scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

DISFUNKSIONAL OILA: SABABLARI, OQIBATLARI VA PSIXOLOGIK TAHLILI

Eshmatova Marjona Kamol qizi

Abstract

Mazkur maqolada disfunksional oila tushunchasi, uning shakllanishiga sabab bo‘luvchi omillar hamda bunday oilalarda yuzaga keladigan psixologik muammolar tahlil qilinadi. Disfunksional oila — bu a’zolar o‘rtasidagi emotsional aloqa, o‘zaro tushunish va qo‘llab-quvvatlash yetarli bo‘lmagan, nizolar muntazam kuzatiladigan oilaviy tizim sifatida talqin etiladi. Tadqiqotda bunday oilalarning shakllanishiga ijtimoiy, iqtisodiy va psixologik omillar ta’siri ko‘rsatib o‘tiladi. Shuningdek, disfunksional oilada tarbiyalanayotgan bolalarning ruhiy holati, ularning shaxslararo munosabatlari va ijtimoiy moslashuvi jihatidan kuzatiladigan oqibatlar tahlil etilgan. Maqolada psixologik yondashuvlar asosida disfunksional oila muammolarini bartaraf etish yo‘llari ham taklif etiladi.

Full text

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 02, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL Eshmatova Marjona Kamol qizi Termez Davlat Universiteti e-mail: [email protected], Telefon: +998992560614 DISFUNKSIONAL OILA: SABABLARI, OQIBATLARI VA PSIXOLOGIK TAHLILI Annotatsiya: Mazkur maqolada disfunksional oila tushunchasi, uning shakllanishiga sabab bo‘luvchi omillar hamda bunday oilalarda yuzaga keladigan psixologik muammolar tahlil qilinadi. Disfunksional oila — bu a’zolar o‘rtasidagi emotsional aloqa, o‘zaro tushunish va qo‘llab-quvvatlash yetarli bo‘lmagan, nizolar muntazam kuzatiladigan oilaviy tizim sifatida talqin etiladi. Tadqiqotda bunday oilalarning shakllanishiga ijtimoiy, iqtisodiy va psixologik omillar ta’siri ko‘rsatib o‘tiladi. Shuningdek, disfunksional oilada tarbiyalanayotgan bolalarning ruhiy holati, ularning shaxslararo munosabatlari va ijtimoiy moslashuvi jihatidan kuzatiladigan oqibatlar tahlil etilgan. Maqolada psixologik yondashuvlar asosida disfunksional oila muammolarini bartaraf etish yo‘llari ham taklif etiladi. Kalit so‘zlar: disfunksional oila, psixologik muhit, emotsional yetishmovchilik, nizolar, bolalar ruhiyati, oilaviy muammolar. Abstract: This article analyzes the concept of a dysfunctional family, the factors that cause its formation, and the psychological problems that arise in such families. A dysfunctional family is interpreted as a family system in which emotional communication, mutual understanding, and support between members are insufficient, and conflicts are regularly observed. The study shows the influence of social, economic, and psychological factors on the formation of such families. It also analyzes the consequences observed in terms of the mental state of children raised in dysfunctional families, their interpersonal relationships, and social adaptation. The article also suggests ways to eliminate the problems of a dysfunctional family based on psychological approaches Keywords: dysfunctional family, psychological environment, emotional deprivation, conflicts, child psychology, family problems. Аннотация: В статье анализируется понятие дисфункциональной семьи, факторы, обусловливающие её формирование, и психологические проблемы, возникающие в таких семьях. Дисфункциональная семья трактуется как семейная система, в которой отсутствуют эмоциональная коммуникация, взаимопонимание и поддержка между членами семьи, а также регулярно наблюдаются конфликты. В исследовании показано влияние социальных, экономических и психологических факторов на формирование таких семей. Проанализированы наблюдаемые последствия для психического состояния детей, воспитывающихся в дисфункциональных семьях, их межличностных отношений и социальной адаптации. В статье также предложены пути устранения проблем дисфункциональной семьи, основанные на психологических подходах. Ключевые слова: неблагополучная семья, психологическая среда, эмоциональная депривация, конфликты, детская психология, семейные проблемы. JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 02, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL Kirish Disfunksional oila deganda, o’z vazifalarini to’liq bajara olmaydigan, a’zolar o’rtasida sog’lom psixologik muhit shakllanmagan oila turidir.Bunday oilalarda sevgi,tushunish, qo’llab quvvatlash, o’zaro ishonch va hurmat yetarli bo’lmaydi.Natijada oila Ichida nizolar, zo’ravonlik,beparvolik, psixologik bosim va sovuq munosabatlar paydo bo’ladi.Disfunksional oila -bu tashqi tomondan oddiy ko’ringan, ammo ichki jihatdan hissiy, ruhiy va kommunikativ muommolarga ega bo’lgan oila.Bunaqa oilada tarbiya ko’rayotgan bolalar mehr,e’tiborga va ota onasi tomonidan erkalanishga zor bo’lib o’sadi.Bunday bolalar o’zlarini past baholaydi , boshqalarga ishonmaydi va o’z shaxsiy hayotida ham shunga o’xshash muommolarni takrorlaydi. Disfunksional oilaning kelib chiqishiga ko‘plab omillar sabab bo‘ladi.Birinchi sabab bu psixologik sabablar bo’lib, oila a’zolarining ichki holati, ularning shaxsiy muammolari, bolalikdan shakllangan ruhiy jarohatlar bilan bog‘liq.Ya’ni ota bolaligida mehr ko‘rmagan, his-tuyg‘ularini ifoda etishni o‘rganmagan bo‘lsa, u kattaligida ham sovuq, beparvo ota bo‘lib qoladi.Ona o‘z ota-onasidan doimiy tanqid eshitib ulg‘aygan bo‘lsa, o‘z farzandiga ham shunday tanqidiy munosabatda bo‘ladi.Natijada, farzandlar o‘zlarini yetarli darajada qadrli his qilmaydi, o‘ziga ishonchsizlik, tashvish va depressiv holatlar shakllanadi.Bu jarayonlar astasekin oila ichidagi aloqa buzilishiga, emosional masofa ortishiga, va bolalarda ruhiy travmalar paydo bo‘lishiga olib keladi. Natijada yangi disfunksional oila hosil bo’ladi. Yana bir sabablari bu stress va asabiylik — ota yoki onaning doimiy asabiy holatda bo‘lishi.Ho’sh ota va ona nega asbiy va stressga tushishi mumkin?,buning sababi turlicha bo’lishi mumkin misol uchun yuqorida keltirib o’tilgan sabablar,ya’ni ota va ona yoshligidan disfunksional oilada o’sgan,yoki dolzarb muommolardan biri farzandlar oila quryotganda ota onalari tomonidan majburiyat tufayli oila qurishadi. Bir -birini yaxshi ko’rmasdan oila qurishadi buning natijasida oilada sovuqchilik paydo bo’ladi .Birbirlarini tushunishmaydi va tushunishni hohlamaydi ham.Oila notinch bo’lgandan keyin undan tug’iladigan farzandlar ham psixologik tarafdan tarbiyasi buziladi.Ota va ona ham farzandga e’tiborsiz, bolaga sovuq munosabatlar shakllanishi mumkin. Masalan: onasi ishdagi muammolarni uyga olib keladi, bolalarga baqiradi, bu esa oila muhitini taranglashtiradi.Emotsional yetishmovchilik — oila a’zolari birbirini eshitmaydi, his-tuyg‘ularini ifoda etmaydi.Masalan: ota “erkak odam his-tuyg‘usini bildirmaydi” deb o‘ylaydi va bolasi bilan samimiy suhbat qilmaydi.Yana bir holatda otasi bolaligida urilgan, endi o‘zi ham bolasini tarbiya sifatida urishni to‘g‘ri deb biladi Ikkinchi sabab bu ijtimoiy-iqtisodiy sabablari desak mubolag’a bo’lmaydi,Chunki oila tichligining katta sabablaridan biri tog’ridan to’g’ri bu ijtimoiy iqtisodiy holat hisoblanadi.Jamiyatdagi ijtimoiy tengsizlik, iqtisodiy bosim yoki tashqi sharoitlar ham oiladagi ruhiy muvozanatni buzadi.Moliyaviy qiyinchiliklar — oila daromadi yetarli bo‘lmaganda, stress ortadi, janjallar ko‘payadi.Hozirgi kunda oiladagi buzilishlarga iqtisodiy ahvol juda katta ta’sir ko’rsatmoqda.Masalan: oila qarzdorlik sabab doim tortishadi, otaonaning asabiyligi bolaga o‘tadi.Ishsizlik yoki mehnat migratsiyasi — ota uzoq muddat chet elda, ona esa farzandlarni yolg‘iz tarbiyalaydi. Bu esa emotsional bo‘shliqni keltirib chiqaradi.Farzandning otaga nisbatan bo’lgan mehri kamayadi.Oilada farzandga nisbatan ota tarbiyasi bo’lmaydi,bu tufayli esa farzand xulqida og’ishlar paydo bo’lishi mumkin.Jamiyatdagi salbiy muhit — ichkilikbozlik, giyohvandlik, axloqiy inqiroz kabi holatlar ham oila muvozanatini buzadi.Bu holat ham oilaning buzilishi yani disfunksionalligiga olib keladi.Bu holat eng katta sabablardan biri desak adashmaymiz. Masalan, ota yoki ona ichkilikka ruju qo‘ygan oilada farzandlar doimiy qo‘rquv va beqarorlik holatida yashaydi. Bunday bolalarda ota-onasiga nisbatan ishonchsizlik, tashvish va agressiya shakllanadi. Ular kattalashganida ham sog‘lom munosabat o‘rnatishda qiynaladi.Agar otada ichkibozlik holati,ona esa bu holatdan ruhiy azoblansa, ko’p holatlarda jismoniy zarar ham JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 02, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL ko’radi,buni ko’rgan bolasining ruhiy holati ham buziladi.Shu kabi holatlar ham oilaning funksiyasini buzib disfunksionalligiga olib keladi.Yana bir misol: jamiyatda giyohvandlik yoki zo‘ravonlik normal holatdek qabul qilinadigan muhitda ulg‘aygan oila a’zolari bunday xatti-harakatlarni o‘z oilasida ham takrorlashi mumkin. Natijada, oila a’zolari o‘rtasida hurmat va mehr yo‘qoladi, oila ichidagi muloqot buziladi.Axloqiy inqiroz ham disfunksional holatni kuchaytiruvchi omillardandir. Masalan, moddiy boylikni insoniy qadriyatlardan ustun qo‘yish, o‘zaro mehr va sadoqatning kamayishi, ommaviy madaniyat ta’sirida noto‘g‘ri hayotiy qadriyatlarning shakllanishi oilaning ma’naviy poydevorini yemiradi.Bunday muhitda o‘sayotgan farzandlar o‘zini himoyasiz, yolg‘iz va e’tiborsiz his qiladi. Shu sababli ular ruhiy bosim, stress, depressiya yoki ijtimoiy moslashuvda qiyinchiliklarga duch keladi. Uchinchi sabab bu oilaviy va tarbiyaviy sabablari hisoblanadi. Oila ichidagi noto‘g‘ri muloqot, noto‘g‘ri tarbiya uslublari va rollarning buzilishi bilan bog‘liq.Avtoritar boshqaruv uslubi — ota yoki ona o‘z fikrini majburan qabul qildiradi, bolaga mustaqillik bermaydi.Masalan: ota har qarorni o‘zi qiladi: “Men aytdimmi — shu bo‘ladi!” Bu bola psixikasida qo‘rquv va itoatni shakllantiradi.E’tiborsizlik va befarqlik — ota-ona bolaga vaqt ajratmaydi, u bilan suhbatlashmaydi. Masalan: bola maktabda yomon baho olsa, ota-ona sababini bilishga urinmaydi, faqat tanbeh beradi.O‘zaro hurmat yo‘qligi — er-xotin o‘rtasida bir-birini pastga urish, haqoratlash yoki xiyonat qilish holatlari.Bu holatda bola sevgi o‘rniga doimiy janjalni ko‘radi va bu uning ruhiyatiga kuchli ta’sir qiladi.Yuqorida sanab o’tilgan barcha holatlar oiladagi buzilishlar bo’lib disfunksional oila shakllanishiga olib kelinadi.Disfunksional oilaning sababi — birgina omilda emas, balki psixologik, ijtimoiy va oilaviy muammolar yig‘indisidadir.Oila muhitida iliqlik, muloqot va o‘zaro hurmat yo‘qolgan joyda disfunksionallik paydo bo‘ladi. Tepadagi sabablarni ko’rib chiqqan holatda endi uning qanday oqibatlar keltirib chiqarishini ko’rib chiqamiz. Disfunksional oila faqatgina ota-onaning o‘zaro munosabatiga emas, balki bolalarning ruhiy holatiga, shaxsiy rivojlanishiga va kelajakdagi ijtimoiy hayotiga chuqur ta’sir ko‘rsatadi.Bunday oilada ulg‘aygan insonlar ko‘pincha ichki ziddiyatli, ishonchsiz, emotsional jihatdan beqaror bo‘lib qoladilar. Bolalar ruhiyatiga ta’siri.O‘ziga ishonchsizlik. Bola doim tanbeh eshitgan, haqoratlangan yoki mensilmagan bo‘lsa, u “men hech narsaga yaramayman” degan fikrni shakllantiradi.Kattalikka yetgach ham o‘z fikrini ayta olmaydi, boshqalar fikriga bo‘ysunadi.Qo‘rquv va xavotir hissi. Uyda har kuni janjal, baqiriq yoki zo‘ravonlik bo‘lsa, bola doimiy stress ostida yashaydi. Bu holat keyinchalik depressiya, panik holatlar yoki uyatchanlikka sabab bo‘ladi.Emotsional sovuqlik, mehr ko‘rmagan bola boshqalarga ham mehr bera olmaydi. U sevgini, ishonchni yoki samimiyatni tushunmaydi.Ijtimoiy moslashuv qiyinligi. Disfunksional oilada ulg‘aygan bola tengdoshlari bilan muloqotda qiynaladi, jamoaga kirishdan qochadi, do‘stlashish unga og‘ir kichadi. Shaxs rivojiga ta’siri,past o‘zini baholash. Bola doimo “sendan hech kim chiqmaydi” degan so‘zlarni eshitib ulg‘aygan bo‘lsa, bu so‘zlar uning ichki e’tiqodiga aylanadi.Natijada u hayotda tashabbus ko‘rsatmaydi, o‘zini ojiz deb biladi.Agresiv yoki passiv xulq atvoriga ta’siri. Kimdadir disfunksional muhit ichki tajovuzni keltirib chiqaradi (doim urishadigan, asabiy inson bo‘ladi),kimdadir esa butunlay passivlik (hech narsaga qiziqmaydigan, befarq inson) shakllanadi. Disfunksional oilada yashash nafaqat farzandlar, balki ota-onalarning o‘z ruhiy holatiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bunday oilalarda emosional charchoq, ruhiy bosim, stress, ichki aybdorlik hissi va munosabatdan qoniqmaslik holatlari tez-tez uchraydi.Masalan, doimiy janjal, tushunmovchilik yoki zo‘ravonlik holatlari mavjud bo‘lgan oilada ona o‘zini qadrsiz, kuchsiz yoki foydasiz his qiladi. Bu esa unga depressiya, tashvish buzilishi yoki somatik kasalliklar (masalan, yurak, qon bosimi, oshqozon muammolari) keltirishi mumkin. JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 02, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL Ota esa oiladagi mas’uliyatni o‘z zimmasiga olgan holda, muammolarni hal qilolmaslikdan ruhiy siqilish, tajovuzkorlik yoki ichkilikbozlikka ruju qo‘yish holatiga tushishi mumkin. Bu esa o‘z navbatida oilaning disfunksionallik darajasini yanada kuchaytiradi.Ko‘p hollarda otaonalar bir-birini tushunmaslik, hissiy sovuqlik va qo‘llab-quvvatlov yetishmasligi sababli o‘zaro masofalanib boradi. Natijada, oila bir butun tizim sifatida yemiriladi: aloqa uziladi, mehr yo‘qoladi va har kim o‘z “ichki dunyosiga” berilib yashay boshlaydi. Psixologik nuqtai nazardan, disfunksional oila ota-onalarda quyidagi oqibatlarga olib keladi: Stress va hissiy charchoq — doimiy bosim va nizolar tufayli. Ya’ni bunda oiladagi doimiy notinch holatdan inson miyasi charchaydi,har kuni nizolar asab sistemasiga juda katta ta’sirini o’tkazadi. O‘ziga ishonchsizlik — ota-ona sifatida o‘zini muvaffaqiyatsiz his qilish. Hayoti davomida juda ko’p qiyinchiliklarda duch keladi lekin bunday oila farzandlari bu qiyintchiliklarga darrov zaiflik qilishadi.Odamlar orasida o’zini noqulay his qilishadi.Har bitta gapiradigan gapida ishonchsizlik,agar xató gapirib qo’ysamchi degan ishonchsizliklar kuzatiladi. Ijtimoiy izolyatsiya — boshqalardan uyalish yoki muammolarni yashirish.Odamlar bilan kirishib keta olishlari juda qiyint kechadi.Oddiy ko’cha ko’yda yurganlarida ham o’zlariga zarur bo’lgan narsalarini ham chetdagi odamlardan so’ra olmaydilar.Ichi to’la muommo boladi lekin hammadan yashirishga harakat qilishadi.Hayotga bo’lgan qiziqish ,orzu maqsadlarga intilish hech qaysi ular uchun qiziqmasdek imkonsizdek boladi. Ruhiy travmalar — o‘zining bolalikdagi tajribasi qayta jonlanishi.Jismoniy sog‘liq buzilishi — uyqu yetishmasligi, yurak, asab va immun tizimi bilan bog‘liq muammolar. Bunday holatlar uzoq davom etsa, ota-onalar orasidagi iliq munosabat butunlay yo‘qolib, oila rasmiy mavjud bo‘lsa ham, emosional jihatdan “bo‘sh” holga keladi. Disfunksional oilalardagi sabablarga olimlar fikrlari va ularning sharhi: Virjiniya Satir (Virginia Satir) Amerikalik oilaviy terapevt Virjiniya Satir disfunksional oilalarni “sog‘lom muloqot yo‘q, hissiy ifoda to‘silgan va o‘zaro ishonch zaif oilalar” deb ta’riflagan. Uning fikricha, bunday oilalarda a’zolar o‘z his-tuyg‘ularini erkin ifoda eta olmasliklari sababli ichki bosim ortadi va bu butun oilaviy tizimning buzilishiga olib keladi. Sharhi:Satirning nazariyasi oila ichidagi kommunikatsiya muammosining disfunksionallikka asosiy sabab bo‘lishini ko‘rsatadi. Bu fikr hozirgi zamon psixologiyasida ham eng muhim tahlil yo‘nalishlaridan biridir. Marray Bouen (Murray Bowen) Bowen oilani “yagona tizim” deb biladi va disfunksional holatni bu tizimda muvozanatning buzilishi sifatida talqin qiladi. Unga ko‘ra, oila a’zolaridan biri ruhiy bosim ostida bo‘lsa, bu butun oila tizimiga tarqaladi. JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 02, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL Sharh: Bu yondashuv shuni anglatadiki, muammoni bir a’zoda emas, balki butun oila tizimida izlash lozim. Har bir a’zoning hissiy holati boshqasiga ta’sir qiladi. Zigmund Freyd (Sigmund Freud) Freydning psixoanalitik nazariyasiga ko‘ra, disfunksional oila ildizi ko‘pincha ota-onaning bolalik davrida olingan travmalarida yotadi. Ular o‘z ongi ostidagi bu jarohatlarni anglamagan holda, farzandlariga ongsiz tarzda o‘tkazadilar. Sharh: Bu nazariya oila muammolarining avloddan-avlodga o‘tishini tushuntiradi. Freyd fikricha, oila ichki ziddiyatlarini yechish uchun shaxs o‘z ongi ostidagi kechinmalarni tahlil qilishi zarur. O‘zbek olimasi — Nafosat Zikirova Zikirova o‘z tadqiqotlarida O‘zbekistonda disfunksional oilalar sonining ortishiga ijtimoiy bosim, ishsizlik va axloqiy qadriyatlar inqirozi sabab bo‘layotganini ta’kidlaydi. U oilani tiklashda psixologik maslahat va “pozitiv psixologiya” yondashuvini kuchaytirishni tavsiya qiladi. Sharh: Zikirova milliy kontekstda muammoni tahlil qilib, psixologik yordam madaniyatini shakllantirish zarurligini urg‘ulaydi. Bu yondashuv O‘zbekiston uchun amaliy ahamiyatga ega. Nodira Latipova Latipova o‘z ilmiy ishida “oiladagi zo‘ravonlik va e’tiborsizlik — disfunksionallikning eng xavfli ko‘rinishlari” ekanini qayd etadi. U bunday oilalarda bolalar ruhiyatida doimiy qo‘rquv, ishonchsizlik va ijtimoiy chetlashish holatlari shakllanishini ilmiy asoslab bergan. Sharh: Latipovaning yondashuvi disfunksional oila muammosini jamiyat xavfsizligi bilan bog‘laydi. Bu psixologik holatning ijtimoiy oqibatlarini chuqur yoritadi. Xulosa va tahlil:Yuqoridagi tahlillardan ko‘rinadiki, disfunksional oila — bu faqatgina iqtisodiy yoki tashqi muammolarning natijasi emas, balki oila a’zolarining ichki ruhiy holati, shaxsiy kechinmalari va jamiyatdagi ijtimoiy muhit bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan murakkab tizimdir. Freyd va Satir ta’kidlaganidek, oila ichidagi disfunktsiyalar ko‘pincha shaxsning bolalikdagi travmalari, muloqot yetishmasligi va his-tuyg‘ularni to‘g‘ri ifoda eta olmasligidan kelib chiqadi. Bowen esa oila tizimini yagona psixologik birlik sifatida ko‘rib, muammoni individual emas, balki tizimli darajada hal etish zarurligini urg‘ulagan. O‘zbek olimalari — Zikirova va Latipova esa milliy kontekstda disfunksional oilalarning ko‘payishiga ijtimoiy beqarorlik, axloqiy qadriyatlarning yemirilishi va oilaviy psixologik madaniyatning yetarli rivojlanmagani sabab bo‘layotganini ta’kidlaydilar. Disfunksional oilalarning oldini olish choralari Disfunksional oilalarning oldini olish — bu nafaqat oila a’zolarining ruhiy farovonligini ta’minlash, balki jamiyat barqarorligini mustahkamlash uchun ham zarur bo‘lgan ijtimoiy va psixologik jarayondir. JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 02, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL Bunday oilalarning shakllanishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun quyidagi yo‘nalishlarda izchil ish olib borish lozim: 1. Psixologik savodxonlikni oshirish Ota-onalar ko‘pincha muammoni “tarbiya yo‘li” bilan hal qilaman deb o‘ylaydi, lekin psixologik bilim yetishmasligi sababli vaziyatni yanada og‘irlashtirib yuborishadi. Shu bois,maktablarda va mahallalarda “Ota-onalar maktabi” dasturlari tashkil etilishi,psixologlar tomonidan emosional savodxonlik, stressni boshqarish, bolalar bilan muloqot usullari haqida seminarlar o‘tkazilishi lozim. Masalan, bola bilan baland ovozda gaplashish yoki tanqid qilish o‘rniga, uning his-tuyg‘usini tinglashni o‘rganish oila muhitini sezilarli darajada yaxshilaydi. 2. Oila a’zolari o‘rtasida sog‘lom muloqotni yo‘lga qo‘yish Virjiniya Satir ta’kidlaganidek, sog‘lom muloqot — sog‘lom oilaning asosi. Oila a’zolari o‘z his-tuyg‘ularini ochiq ayta olishi, bir-birini tinglashi, ayblash o‘rniga tushunishga harakat qilishi zarur. Masalan, “Sen meni tushunmaysan” deyish o‘rniga “Men o‘zimni e’tiborsiz his qilyapman” deb aytilsa, muammo bahsga emas, yechimga yo‘naladi. 3. Psixologik maslahat va terapiya tizimini rivojlantirish Oila ichida ziddiyatlar paydo bo‘lganda, mutaxassis yordamini izlash — zaiflik belgisi emas, balki yetuklik belgisi. Shu sababli: oilaviy psixologlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, bepul yoki arzon oilaviy maslahat markazlarini ko‘paytirish, ijtimoiy tarmoqlarda psixologik yordam madaniyatini targ‘ib qilish kerak. 4. Yoshlarni nikohga tayyorlash Ko‘plab disfunksional oilalar nikohga tayyor bo‘lmagan yoshlar o‘rtasida shakllanadi. Shuning uchun o‘rta ta’lim, kollej va oliygoh bosqichlarida: “Oilaviy hayot psixologiyasi” fanini joriy etish,yoshlar orasida emosional mas’uliyat, sabr va empatiya haqida tushunchalarni mustahkamlash zarur. 5. Jamiyatda sog‘lom qadriyatlarni targ‘ib qilish Axloqiy inqiroz, giyohvandlik, ichkilikbozlik kabi illatlar oilaning disfunktsional holatga tushishiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun:ommaviy axborot vositalarida sog‘lom oila, mehr, JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 02, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL hurmat, sadoqat qadriyatlarini targ‘ib etuvchi dasturlarni ko‘paytirish,yoshlar uchun volontyorlik, sport, madaniyat kabi ijobiy faoliyatlarni kengaytirish lozim. Xulosa sifatida: Disfunksional oilalarning oldini olish — bu birdan hal bo‘ladigan jarayon emas. Buning uchun ruhiy sog‘lomlik, muloqot madaniyati va empatiyani oilaning har bir a’zosida shakllantirish kerak. Har bir sog‘lom oila — jamiyatda sog‘lom shaxslar yetishishining poydevoridir. Yuqoridagi masalalarga shu usullarda jiddiy yondashsak,biz albatta jamiyatimizda disfunksional oilalar sonini kamayishiga erishamiz, Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Satir V. The New Peoplemaking. Palo Alto: Science and Behavior Books, 1988. 2. Bowen M. Family Therapy in Clinical Practice. New York: Jason Aronson, 1978. 3. Freud S. Civilization and Its Discontents. London: Hogarth Press, 1930 4. Latipova N., Ganieva M. Family Violence in Modern Uzbekistan. // International Journal of Psychosocial Rehabilitation, 2021. 5. Zikirova N. Actual problems of developing the field of “Positive Psychology: Family Consultation and Coaching” in Uzbekistan. // Academic Leadership Journal, 2022. 6. Gaipnazarov R., Zarpullayev K. Psychological basis of negative relationships between parents and their children in Uzbekistan families. // InLibrary.uz, 2023. 7. Erkaev A. Oila psixologiyasi asoslari. Toshkent: O‘zbekiston Milliy universiteti nashriyoti, 2020 8. Karimova V.M. Psixologiya: o‘quv qo‘llanma. Toshkent: Yangi asr avlodi, 2019. 9. G‘aniyeva M. Oilaviy muammolar va ularning psixologik yechimlari. Toshkent: Fan va texnologiya, 2021. 10. O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksi. — Toshkent, 2023-yil tahriri.