JINOYAT PROTSESSIDA ADOLATLI SUD MUHOKAMASIGA BO'LGAN HUQUQNI AMALGA OSHIRISHDA RAQAMLASHTIRISHNING O'RNI
Abstract
Jinoyat protsessida adolatli sud muhokamasiga bo‘lgan huquqni amalga oshirish elementi sifatida sudlanuvchining o‘ziga nisbatan adolatli hukm yoki ajrim qabul qilinishiga bo‘lgan huquqini to‘liq va ishonchli ta’minlash maqsadida sun’iy intellektni joriy qilish orqali sudning hukm chiqarishdagi xato va kamchiliklarini minimallashtirish, shuningdek, sud hujjatlari arxivi bazasini ishlab chiqish sudya va prokurorning tanishish, foydalanish imkonini berish orqali qarorlar qabul qilishda yagona sud amaliyotini shakllantirish taklif etiladi.
Full text
SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 12 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal Noyabr, 2025 57 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17543629 JINOYAT PROTSESSIDA ADOLATLI SUD MUHOKAMASIGA BO‘LGAN HUQUQNI AMALGA OSHIRISHDA RAQAMLASHTIRISHNING O‘RNI Hasanov Abulmannon Mamatumurodovich Huquqni muhofaza qilish Akademiyasi mustaqil izlanuvchisi, Surxondaryo viloyati Denov tumani prokurorining katta yordamchisi, 3-darajali yurist ANNOTATSIYA Jinoyat protsessida adolatli sud muhokamasiga bo‘lgan huquqni amalga oshirish elementi sifatida sudlanuvchining o‘ziga nisbatan adolatli hukm yoki ajrim qabul qilinishiga bo‘lgan huquqini to‘liq va ishonchli ta’minlash maqsadida sun’iy intellektni joriy qilish orqali sudning hukm chiqarishdagi xato va kamchiliklarini minimallashtirish, shuningdek, sud hujjatlari arxivi bazasini ishlab chiqish sudya va prokurorning tanishish, foydalanish imkonini berish orqali qarorlar qabul qilishda yagona sud amaliyotini shakllantirish taklif etiladi. Kalit so‘zlar: jinoyat protsessi, sun’iy intellekt, adolatli sud muhokamasiga bo‘lgan huquqni amalga oshirish elementlari, raqamli sud, sudlanuvchining o‘ziga nisbatan adolatli hukm chiqarilishiga bo‘lgan huquqini ta’minlash. ABSTRACT As an element of the implementation of the right to a fair trial in criminal proceedings, in order to fully and reliably ensure the right of the accused to receive a fair decision (sentence) in relation to him, to minimize the errors and shortcomings of the court by introducing artificial intelligence, as well as the development of a database of court documents by providing the opportunity for the judge and the prosecutor to get acquainted with the decisions, it is proposed to form a unified judicial practice for the adoption.
SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 12 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal Noyabr, 2025 58 Key words: criminal procedure, аrtificial intelligence, elements of the implementation of the right to a fair trial, ensuring the right of the accused to a fair sentence, digital court. АННОТАЦИЯ В качестве элемента реализации права на справедливое судебное разбирательство в уголовном судопроизводстве, в целях полного и надежного обеспечения права обвиняемого на получение справедливого решения (приговора) в отношении него, минимизации ошибок и недостатков суда путем внедрения искусственного интеллекта, а также развития базы данных судебных документов путем предоставления возможности судье и прокурору знакомиться с решениями, предлагается сформировать единую судебную практику по принятию. Ключевые слова: уголовный процесс, искусственный интеллект, элементы реализации права на справедливое судебное разбирательство, обеспечение права обвиняемого на справедливый в отношении него приговор, цифровой суд. Hozirgi davrda sud-huquq sohasida zamonaviy texnologiyalarning o‘rni ortib bormoqda, bu ayniqsa sun’iy intellekt (AI - artificial intelligence)ning paydo bo‘lishi bilan axborot texnologiya sohasida alohida o‘ziga xos bir yangi davrni boshlab berdi. Sun’iy intellekt insonlar bilan muloqot qilishi, ularga ma’lum bir sohada maslahatlar berishi, takliflar berishi, tahlil qilishi, oldindan taxmin qila olishi, hattoki xulosalar qilishi mumkinligi bilan insonlarni o‘ziga ommaviy ravishda jalb qilmoqda. Biroq, sun’iy intellekt insonlarning qo‘lidan ishini olishi bilan birga insoniyatga kelajakda tahdid solishi mumkinligi haqidagi qarash ham mavjud. Buning oldini olish uchun, xalqaro va milliy doirada ushbu sohani tartibga soluvchi normativ hujjatlarni ishlab chiqish zaruratini paydo qildi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi 2024-yil 21-mart kuni “Barqaror rivojlanish uchun xavfsiz, himoyalangan va ishonchli sun’iy
SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 12 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal Noyabr, 2025 59 intellekt tizimlarining imkoniyatlaridan foydalanish” nomli A/78/L49-sonli rezolyutsiyasi ayni shu sohani tartibga soladi. O‘zbekiston Ruspublikasida ham sun’iy intellekt texnologiyalarini keng joriy etish va ularni mamlakatimizda turli sohalarda keng qo‘llash, ayniqsa jinoyatchilikni oldini olish, korrupsion holatlarni bartaraf etish va sud jarayonlarida qo‘llash maqsadida sohalarni raqamlashtirish borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-fevraldagi “Sun’iy intellekt texnologiyalarini jadal joriy etish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4996-sonli Qarorida “Sun’iy intellektni rivojlantirish strategiyasi”ni ishlab chiqish va 2021-yil noyabrda Normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish nazarda tutilgan. Ayniqsa, sudlar faoliyatiga sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, raqamlashtirish ishlarini izchil davom ettirish, sudlarning moddiy-texnik ta’minotini yaxshilash, shuningdek, «Raqamli O‘zbekiston — 2030» strategiyasida belgilangan maqsad va vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Prezidentimiz tomonidan 21.08.2025-yilda “Sudlar faoliyatiga sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish orqali odil sudlovga erishish darajasini oshirish hamda sud tizimining moddiy-texnik ta’minotini yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida 2 ”gi farmonning qabul qilinishi sud sohasiga ham sun’iy intellektni joriy etish juda muhim ekanligidan dalolat beradi. Jumladan, Farmon asosida sud ishlarini yuritishda qog‘oz shaklidan voz kechish maqsadida «Raqamli sud» konsepsiyasi asosida ishlarning yuritilishini bosqichmabosqich to‘liq elektron shaklga o‘tkazish, Oliy sudning axborot tizimlari negizida sud hujjatlari arxivi modulini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish va boshqa bir qator ustuvor vazifalar belgilab olindi. Bu birinchidan, Respublikamizda sudlarda ish yuritishda va qarorlar (hukm, ajrim va hokazolar) qabul qilishda yagona sud amaliyotini joriy etish imkoniyatini beradi. 2 www.Lex.uz
SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 12 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal Noyabr, 2025 60 Chunki, Oliy sudning axborot tizimi negizida sud hujjatlari arxivi modulining ishlab chiqilishi va bundan har bir sudyaning foydalana olishi imkoniyati berilishi, kelgusida qarorlar qabul qilishda yoki hukm chiqarishda avvalgi sud qarorlarini o‘rganish va yurtimizning turli hududlarida ayni bir jinoyat uchun qanday turdagi jazolar tayinlanayotganligidan boxabar bo‘lishi va jazo tayinlashda yagona sud amaliyotini shakllantirish imkoniyatini beradi. Biroq, sud faoliyatiga sun’iy intellektni joriy qilish fuqarolarga bir qancha yengillik berishi bilan birga jazo tayinlashda jinoyat kodeksida nazarda tutilgan sanksiya doirasidan yuqori yoki belgilanganidan kam jazo tayinlashda ko‘makchi bo‘lishi mumkin. Biz ishonamizki, har bir sudya yetarli darajada malakaga ega, biroq masala inson taqdiri bilan bog‘liq bo‘lganligi, hech kim xato va kamchiliklarsiz bo‘lmaganidek, xato va kamchilik ham insonga xos tushuncha hisoblanadi. Ana shu xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ymaslik uchun ham jazo tayinlashda ham sun’iy intellektdan foydalanish imkoniyatini yaratishimiz lozim. Chunki inson sudda ishi ko‘rilishi jarayonida qiyinchiliksiz sud hujjatlaridan nusha olishi yoki sudning vaqtidan o‘z vaqtida xabardor bo‘lib borishi, uning sud hokimiyatidan rozi bo‘lishiga hissa qo‘shadi, lekin unga nisbatan adolatli jazo tayinlanganichalik emas. Sud hukmi qachon adolatli bo‘ladi, qonuniy asosli va adolatli bo‘lganidami yoki ishtirokchi shaxslar sudning faoliyatidan rozi bo‘lgandami, chunki hukm qonuniy asosli va adolatli bo‘lgani bilan bu fuqarolar hukmdan rozi bo‘ldi degani emas. Shuning uchun ham jinoyat protsessida jazo tayinlashda sun’iy intellektni joriy etish va bundan foydalanish fuqarolarni sud hukmiga bo‘lgan ishonchini oshirish hamda odil sudlovga erishish darajasini oshirishga ko‘maklashadi. Chunki shaxs o‘ziga nisbatan adolatli sud muhokamasiga bo‘lgan huquqning elementlaridan biri qonuniy asosli va adolatli jazo tayinlanishi huquqiga ega.
SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 12 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal Noyabr, 2025 61 Shuningdek, Jinoyat kodeksining umumiy qismida alohida muhim shaxslar tofasi keltirilgan (voyaga yetmaganlar, xotin-qizlar, nafaqa yoshidagi shaxslar, o‘ta xavfli retsidivist va hokazolar). Xususan, sud voyaga yetmagan shaxslarga jazo tayinlashda yoki koloniya turini belgilashda, voyaga yetmaganlarga oid JKning maxsus (JK 81-88-moddlar)moddalarini, koloniya turini, jazo muddatining maksimal yoki minimal muddatlarini avtomatik tarzda belgilashi, agarda minimal muddatdan ham kamroq muddat yoki sanksiyada nazarda tutilmagan jazoni tayinlash uchun JKning 57moddasini qo‘llash shartligi kabi algoritmga asoslangan sun’iy intellektni sud amaliyotiga tatbiq etish zamon talabiga mos hisoblanadi. Jazo tayinlash amaliyotida alohida o‘ziga hos elektron tizimni joriy qilish MDH davlatlarining bir nechtasida jumladan, Ozarbayjon va Rossiya Federatsiyasida jinoyat protsessida joriy qilish yo‘lida bir qancha ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Ozarbayjon Respublikasi Ilmiy tadqiqotlar markazi direktori, yuridik fanlar doktori, professor X.Dj.Alikperov MDH respublikalari sud amaliyotini tahlil qilib, shunday xulosaga keladi, MDHning ko‘pgina mamlakatlarida jinoiy sudlov haddan tashqari ayblovga moyillik va jinoiy repressiyadan behuda foydalanish bilan tavsiflanadi 3 . Professor X.Dj.Alikperov bu xulosaga kelishdan oldin bir qancha MDH davlatlarining sud amaliyotini statistik jihatdan tahlil qilib chiqqan. Xususan, u keltirgan statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 2017-yilda sudlar Rossiya Federatsiyasida birinchi instansiyada 958 mingga yaqin jinoiy ish ko‘rib chiqilgan, shundan 744 mingtasi (77,6%) ayblov hukmi chiqarilgan, 202 ming (21%) ish tugatilganligi, atigi 2900 (0,3%) ishda oqlov hukmi chiqarilgan. Bundan tashqari, MDH davlatlarining sud statistikasi shuni ko‘rsatadiki, sudlanuvchiga jazo tanlashda sudlar ko‘pincha qamoqqa olishligi, 2016-yilda qamoq jazosiga hukm qilinganlar ulushi Ozarbayjonda 57 foiz, Qirg‘izistonda 39,6 foiz, 3 Х.Дж.Аликперов . Электронная система определения оптимальной меры наказания (постановка проблемы)
SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 12 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal Noyabr, 2025 62 Tojikistonda 34 foiz, Rossiyada 29 foizni tashkil etganligi, ko‘pgina G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida bu ko‘rsatkich 8-15% dan oshmagan. Bizning fikrimizcha, statistik ma’lumotlar orqali jinoiy sudlov haddan tashqari ayblovga moyillik va jinoiy repressiyadan behuda foydalanish sifatida baholash bu bir tomonlama yondashuv hisoblanadi. Chunki, jinoyat protsessida sud ish yurituvi bosqichigacha bo‘lgan tergovga qadar tekshirish harakati mavjud, ya’ni jinoyat haqida ariza, xabar kelib tushgandan so‘ng tergovga qadar tekshiruv harakati bosqichi, agarda jinoyat alomati bo‘lsa, jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandan so‘ng, dastlabki tergov bosqichi. Bir so‘z bilan aytganda shaxsning aybini isbotlash yo‘lida bir nechta chig‘iriqdan o‘tishi tartibi ma’lum. Mazkur davrda surishtiruvchi, tergovchi yoki prokuror aybi aniqlanmagan yoki ayblash uchun dalillar yetarli emasligi yoxud dalillarni nomaqbul deb hisoblasa, jinoyat ishini JPKning 83,84-moddalari asosida jinoyat ishini tugatishi yoki jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etish haqida qaror qabul qilishi ham mumkin. Shu sababli, sudda ko‘rilgan ishlarning statistik hisobotlarni inobatga olib jinoiy sudlov haddan tashqari ayblovga moyillik va jinoiy repressiyadan behuda foydalanish sifatida baholash adolatli yondashuv emas. Bugungi global zamonda, axborot texnologiya, avtomatlashtirilgan mexanizmlar, algoritmlar, ayniqsa sun’iy intellekt orqali ko‘plab zamonaviy dasturlar ishlab chiqilmoqda. Biroq, sudlanuvchiga jazo tayinlashda ko‘makchi bo‘lishi mumkin bo‘lgan alohida formulalashgan sun’iy intellekt dasturi mavjud emas. Masalan, 18 yoshga to‘lmagan shaxs sud tomonidan JKning 277-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan aybli deb topildi va unga sanksiya doirasida 3 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. To‘g‘ri, JKning 277-moddasi 3-qismi “g” bandi sanksiyasida 3-5 yilgacha ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi mumkinligi belgilangan.
SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 12 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal Noyabr, 2025 63 Ammo, JKning 841-moddasida voyaga yetmagan shaxslarga 6 oydan - 2 yilgacha ozodlikni cheklash tayinlanishi mumkinligi nazarda tutilgan. Xuddi shu holatda, voyaga yetmagan shaxsning o‘ziga nisbatan qonuniy, asosli va adolatli sud hukmi chiqarilishiga bo‘lgan huquqi buzilmoqda. Sud qarori qonuniyligini o‘rganish vakolatiga ega bo‘lgan prokuror protesti bilan yuqori instansiya sudida o‘zgartirildi va jazo 2 yil ozodlikni cheklashga qisqartirildi. Boshqacha holatda, mazkur holatni prokuror mahkum jazoni to‘liq o‘tab bo‘lgandan so‘ng aniqladi, jazo o‘talgandan so‘ng protest keltirish istiqboli qanchalik to‘g‘ri hisoblanadi. Voyaga yetmagan mahkumning ortiqcha asossiz ravishda o‘tagan jazosini hisobini kim beradi, hukmni o‘qigan sudyami, hukmga o‘z vaqtida munosabat bildirmagan prokurormi yoki sud jarayonida sudlanuvchiga malakali yuridik yordam ko‘rsatgan himoyachimi yoki hech kim? Bu kabi sud amaliyotida bo‘layotgan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish uchun esa taklif etiladiki, zamonaviy elektron jazoni hisoblovchi, sudlanuvchi shaxsining alohida toifalari (voyag yetmagan, ayol, nafaqa yoshida va hokazolar)ni inobatga oluvchi, koloniya turi va boshqa kriteriyalarni hisobga oluvchi sud va prokuratura organlari tegishli tarmoqlariga integratsiyalashgan mukammal sun’iy intellekt dasturi. Bunday elektron dastur ko‘p holatda jazoning miqdoridan oshib ketmasligi nuqtai nazaridan kelib chiqib sudlarga ko‘makchi bo‘ladi. MDH respublikalarida zamonaviy odil sudlovning boshqa surunkali kasalliklari - jazoning o‘zgaruvchanligi, Jinoyat kodeksi Maxsus qismining ko‘plab sanksiyalarida uning muddatlari yoki o‘lchamlarining keng tebranishlari, jinoyat qonunchiligida jazo tayinlashning batafsil va aniq qoidalarining yo‘qligi, uni tayinlashning rasmiy va ixtiyoriy asoslari orasidagi kenglik mavjud. Bu borada M.I.Kovalyov shunday deydi: "Jinoyat qonunchiligiga bag‘ishlangan har qanday kitobni oching, unda siz jinoiy xulq-atvorning alohida holatlarini saralashga
SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 12 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal Noyabr, 2025 64 oid eng qiyin savollarga javob topishingiz mumkin, lekin jazo tayinlash bo‘yicha asosli maslahat topa olmaysiz 4 ". MDH mamlakatlari sud organlarida ko‘p yillar davomida to‘planib qolgan muammolarni hal qilish uchun adolat konsepsiyasini qayta ko‘rib chiqish, mavjudlarni minimallashtirishga qodir bo‘lgan maqbul choralarni topish zarur. Yuqorida sanab o‘tilgan bir qator masalalarni hal qilishga qodir mexanizmlardan biri bu eng maqbul jazoni belgilashning sun’iy intellekt tizimidir. Ushbu tizim sudyalarga (sudga) shaxsning sodir etilgan jinoyat uchun Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan jazo turlaridan maqbul jazoni tanlashda yordam berishi mumkin. Shunday qilib, tanlangan chora nafaqat qonuniy va asosli, balki jinoyatning ijtimoiy xavfliligi va aybdor shaxsiga ham mutanosib bo‘ladi. Adolatli sud muhokamasiga bo‘lgan huquqni amalga oshirishda sun’iy intellekt dasturidan foydalanish amaliyotga nima beradi: – aniq va shaffof qoidalar yordamida hukm chiqarish jarayonini rasmiylashtirish darajasini oshirish; – sud hokimiyatining mustaqilligini mustahkamlash; – sudlarning nufuzini, fuqarolarning sud-huquq tizimiga ishonchini mustahkamlash; – hukm chiqarishda sud xatolarini minimallashtirish; – hukm chiqarishda yagona sud amaliyotini ta’minlash; – hukm chiqarishda sud ixtiyorining ko‘lami va chegaralarini tartibga solish, sudyaning keng miqyosdagi ixtiyoriy vakolatlarini cheklash; – sud tomonidan jazo turini tanlashda, uning muddatlari yoki miqdorini belgilashda inson omilining ta’sirini kamaytirish; – sudyaning muayyan jazo turini va muddatini belgilash jarayoniga sud raisining aralashuvini cheklash; 4 Ковалёв М.И. Советское уголовное право: Советский уголовный закон: курс лекций / М.И. Ковалев. Свердловск: Изд-во Свердлов. юрид. ин-та, 5, 86-87-бетлар,1974.
SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 12 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal Noyabr, 2025 65 – sudyani jinoyat ishini hal qilish va aybdorga jazo tayinlash jarayoniga tashqi kuchlarning aralashuvidan himoya qilish; – odil sudlovni amalga oshirishda sudyalar jamoasida korrupsiya va boshqa suiiste’mollik darajasini pasaytirish; – yuqori turuvchi sudlarning jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha ish hajmini qisqartirish; – sud-huquq tizimini modernizatsiya qilish va sudlar faoliyatiga raqamli texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish va hokazolar. Bu kabi ijobiy ishlar negizida albatta sudlanuvchining adolatli sud muhokamasiga bo‘lgan huquqini ta’minlanishi yotadi. Ya’ni sudlanuvchi sudga, sudyaga va mavjud sud ish yurituvi mexanizmlariga ishonch hosil qilishi lozim. Sudda ishi ko‘rilayotgan shaxsning korrupsiyaviy omillar yordamida uning jazodan ozod bo‘lishi mumkinligi yoki jazosini kam tayinlanishiga erishishga urinishi behuda ekanligini ich ichdan anglab yetishi lozim. Albatta, taklif etilayotgan elektron tizim hukm chiqarishda yagona sud amaliyotini ta’minlashga ham yordam beradi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi hududida bir jinoyat ishlari bo‘yicha tumani sudi JKning 276-moddasi 2-qismi “a,b” bandlari bilan ayblangan shaxsga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqib, unga nisbatan ushbu modda bilan aybli deb topib, 3 yil 6 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinladi. Jazoni qattiq tartibli koloniyada o‘tash belgiladi. Boshqa bir jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudida xuddi shu modda bilan shaxs aybli deb topilib, 4 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinladi. Jazoni mahkumning yashash uyida oila a’zolari yonida o‘tashni belgiladi. Xuddi shu ikki holatda, birinchi sud bo‘yicha mahkum jazoni qattiq tartibli koloniyada o‘tashga hukm qilinmoqda, ikkinchi holatda ham qattiq tartibli koloniyaga borishi mumkin bo‘lgan mahkum uy qamog‘ini yashash uyida o‘tamoqda. Bu yerda qani adolatli jazo yoki yagona sud amaliyoti. To‘g‘ri sud shaxsning oilaviy sharoiti va