scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

TEXNOLOGIYA ASRIDA HAMON DOLZARB: NYUTON MEXANIKASINING ABADIY KUCHI

Jo'raqulova, Nigora

Abstract

Ushbu maqolada zamonaviy texnologiyalar va raqamli innovatsiyalar asrida ham Nyuton mexanikasining o‘z ilmiy ahamiyatini saqlab qolayotgani tahlil qilinadi. Fizikaning ushbu klassik yo‘nalishi kosmik muhandislik, robototexnika, transport tizimlari va sun’iy intellect bilan bog‘liq modellashtirish jarayonlarida qanday qo‘llanilayotgani misollar orqali yoritiladi. Maqolada Nyuton qonunlarining cheklanishlari kvant va relyativistik sharoitlarda qay tarzda to‘ldirilgani hamda ularning fundamental nazariy asos sifatida texnologik taraqqiyotdagi o‘rni ko‘rsatib o‘tiladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, Nyuton mexanikasi nafaqat tarixiy meros, balki hozirgi ilm-fan va muhandislikning tayanch poydevoridir.

Full text

SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 12 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal Noyabr, 2025 42 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17543330 TEXNOLOGIYA ASRIDA HAMON DOLZARB: NYUTON MEXANIKASINING ABADIY KUCHI Jo‘raqulova Nigora Qorako‘l tuman 1-son Texnikumi Fizika va astronomiya fani o‘qituvchisi. ANNOTATSIYA Ushbu maqolada zamonaviy texnologiyalar va raqamli innovatsiyalar asrida ham Nyuton mexanikasining o‘z ilmiy ahamiyatini saqlab qolayotgani tahlil qilinadi. Fizikaning ushbu klassik yo‘nalishi kosmik muhandislik, robototexnika, transport tizimlari va sun’iy intellect bilan bog‘liq modellashtirish jarayonlarida qanday qo‘llanilayotgani misollar orqali yoritiladi. Maqolada Nyuton qonunlarining cheklanishlari kvant va relyativistik sharoitlarda qay tarzda to‘ldirilgani hamda ularning fundamental nazariy asos sifatida texnologik taraqqiyotdagi o‘rni ko‘rsatib o‘tiladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, Nyuton mexanikasi nafaqat tarixiy meros, balki hozirgi ilm-fan va muhandislikning tayanch poydevoridir. Kalit so‘zlar: Nyuton mexanikasi, klassik fizika, texnologik taraqqiyot, muhandislik, modellashtirish, robototexnika, kosmik texnologiyalar, fundamental qonunlar, ilmiy meros. ANNOTATION This article analyzes the scientific relevance of Newtonian mechanics in the age of modern technology and digital innovation. It illustrates how this classic branch of physics is used in modeling processes related to space engineering, robotics, transportation systems, and artificial intelligence. The article shows how the SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 12 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal Noyabr, 2025 43 limitations of Newton’s laws are fulfilled in quantum and relativistic conditions and their role as a fundamental theoretical basis for technological progress. The results of the research show that Newtonian mechanics is not only a historical legacy, but also a cornerstone of modern science and engineering. Keywords: Nevtonian mechanics, classical physics, technological progress, engineering, modeling, robotics, space technology, fundamental laws, scientific heritage. Texnologiya shiddat bilan rivojlanayotgan hozirgi davrda biz kosmosni zabt etyapmiz, sun’iy intellektdan foydalanyapmiz, avtomatlashtirilgan tizimlar hayotimizning ajralmas qismiga aylangan. Telefonlar, avtomobillar, samolyotlar, hatto robotlar bularning har biri fizika qonunlariga tayanadi. Biroq bu yuksak yutuqlarning barchasining tubida hali ham XVII asrda Isaak Nyuton tomonidan kashf etilgan mexanika qonunlari yotadi. Harakat, kuch va muvozanat haqidagi ushbu qonunlar zamonaviy texnologiyalarning asosiy tayanchi bo‘lib, ularning abadiy kuchi ilm-fan tarixida o‘chmas iz qoldirgan. Bugungi kunda texnologik taraqqiyot qanday shaklda bo‘lmasin, uning ildizi Nyuton mexanikasining soddaligi va aniqligida mujassamdir. Nyutonning uchta harakat qonuni; inersiya, kuch, ta’sir va aks ta’sir qonunlari haqida qisqacha ma’lumot bersambiz bu qonunlarni dinamika bo‘limida o‘rganamiz. Dinamika-jismlarning harakat qonunlari va tenglamalarini, harakatni yuzaga keltiruvchi sabablar bilan qo‘shib o‘rganuvchi mexanikaning bir bo‘limidir. Nyutonning birinchi qonuni (inersiya qonuni) haqidagi fikr XVII asrning boshlarida mashhur Italyan fizigi Galileo Galiley tomonidan aytilgan bo‘lib, u Yerga tortilishi, havoning ishqalanishi va qarshiligi kabi turli ta’sirlardan ozod bo‘lgan jism ideal hollarda o‘zgarmas tezlik bilan abadiy harakat qilish kerak degan to‘g‘ri xulosaga keladi. Fransuz fizigi va matematigi Rene Dekart bu xulosani rivojlantirib, erkin jism o‘zining to‘g‘ri chiziqli harakatini davom ettirishga intiladi deydi. Isaak Nyuton o‘zining 1687-yilda nashr etilgan “Natural filosofiyaning matematik asoslari” deb nomlangan kitobida harakatni o‘rganishga oid barcha SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 12 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal Noyabr, 2025 44 ma’lumotlarni umumlashtirib, dinamikaning uchta qonunini bayon etadi. Nyuton o‘zidan oldin o‘tgan olimlarning xulosalariga hamda o‘zining kuzatish va tajribalari natijasiga asoslanib, inersiya qonunini dinamikaning birinchi qonuni sifatida qabul qildi va quyidagicha ta’rifladi: Shunday sanoq sistemalar borki, ularga nisbatan tinch turgan yoki ilgarilanma harakat qilayotgan jismga hech qanday kuch ta’sir qilmasa yoki ta’sir qiluvchi kuchlar kompensatsiyalashsa, jism tinch holatini saqlaydi yoki ilgarilanma harakatini davom ettiradi. Boshqacha aytganda har qanday jism o‘zining tinch holatini yoki to‘g‘ri chiziqli tekis harakatini bu jismga boshqa jismlar ta’sir qilmaguncha saqlaydi. Demak, jism dastlab tinch turgan bo‘lsa, keyin ham tinch turaveradi, dastlab harakatlanayotgan bo‘lsa, o‘sha tezlik va o‘sha yo‘nalishda harakatlanaveradi. Jismning tezligining miqdorini ham, yo‘nalishini ham o‘zgartirish uchun albatta tashqi ta’sir kerak bo‘lar ekan. Tashqi barcha ta’sirlar kompensatsiyalashgan holatda esa jismning na tezligini va na harakat yo‘nalishini o‘zgartirib bo‘lmas ekan. Yuqorida biz jismga hech qanday kuch ta’sir qilmasa dedik, aslida jismga hech qanday kuch ta’sir qilmaslikning iloji yoq. Ya’ni jismni barcha tashqi ta’sirlardan holi joyga ko‘chirishning iloji yo‘q. Faqat ta’sir juda sezilarsiz bo‘lgandagina biz ideallashtirib, tashqi ta’sirlardan holi, ya’ni erkin jism deb aytishimiz mumkin. Jismning tinch holatini yoki to‘g‘ri chiziqli tekis harakatini saqlash xossasi inersiya deyiladi. Shuning uchun Nyutonning birinchi qonuni inersiya qonuni deb ham ataladi. Nyutonning ikkinchi qonuni (dinamikaning asosiy tenglamasi) haqida so‘z yuritar ekanmiz kuzatuvlarning ko‘rsatishicha, jismga berilayotgan ta’sir bu jismning tezlanish olish sifatidagina emas, balki jismning deformatsiyalanish tarzida ham namoyon bo‘lishi mumkin. Masalan: devorga urilayotgan o‘q unga tezlanish bermaydi, lekin devorning o‘q tekkan joyida chuqurcha hosil bo‘ladi. Bunda devorning ayrim qismlari bir-biriga nisbatan siljiydi ya’ni deformatsiyalanish kuzatiladi. SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 12 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal Noyabr, 2025 45 Umuman jismga ko‘rsatiladigan ta’sir “Kuch” degan kattalik bilan ifodalanib, uning kattaligi jism erishadigan tezlanish va deformatsiya bilan aniqlanadi. Tajribalarda quyidagilar aniqlangan: 1. Biror jismga ixtiyoriy 𝐹1, 𝐹2,𝐹3,… kuchlar navbatma-navbat ta’sir etganda jism oladigan tezlanishlar turlicha 𝑎1,𝑎2,𝑎3,… bo‘ladi. Lekin ta’sir etuvchi kuchning olgan tezlanishga nisbatlari barcha hollarda bir xil. 𝐹1 𝑎1=𝐹2 𝑎2=𝐹3 𝑎3=const Bu nisbat jismning inertlik xususiyatini xarakterlab, massa deb ataladi va m harfi bilan belgilanadi. Hajmlari aynan birday bo‘lgan turli jismlarning massalari turlicha bo‘ladi. Haqiqatdan ham, hajmlari teng, lekin biri yog‘ochdan, ikkinchisi esa temirdan yasalgan jismlarning massalari turlicha bo‘lishini kundalik turmushimizdan bilamiz. Hajmi ma’lum bo‘lgan jismning massasini topishimiz uchun zichlik tushunchasini Место для уравнения.kiritamiz. Modda massasining uning hajmiga nisbatiga teng bo‘lgan kattalik uning zichligi deyiladi. Boshqacha aytganda modda zichligihajm birligida to‘plangan massadir. 𝜌=𝑚 𝑉 [ 𝑘𝑔 𝑚3] Shuni ham aytib o‘tish kerakki, massa jism o‘lchovi bo‘lsa, zichlik esa jism egallab turgan fazo sohasida inertlikning quyuqlik darajasini bildiradi. Zichligi yuqori bo‘lgan jismda inertlik quyuqlashgan va aksincha zichligi kam bo‘lgan jismda inertlik siyraklashgan deyishimiz mumkin. Kattaligi bir xil bo‘lgan kuchlar ta’sirida turli massali jismlar erishgan tezlanishlarning qiymatlari jismlarning massalariga teskari proporsional bo‘ladi. Massasi kattaroq jismning tezligini saqlash xususiyati yorqinroq nomoyon bo‘ladi. SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 12 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal Noyabr, 2025 46 Massajismning inertlik o‘lchovidir. Inertlikbu tashqi kuch ta’sirida tezlikning dastlabki qiymat va yo‘nalishini saqlashga intilishi demakdir. Tashqi ta’sir natijasida qanchalik tezlik yo‘nalishi va qiymatini o‘zgartirish qiyin bo‘lsa, uning massasi shuncha katta, ya’ni bu jism shuncha inertroq deganidir. Inertlikni harakatchanlik yoki qo‘zg‘aluvchanlikka teskari kattalik deb baholash mumkin. Yuqorida bayon etilgan tajribalarning natijalarini umumlashtirib, quyidagi xulosaga kelish mumkin: Har qanday jismning massasi va inersial sanoq sistemasida olgan tezlanishining ko‘paytmasiga teng kattalik jismga ta’sir qiluvchi kuchga teng. F=m∙a Mazkur formula dinamikaning asosiy tenglamasi yoki Nyutonning (dinamikaning ) ikkinchi qonuni deb ataladi. Nyutonning (dinamikaning) uchinchi qonuni (aks ta’sir qonuni) borasida so‘z yuritar ekanmiz ikki jism ta’sirlashganda, birinchi jism ikkinchisiga qandaydir kuch bilan ta’sir ko‘rsatsa, albatta, o‘z navbatida ikkinchi jism ham birinchisiga qandaydir kuch bilan ta’sir ko‘rsatishini o‘rganganmiz. Nyuton ko‘plab tajribalar o‘tkazib, tajriba natijalarini umumlashtirib, o‘zining ichinchi qonunini quyidagicha ta’riflaydi: Jismlar birbiriga aynan bir to‘g‘ri chiziq bo‘ylab yo‘nalgan , absalyut qiymati jihatidan teng va yo‘nalish jihatidan qarama-qarshi kuchlar bilan ta’sir qiladi. 𝐹1= -𝐹2 Ta’sirlashuv vaqtida ikki jism olgan tezlanishlari nisbati ularning massalarining teskari nisbatiga teng. 𝑎2 𝑎1=𝑚1 𝑚2 SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 12 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal Noyabr, 2025 47 Texnologiya qanchalik rivojlanmasin har bir yangilikning ildizida fundamental qonunlar yotadi. Shunday ekan , Nyuton mexanikasi insoniyat ilm fan tarixida eng mustahkam nazariy asoslardan biri bo‘lib, bugungi texnologiyalar asrida ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. Uning qonunlari klassik tizimlarning harakatini aniqlashda, muhandislik hisob-kitoblarini bajarishda, robototexnika, transport, kosmik texnologiyalar va sun’iy intellect tizimlarida modellashtirish jarayonlarining poydevori sifatida qo‘llanilmoqda. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1. Abdullayev A. va boshqalar. Umumiy fizika kursi: Mexanika. Toshkent: O‘zbekiston Milliy universiteti nashriyoti, 2019. 2. Qodirov N. Klassik mexanikaning amaliy qo‘llanilishi. Toshkent: Innovatsion texnologiyalar Markazi, 2020. 3. Xolmatov B, Tursunov S. Zamonaviy texnologiyalar va klassik mexanikaning o‘zaro bog‘liqligi. Fizik ava texnika jurnali. 2021. 4. Jo‘rayev M. Fizikaning asosiy qonunlari va ularning texnikada qo‘llanilishi. Toshkent Fan nashriyoti, 2018. 5. Rasulov O. Zamonaviy fizika va mexanikaning rivojlanish bosqichlari. Toshkent: O‘zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti,2021.