scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

"PSORALIN" OZIQ-OVQAT QO'SHILMASI TARKIBIDAGI VITAMINLAR MIQDORINI ANIQLASH VA ULARNI XALQ TABOBATIDAGI AHAMIYATI

Xolboyev Yusubjon Xakimovich

Abstract

Ushbu maqolada Psoralin oziq-ovqat qo’shilmasining vitamin tarkibini zamonaviy fizik-kimyoviy usullar yordamida o’rganilganligi bayon qilinadi. Shu bilan birga mahsulotning xalq tabobatidagi ishlatilish o’rni hamda uning afzalliklari aytililib, tarkibida aniqlangan vitaminlarning fioziologik faolliklari keltirilgan.

Full text

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 02, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL Xolboyev Yusubjon Xakimovich ADTI Tibbiy kimyo kafedrasi muduri, kimyo fanlari doktori, dosent UDK 547.962.9:547.917:615.4 “PSORALIN” OZIQ-OVQAT QO’SHILMASI TARKIBIDAGI VITAMINLAR MIQDORINI ANIQLASH VA ULARNI XALQ TABOBATIDAGI AHAMIYATI Annotatsiya. Ushbu maqolada Psoralin oziq-ovqat qo’shilmasining vitamin tarkibini zamonaviy fizik-kimyoviy usullar yordamida o’rganilganligi bayon qilinadi. Shu bilan birga mahsulotning xalq tabobatidagi ishlatilish o’rni hamda uning afzalliklari aytililib, tarkibida aniqlangan vitaminlarning fioziologik faolliklari keltirilgan. Kalit so`zlar-archa,vitamin-B1, vitamin-B2, vitamin-B6, vitamin-B12, vitamin-PP, vitamin-C, mochevina, psoralin Kirish. Respublikamizda xalq tabobati va zamonaviy tibbiyotning uyg‘unlashuvi asosida qator kasalliklarni davolashda samarali yutuqlarga erishilmoqda. Dorivor o‘simliklar tarkibidan biologik faol moddalarni ajratib olish va ular asosida yangi turdagi biologik faol oziq-ovqat qo‘shilmalari ishlab chiqish borasida sezilarli yutuqlar qo‘lga kiritilmoqda [1]. O‘zbekiston tabiiy dorivor o‘simliklarga boy mintaqa bo‘lib, ulardan biri tog‘da o‘sadigan archa daraxtidir. Ammo, archa daraxtining tarkibidagi meristemasi asosida yangi biologik faol birikmalar sintez qilishga yetarlicha eʼtibor qaratilmagan. 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida «Farmatsevtika sanoati mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 3 baravar ko‘paytirish va mahalliy bozorni taʼminlash darajasini 80 foizga yetkazish” vazifalari belgilab berilgan. Ushbu vazifalardan kelib chiqqan holda, O‘zbekiston hududida o‘suvchi ochiq urug‘lilar bo‘limiga kiruvchi archa o‘simligi meristemasi asosida tayyorlangan biologik faol birikmalarni ajratib olish, tarkibida azot tutuvchi mochevina va bis mochevina hosilalari asosida texnik ekinlar uchun biostimulyatorlarni aniqlab, laboratoriya va dala amaliyoti sinovlaridan o‘tkazish, hamda ishlab chiqarishga joriy etishga alohida eʼtibor berilmoqda. Olingan birikmalarning kimyoviy tarkibi bo‘yicha tegishli tovar kodlari berishga qaratilgan ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish muhim ahamiyatga ega [2]. Dermatovenerologiya kasalliklarida teri yuzasi zararlanishi tufayli vitaminlar yetishmovchiligi sodir bo‘ladi, shuning uchun ularni davolash uchun davolanishni oson kechishini taʼminlash vitamin komplekslaridan foydalanishni talab etadi. “Psoralin” oziq-ovqat qo‘shilmasi tarkibida B2, B6, PP va C vitaminlari mavjud [4; 559-b]. B2vitamini (riboflavin) oqsil va uglevod almashinuvida muhim rol o‘ynaydi. Bu vitamin ovqatning meʼda-ichak tizimida yaxshi hazm bo‘lishiga yordam beradi. Organizmning o‘sishi va rivojlanishi uchun katta ahamiyatga ega. Uning organizmga yetarli miqdorda tushib turmasligi natijasida vazn kamayib, behollik kuzatiladi. Ko‘z shilliq pardalarida o‘zgarish paydo bo‘lishi, teri kasalliklari yuzaga kelishi mumkin. B2vitaminining eng muhim manbalari – sut, pishloq, tvorog, tuxum, go‘sht va non hisoblanadi [5; 544-b] JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 02, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL . Vitamin B2 B6vitamini B guruhidagi boshqa vitaminlar bilan bir qatorda oqsil almashinuvida qatnashadi. Asab tizimi faoliyatiga va qon yaratilishiga ijobiy taʼsir qiladi. Organizmga B6vitamini yetarli darajada tushib turmasa jahldorlik, holsizlik, terining zararlanishi kuzatiladi. Bu vitamin go‘sht, jigar, baliq, tuxum sarig‘i, meva-sabzavot mahsulotlari tarkibida uchraydi. PP vitamini hujayralar almashinuvi jarayonida muhim rol o‘ynaydi. Organizmning oksidlanish jarayonlarida qatnashadi. Tomir tarangligi va qon hosil bo‘lishiga ijobiy taʼsir qiladi. PP vitamini go‘sht, sut, buyrak, jigar, non, kartoshka, grechixa yormasida bo‘ladi [5; 545-b] yormasida bo‘ladi [5; 545-b]. Vitamin PP C vitamini uglevod, oqsil va minerallar almashinuvida, organizmdagi oksidlanish-qaytarilish jarayonlarida va qon hosil bo‘lishida ishtirok etadi. C vitamini organizmning infeksiyalarga chidamliligini oshiradi va to‘qimalar hamda hujayralarning o‘sishiga yordam beradi. Shuningdek, mayda qon tomir (kapillyar)larning devorini mustahkamlaydi. Bu vitamin meva-sabzavotlar tarkibida ko‘p bo‘ladi. C vitamini yorug‘lik va qaynash jarayonida tez parchalanib ketgani bois mahsulotlarni to‘g‘ri saqlash va pishirish muhim ahamiyatga ega. Bolaning rivojlanishida vitaminlarning ahamiyati katta. Vitaminlar moddalar almashinuvi jarayonining nazoratchilaridir. Kasalliklarga qarshi chidamini oshiradi, yaʼni immunitetni mustahkamlaydi. O‘sish davrida bolaning vitaminlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, uning kelajakda sog‘lom bo‘lib rivojlanishi uchun muhim ahamiyatga ega [5; 550-b]. JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 02, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL Askorbin kislota Keltirilgan maʼlumotlarga ko‘ra teri kasalliklarida qo‘llaniladigan ushbu oziq-ovqat qo‘shilmasining tarkibidagi vitaminlar mavjudligini aniqlashga sifat va miqdoriy tahlil o‘tkazdik. Ekspremental qism. Quritilgan holdagi o‘simlik namunasi tarkibidagi B1(47858), B2 (47864), B6(80823-50MG), B12 (PHR1234-1), C (47863) va PP (47865-U) katalog raqamdagi vitaminlarni (Sigma Aldrich) Germaniyadan keltirilgan standart namunalar asosida sifat va miqdor ko‘rsatkichlarini Yaponiyada (Shimadzu) ishlab chiqarilgan YSSX LC 2030 C 3D Plyus qurilmasi PDA detektori yordamida 260, 290 va 361 nm to‘lqin uzunligi tanlangan holatida aniqlandi. Qo‘zg‘almas sifatida C18 250x4,6 mm 5 μm Precisely (Perkin Elmer) AQSH kolonkadan foydalanildi. Vitaminlar tahlilini amalga oshirishda ko’chma faza sifatida sirka kislotasining 0,5 % li eritmasi A faza va atsetonitril B faza o’zgaruvchan rejim asosida amalga oshirildi. Vaqt A faza % Sirka kislotasining suvdagi 0,5 % li eritmasi B faza % Asetonitril 1 96 4 4 90 10 8 85 15 12 60 40 14 Stop Oqim tezligi 1 ml/minda, termostat harorati 400C da ineksiya qilingan namuna hajmi 10 mkl, analiz vaqti 14 minutda amalga oshirildi va quyidagicha xromatogrammalar olindi. Vitamin C tahlili bajarilishida yuqoridagi qurilma parametrlari asosida 0,8 ml/minda, qo’zg’aluvchan faza sifatida НCN/CH3COOH ning suvdagi 0,5 % li eritmasi/H2O ning 60/30/10 nisbatda olinib bajarildi. 1-rasm B1, B2, B6, B12 va PP vitaminlarning standart namunalaridan olingan xromatogrammasi JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 02, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL 2-rasm C vitaminining standart namunasidan olingan xromatogramma Namuna tarkibidagi vitamilar ekstraksiyasi quyidagicha amalga oshiriladi: Bunda olingan namuna qurutilib, maydalandi va 1 g (FA220 4N) analitik tarozida 0,001 mg aniqlikda o’lchab olindi. So’ngra 10 ml 0,1 N li xlorid kislotasi eritmasiga solinib, xona haroratida 15 min, vitamin C uchun esa 6 0C haroratda 20 min davomida magnit aralashtirgichda aralashtirildi. Olingan eritmalar 10 minut davomida 12000 ayl/daq semtrafuga qilindi va 0,45 μm filtrda filtrlab olinib, tahlil amalga oshiridi va quyidagicha natijalar olindi. Vitamin B1mg/ml Vitamin B2 mg/ml Vitamin B6 mg/ml Vitamin B12 mg/ml Vitamin PP mg/ml Vitamin C mg/ml Qurutilgan archa o’simligi 0 0,003 0,004 0 0,005 0,775 Xulosa-biz namunadagi vitaminlar tarkibini tekshirdik. B1(47858), B2(47864), B6(8082350MG), B12 (PHR1234-1), C (47863) va PP (47865-U) katalog raqamdagi vitaminlarni (Sigma Aldrich) Germaniyadan keltirilgan standart namunalar asosida sifat va miqdor ko‘rsatkichlarini Yaponiyada (Shimadzu) ishlab chiqarilgan YSSX LC 2030 C 3D Plyus qurilmasi PDA detektori yordamida 260, 290 va 361 nm to‘lqin uzunligi tanlangan holatida aniqlandi. Qo‘zg‘almas sifatida C18 250x4,6 mm 5 μm Precisely (Perkin Elmer) AQSH kolonkadan foydalanildi. Taxlil natijasida bizning na`munamizda asosam vitamin-C, vitamin-PP, vitamin-B6, vitamin-B2borligi aniqlandi. Vitamin C- (Askorbin kislota) doimo vitaminlar qiroli bo'lib kelgan. Ammo biz ushbu "qirolni" qanchalik ko'p o'rgansak, shunchalik g'alati tuyuladi: har bir fakt o'nlab savollarni tug'diradi va ba'zida ko'rinib turganidek, faqat umumiy noaniqlikni oshiradi. Askorbin kislota hujayra ichidagi kollagen hosil bo'lishi uchun zarur, tishlar, suyaklar va kapillyar devorlarning tuzilishini kuchaytirish xususiyatiga ega. Oksidlanish-qaytarilish reaktsiyalarida, tirozin almashinuvida, folat kislotasining folin kislotasiga aylanishida, uglevod almashinuvida, lipid va oqsil sintezida, temir almashinuvida, hujayraviy nafas olishda qatnashadi, steroid gormonlar sintezini faollashtiradi. JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 02, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL Vitamin PPoksidlanishli-qaytarilish reaktsiyalarida qatnashuvchi ko’pgina degidrogenazalarning NAD+ va NADF kofermenti tarkibiga kiradi. Jumladan, ular proton va elektronlarni tashilishida, sintetik jarayonlarda va fermentlarda allosterik regulyator funktsiyalarni bajaradi. Vitamin B6- (piridoksin) organizmda muhim vazifalarni bajaradi. Asab tizimi va oqsillar almashinuvi uchun zarur. U oqsil va yog‘ning normal hazm bo‘lishini ta’minlab, azot almashinuvida muhim rol o‘ynaydi. Ushbu vitamin soch to‘kilganda, terining yallig‘lanishida qabul qilinadi. Vitamin B2(riboflavin) — hujayralar almashinuvi jarayonini va terining yuza qatlamidagi jarayonda muvozanatga keltiruvchi vazifani bajaradi, undan tashqari nafas olish jarayonida ham ishtirok etadi. Riboflavin— o‘sish jarayonida qatnashadi va o‘stiruvchi omillarga kiradi. Oqsil, yog‘ va uglevodlar almashinuvida ishtirok etadi. Markaziy nerv sistemasi holatini rostlaydi, ko‘z gavharidagi moddalar almashinuviga ta’sir etadi, yorug‘likni sezish va rang ajratishga yordam beradi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Asqarov.I.R “Tabobat qomusi” Toshkent “Mumtoz so`z ” 2019 2. Asqarov.I.R “Sirli tobobat” Toshkent “Fan va texnologiyalar nashriyot manbaa uyi” 2021 3. Asqarov.I.R, M.Ashuraliyeva “KIMYOVIY ELEMENTLAR INSON ORGANIZMIDA” Toshkent-2012. Tavakkur nashriyoti. 4. Xolboyev Yu.X., Maxsumov A.G., Asqarov I.R., Abduraxmanov U.K. Bis-mochevinalarning aromatik diaminlar bilan hosil qilgan yangi birikmalarini toifalash// Tovarlar kimyosi va xalq tabobati. №1(1)2022. –В. 69-83. 5. Alimxodjayeva N.T., Tadjiyeva X.S. “Tibbiy kimyo” Darslik. Ijod print, 2019. –B. 559.