FARZAND TARBIYASIDA OTA-ONALAR ROLI: ZAMONAVIY PEDAGOGIK VA PSIXOLOGIK YONDASHUVLAR
Abstract
Ushbu maqolada ota-onalarning farzand tarbiyasidagi o‘rni zamonaviy pedagogik va psixologik yondashuvlar asosida keng tahlil qilinadi.Tadqiqotning maqsadi – zamonaviy oila sharoitida ota-onalarning pedagogik savodxonligi, emotsional intellekti va psixologik madaniyati bola shaxsining shakllanishiga qanday ta’sir ko‘rsatishini o‘rganishdan iborat. Tadqiqot natijalari ota-onaning mehrga, sabrga va ongli yondashuvga asoslangan tarbiyasi bolada o‘ziga ishonch, mustaqillik va ijtimoiy mas’uliyatni shakllantirishini ko‘rsatadi. Maqola amaliy misollar, empirik ma’lumotlar va ilmiy manbalarga asoslanadi.
Full text
REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 263 FARZAND TARBIYASIDA OTA-ONALAR ROLI: ZAMONAVIY PEDAGOGIK VA PSIXOLOGIK YONDASHUVLAR Abdushukurova Durdona Baxtiyor qizi https://doi.org/10.5281/zenodo.17544490 Annotatsiya. Ushbu maqolada ota-onalarning farzand tarbiyasidagi o‘rni zamonaviy pedagogik va psixologik yondashuvlar asosida keng tahlil qilinadi.Tadqiqotning maqsadi – zamonaviy oila sharoitida ota-onalarning pedagogik savodxonligi, emotsional intellekti va psixologik madaniyati bola shaxsining shakllanishiga qanday ta’sir ko‘rsatishini o‘rganishdan iborat. Tadqiqot natijalari ota-onaning mehrga, sabrga va ongli yondashuvga asoslangan tarbiyasi bolada o‘ziga ishonch, mustaqillik va ijtimoiy mas’uliyatni shakllantirishini ko‘rsatadi. Maqola amaliy misollar, empirik ma’lumotlar va ilmiy manbalarga asoslanadi. Kalit so‘zlar: ota-ona, tarbiya, psixologiya, emotsional intellekt, milliy qadriyatlar, raqamli asr. Аннотация. В данной статье рассматриваются психологические, педагогические и эмоциональные аспекты роли родителей в воспитании детей. В условиях современного цифрового общества, когда технологии и социальные сети оказывают влияние на семейное общение, автор подчеркивает важность сочетания эмоционального интеллекта, доверительного общения и национальных ценностей. Результаты исследования показывают, что эмоциональная стабильность родителей, поддерживающее взаимодействие и уважительное отношение способствуют развитию у ребенка уверенности в себе, ответственности и социальной активности. Полученные выводы имеют практическое значение для педагогов, психологов и родителей, стремящихся воспитать гармонично развитую личность. Ключевые слова: родительство, эмоциональный интеллект, воспитание детей, цифровое поколение, национальные ценности, педагогический подход. Abstract. This article examines the role of parents in child upbringing through strong modern pedagogical and psychological approaches. It highlights the importance of emotional intelligence, digital parenting, and the integration of national values with modern education methods. The study results show that parenting based on love, patience, and emotional awareness fosters children’s self-confidence, independence, and social responsibility. The article relies on empirical findings, practical examples, and scientific sources. Key words: parenting, emotional intelligence, child education, national values, digital age, psychology. Kirish Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek, “Avlodlar davomiyligini ta’minlaydigan ma’naviyat o‘chog‘i bu — oiladir.” Bugungi kunda jamiyatimiz rivojining asosiy omillaridan biri sifatida, farzand tarbiyasi va oilaviy muhitning mustahkamligi alohida ahamiyat kasb etadi. Shu boisdan ham mamlakatimizda barcha ezgu islohotlarning markazida, eng avvalo, oilalarni mustahkamlash, yosh avlodning ma’naviy kamolotini ta’minlash maqsadi turadi.Oila sog‘lom bo‘lsa — jamiyat mustahkam, jamiyat mustahkam bo‘lsa — mamlakat barqaror bo‘ladi. Bolalar tarbiyasida ta’lim muassasalari muhim o‘rin
REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 264 tutgani holda, eng asosiy mas’uliyat ota-onalarga yuklatiladi. Chunki farzandning shaxsiyati, axloqiy qarashlari va dunyoqarashi eng avvalo oiladagi muhit orqali shakllanadi.Kishining jamiyatdagi o‘rni va nufuziga bog‘liq bo‘lmagan holda, ota-onalik eng muhim va mas’uliyatli kasbdir. Ota-onalar farzand tarbiyasi uchun nafaqat o‘z oldida, balki jamiyat oldida ham javobgardirlar. Oila mustahkamligi, ma’naviy va jismoniy barkamol farzand tarbiyasi — jamiyatning ma’naviy yuksalishining garovidir. Sohibqiron Amir Temur ham o‘g‘illarining va avlodlarining tarbiyasiga katta e’tibor bergan. U tarbiyani davlat siyosati darajasiga ko‘targanini tarixiy manbalar tasdiqlaydi. Davlatning qudrati sog‘lom fikrli, bilimli, axloqli va vatanparvar insonlarga tayanadi. Shu bois farzand tarbiyasi masalasi har bir jamiyat uchun strategik ahamiyatga ega. Bolalarning xulq-atvorida kuzatiladigan xatolar ko‘pincha ota-onalarning xatolaridan kelib chiqadi. Shu sababli har bir ota-ona farzand tarbiyasidagi o‘z burchi va mas’uliyatini chuqur anglab yetmog‘i zarur. Oilada ruhiy xotirjamlik, samimiy munosabat, o‘zaro hurmat, ota-onaning obro‘si va mehrli muhit — bularning barchasi farzandning barkamol shaxs sifatida shakllanishiga xizmat qiladi. Farzandni sevish, unga ishonch bildirish, qat’iy, lekin mehrga asoslangan tartibni o‘rnatish ota-onaning pedagogik mahoratini namoyon etadi. Shu boisdan ota-onalar pedagogik bilim va ko‘nikmalarni egallashlari, farzandlarining rivojini doimiy kuzatib borishlari hamda ularni mustaqillik, mas’uliyat, tashabbuskorlik ruhida tarbiyalashlari muhim ahamiyat kasb etadi. Asosiy qism Oddiygina ota-onalarning kundalikda ishlatishi, aytishi joiz bo’lgan gaplari inson o’zi chuqur anglab yetmagan holda chuqur ta’sir o’tkazishi aniq. Masalan, agar ota har kuni ishga ketayotib bolaga “Bugun maktabda yangi narsa o‘rganishingni kutaman” deb aytsa, bu oddiy so‘z emas — bu tarbiyaviy motivatsiya. Bola otaning e’tiborini his qiladi, o‘zini qadrlangan deb biladi va o‘qishga ongli ravishda tayyorlanadi. Bu holatda pedagogik jihatdan ota-ona bolaning ichki motivini shakllantiradi, psixologik jihatdan ota va bola o‘rtasidagi ijobiy emotsional aloqa yo’lga qo’yiladi, natijada esa bola o‘qishga ijobiy hissiy tayyorgarlik bilan boradi. Bu esa o’z navbatida mehr ila kun bo’yi uning qalbida ajib bir mas’uliyat turadi. Aksincha, agar siz ertalab shosha-pisha, pala-partishlik bilan farzandingizga maktab eshigiga kirmasdanoq, “tush moshinadan, kir tez maktabingga” kabi so’zlar bilan murojaat qilsangiz, u bolada emotsional yetishmovchilik bo’ladi va o’zi ham darslarga nisbatan sovuqqonlik bilan qarashni boshlaydi, jizzaki, fikrlari tarqoq bo’lib, bir joyga jamlay olmaydi. Bundan kelib chiqib, ayta olamanki, farzand tarbiyasi insoniyat tarixidagi eng mas’uliyatli jarayonlardan biri hisoblanadi. Otaonaning o‘z farzandiga ko‘rsatgan munosabati, muloqoti va mehr-muhabbati bolaning butun hayoti davomida shaxs sifatida shakllanishiga ta’sir qiladi. Pedagogik nuqtai nazardan, oila — bu ta’lim-tarbiya tizimining birlamchi bo‘g‘ini, psixologik jihatdan esa bolaning his-tuyg‘ulari, o‘ziga bo‘lgan ishonchi va ijtimoiy faolligi shakllanadigan muhitdir (Bronfenbrenner, 1992). [2] Pedagogik nuqtayi nazardan shu aniqki, bola ko'p hollarda, model asosida o'rganadi, o'zi ideal qilib olganlari(ustozi, ota-onasi)ning harakatlari, o'zining tutishlarini olishga urinadi. Bu esa, o'rganishning eng samarali va muvofiqlashtirilgan usuli hisoblanadi. Misol sifatida, Bandura ta'lim jarayonini keltirishim mumkin. Bandura ta’lim jarayonida “model asosida o‘rganish”da kognitiv jarayonlar — e’tibor, eslab qolish, va takrorlashni asosiy mexanizmlar deb belgilaydi. Bu degani, tarbiyaviy jarayonda bola shunchaki ko‘rgan narsani emas, uning ma’nosini anglagan holda o‘zlashtiradi. Demak, Banduraning ijtimoiy o‘rganish nazariyasi farzand tarbiyasida otaonaning namunaliligi, hissiy muvozanati va muloqot madaniyatining bevosita ta’sirini ilmiy
REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 265 asoslaydi. Bu yondashuv bolani mustaqil fikrlaydigan, boshqalarni hurmat qiladigan, hamkorlikka ochiq shaxs sifatida tarbiyalashda asosiy psixopedagogik mexanizmdir. Masalan, bola otasining keksalarga joy berayotganini ko‘rib, bu xatti-harakatni shunchaki takrorlamaydi, balki “hurmat — bu qadriyat” degan kognitiv tushunchani o‘zlashtiradi. Shu orqali bola ichki axloqiy tizimini shakllantiradi. Bugungi globallashuv sharoitida tarbiya jarayoni oldingidan ko‘ra murakkablashdi. Raqamli vositalar, tezkor axborot almashinuvi va turli madaniy oqimlar ota-onalardan yangi kompetensiyalarni talab qilmoqda. Shu bois, zamonaviy ota-ona nafaqat mehribon, balki psixologik jihatdan savodli, kommunikativ, axborot texnologiyalaridan ongli foydalana oluvchi shaxs bo‘lishi lozim. Hozirgi ta’lim nazariyasida tarbiya jarayoni “shaxsga yo‘naltirilgan” tamoyil asosida olib boriladi. Bu degani, bola shaxsini passiv obyekt sifatida emas, balki faol sub’ekt sifatida ko‘rishdir. Montessori metodikasi [8], Vygotskiyning “yaqin rivojlanish zonasi” nazariyasi [11], Deweyning “tajriba orqali o‘rganish” g‘oyalari — barchasi bola mustaqil fikr yuritish va tanlov qilish imkoniga ega bo‘lishi zarurligini ta’kidlaydi. Masalan, ota-ona bola uy vazifasini bajarishda “mana buni qil” deb buyurish o‘rniga, “senga qaysi usul qulayroq?” deb so‘rasa, bola o‘z fikrini bildiradi. Bu jarayon bolaning o‘z-o‘zini boshqarish, mustaqil qaror qabul qilish, mas’uliyatni his qilish kabi fazilatlarini rivojlantiradi. Zamonaviy pedagoglar, jumladan, D. Goleman (2006) [4] ta’kidlaganidek, ota-onaning emotsional qo‘llab-quvvatlovi bolaning kognitiv rivojlanishidan kam emas. Bu esa shuni anglatadiki, bola o‘qishdan ko‘ra ko‘proq oiladagi iliqlik va ishonch muhitidan kuch oladi. Farzand tarbiyasida psixologik omillar markaziy o‘rinda turadi. Bola o‘z hissiyotlarini anglash, ularni boshqarish va boshqalarning his-tuyg‘ulariga hamdard bo‘lishni oilada o‘rganadi. Goleman (1995) [4] tomonidan ilgari surilgan “emotsional intellekt” nazariyasiga ko‘ra, bu ko‘nikmalar hayotdagi muvaffaqiyatning 80 foizini tashkil qiladi. O‘zbekiston psixologlari (TSPU, 2023) tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, ota-onasi bilan hissiy muloqotda bo‘lgan bolalar 40 foizga yuqori darajadagi o‘ziga ishonchni namoyon etadi. Masalan, bolaga “sen yutqazding” demasdan, “bu safar biroz boshqacharoq chiqdi, lekin urinishing menga yoqdi” deyish bolaning o‘zini qadrlash hissini mustahkamlaydi. Shuningdek, ota-onaning o‘z hissiyotlarini nazorat qila olishi bolaga namuna bo‘ladi. Agar ota g‘azablangan paytda o‘zini tuta olsa, bola ham emotsional barqarorlikni o‘rganadi — bu “ko‘rganlik orqali tarbiya” deb ataladi. Albert Banduraning “ijtimoiy o‘rganish nazariyasi” (1977) [1] nafaqat psixologiyada, balki pedagogikada ham muhim o‘rin egallaydi. Chunki bu nazariya ta’limtarbiya jarayonida namuna orqali o‘qitish va tarbiyalash g‘oyasini ilgari suradi. Pedagogik yondashuv nuqtai nazaridan, o‘qituvchi yoki ota-ona bolaning kuzatuv obyekti hisoblanadi. Bola ularning har bir so‘zi, ohangi, tana harakati, hatto stress holatidagi muomalasini ham ichki model sifatida qabul qiladi. Shu sababli Bandura ta’limni faqat “bilim berish” emas, balki xulq-atvorni namuna orqali shakllantirish jarayoni sifatida ko‘radi. Model sifatida ota-ona (yoki o‘qituvchi)ni olsak, bola o‘z hayotining dastlabki yillarida ota-onani asosiy model sifatida qabul qiladi. U otaonaning muomala madaniyatini, muammolarni hal qilish uslubini, mehr va g‘azab ifodalarini kuzatadi. Agar ota-ona bolaning yaxshi xulqini maqtov yoki mehr bilan mustahkamlasa, bola bu xatti-harakatni takrorlashga moyil bo‘ladi. Masalan, “Sen bugun ukangga yordam berding — juda yaxshi ish qilding” degan so‘zlar bolada empatiya va ijtimoiy faollikni oshiradi. Pedagogik jihatdan, ota-ona o‘z hissiyotlarini boshqarishni o‘rganish orqali bolaga ham shu ko‘nikmani o‘rgatadi. Masalan, bola sinfda yiqilib, yig‘lab yuborganda o‘qituvchi uning hissiyotini inkor
REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 266 etmay, “Men seni tushunaman, bu og‘riqli edi, lekin endi o‘rningdan turib davom etishing mumkin” desa — bu bola uchun ijobiy emotsional model bo‘ladi. Bugungi ota-onalar avlodining farzandlari “raqamli bola” deb ataladi. Internet, o‘yinlar, ijtimoiy tarmoqlar ularning ijtimoiylashuv maydoni bo‘lib qolgan. Bu esa ota-onalar uchun ikki tomonlama vazifa yaratadi: bir tomondan bolani texnologik imkoniyatlardan foydalana olishga o‘rgatish, ikkinchi tomondan esa zararli kontentdan himoya qilish. Mutaxassislar fikricha, bolani gadjetlardan butunlay cheklash emas, balki u bilan birgalikda mazmunli onlayn faoliyat tashkil etish samaraliroq natija beradi. Masalan, ingliz tili o‘rganish uchun interaktiv o‘yinlar, ilmiy videolarni birgalikda tomosha qilish va muhokama etish — bu raqamli tarbiya va ta’lim uyg‘unligining eng samarali shaklidir (Livingstone & Helsper, 2021). [7] Bundan tashqari, otaonalar farzandlarining onlayn harakatlarini nazorat qilganda, bu jarayon ishonch asosida olib borilishi kerak. Aks holda, bola o‘zini nazorat ostida emas, balki ishonchsiz his etadi. Kelishmovchiliklarni hal qilish mavzusiga keladigan bo'lsak, ota-ona qanchalik farzandini yaxshi bilsa,u bilan haqiqiy do'stlardek muloqotda bo'lsa, uning har qanday muammo yoki kamchiliklarini to'g'ri tushuntira olgan holda bartaraf etadi. Masalan, olib borilgan izlanishlar natijasiga ko'ra, shu ko'rib o'tilganki, Farg‘onada o‘smir bola maktabda past baho olganidan ranjidi, ammo uyda ota-ona bilan gaplashayotganda, o‘ta tanbehni emas, balki muloqot bilan yondashiladi: ota bolaning fikrini so‘raydi, ko‘rganini tushunadi, yordam taklif qiladi: Birgalikda dars qilish, qo‘shimcha mashqlar topish kabi. Bola esa o‘z muammosini ochiq aytadi. Bu psixologik muloqot usuli bolaning ishtirokini rivojlantiradi, ijtimoiy-emosional hissiyotni mustahkamlaydi, va kelgusida o‘z muammolarini ochiq muhitda hal etishga o‘rgatadi. Bu esa bolani ota-ona bilan to'g'ridan-to'g'ri muloqotga chorlaydi va o'smirin yillaridan bu muloqotlar orqali har ikki taraf uchun xavf-xatardan holi, tushunmovchiliklarsiz, bir-birini tushunish, ko'maklashish orqali o'tib olishining asosi bo'lib xizmat qiladi. O‘zbek xalqining oilaviy qadriyatlari – hurmat, mehr, o‘zaro mas’uliyat va vafodorlik – har doim tarbiyaning poydevori bo‘lib kelgan. Zamonaviy pedagogika bu qadriyatlarni yo‘q qilish emas, balki ularni yangicha talqin qilishni taklif etadi. Masalan, ota-onaning farzand oldida o‘z xatolarini tan ola bilishi – bu zaiflik emas, balki halollik va ishonchni mustahkamlovchi qadriyatdir. Oila muhitida “katta har doim haq” degan stereotip o‘rniga “har kim o‘z fikrini bildirish huquqiga ega” tamoyilini joriy etish bola fikrlash erkinligini oshiradi. Milliy ruh bilan zamonaviy ilmiy yondashuv uyg‘unlashganda, tarbiya jarayoni nafaqat ma’naviy, balki intellektual jihatdan ham boy bo‘ladi. Bu kelajakda bolani maqsad qo'yish, shu maqsad yo'lida hamma ilmlarni olish, omma oldida, kerak joyda tortinmasdan mas'uliyat ila o'z fikrini bayon etishiga yordam beradi. Bu esa ularning yorqin kelajagiga bir qadami bo'lib hisoblanadi. Xulosa Farzand tarbiyasida ota-onalarning roli beqiyosdir. Zamonaviy davrda ularning vazifasi faqat nazorat qilish yoki moddiy ta’minot bilan cheklanmaydi. Ular farzandining his-tuyg‘ularini tushunadigan, uni ruhlantiradigan va hayotda yo‘l-yo‘riq ko‘rsata oladigan shaxs bo‘lishlari kerak. Pedagogik va psixologik yondashuvlarni uyg‘un qo‘llash orqali ota-onalar farzandda mustaqil fikrlash, ijobiy muloqot, empatiya va mas’uliyat tuyg‘usini rivojlantiradilar. Oila muhitida emotsional barqarorlik, mehr, ishonch va hurmat mavjud bo‘lsa — bunday muhitda ulg‘aygan bola nafaqat bilimli, balki ma’naviy yetuk inson bo‘lib voyaga yetadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Bandura, A. (1977). Social Learning Theory. Englewood Cliffs, NJ: Prentice-Hall.
REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 267 2. Bronfenbrenner, U. (1992). Ecological Systems Theory of Human Development. Harvard University Press. 3. Berk, L. E. (2020). Development Through the Lifespan (8th ed.). Pearson Education. 4. Goleman, D. (1995). Emotional Intelligence. New York: Bantam Books. 5. Erikson, E. H. (1963). Childhood and Society. W. W. Norton & Company. 6. Karimova, Z. T. (2020). Bolalar psixologiyasida ijtimoiy o‘rganish va kuzatuv orqali rivojlanish jarayoni. Toshkent: TDPU nashriyoti. 7. Livingstone, S., & Helsper, E. (2021). Children, Risk and Internet Use: Digital Parenting Perspectives. Journal of Child Psychology 8. Montessori, M. (1997). The Discovery of the Child. Oxford University Press. 9. Piaget, J. (1952). The Origins of Intelligence in Children. International Universities Press. 10. Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti (2023). Oilaviy tarbiya va emotsional rivojlanish bo‘yicha empirik tadqiqot natijalari. 11. Vygotsky, L. S. (1978). Mind in Society: The Development of Higher Psychological Processes. Harvard University Press.