scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

O'ZBEKISTON IQTISODIYOTINI SAMARALI BOSHQARISHDA DAVLAT VA XUSUSIY SEKTOR HAMKORLIGINING AHAMIYATI

Karimova Iroda Abdusattarovna, Qobilov Javohir Kabil o'g'li

Abstract

Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiyotni samarali boshqarishda davlat va xususiy sektor hamkorligining o‘rni, mavjud tajriba hamda istiqboldagi rivojlanish yo‘nalishlari tahlil qilingan. Shuningdek, davlat-xususiy sheriklik (DXSh) mexanizmlarini takomillashtirish orqali iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, investitsiya muhitini yaxshilash va ijtimoiy sohalarda innovatsion loyihalarni amalga oshirishning nazariy-amaliy asoslari yoritilgan.

Full text

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 02, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL Karimova Iroda Abdusattarovna Toshkent gumanitar fanlar universiteti dotsenti v.b. Qobilov Javohir Kabil o‘g’li Toshkent gumanitar fanlar universiteti iqtisodiyot yo‘nalishi talabasi Email:[email protected] O‘ZBEKISTON IQTISODIYOTINI SAMARALI BOSHQARISHDA DAVLAT VA XUSUSIY SEKTOR HAMKORLIGINING AHAMIYATI Annotatsiya: Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiyotni samarali boshqarishda davlat va xususiy sektor hamkorligining o‘rni, mavjud tajriba hamda istiqboldagi rivojlanish yo‘nalishlari tahlil qilingan. Shuningdek, davlat-xususiy sheriklik (DXSh) mexanizmlarini takomillashtirish orqali iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, investitsiya muhitini yaxshilash va ijtimoiy sohalarda innovatsion loyihalarni amalga oshirishning nazariy-amaliy asoslari yoritilgan. Kalit so‘zlar: davlat-xususiy sheriklik, iqtisodiy samaradorlik, investitsiya, boshqaruv, innovatsion rivojlanish, infratuzilma, barqaror o‘sish. Kirish. Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat va xususiy sektor o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik iqtisodiy tizimning muhim tarkibiy qismidir. O‘zbekiston Respublikasida so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar davlatning boshqaruvdagi roli bilan bir qatorda xususiy sektorni rivojlantirish, uning iqtisodiy jarayonlardagi ulushini oshirishga yo‘naltirilgan. Prezident Sh. M. Mirziyoyev ta’kidlaganidek, “Bizning asosiy maqsadimiz — davlatning iqtisodiyotdagi bevosita ishtirokini kamaytirib, xususiy sektorning faolligini oshirish orqali iqtisodiy o‘sishning barqaror manbalarini shakllantirishdir.” Bu yondashuv davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarining amaliy ahamiyatini yanada kuchaytiradi Asosiy qism. 1. Davlat va xususiy sektor hamkorligining nazariy asoslari. Bozor iqtisodiyotiga asoslangan har qanday mamlakatda iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, investitsion muhitni yaxshilash va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishda davlat va xususiy sektor o‘rtasidagi hamkorlik muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur hamkorlikning zamonaviy shakli sifatida davlatxususiy sheriklik (DXSh) tushunchasi jahon iqtisodiyotida keng qo‘llanilib kelinmoqda. Davlat-xususiy sheriklik (DXSh) — bu davlat va xususiy sektor o‘rtasidagi uzoq muddatli, o‘zaro manfaatli hamkorlik shakli bo‘lib, u ijtimoiy, infratuzilmaviy, iqtisodiy yoki innovatsion loyihalarni amalga oshirishni nazarda tutadi. Ushbu modelda davlat o‘zining ijtimoiy majburiyatlarini samarali bajarish imkoniyatiga ega bo‘ladi, xususiy sektor esa o‘z kapitalini foydali va nisbatan xavfsiz yo‘nalishlarga yo‘naltiradi. DXShning mohiyati — davlatning tartibga soluvchi va strategik boshqaruv funksiyalarini saqlab qolgan holda, xususiy sektorning resurslarini, texnologiyalarini va boshqaruv tajribasini iqtisodiy jarayonlarga jalb qilishdir. Bu esa iqtisodiy samaradorlikni oshiradi, moliyaviy yukni kamaytiradi va byudjet mablag‘larining maqsadli sarflanishini ta’minlaydi. DXShning nazariy yondashuvlari. DXSh konsepsiyasining nazariy asoslari neoklassik iqtisodiy ta’limot va yangi institutsional iqtisodiyot maktabi g‘oyalari bilan bog‘liq. Neoklassik JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 02, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL yondashuvda iqtisodiyotda davlatning ishtiroki minimal bo‘lishi kerakligi ta’kidlanadi, ammo infratuzilma va ijtimoiy sohalarda davlatning roli muqarrar. Shu sababli, davlat-xususiy sheriklik modeli aynan bu ikki sektor o‘rtasidagi optimal muvozanatni yaratadi. Yangi institutsional iqtisodiyot nazariyasi nuqtayi nazaridan esa DXSh — bu institutsional kelishuv bo‘lib, u tranzaksiya xarajatlarini kamaytirish, resurslardan samarali foydalanish va risklarni taqsimlash orqali umumiy natijadorlikni oshirishga qaratilgan. DXShning asosiy prinsiplari: 1. Uzoq muddatlilik – loyihalar odatda 10 yildan 30 yilgacha davom etadi. 2. Risklarni taqsimlash – moliyaviy, texnik, siyosiy va ijtimoiy risklar davlat va xususiy sherik o‘rtasida adolatli taqsimlanadi. 3. Natijaga yo‘naltirilganlik – sheriklikning muvaffaqiyati natijaviy ko‘rsatkichlar bilan o‘lchanadi. 4. Shaffoflik va hisobdorlik – barcha bosqichlarda ochiqlik, raqobat va jamoatchilik nazorati ta’minlanadi. Jahon tajribasi. Dunyo miqyosida DXSh modeli muvaffaqiyatli qo‘llanilgan mamlakatlar ko‘p. Masalan, Buyuk Britaniyada “Private Finance Initiative (PFI)” dasturi orqali 700 dan ortiq ijtimoiy-infratuzilma loyihalari amalga oshirilgan. Janubiy Koreyada DXSh yordamida transport va ta’lim infratuzilmasi modernizatsiya qilingan. Turkiyada esa sog‘liqni saqlash tizimidagi “City Hospitals” loyihalari natijasida 30 milliondan ortiq aholiga yuqori sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatilmoqda. 2. O‘zbekistonda DXSh tizimining shakllanishi va rivojlanish bosqichlari. O‘zbekiston Respublikasida so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli iqtisodiy islohotlar jarayonida davlat-xususiy sheriklik tizimi alohida strategik yo‘nalish sifatida shakllanmoqda. DXSh mexanizmi iqtisodiyotning turli tarmoqlarida xususiy sektor faolligini oshirish, davlat byudjeti yukini kamaytirish va investitsiya muhitini yaxshilashda muhim rol o‘ynaydi. Huquqiy asoslar. O‘zbekiston Respublikasida DXSh tizimining huquqiy poydevori 2019-yil 10mayda qabul qilingan “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ–537-son) orqali mustahkamlandi. Ushbu qonun: DXSh loyihalarini tanlash, tasdiqlash va amalga oshirish tartibini belgilab berdi; Investorlar manfaatlarini huquqiy kafolat bilan himoya qilish mexanizmini joriy qildi; Loyiha shartnomalarini xalqaro amaliyot talablariga moslashtirdi. Shuningdek, 2020-yilda Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Davlat-xususiy sheriklik agentligi tashkil etildi. Bu idora DXSh loyihalarini muvofiqlashtirish, ekspertiza o‘tkazish, investorlarga maslahat ko‘rsatish va monitoring yuritish bilan shug‘ullanadi. Rivojlanish bosqichlari. O‘zbekistonda DXSh tizimini shakllanishini quyidagi uch asosiy bosqichga ajratish mumkin: 1. Boshlang‘ich bosqich (2017–2019 yillar): Islohotlarning dastlabki bosqichida davlat tomonidan iqtisodiy liberallashuv, xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlash va chet el investitsiyalarini jalb qilishga qaratilgan qonunchilik asoslari yaratildi. Mazkur davrda DXSh konsepsiyasi mamlakat siyosiy-huquqiy amaliyotiga kiritildi. 2. Faol rivojlanish bosqichi (2020–2023 yillar): Bu davrda transport, energetika, sog‘liqni saqlash, ta’lim va kommunal xizmatlar sohalarida 50 JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 02, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL dan ortiq DXSh loyihalari amalga oshirildi. Eng yirik loyihalardan biri sifatida “Toshkent halqa yo‘li” avtomagistrali, “Yangi Andijon” shaharchasi qurilishi va Quyosh elektr stansiyalari loyihalarini keltirish mumkin. 3. Institutsional mustahkamlash bosqichi (2024-yildan hozirga qadar): DXSh tizimining samaradorligini oshirish, loyiha tahlilini avtomatlashtirish, xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikni kengaytirish bosqichi boshlandi. Bu davrda O‘zbekiston Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki kabi tashkilotlar bilan sheriklikni mustahkamladi. DXShning amaliy samaralari. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 2020–2024-yillar oralig‘ida O‘zbekistonda DXSh doirasida jalb qilingan investitsiyalar hajmi 6 milliard AQSH dollaridan ortiqni tashkil etdi. Natijada: 30 mingdan ortiq yangi ish o‘rni yaratildi; Elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvati 15 foizga oshdi; Transport-logistika infratuzilmasining samaradorligi 1,8 barobarga ko‘tarildi. Muammolar va istiqbollar. Shunga qaramay, DXSh tizimining rivojlanishida ayrim cheklovlar ham mavjud: hujjatlarni tayyorlash jarayonida byurokratik to‘siqlar, mahalliy darajadagi mutaxassislar yetishmasligi, risklarni baholash metodologiyasining to‘liq shakllanmagani kabi omillar shular jumlasidandir. Kelgusida bu sohada xalqaro tajriba asosida raqamli boshqaruv tizimlarini joriy etish, risklarni baholashning yagona platformasini yaratish va mahalliy investorlarga soliq imtiyozlarini kengaytirish DXShning barqaror rivojlanishini ta’minlaydi. 3. Davlat va xususiy sektor hamkorligining iqtisodiy samarasi. Davlat-xususiy sheriklik tizimining joriy etilishi O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun nafaqat moliyaviy resurslarni kengaytirish, balki iqtisodiy boshqaruv sifatini tubdan yaxshilash vositasi sifatida ham katta ahamiyatga ega. DXSh mexanizmlari davlatning iqtisodiy ishtirokini optimallashtirish, xususiy kapitalni strategik tarmoqlarga jalb qilish va iqtisodiy o‘sishning yangi drayverlarini shakllantirish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorlikning asosiy yo‘nalishlari: Byudjet yukining kamayishi va resurslardan oqilona foydalanish. Davlat tomonidan moliyalashtiriladigan ko‘plab infratuzilma loyihalarini xususiy sektor ishtirokida amalga oshirish natijasida byudjet mablag‘larining bir qismi tejaladi. Bu esa davlat xarajatlarini ijtimoiy sohalar, ta’lim, sog‘liqni saqlash yoki ekologiya kabi ustuvor yo‘nalishlarga yo‘naltirish imkonini beradi. Iqtisodiy faollik va bandlik darajasining oshishi. DXSh loyihalari amalga oshirilayotgan hududlarda ishlab chiqarish, qurilish, transport va xizmat ko‘rsatish sohalarida yangi ish o‘rinlari yaratiladi. Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2020–2024-yillar oralig‘ida DXSh loyihalari orqali mamlakat bo‘yicha 30 mingdan ortiq yangi ish o‘rni tashkil etilgan. Investitsion jozibadorlikning oshishi. DXSh tizimi xorijiy investorlar uchun ishonchli va barqaror biznes muhitini yaratadi. Bunda davlatning kafolatli majburiyatlari, soliq imtiyozlari va shaffof shartnomaviy asoslar investorlarning uzoq muddatli ishonchini ta’minlaydi. Innovatsion texnologiyalar va boshqaruv tajribasini joriy etish. Xususiy sektorning faol ishtiroki natijasida ishlab chiqarish jarayonlariga zamonaviy texnologiyalar, ilg‘or menejment usullari va sifat nazoratining xalqaro standartlari kiritiladi. Bu esa samaradorlikni oshiradi va milliy mahsulotlarning raqobatbardoshligini kuchaytiradi. Makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash. DXSh mexanizmlarini keng joriy etish davlat investitsiya dasturlarining yukini kamaytiradi, budjet defitsitini cheklaydi hamda inflyatsiya bosimining pasayishiga xizmat qiladi. Natijada, mamlakat iqtisodiy tizimining umumiy barqarorligi ta’minlanadi. JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 02, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL Amaliy misollar. O‘zbekistonda energetika sohasidagi DXSh loyihalari buning yaqqol isbotidir. Masalan, Navoi va Surxondaryo viloyatlarida amalga oshirilayotgan quyosh elektr stansiyalari loyihalari natijasida 2024-yil yakunlariga kelib elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi 15 foizga oshgan. Shu bilan birga, bu loyihalar ekologik barqarorlikni ta’minlashga ham xizmat qilmoqda. Transport-logistika sohasida esa “Toshkent halqa yo‘li” loyihasi misolida davlat-xususiy sheriklik mexanizmlari asosida qurilgan avtomobil yo‘llari poytaxtning transport yuklamasini 20 foizga kamaytirgan va vaqt tejalishini 15–18 foizgacha oshirgan. Shunday qilib, DXSh iqtisodiyotni strukturaviy modernizatsiya qilish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va mamlakatning xalqaro investitsion reytinglarini yaxshilashda muhim omil sifatida o‘zini to‘liq oqlagan. 4. DXSh tizimini takomillashtirish yo‘nalishlari. O‘zbekiston iqtisodiyotida DXSh tizimi hali nisbatan yangi yo‘nalish hisoblanadi, shu bois uni institutsional, huquqiy va tashkiliy jihatdan yanada mustahkamlash muhim ahamiyatga ega. Jahon tajribasidan ma’lumki, samarali DXSh tizimi mavjud bo‘lishi uchun davlat, xususiy sektor va moliya institutlari o‘rtasida uzviy, tizimli va shaffof hamkorlik bo‘lishi zarur. Huquqiy-institutsional bazani yanada takomillashtirish. DXSh jarayonlarining har bir bosqichida — loyiha tashabbusini ilgari surishdan tortib, shartnoma imzolanishi va amalga oshirishgacha bo‘lgan davrda huquqiy aniqlik va barqarorlik zarur. Shu maqsadda: “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonunga amaldagi xalqaro standartlarga mos qo‘shimcha moddalarning kiritilishi; DXSh loyihalarini tartibga soluvchi yagona raqamli reyestr yaratish; Mahalliy hokimiyatlar darajasida DXSh bo‘limlarini tashkil etish zarur. Moliyalashtirish mexanizmlarini diversifikatsiya qilish. DXSh loyihalari uchun moliyaviy manbalar nafaqat davlat byudjetidan, balki tijorat banklari, xalqaro moliya institutlari, obligatsiyalar bozori va suveren fondlar hisobidan shakllantirilishi kerak. Shu ma’noda: Xalqaro tajriba asosida infratuzilma obligatsiyalari chiqarish; Bank kafolatlari va sug‘urta tizimlarini keng joriy etish; DXSh loyihalari uchun maxsus investitsiya fondlarini tashkil etish maqsadga muvofiq. Raqamli boshqaruv va monitoring tizimini joriy etish. DXSh loyihalarining samaradorligini oshirish uchun loyiha jarayonlarini raqamli boshqaruv platformasi orqali yuritish zarur. Bu nafaqat shaffoflikni ta’minlaydi, balki byurokratik to‘siqlarni kamaytiradi. Loyiha samaradorligi ko‘rsatkichlari – vaqt, xarajat, foyda, ekologik ta’sir va ijtimoiy natijalar – real vaqt rejimida kuzatilib borilishi kerak. Kadrlar salohiyatini oshirish va ilmiy-amaliy tadqiqotlarni rivojlantirish. DXSh tizimida malakali iqtisodchilar, huquqshunoslar va loyiha boshqaruvchilari muhim o‘rin tutadi. Shu sababli: Oliy o‘quv yurtlarida “Davlat-xususiy sheriklik menejmenti” yo‘nalishini tashkil etish; Xalqaro tajriba almashinuvi dasturlarini yo‘lga qo‘yish; DXSh bo‘yicha ilmiy-tadqiqot institutlarini tashkil etish lozim. Xususiy sektor uchun rag‘batlantiruvchi muhit yaratish. Xususiy investorlarni jalb qilish uchun soliq imtiyozlari, subsidiyalar, yer ajratishdagi qulayliklar, soddalashtirilgan litsenziyalash tizimi joriy etilishi zarur. Shu orqali xususiy sektorning iqtisodiyotdagi ulushi oshadi va u milliy ishlab chiqarishning barqaror drayveriga aylanadi. JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 02, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL Xulosa: Davlat va xususiy sektor o‘rtasidagi hamkorlik O‘zbekiston iqtisodiyotining barqaror rivojlanishida strategik ahamiyatga ega. DXSh mexanizmlari nafaqat mamlakat infratuzilmasini modernizatsiya qilish, balki investitsion faoliyatni faollashtirish, ish o‘rinlarini yaratish va iqtisodiy samaradorlikni oshirishga xizmat qilmoqda. Amaliy tajriba shuni ko‘rsatadiki, xususiy sektor ishtirokidagi loyihalar samaradorligi davlat tomonidan to‘liq moliyalashtiriladigan loyihalarga nisbatan yuqori. Shu bilan birga, DXSh loyihalari orqali joriy etilayotgan innovatsion texnologiyalar va ilg‘or boshqaruv tizimlari milliy ishlab chiqarishning raqobatbardoshligini oshiradi. Kelgusida DXSh tizimini takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat: huquqiy bazani mustahkamlash, moliyalashtirish mexanizmlarini diversifikatsiya qilish, raqamli monitoring tizimlarini joriy etish, kadrlar salohiyatini oshirish va xususiy sektor uchun rag‘batlantiruvchi muhit yaratish. Bu yo‘nalishlar amalga oshirilsa, mamlakat iqtisodiy barqarorligi va investitsion jozibadorligi sezilarli darajada oshadi. Shu bilan birga, DXSh tizimi nafaqat iqtisodiy samarani oshirishga, balki ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashga ham xizmat qiladi. Masalan, sog‘liqni saqlash, ta’lim va transport infratuzilmasidagi DXSh loyihalari aholining hayot sifatini yaxshilashda muhim rol o‘ynaydi. Shu nuqtai nazardan, DXSh O‘zbekistonning iqtisodiy strategiyasida kelgusida ham markaziy o‘rin egallashini davom ettiradi. Umuman olganda, davlat-xususiy sheriklik tizimini takomillashtirish O‘zbekiston iqtisodiy siyosatining ilg‘or va samarali mexanizmi sifatida mamlakatni raqobatbardosh va barqaror rivojlangan iqtisodiyotga aylantirishga xizmat qiladi. Foydalanilgan adabiyotlar. 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 20-noyabrdagi “Davlat-xususiy sheriklik tizimini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–4553-son qarori. 2. “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ–537, 2019-yil 10-may). 3. Mirziyoyev Sh. M. Yangi O‘zbekiston strategiyasi. – Toshkent: O‘zbekiston, 2021. 4. World Bank. Public-Private Partnerships: Reference Guide, 3rd Edition. Washington D.C., 2022. 5. OECD (2023). Public-Private Partnerships for Sustainable Development. Paris: OECD Publishing. 6. Asian Development Bank (2022). Promoting Public-Private Partnerships in Infrastructure Development. Manila: ADB. 7. UNDP (2021). Private Sector Engagement in Public Service Delivery: Lessons from Emerging Economies. New York: UNDP. 8. Rakhimov, A., & Tursunov, S. (2020). Economic Impact of Public-Private Partnerships in Uzbekistan. Journal of Economic Development, 45(3), 56-74.