O'ZBEKISTONDA FISKAL BARQARORLIKNI TA'MINLASH VA QARZNI BOSHQARISHNI TAKOMILLASHTIRISH
Abstract
Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida olib borilayotgan strategik yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshiralayotgan ishlar tahlili hamda fiskal barqarorlikni ta’minlash va qarzni boshqarishni takomillashtirish bo‘yicha olib qilinayotgan ishlar xususida fikr-mulohazalar berilgan. Shuningdek, mualliflar tomonidan ushbu yo‘nalishlarni takomillashtirish bo‘yicha shakllantirilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar o‘z ifodasini topgan.
Full text
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 02, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL Shukurillayev Anvar To‘lqin o‘g‘li O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi magistranti Shukurillayev Jahongir Botir o‘g‘li Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti assistenti O‘ZBEKISTONDA FISKAL BARQARORLIKNI TA’MINLASH VA QARZNI BOSHQARISHNI TAKOMILLASHTIRISH Annotatsiya: Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida olib borilayotgan strategik yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshiralayotgan ishlar tahlili hamda fiskal barqarorlikni ta’minlash va qarzni boshqarishni takomillashtirish bo‘yicha olib qilinayotgan ishlar xususida fikrmulohazalar berilgan. Shuningdek, mualliflar tomonidan ushbu yo‘nalishlarni takomillashtirish bo‘yicha shakllantirilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar o‘z ifodasini topgan. Kalit so‘zlar: O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyoti, fiskal barqarorlik, davlat qarzi, ichki va tashqi qarz, foiz stavkalar, QQS, konsolidatsiyalashgan byudjet, ijtimoiy xarajatlar, subsidiya, diversifikatsiyalash, investor, emissiya, valyuta barqarorligi, kredit, obligatsiyalar, o‘rta muddatli qarzlarni boshqarish, iqtisodiy indikatorlar, inflatsiya, yalpi ichki mahsulot, tashqi savdo, makro va mikro darajadagi iqtisodiy ko‘rsatkichlar. Аннотатция: В статье представлен анализ работы, проводимой в Республике Узбекистан по стратегическим направлениям, даны отзывы о работе, направленной на обеспечение фискальной стабильности и совершенствование управления государственным долгом. Представлены научные предложения и практические рекомендации авторов по совершенствованию данных направлений. Ключевые слова: Экономика Республики Узбекистан, фискальная устойчивость, государственный долг, внутренний и внешний долг, процентные ставки, НДС, консолидированный бюджет, социальные расходы, субсидия, диверсификация, инвестор, эмиссия, валютная стабильность, кредит, облигации, среднесрочное управление долгом, экономические показатели, инфляция, валовой внутренний продукт, внешняя торговля, экономические показатели на макрои микроуровнях. Abstract: This article provides an analysis of the work being carried out in the Republic of Uzbekistan in strategic areas and provides feedback on the work being done to ensure fiskal stability and improve debt management. It also presents scientific proposals and practical recommendations formulated by the authors to improve these areas. Key words: Economy of the Republic of Uzbekistan, fiskal sustainability, public debt, domestic and external debt, interest rates, VAT, consolidated budget, social expenditures, subsidy, diversification, investor, emission, currency stability, credit, bonds, medium-term debt management, economic indicators, inflation, gross domestic product, foreign trade, economic indicators at the macro and micro levels. Kirish
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 02, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL Fiskal barqarorlik – bu iqtisodiyotni boshqarish uchun davlat tomonidan qoʻllaniladigan soliq solish va davlat xarajatlarini boshqarishga qaratilgan fiskal siyosatni yuqori darajada ushlab turishdir. Barqaror fiskal siyosat orqali iqtisodiy oʻsishni ragʻbatlantirish, ijtimoiy barqarorlikni taʼminlash va davlat budjetini boshqarish mumkin. Davlat qarzini boshqarishda hukumat tomonidan olib boriladigan strategiyani ahamiyati juda yuqori hisoblanadi. Chunki qarzni to‘g‘ri olish va yo‘naltirish orqali mamlakat iqtisodiyotini yuksaltiradi. Qarz majburiyatini to‘liq qoplab berish va kelajakda jalb etilgan investitsion mablag‘larni o‘z vaqtida qaytarishda muommolar yuzaga kelmasligi uchun ham hozirda olinadigan har bir mablag‘larni to‘g‘ri sarflanishini nazorat qilish lozim. Bugungi kunda mamlakaktimiz iqtisodiy tomonlama jadal rivojlanib borayotgan mamlakat sifatida tan olinmoqda. Bunga sabab, so‘nggi yillarda jahonga o‘z eshiklarini ochish orqali xalqaro iqtisodiy aloqalarni mustahkam o‘rnatmoqda. O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy tomonlama juda ko‘plab sohalarda o‘sishga erishdi. So‘nggi 3 yillikda ham iqtisodiy ham siyosiy va ham ijtimoiy tomondan ancha o‘sish kuzatildi. Mamlakatimizdagi ushbu rivojlanish bo‘yicha qilinayotgan ishlarning hammasi hukumatimiz tomonidan olib borilayotgan siyosatning mahsuli hisoblanadi. To‘g‘ri yuritilgan siyosiy strategiya davlatni rivojlanishini takomillashtiradi va xalqaro miqyosda darajasini yuksaltiradi. “O‘zbekiston-2030” strategiyasi ham mamlakatni muhim iqtisodiy indikatorlarini 2030-yilga qadar yaxshilashga va belgilangan maqsadlarga erishishga mo‘ljallangan. Fiskal barqarorlikni saqlashda mamlakat byudjetida yuritilayotgan strategiyalar va soliq tizimini isloh qilish jarayonlari muhim sanaladi. Rivojlanish sari qadam qo‘yayotgan davlatlar olib borayotgan iqtisodiy-siyosiy qarashlar ularning ichki va tashqi tomonlama harakatlanishiga mos bo‘lishi lozim. Adabiyotlar sharhi Butun dunyo mamlakatlari bo‘yicha fiskal barqarorlikni saqlash va qarzni to‘g‘ri boshqarish yuzasidan ko‘plab ilmiy ishlar, yuqori malakaga ega olimlar, siyosatshunoslar hamda iqtisodchilar fikr-mulohazalari o‘rganilib kelajakdagi rejalarni belgilashda qo‘llaniladi. Ushbu masalada bir qancha olimlar fikrlari hamda moliya tashkilotlari prognozlari haqida ma’lumotlar kelitirib o‘tilgan bo‘lib, biz ulardan ba’zilarini keltirib o‘tamiz. Jiaqi Sun, Ping Li va Yunqiao Wanglarning (2024) “Barqarorlik uchun siyosat vositalari: Tabiiy resurslardan foydalanish samaradorligini oshirishda fiskal choralarning samaradorligini baholash” nomli maqolasida siyosatchilar, korporatsiyalar va manfaatdor tomonlarga fiskal vositalar resurslar samaradorligini qanday oshirishi va barqaror tabiiy resurslarni boshqarish bo‘yicha tavsiyalarni bergan. Tadqiqot o‘zgaruvchan qiyaliklar va ko‘ndalang kesimlarga bog‘liqliklarni aniqlash uchun CS-ARDL baholovchisidan foydalanadi. Unda soliq imtiyozlari, subsidiyalar va ekologik yig‘imlar tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga qanday ta’sir qilishi baholanishi haqida tushunchalar berilgan. Wensheng He, Qiaoying Ding va Tao Zhoularning (2025) “Fiskal siyosat korporativ raqamli transformatsiyani qanday boshqaradi: soliq imtiyozlari va maxsus subsidiyalarning sinergik ta’sirini tahlil qilish” nomli maqolasida Milliy iqtisodiy tartibga solishning muhim vositasi sifatida fiskal siyosat korporativ resurslarni taqsimlashni boshqarish va texnologik innovatsiyalarni rag‘batlantirishda tobora muhim rol o‘ynashi hamda fiskal siyosat aralashmalarini loyihalashni optimallashtirish, siyosatning aniqligi va muvofiqlashtirilishini kuchaytirish hamda moslashtirilgan siyosat choralari orqali korxonalarning yuqori sifatli raqamli transformatsiyasini rag‘batlantirish tavsiyalari xususida bir qator fikr-mulohazalarni keltirib o‘tishgan. Asosiy qism.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 02, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL Davlat makroiqtisodiy tartibga solishning muhim vositasi sifatida fiskal siyosat korxonalarning raqamli transformatsiyasini rag‘batlantirishda ajralmas rol o‘ynaydi. Hukumat raqamli rivojlanishni rag‘batlantirish uchun bir qator fiskal va soliq siyosatlarini joriy etish lozim, masalan, raqamli uskunalar sotib olish uchun soliqdan oldingi chegirmalar, aqlli transformatsiya uchun maxsus subsidiyalar va yuqori texnologiyali korxonalar uchun soliq imtiyozlari. Ushbu choralar soliq imtiyozlarini fiskal xarajatlar bilan muvofiqlashtirish orqali korxonalar transformatsiya jarayonida duch keladigan moliyaviy bosim va konversiya xarajatlarini yumshatishga qaratilgan. Ular orasida soliq imtiyozlari va maxsus subsidiyalar eng keng tarqalgan fiskal siyosat vositalaridan ikkitasidir. Ular korxonalarning xatti-harakatlariga mos ravishda “yukni kamaytirish” va “rag‘batlantirish” jihatidan aralashadi va firmalarning raqamli investitsiya qarorlariga sinergik ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Mavjud tadqiqotlarda korxona innovatsiyalari va yashil transformatsiya bilan bog‘liq fiskal siyosat keng muhokama qilingan bo‘lsa-da, fiskal siyosat raqamli transformatsiyani birgalikda boshqaradigan mikro darajadagi mexanizmlar bo‘yicha tadqiqotlar hali ham nisbatan kam. Shuning uchun, ushbu maqolada soliq imtiyozlari va maxsus subsidiyalarning raqamli transformatsiyaga ta’sirini tizimli ravishda o‘rganish va fiskal siyosat portfellarini optimallashtirish va siyosat aniqligini oshirish uchun empirik dalillarni taqdim etish maqsadida ikkalasi o‘rtasida biron bir sinergiya mavjudligini batafsil o‘rganadi. Buning natijasida mamlakatga qiziqish bildirayotgan investorlarni fikrlari ijobiy tomonga o‘zgaradi va jalb etilishi mumkin bo‘lgan investitsion pul mablag‘lari miqdori oshishiga xizmat qiladi. Davlat tomonidan jalb etilayotgan mablag‘larning ichki moliyalashtirish orqali amalga oshirilsa, kelajakda qarz risklarini kamayishiga va mamlakat pul birligini qadrsizlanishini oldini olishga yordam beradi. O‘zbekiston Respublikasining 2021-2025-yillardagi davlat qarzining YaIMga nisbati Yil YaIM miqdori (mlrd. so‘mda) Davlat qarzi (mln. dollarda) Qarz/YaIM ga nisbati (% da) 2021 820 536,6 26 323 34 2022 995 573,1 29 231 32,4 2023 1 204 485,4 34 927 34,4 2024 1 454 392 40 215 35 2025 I choragi 1 629 765,5 42 591 33,6 Manba: Davlat statistika qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining rasmiy sahifalarida shakllantirilgan ma’lumotlar asosida tayyorlandi. Hukumat tomonidan ichki tomonlama moliyalashtirish richaglarini ishga tushirish ishlari va aholini mamlakat boshqaruv tizimiga bo‘lgan ishonchi ya’ni, kelajakda kutilishi mumkin bo‘lgan xavflarni to‘g‘ri baholash orqali ishlab chiqilgan o‘rta muddatli strategik rejalarni puxta ishlanganligi orqali ifodalanadi. Bu hukumat tomonidan olib borilayotgan fiskal islohotlar va yashil innovatsiya tizimining to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilishi orqali kuzatiladi. Bunda yuritilayotgan strategiya hamda qarzga olingan investitsion pul mablag‘larini to‘g‘ri boshqarish muhim hisoblanadi. Ko‘pgina rivojlangan mamlakatlar hozirda bor e’tiborini qayta tiklanuvchi energiya, yangi innovatsion loyihalar hamda kosmosni o‘rganishga qaratmoqda va bor resurslarini katta qismini ushbu sohalarni rivojlantirishga yo‘naltirishmoqda.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 02, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL Qarzni to‘g‘ri boshqarishda mamlakatdagi korxonalarning ham o‘rni katta. Negaki, hukumat tomonidan olingan barcha mablag‘lar ma’lum maqsadlarni rivojlantirish maqsadida ichki bozorladagi korxonlarga yo‘naltiradi. Bunda hukumat tomonidan qarz siyosatini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yganligi muhim ahamiyat kasb etadi, ya’ni ishlab chiqilgan barcha qarz munosabatlariga oid qonun va qoidalar orqali berilgan mablag‘larning sarflanishi nazorat qilinadi. Yuqorida ta’kidlangandek, rivojlangan mamlakatlar singari e’tiborni fiskal barqarorlikni saqlash hamda qarz menejmentini aniq asoslangan strategiya orqali amalga oshirish lozim. Byudjet qonuni orqali muammolarni hal qilish uchun mahalliy hukumat qarzlarining maqsadlari, usullari va ko‘lamini tartibga soluvchi keng qamrovli va aniq qoidalarni joriy etishi lozim. Qonun mahalliy hukumatlarning qarz olish amaliyotini standartlashtiradi, shahar investitsiya platformalarining yangi foizli qarzlarni yaratishiga to‘sqinlik qiladi va davlat qarzining ko‘rinishi va shaffofligini oshiradi. Asosiy chora-tadbirlar mahalliy hukumat qarzlarini almashtirish, maxsus maqsadli obligatsiyalar chiqarish va mahalliy hukumatning yashirin qarzlarini qattiqroq tartibga solishni o‘z ichiga olishi lozim. Umuman olganda, bu islohotlar fiskal resurslarni samarali taqsimlash, hukumatning xatti-harakatlarini nazorat qilish va qarz tuzilmasini optimallashtirishga qaratilgan. Biroq, bu islohotlar korporativ yashil innovatsiyalarni muvaffaqiyatli rivojlantirganmi yoki yo‘qmi va bunday ta’sirlarning asosiy mexanizmlari hali ham yetarlicha o‘rganilmagan. Asosiy makroiqtisodiy va budjet koʻrsatkichlarining milliy prognozlari Manba: Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-2027-yillarga mo‘ljallangan Fiskal strategiya. Biroq, mahalliy qarzlarni boshqarish islohoti korporativ yashil innovatsiyalarga qanday ta’sir qilishi hali ham yetarlicha o‘rganilmagan. Aksincha, bunday islohotlar moliyalashtirish muhitini yaxshilash va yashil innovatsiyalar bilan bog‘liq moliyalashtirish bosimini kamaytirish orqali firmalarning moliyaviy cheklovlarini yengillashtirishi mumkin. Aksincha, bu islohotlar ekologik jihatdan foydali yashil loyihalarni qo‘llab-quvvatlash orqali davlat resurslarini taqsimlashni optimallashtirishi va bilvosita korporativ yashil innovatsiyalarni rag‘batlantirishi mumkin. Bundan tashqari, ushbu islohotlarning korporativ yashil innovatsiyalarga ta’siri mintaqaviy bozor rivojlanish darajasi, firmalarning moliyalashtirish cheklovlari va sanoat xususiyatlaridagi farqlar tufayli farq qilishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan olib borilayotgan islohotlarning natijasi o‘laroq, fiskal barqarorlik choralarini ko‘rish va qarzni boshqarish ya’ni uni xalqaro tajribalarni o‘rganish orqali to‘g‘ri taqsimlash choralarini ko‘rish ishlari olib borilmoqda. Bundan tashqari bizning mamlakatimiz ham so‘nggi yillarda qayta tiklanuvchi energiyaga sarflayotganligini ko‘rish biz uchun juda quvonarli holat, chunki yaqin kelajakda ichimlik suvini qisqarib borishi natijasida
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 02, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL aholida bo‘lgan talabning oshishi orqali katta xavflar yuzaga kelishi mumkin. Davlatning har tomonlama ildam qadamlar bilan rivojlanishi uchun avvalo kuchli strategik rejalar hamda uzluksiz energetika tizimi kerak bo‘ladi. Rivojlangan davlatlarning deyarli barchasi energiya samaradorligiga katta e’tibor qaratadi. Shuning uchun ham fiskal barqarorlikni ta’minlash jarayonlarida qarz menejmentini to‘g‘ri tashkil etish bilan rivojlanishdagi barqarorlikni saqlash hamda uni mustahkamlash mumkin. Xulosa va takliflar. Maqoladagi ma’lumotlar asosida shuni xulosa qilish mumkinki, mamlakatimiz tomonidan olib borilayotgan islohotlarni to‘g‘ri tahlil qilish hamda strategik rejalashtirish choralarini va jalb etilayotgan pul mablag‘larini qat’iy qattiq qonuniy yo‘llar orqali nazorat qilish lozim. Bunda jalb etilgan mablag‘larni yashil iqtisodiyotni rivojlanitish hamda qayta tiklanuvchi resurslarga bo‘lgan ehtiyojni qondirish maqsadida soliq stavkalarini to‘g‘ri yuritish kerak, ya’ni tabiiy resurslardan foydalanishni hukumat tomonidan rag‘batlantirish yo‘llari ko‘rilishi lozim. Bularning barchasini esa, hukumat o‘z oldiga qo‘ygan rejalari orqali nazorat qilishi hamda doimiy tarzda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavflarni to‘g‘ri baholab, qarz menejmentini yuritishda xavflarni e’tiborga olishi lozim. Adabiyotlar / Literatura / Reference: 1. G.Economides, G.koliousi, N.Miaouli, A.Philippopoulos. (2025). From debt arithmetic to fiscal sustainability and fiscal rules: Taking stock and policy lessons. 2. Jiaqi Sun, Ping Li, Yunqiao Wang. (2024). Policy tools for sustainability: Evaluating the effectiveness of fiscal measures in natural resource efficiency. 3. Wensheng He, Qiaoying Ding, Tao Zhou. (2025). How fiscal policy drives corporate digital transformation: an analysis of the synergistic effects of tax incentives and special subsidies. 4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. (2023). “Oʻzbekiston-2030” Strategiyasi. PF-158-son. 5. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi. 2025-2027-yillar uchun Fiskal strategiya. 6. https://api.siat.stat.uz/media/uploads/sdmx/sdmx_data_544.pdf. 7. https://www.imv.uz/static/umumiy-jadval. 8. https://api.mf.uz/media/filestore/Fiskal%20strategiya%202025-2027.pdf.