OILAVIY MUNOSABATLARDA UMUMMADANIY DUNYOQARASHNI SHAKLLANTIRISHDA ANDROGOGIK OMILLARNING O'RNI
Abstract
OILAVIY MUNOSABATLARDA UMUMMADANIY DUNYOQARASHNI SHAKLLANTIRISHDA ANDROGOGIK OMILLARNING O'RNI
Full text
313 OILAVIY MUNOSABATLARDA UMUMMADANIY DUNYOQARASHNI SHAKLLANTIRISHDA ANDROGOGIK OMILLARNING O‘RNI Sharipova Surayyo Burxanovna O‘ZDJTU “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi dotsenti, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Mazkur maqolada oilaviy munosabatlarda shaxsning umummadaniy dunyoqarashini shakllantirishning pedagogik psixologik imkoniyatlari ilmiy nazariy jihatdan yoritib berilgan. Shuningdek maqolada oila tinch totuv bo‘lsa unda yangi g‘oyalar yangi innovatsiyalar va tadbirkorliklar amalga oshirilishi masalalari “Oilamahalla-ta’lim muassasasi” strategiyasida shaxsning umummadaniy dunyoqarashini shakllantirish jarayoni amaliy tajribalar asosida tahlil qilingan. Kalit so‘zlar: oilaviy munosabatlar, axborot texnologiyalari, jamiyat,shaxs, umummadaniy dunyoqarash, “Oila-mahalla-ta’lim muassasasi” strategiyasi,barkamol shaxs, tarbiya, innovatsiya, psixologik, pedagogik, dunyo sivilizatsiyasi, xalq, madaniy kamolot, milliy – madaniy an’ana, urf-odat, umumbashariy qadriyat. РОЛЬ АНДРОГОГИЧЕСКОГО ФАКТОРА ФОРМИРОВАНИИ ОБЩЕКУЛЬТУРНОГО МИРОВОЗЗРЕНИЯ В УСЛОВИЯХ СЕМЕЙНОЙ СРЕДЫ. В данной статье научно и теоретически проиллюстрированы педагогикопсихологические возможности формирования общекультурного мировоззрения человека в семейных отношениях. В статье также анализируется реализация новых идей, нововведений и предпринимательства в стратегии «Семьясоседство-образовательное учреждение» на основе практического опыта формирования общекультурного мировоззрения личности Ключевые слова: семейные отношения, информационные технологии, общество, личность, общекультурное мировоззрение, стратегия «Семьясоседство-образовательное учреждение», гармоничная личность, воспитание, новаторство, психологическая, педагогическая, мировая цивилизация, люди, культурная зрелость, национально-культурная традиция, традиция, универсальная ценность. PEDAGOGICAL PSYCHOLOGICAL ASPECTS OF FORMATION OF THE WORLD CULTURE OF HUMAN IN FAMILY RELATIONS. This article scientifically and theoretically illustrated the pedagogical and psychological possibilities of the formation of a general cultural outlook of a person in
314 family relations. The article also analyzes the implementation of new ideas, innovations and entrepreneurship in the strategy "Family-neighborhood-educational institution" on the basis of practical experience in the formation of a general cultural outlook of the individual. Key words: family relations, information technology, society, personality, general cultural outlook, the strategy "Family-neighborhood-educational institution", harmonious personality, education, innovation, psychological, pedagogical, world civilization, people, cultural maturity, national and cultural tradition, tradition, universal value. Oila tinch totuv bo‘lsa unda yangi g‘oyalar yangi innovatsiyalar va tadbirkorliklar amalga oshiriladi. Bilamizki oila – jamiyatning bir bo‘lagi, yacheykasi. Oilaviy munosabatlarda shaxsning umummadaniy dunyoqarashini shakllantirish zamirida er–xotinning bir–biriga munosabati, qaynona kelin munosabati, oiladagi qarindoshlar, qo‘ni –qo‘shni va eng asosiysi oilada kamol topayotgan farzandlarning dunyoqarashlarini shakllantirish tushuniladi. Shuni ta’kidlash joizki, oilaviy munosabatlarda shaxsning umummadaniy dunyoqarashini shakllantirish tizimini rivojlantirishga e’tibor milliy mafkuramizni muhofaza etishdek muhim vazifani hal etadi. Farzand tarbiyasiga e’tibor, ularning dunyoqarashini shakllantirish globolizatsiya jarayonidagi muhim pedagogik vazifalarimizdan biri sanaladi. Oilaviy munosabatlarda oilada kamol topayotgan bolalarning umummadaniy dunyoqarashini shakllantirish jarayoni yaxlit pedagogik psixologik jarayon sifatida: birinchidan, turli xil global tarmoq orqali kirib kelayotgan jamiyatda mafkuraviy va g‘oyaviy-siyosiy barqarorlikni ta’minlash, jamiyat va fuqarolar manfaatlarini himoya qilish asosida jamiyatdagi tinchlik va osoyishta muhitni yaratish, yot g‘oyalarga qarshi oilada tarbiya topayotgan bolalarning mafkuraviy immunitetni shakllantirish va shu asosda yagona ezgu maqsadimiz bo‘lmish “Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish” uchun zamin hozirlash; ikkinchidan, axborot texnologiyalarining rivojlanganligi, jamiyat taraqqiyotida jiddiy to‘siq bo‘layotgan diniy aqidaparastlik, ekstremizm va terrorizm kabi ijtimoiy illatlarning oldini olish, unga qarshi kurashish va voyaga yetmagan bolalar orasida keng ko‘lamda tarqalmasligiga erishish; uchinchidan, farzandlarimizni jamiyatimizga keng tarqalayotgan “ommaviy madaniyat” ta’siridan himoya qilish, yon - atrofdagi voqealarga daxldorlik tuyg‘usini rivojlantirish, ongli yashashga – o‘z aqli va fikriga, ezgu, insoniy mafkuraga, aniq g‘oyaga suyanib yashashga o‘rgatish; to‘rtinchidan g‘arb ommaviy axborot vositalaridagi axloqsizlik targ‘iboti, o‘zining demokratiya modelini olg‘a siljitishning asl maqsad-muddaolarini tushuntirish;
315 beshinchidan, jamiyat hayotida saqlanib qolayotgan eski mafkuraviy sarqitlarma’naviy buzuqlik, boqimandalik, mahalliychilik kabi noaxloqiy holatlarning oldini olish, bolalarning o‘ziga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash, ularning tarixiy tafakkurini boyitish, milliy g‘ururimiz manbai bo‘lgan intellektual salohiyatni shakllantirishda muhim sanaladi. Aytish o‘rinliki, Hindistonning taniqli siyosat arbobi Maxatma Gandi “Men uyimning darvoza va eshiklarini mahkam berkitib o‘tira olmayman. Chunki unga toza havo kirib turishi kerak. Va shu barobarida eshik va derazalarimdan kirayotgan havo dovul bo‘lib, xonadonimni ag‘dar-to‘ntar qilib, o‘zimni yiqitib tashlashini ham xohlamayman” [6] deganida bugungi axborot xurujlari va turli xil ma’lumotlar haqiqatda, sir emaski, zararli g‘oyalar turli kinofillmlar, internet tarmog‘i va boshqa yo‘nalishlarda uzluksiz ravishda tiqishtirilib, mafkuraviy immunitetimizni susaytirishga, o‘sib kelayotgan yosh avlodni soxta g‘oyalarning ta’siriga tushib qolishiga muntazam harakat qilinayotganini nazarga tutgan ehtimol. Yot, zararli g‘oyalarning mamlakatimizga kirib kelishi o‘smir yoshidagi bolalarning maqsad va intilishlarini, taraqqiyot yo‘lini o‘ziga xos va mos bo‘lmagan yo‘nalishga burib yuborish, mamlakatlarning ijtimoiy, ma’naviy, siyosiy hayotini o‘zgartirib yuborishi mumkin. Biz oilada shaxsning umummadaniy dunyoqarashini shakllantirish jarayonini rivojlantirishda ongining quyidagi tavsiflariga e’tibor berishni lozim deb topdik.: 1. Bolaning atrof-muhit voqea - hodisalarini sezishi, idrok etishi, diqqatini qaratishi, xotirasiga saqlashi, tafakkur eta olishi muhim. Bu esa insonning bilish jarayonlariga kiradi. Inson ana shu bilish jarayonlari yordamida o‘z bilimlarini doimo boyitib boradi. 2. Bolaning subyekt bilan obyekt o‘rtasidagi farqni anglashi, ya’ni “men” degan tushuncha bilan “mendan boshqa” degan tushunchani anglab yetishi muhimdir. 3. Bolada ong yordami bilan motiv (faoliyatga undovchi ichki turtki) -maqsadni ko‘zlash faoliyati ta’minlanadi. Faoliyat maqsadlarini yaratish esa ongining vazifasiga kiradi. 4. Bolalar tevarak - atrofimizda sodir bo‘layotgan voqealarni va o‘zining harakatini, aniq dunyo obyektlarini har xil baholaydilar. Oilada tashkil etiladigan muloqot jarayonida obyektiv borliqni to‘g‘ri baholash, tarbiyada “Men konsepsiyasi”, o‘zi haqida va atrof-muhitning borligi haqida butun xabarlarni bola ijtimoiy ong yordamida ajratib oladi. [2] Bilamizki, oilada bola tomondan qabul qilinayotgan real hayotning obrazi va o‘ziga baho berishi bir-biroviga moslashtiruvchi bir qator faktorlar, jumladan, bolaning tashqi muhitni to‘g‘ri qabul qilish darajasi, uning imkoniyat faktorlari bilan bog‘liq bo‘ladi. Boshqa so‘z bilan aytganda, qabul qilish chegarasi bu yaxshi va yomon tushunchalarni anglash xususiyatiga bog‘liq.
316 Jamiyatdagi o‘zgarishlar oilaga ta’sirini ko‘rsatganidek, oila maskanlarida beriladigan ta’lim-tarbiya jarayoni, oila a’zolarining ehtiyojlari, qiziqishi, mayli va boshqa ijtimoiy faoliyat turlari bola ijtimoiy ongining rivojlanishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Shunday ekan, shaxsning umummadaniy dunyoqarashini shakllantirish jarayoni davr talabi, ushbu muammoning pedagogik – psixologik asoslarini, shart - sharoitlarini, oilada tarbiya jarayonida amalga oshirish mexanizmini bilish va unga ijodiy yondoshish ota-onalar va ijtimoiy soha vakillaridan ijtimoiy - siyosiy madaniyatni, g‘oyaviy kompetentlikni talab etadi. Oilada shaxsning umummadaniy dunyoqarashini shakllantirishda, o‘zini o‘zi boshqarish organlari, uzluksiz ta’lim tizimi, sport-sog‘lomlashtirish obyektlari va ijtimoiy institutlarning roli muhim hisoblanib, bu tizim asosida amalga oshiriladigan ta’lim-tarbiyaviy ishlarning uzviy aloqadorligi va uzluksizligini ta’minlash muhim pedagogik ahamiyat kasb etadi. Tajriba va kuzatuvlarimiz asosida aytishimiz mumkinki, oilada shaxsning umummadaniy dunyoqarashini shakllantirish jarayoni“Oila – mahalla – ta’lim muassasasi” hamkorligi strategiyasi asosida tashkil etilishi muhim psixologik omil sanaladi. Jismonan sog‘lom, ma’naviy yetuk va har tomonlama rivojlangan barkamol avlodni tarbiyalashda oila instituti, ota-onalar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining ta’lim muassasalari bilan o‘zaro hamkorligini mustahkamlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 19 iyundagi 175-sonli qarori bilan tasdiqlangan tarkib asosida O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzurida “Oila – mahalla – ta’lim muassasasi” Jamoat kengashi tuzilgan. Mazkur Jamoat kengashi ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tizimli va aniq maqsadga yo‘naltirgan holda, o‘z faoliyatini yoshlar, ota-onalar va jamoatchilik ishtirokida olib boradi. Aytish joizki, oilada shaxsning umummadaniy dunyoqarashini shakllantirish jarayoni tuzilishiga ko‘ra ijtimoiy munosabatlar va kishilar faoliyatining turlari bilan belgilanadi. Insoniyat faoliyati qanchalik xilma-xil, ularning ijtimoiy munosabatlari qanchalik boy bo‘lsa, ularning dunyoqarashi, fikrlash darajasi, tevarak atrofga munosabati ham shunchalik boy va murakkab bo‘ladi. Oilada shaxsning umummadaniy dunyoqarashini shakllantirish bo‘yicha “Ota - onalar universiteti” jamoatchilik tuzilmasi o‘quv rejasida ma’lum soatlar ajratilgan bo‘lsa - da, ayrim oilalarda mazkur masalaga yetarli darajada e’tibor berilmaydi, buning uchun muammolarni o‘rganish, maqsadlarini aniq belgilab olish, aynan oilada farzand tarbiyasi masalalariga quyidagi vazifalarini tadqiqot doirasida belgilash imkoniyatini yaratdi. [1] Oilada shaxsning umummadaniy dunyoqarashini shakllantirishda:
317 - “Oila– mahalla-ta’lim muassasasi” jamoat kengashi hamda “Ota-onalar universiteti” jamoatchilik tuzilmasi hamkorligini kuchaytirish; -ota-onalarga psixologik va pedagogik tamoyillar, shart-sharoitlar, omillar, qonuniyatlarga amal qilish ko‘nikmalarini hosil qilish; - oilada bolalarning kitob o‘qishini kuzatish va kitob o‘qishni tizimli tashkil etish; - ilg‘or tajribalarga, dunyo fanida olg‘a surilgan nazariy g‘oyalarga tayanish; - shaxsning umummadaniy dunyoqarashini shakllantirishda ularning yosh, shaxsiy, jinsiy xususiyatlarini inobatga olib, tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda ularga individual munosabatda bo‘lish; - shaxsning umummadaniy dunyoqarashini shakllantirish bo‘yicha ilmiyommabop adabiyotlarni tayyorlash, chop etish va ularning har bir oilaga kirib borishini ta’minlash, OAV da maxsus ruknlar tashkil etish; - shaxsning umummadaniy dunyoqarashini shakllantirish xususiyatlariga ta’rif berish; - oilaning har bir a’zosi huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash bo‘yicha jamoatchilik ishlarini tashkil etish va amalga oshirish; - oilada bola tarbiyasi borasida to‘plangan tarixiy tajribani ilmiy-nazariy o‘rganish, xulosa va tavsiyalarni amaliyotga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratish muhim ahamiyatga egadir. [7] Oilaviy munosabatlarda shaxsning umummadaniy dunyoqarashini shakllantirishda oila, mahalla va ta’lim muassasalarining hamkorligimuhim ahamiyatga ega. Chunki insonning ilk hayotiy tushuncha va tasavvurlari, avvalo oilada shakllanadi, ya’ni bolaning xarakteri va dunyoqarashini belgilaydigan ma’naviy mezon va qarashlar - yaxshilik va ezgulik, mehr-oqibat, or-nomus, ota-onaga, oiladagi keksa avlod vakillariga hurmat kabi muqaddas tushunchalarning poydevori ham oila sharoitida, mahalla ko‘z o‘ngida shakllanishi, tabiiy. Oilada boshlangan ta’lim va tarbiya ta’lim muassasalarida, mahallada davom etadi. Ta’lim muassasalarida amalga oshiriladigan maqsadli va uzluksiz ta’lim-tarbiya jarayoni orqali bolaning bilish jarayonlari rivojlanadi, bola shaxsi shakllanadi. Yuqorida qayd etilgan mas’uliyatli ishlar bir-biriga o‘zaro bog‘liq bo‘lgan uch omil, ya’ni oila - mahalla - ta’lim muassasasihamkorligi asosida tizimli ravishda amalga oshirib kelinmoqda. Ushbu hamkorlikning samarali yo‘lga qo‘yilishi bolalar orasida turli salbiy odatlar, huquqbuzarlik va jinoyatlar sodir etilishining, shuningdek, giyohvandlik, diniy ekstremizm, “ommaviy madaniyat” va shunga o‘xshash illatlarning oldini olishda, ularni sportga jalb etish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishda qo‘l kelmoqda. Asosiysi, bu hamkorlik doirasida bolalarni ham jismonan, ham ma’nan yetuk qilib tarbiyalash, oilalarni mustahkamlash, ta’lim sifati va
318 samaradorligini oshirish orqali jamiyatda sog‘lom turmush tarzini qaror toptirishga erishilmoqda. Respublikamizning turli viloyatlarida o‘tkazgan tajriba va kuzatuvlarimiz, bugun mahallalarda oilaviy munosabatlarda shaxsning umummadaniy dunyoqarashini shakllantirish, ijtimoiy ongini tarbiyalash, qaror toptirish, yoshlar tarbiyasida hamkorlikda amalga oshirishimiz lozim bo‘lgan ishlarimiz ham talaygina ekanligini ko‘rsatmoqda, ularni quyidagicha izohlash mumkin: - birinchidan, mahallalarning yoshlarni har tomonlama barkamol insonlar sifatida milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalashdagi rolini yanada oshirish maqsadida fuqarolar yig‘ini faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha komissiyalari faoliyati samaradorligini oshirish; - ikkinchidan, “Oila – mahalla – ta’lim muassasasi” hamkorligi faoliyatini tizimli yo‘lga qo‘yish, alohida e’tiborga muhtoj oilalar farzandlarining ta’limtarbiyasini doimiy nazoratga olish; - uchinchidan, har bir oilaning ilm-ma’rifatga munosabatini tubdan o‘zgartirish, tarbiyada ota-ona ibrati, ota-onaning farzand oldidagi burchi va mas’uliyatini to‘liq his etishi muhim ahamiyatga ega ekanligini inobatga olib, ota-onalarning tarbiyaga oid bilimlarini oshirishga qaratilgan “Ota-onalar universiteti” mashg‘ulotlarini zamonaviy shakl va usullarda tashkil etish; - to‘rtinchidan, yoshlarni ta’lim jarayonlariga to‘liq qamrab olish, o‘quvchilarning o‘z vaqtida darslarga qatnashishini nazorat qilish, ularning qarovsizligi va nazoratsizligining oldini olish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida turli sport, fan va ijodiy to‘garaklar faoliyatini yanada kengaytirish bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirish; beshinchidan, ta’lim muassasalarida o‘tkaziladigan barcha tarbiyaviy, ma’naviy-ma’rifiy, madaniy-ommaviy va sport tadbirlarining mahallalar, jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda olib borilishiga erishish kabi dolzarb vazifalar oldimizda turibdi. [7] Oila-mahalla-ta’lim muassasasi strategiyasida shaxsning umummadaniy dunyoqarashini shakllantirish jarayoni bir necha yo‘nalishlarda amalga oshiriladi. Mazkur yo‘nalishlar quyidagilardan iboratdir: - oila institutini mustahkamlash, mavzu yuzasidan tegishli uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqish. - har bir xonadonga kirib, ulardagi ijtimoiy-ma’naviy muhit va turmush darajasini to‘liq o‘rganib chiqilishini ta’minlash, mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan alohida chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilishini, belgilangan tartibda tasdiqlanishini hamda bajarilishini ta’minlash ishlarini o‘rganib borish - oilalarni o‘rganib, mavjud muammolarni bartaraf etish tizimining joriy etilishi borasidagi ishlarni nazorat qilib borish, muammolarni hamkorlikda bartaraf etish
319 choralarini ko‘rish, amalga oshirilgan ishlarni sarhisob qilish va belgilangan tartibda hisobot berish. - notinch oilalar bilan ishlash bo‘yicha mahalla maslahatchilari, xotin-qizlar bilan ishlash komissiyalari, profilaktika inspektorlari va posbonlarga mo‘ljallangan uslubiy tavsiyalar ishlab chiqish. - ichki ishlar organlarida profilaktik hisobda turgan va farzand tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi ota-onalarning har biri bilan alohida ishlash bo‘yicha tartib (mexanizm) joriy etish. - oilada ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, diniy ekstremistik oqimlar ta’siriga tushib qolgan fuqarolar, ayniqsa voyaga yetmagan bolalar ro‘yxatini shakllantirish. Ularga imom xatiblar, otinoyilarning biriktirilishini, ular bilan individual ishlash tizimini yo‘lga qo‘yish. - ta’lim muassasalarida, mahallalarda va mehnat jamoalarida voyaga yetmagan bolalarning turli yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolishlarining oldini olish bo‘yicha mutaxassislar ishtirokida turli tadbirlar tashkil etish. - barkamol avlodni tarbiyalashda katta avlod bilimlari va tajribasidan samarali foydalanish, bolalar o‘rtasida milliy ma’naviy qadriyatlar va an’analarni targ‘ib etish maqsadida mahallalarda “Uch avlod uchrashuvi” tadbirlarini tashkil etish. - ta’lim muassasalarida bolalarning qiziqishlari asosida (jurnalistika, notiqlik, adabiyot, rassomlik, musiqa va h.k) turli yo‘nalishlarda to‘garaklar joriy etish, bunda o‘quvchi-oshlarni yanada kasbga yo‘naltirish borasida respublikaning ko‘zga ko‘ringan ijodkorlari bilan birgalikda amaliy mashg‘ulotlar va muloqotlar tashkil etish. - “Kitob o‘qish – oiladan boshlanadi” aksiyasini o‘tkazish bo‘yicha choratadbirlar rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish. Xalqimizda “Bir bolaga yetti qo‘shni ota-ona” degan ibratli naql bor. Bugungi kunda turmush tashvishlari bir qadar “qo‘shni bolalar” faoliyatiga ahamiyat berishimizni cheklab qo‘ymoqda, hattoki ayrim oilalarimizda farzandlarimiz qanday internet tarmog‘idan foydalanayotganlari bilan qiziqib ko‘rmayotganlari achinarli hol albatta. Xulosa qilib aytganda, oilada shaxsning umummadaniy dunyoqarashini shakllantirishda intellektual bilish sohasini shakllantirish jarayonida, avvalambor, millatning bugungi hayoti, o‘tmishi, kelajagi, butun taqdiri uchun qayg‘uradigan, keng jamoatchilikning, mahalla va yoshi ulug‘ nuroniylarimizning ilg‘or dunyoqarash va tafakkuriga asoslanishi lozim. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati. 1. Musurmanova O.Farzandlarimga nasihatlar.Toshkent. Yoshlar nashriyot uyi, 2020, -186 bеt. 2. Quronov M. Maktab ma’naviyati va milliy tarbiya. – T.: FAN, 1995. – 118 b.
320 3. Sharipova Surayyo Burxanovna -The impact of spoken language on pupils’ mental activity: A cognitive exploration/2023/11/15 4. Sharipova Surayyo Burkhanovna-Androgical cooperation mechanisms in the formation of a common worldwide in family relations /2023/9/16 5. Surayyo Burhanovna Sharipova.-MODERN INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN EDUCATION/2023 6. Surayyo Burxanovna Sharipova-Rol semi v formirovanii poznavatelnogo interesa odarennыx detey /2021. 7. Alimova G, Kamolov J, Abdullayeva Sh. Oila-mahalla –ta’lim muassasasi hamkorligi. Mahalla kutubxonasi. O‘zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi. T.: 2015, -7 b. 8. Surayyo Burxanovna Sharipova, Oilada yoshlar umummadaniy dunyoqarashni shakllantirish mazmuni /2021.