash mumkinligini tasavvur qilish qiyin, ammo shu bilan birga ularni qo‘llash doirasi juda keng. Jumladan: Ona va chet tillarini o‘qitish metodikasini ishlab chiqishda, nutq patologiyalarini davolash yoki tuzatish uchun psixolingvistikadan foydalanish (tug‘ma yoki orttirilgan), bayonotlarni yozishda, matnning muallifligini aniqlashda va boshqada sohalarda qullab kelishadi. Psixolingvistika yozuvchilar va jurnalistlarga matn tuzishda, matn uslubini tanlash, hissiy komponentlarga e’tibor qaratishiga potensial o‘quvchilarni izlashga amaliy yordam berib keladi. Bundan tashqari, turli davrlar uchun dolzarb bo‘lgan umumiy ilmiy yondashuvlar dinamikasini va u yoki bu tomondan qo‘yilgan aniq tadqiqot vazifalarini hisobga olgan holda, birinchi navbatda nutqni ishlab chiqarish va tushunishda tilni o‘zlashtirish va tilning ishlashi muammolari ko‘rib chiqiladi. Psixolingvistik tadqiqotlar metodologiyasi, nutqni yeshitish va o‘qishdan tushunishdagi farqlar, tovushli nutqni idrok yetish, so‘zlarni yeshitishdan tanib olish, o‘qiyotganda so‘zlarni tanib olish, noaniq so‘zlarni qayta ishlashda kontekstning roli, jumlalarni qayta ishlash, majoziy tilni tushunish ham o‘rganib keladi. Muloqot jarayonlarida nutq, fikr tushunchalarini talqin qilishda yangi yondashuvlarni hisobga olgan holda so‘zning ma’nosiga katta e’tibor beriladi. Insonning ichki intellektual faoliyati qanday shakllanishi va yuzaga kelishini ham tushuntirish zarurdir. Nutq yoki nutq muammolari bilan shug‘ullanadigan har qanday mutaxassis uchun nutqning shakllanishi, nutq faoliyati amalga oshirilishi va aloqa jarayoni qanday sodir bo‘lishini tushunish kerak. Masalan, nutq terapevtlari, nutqni tuzatish, nutq patologlarini o‘z vaqtida aniqlash va boshqada psixologik baryerlarni aniqlash va ularni korreksiya qilish ishlari davr talabiga mos kelishi lozim.
302 Bizga ma’lumki, nutq faoliyati uning o‘ziga xosligi, nutq faoliyati usullarini, nutq shakllari va uning funksiyalarini keng o‘rganib borishni talab qiladi. Tadqiqotlarda inson nutqining lingvistik va psixologik xususiyatlari, odamlar o‘rtasidagi muloqotda til qanday ishlatilishi, tilning ijtimoiy, psixologik va siyosiy xususiyatlari batafsil o‘rganilgan. Shunday bo‘lsada, nutq faoliyatini amalga oshirishda bir qator muammolar haligacha o‘z yechimini kutmoqda. Masalan, kommunikativ faollikni ta’minlashda, sababi inson hayotida barcha nutq shakllari muhim o‘rin tutadi, ular ma’lum bir maqsadda ishlatiladi. Inson nutqi bir vaqtning o‘zida dunyoqarashni, ijtimoiy yehtiyojni, aqliy va tashqi sharoitlarni birlashtiradi. Psixolingvistika sohasi xorijiy tillarni o‘zlashtirayotgan bir davrda talaba yoshlarga nazariy, amaliy jihatdan yordam beradi. Psixolingvistikaning nazariyasida nutq psixologiyasi, badiiy adabiyot va she’riyatning yuzaga chiqishini ilmiy tushuntirib berishga harakat qiladi. psixolingvistikaning amaliy jihati til o‘rganish muammolari, nutqni rivojlantirish patologiyasi va nutq faoliyati muammolarini o‘rganib berishadi. Bunda nutq afaziyalari, nutq korreksiyalari mashqlarini beradi. Kelajakda o‘qituvchi, psixolog, tarjimon yoki jurnalist sifatida faoliyat yurituvchi talaba uchun psixolingvistik bilimlar zaruriy nazariy va amaliy tayanchdir. Ular inson psixikasini, nutq xatti-harakatlarini tushunib, o‘quvchi yoki suhbatdosh bilan to‘g‘ri munosabat o‘rnatadi. Ushbu ilmiy yo‘nalish doirasida tilshunoslik va psixologiyaning falsafiy masalalari, til va ong, til va tafakkurning o‘zaro ta’siri o‘rganiladi. Til va psixikaning o‘zaro aloqasini bilgan talaba o‘z nutqini ongli ravishda nazorat qiladi, so‘z boyligini to‘g‘ri qo‘llaydi, nutqidagi psixologik holatlarni boshqara oladi. Bu esa ijtimoiy muloqotda ishonch va muvaffaqiyat keltiradi.Fanlararo psixolingvistikaga quyidagi ilmiy sohalarni ham kiritish mumkin: etnopsixolingvistika – turli madaniyatlar va yetnik guruhlarning lingvistik ko‘rinishlari. Sosiolingvistika-jamiyatning turli qatlamlari o‘rtasidagi lingvistik faoliyatdagi farqlar, ularning lingvistik xattiharakatlari. Ko‘rib turganimizdek, psixolingvistika inson faoliyatining turli sohalarida keng qo‘llaniladi. Psixolingvistik bilimlar talabalar uchun nutqni to‘g‘ri idrok etish, ifodalash va boshqarish,fikrlashni takomillashtirish,muloqot madaniyatini rivojlantirish kabi jihatlarda katta ahamiyatga ega. Bu bilimlar nafaqat ta’lim jarayonida, balki hayotiy va kasbiy faoliyatda ham muhim poydevor bo‘lib xizmat qiladi. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Ахманова О.С. Словарь лингвистических терминов. М., «Сов. Энциклопедия», 1966. 2. Леонтьев А.А. Основы психолингвистики. М.: "Смысл", 1999.
303 3. Shamshetova A.K . Xorijiy tillarni o‘qitishning motivasion yondashuvlari. Ilmfan innovatsiya 2024. Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya to‘plami. 2024 yil 25 aprel.