INTELLEKTUAL MULKKA EGALIK HISSINING PSIXOLOGIK ASOSLARI
Abstract
INTELLEKTUAL MULKKA EGALIK HISSINING PSIXOLOGIK ASOSLARI
Full text
304 INTELLEKTUAL MULKKA EGALIK HISSINING PSIXOLOGIK ASOSLARI Shamshetov J.K Nizomiy nomidagi O‘zMPU tadqiqotchisi Annotatsiya. Maqolada intellektual mulkka egalik hissining psixologik mohiyati, uning shakllanish jarayonlari, motivatsion va emotsional omillari tahlil etiladi. Shuningdek, talabalarda ijodiy faoliyat orqali intellektual mulkka egalik tuyg‘usini rivojlantirishning psixologik mexanizmlari yoritilgan. Kalit so‘zlar: intellektual mulk, egalik hissi, ijodiy tafakkur, motivatsiya, o‘zini anglash, shaxsiy identifikatsiya. Аннотация. В статье анализируется психологическая сущность чувства собственности на интеллектуальную собственность, процессы ее формирования, мотивационные и эмоциональные факторы. Также освещаются психологические механизмы развития у учащихся чувства владения интеллектуальной собственностью через творческую деятельность. Ключевые слова: интеллектуальная собственность, чувство собственности, творческое мышление, мотивация, самосознание, личностная идентичность. Abstract. The article analyzes the psychological essence of the feeling of ownership of intellectual property, the processes of its formation, and the motivational and emotional factors. It also highlights the psychological mechanisms of developing a sense of ownership of intellectual property through creative activity among students. Keywords: intellectual property, sense of ownership, creative thinking, motivation, self-awareness, and personal identity. Zamonaviy jamiyatda insonning intellektual salohiyati, ijodkorlik darajasi va yangilik yarata olish qobiliyati eng muhim qadriyatlardan biri hisoblanadi. Har bir inson o‘z aqliy mehnati mahsulini yaratganida, u bilan ichki psixologik bog‘liqlik hosil qiladi. Shu jarayonda intellektual mulkka egalik hissi shakllanadi. Bu hissi insonning o‘zini ijodkor, muallif yoki yangilik yaratuvchi sifatida anglashiga, shaxsiy o‘zlikni ifodalashiga xizmat qiladi. Shunday qilib, egalik hissi bu faqat huquqiy tushuncha emas, balki psixologik fenomen sifatida ham o‘rganilishi lozim bo‘lgan muhim jarayondir. Intellektual mulkka egalik hissining mohiyati Egalik hissi shaxsning “bu meniki” degan ichki ishonchini bildiruvchi psixologik tuyg‘u bo‘lib, u moddiy narsalarda ham, nomoddiy (intellektual) mahsulotlarda ham namoyon bo‘ladi. Intellektual faoliyat natijasida yaratilgan g‘oya, matn, loyiha yoki ilmiy ish inson ongida uning shaxsiy mehnati bilan bog‘lanadi. Shu orqali shaxs o‘z ijodiy faoliyatining subyekti sifatida namoyon bo‘ladi. Egalik hissining shakllanishida psixologik omillarga e’tibor beriladi.
305 Intellektual mulkka egalik hissining shakllanishida quyidagi psixologik omillar muhim rol o‘ynaydi. Ular, motivatsion omillar bunga ijodkorlik ehtiyoji, o‘zini ifoda etish istagi, tan olinishga bo‘lgan ehtiyoj. Emotsional omillar:ijodiy faoliyat natijasidan mamnunlik, quvonch, faxr tuyg‘ulari. Kognitiv omillar:insonning o‘z mehnatining ahamiyatini anglash, uni boshqalarnikidan farqlay olish qobiliyati. Bu omillar uyg‘unlashgan holda shaxsda ijodiy mehnat natijasiga nisbatan kuchli egalik hissini shakllantiradi. O‘zini anglash va identifikatsiya jarayonida egalik hissining o‘rni behiyos. Psixologiyada egalik hissi shaxsning o‘z “men”ini anglash jarayonining muhim tarkibiy qismi sifatida qaraladi. Inson o‘z fikri, g‘oyasi yoki ijodiy mahsulini himoya qilganida, aslida u o‘z shaxsini himoya qilmoqda. Bu holat “intellektual identifikatsiya” deb ataladi ya’ni, shaxs o‘z g‘oyasi bilan o‘zini tenglashtiradi. Shu sababli intellektual mulkni o‘g‘irlash (plagiat) nafaqat huquqiy, balki psixologik jarohat sifatida ham qabul qilinadi. Ijodkor shaxsda egalik hissini shakllantirishga qaratailgan yondashuvlarni ham hisobga olish lozim. Ta’lim jarayonida talabalarda intellektual mulkka egalik hissini shakllantirish quyidagi psixologik yondashuvlar orqali amalga oshiriladi. Ular quyidagicha: ·Ijodiy yondashuvni qo‘llab-quvvatlash: mustaqil fikrlash, g‘oya ilgari surish va yangilik yaratish imkoniyatlarini kengaytirish. ·Refleksiya va baholashni rivojlantirish: talabaning o‘z ishi natijasini anglash va baholay olish ko‘nikmasini shakllantirish. ·Motivatsiyani rag‘batlantirish: ijodiy ishlarga e’tirof, mukofot va ijobiy baho berish orqali ichki motivatsiyani kuchaytirish. ·Plagiatga qarshi psixologik immunitetni rivojlantirish: halollik, mehnatga hurmat va shaxsiy mas’uliyatni tarbiyalash. Raqamli davrda intellektual mulkka egalik hissining o‘ziga xosligi shundaki, raqamli texnologiyalar davrida axborot tez tarqalayotgani sababli, insonning ijodiy mahsulini himoya qilish masalasi yanada murakkablashmoqda. Bu holat shaxsda “egalik hissining yo‘qolishi” yoki “g‘oyaviy befarqlik” kabi psixologik oqibatlarga olib kelishi mumkin. Shu bois ta’lim muassasalarida intellektual mulk madaniyatini psixologik asosda shakllantirish dolzarbdir. Xulosa sifatida intellektual mulkka egalik hissi shaxsning o‘z ijodiy mehnati natijasiga nisbatan emotsional, motivatsion va kognitiv munosabatini ifodalovchi murakkab psixologik holat hisoblanib, bunda insonning o‘zini anglashida, o‘z “men”ini ifodalashida va shaxsiy rivojida muhim rol o‘ynaydi. Ta’lim jarayonida talabalarda ushbu hissni shakllantirish ijodiy fikrlashni, mas’uliyatni va intellektual halollikni rivojlantirishning muhim psixologik shartidir.
306 Foydalanilgan adabiyotlar 1. Xolmatov B. Psixologiya asoslari. – Toshkent: O‘zbekiston, 2022. 2. Shamshetova A.K. Umumiy psixologiyasi. – Toshkent: Fan, 2025. 3. Sternberg R. Cognitive Psychology of Creativity. – New York, 2019. 4. G‘aybullayev M. Intellektual mulk va ijodkorlik psixologiyasi. – Toshkent, 2020. 5. Deci E., Ryan R. Self-Determination and Motivation in Human Behavior. – Springer, 2017.