Full text
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 02, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL Usmonov Bunyod Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Moliyaviy tahlil kafedrasi dotsenti [email protected] Bo’riyeva Gulnoza Inat qizi Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti buxgalteriya hisobi fakulteti Biznes tahlil yo‘nalishi 4-bosqich talabasi [email protected] KORXONALAR IQTISODIY NOCHORLIGINI BAHOLASH VA TAHLIL QILISH YO‘NALISHLARI Annotasiya: Mazkur maqolada xo‘jalik yurituvchi subyektlarning iqtisodiy nochorligi (bankroti)ni baholash va tahlil qilish yo‘nalishlari ilmiy asosda o‘rganilgan. Korxonalar moliyaviy barqarorligini aniqlash, ularning to‘lovga layoqatsizlik darajasini baholash hamda bankrotlik holatiga olib keluvchi omillar tahlil qilingan. Shuningdek, iqtisodiy nochorlikni oldini olishda zamonaviy moliyaviy ko‘rsatkichlar tizimi, likvidlik va rentabellik koeffitsiyentlaridan foydalanishning ahamiyati yoritilgan. Maqolada xorijiy va milliy tajribalar asosida xo‘jalik yurituvchi subyektlarning iqtisodiy holatini barqarorlashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Iqtisodiyot tarmoqlarida faoliyat yuritayotgan korxonalar uchun amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, ularni bankrotlik xavfidan himoyalashda qo‘llanishi mumkin. Kalit so‘zlar: iqtisodiy nochorlik, bankrotlik, moliyaviy tahlil, rentabellik, likvidlik, moliyaviy barqarorlik, korxona samaradorligi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy barqarorligi mamlakat iqtisodiy rivojlanishining asosiy omillaridan biri hisoblanadi. Har qanday davlat iqtisodiyotining barqarorligi, eng avvalo, unda faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlarning samarali faoliyatiga, ularning moliyaviy holati va to‘lovga layoqatlilik darajasiga bevosita bog‘liqdir. Shu boisdan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning iqtisodiy nochorligi (bankroti)ni erta bosqichda aniqlash, baholash va tahlil qilish masalasi bugungi kunda dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. O‘zbekiston Respublikasida so‘nggi yillarda iqtisodiyotni modernizatsiya qilish, tadbirkorlik muhitini yaxshilash, moliyaviy barqarorlikni mustahkamlash yo‘nalishida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7fevraldagi “2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi” va 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi doirasida iqtisodiyotni liberallashtirish, korxonalarning raqobatbardoshligini oshirish hamda moliyaviy boshqaruv tizimini takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilgan.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 02, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL Bundan tashqari, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning iqtisodiy nochorligi bilan bog‘liq masalalarni tartibga soluvchi asosiy me’yoriy-huquqiy hujjat – bu “Bankrotlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (1994-yil 24-aprel, yangi tahriri 2021-yil 12-aprel) hisoblanadi. Ushbu qonun korxonalarni bankrot deb e’tirof etish tartibi, ularning moliyaviy holatini baholash, tashqi boshqaruvni joriy etish hamda to‘lovga layoqatsizlik holatlarini bartaraf etish mexanizmlarini belgilab beradi. Mazkur hujjat korxonalarning iqtisodiy faoliyatini sog‘lomlashtirish, ularni bankrotlikdan saqlab qolish hamda moliyaviy xavflarni kamaytirishga xizmat qiladi. Hozirgi sharoitda iqtisodiyotning barqaror o‘sishi uchun har bir korxonaning moliyaviy faoliyati chuqur tahlil qilinishi lozim. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning iqtisodiy nochorlik holatini baholashda likvidlik, to‘lovga layoqatlilik, rentabellik, moliyaviy barqarorlik kabi asosiy ko‘rsatkichlardan foydalanish muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, Altman Z-indeksi, Taffler modeli, Beaver tahlili kabi xalqaro tajribalarda sinovdan o‘tgan metodlardan foydalanish korxona bankrotlik xavfini erta aniqlash imkonini beradi. Bankrotlik holatining yuzaga kelishiga ichki va tashqi omillar sabab bo‘ladi. Ichki omillarga korxona boshqaruvining samarasizligi, moliyaviy rejalashtirishdagi xatolar, xarajatlarning yuqoriligi, ishlab chiqarish samaradorligining pastligi kiradi. Tashqi omillar esa makroiqtisodiy muhitdagi o‘zgarishlar, soliq siyosati, inflyatsiya, valyuta kursidagi tebranishlar, kredit resurslarining cheklanganligi kabi holatlar bilan bog‘liq. Shu sababli xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatida risklarni boshqarish, moliyaviy monitoringni kuchaytirish va iqtisodiy nochorlikni erta ogohlantirish tizimini joriy etish muhimdir. Maqolada xo‘jalik yurituvchi subyektlarning iqtisodiy nochorligini baholashning nazariy asoslari, moliyaviy tahlil usullari, bankrotlikni bashorat qilish modellarining amaliy ahamiyati va ularni milliy sharoitga moslashtirish yo‘nalishlari yoritiladi. Shuningdek, korxonalarni moliyaviy inqirozdan chiqish yo‘llari, ularning iqtisodiy barqarorligini ta’minlash va raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqiladi. Tadqiqot natijalari iqtisodiyot tarmoqlarida faoliyat yuritayotgan korxonalar, tadbirkorlik subyektlari hamda moliyaviy tahlilchilar uchun amaliy ahamiyat kasb etadi. Ushbu yo‘nalishda olib borilayotgan ilmiy izlanishlar iqtisodiyotning barqaror rivojlanishiga, korxonalarning samarador faoliyatini ta’minlashga hamda bankrotlik xavfini kamaytirishga xizmat qiladi. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning iqtisodiy nochorligi (bankrotligi) – bu korxonaning o‘z majburiyatlarini to‘lov muddati doirasida bajarish imkoniyatini yo‘qotgan holatini anglatadi. O‘zbekiston Respublikasi “Bankrotlik to‘g‘risida”gi Qonunining 3-moddasida bankrotlik quyidagicha ta’riflanadi: “Bankrotlik – bu xo‘jalik yurituvchi subyektning kreditorlar oldidagi majburiyatlarini va (yoki) majburiy to‘lovlarni o‘z vaqtida bajarish imkoniyatini yo‘qotganligi sababli xo‘jalik sudining qarori bilan bankrot deb e’tirof etilishidir.” Mazkur holat iqtisodiyot uchun xavfli bo‘lib, u nafaqat alohida korxonaning, balki butun tarmoqning moliyaviy barqarorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu bois, korxonaning iqtisodiy nochorlik darajasini oldindan baholash va tahlil qilish tizimini yo‘lga qo‘yish bugungi kunda iqtisodiy siyosatning muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning iqtisodiy nochorlikka duch kelishiga quyidagi ichki va tashqi omillar sabab bo‘ladi(1-jadval):
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 02, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL 1-jadval Iqtisodiy nochorlikka ta'sir qiluvchi omillar Ichki omillar Tashqi omillar Moliyaviy boshqaruvdagi xatolar Inflyatsiya darajasining oshishi Xarajatlarning yuqoriligi Soliq yukining og‘irligi Ishlab chiqarish samaradorligining pastligi Bozor raqobatining kuchayishi Qarz mablag‘lariga haddan tashqari tayanish Milliy valyuta kursining beqarorligi Zaxiralarni samarasiz boshqarish Global iqtisodiy inqirozlar, siyosiy beqarorlik Mazkur omillarni erta aniqlash va ularning salbiy ta’sirini kamaytirish korxonaning iqtisodiy barqarorligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. 3. Bankrotlikni baholashda qo‘llaniladigan asosiy moliyaviy ko‘rsatkichlar. (Yangi "Angren IES" AJ misolida ko'rib chiqamiz) Bankrotlikni aniqlashda korxonaning moliyaviy hisobotlari asosiy manba hisoblanadi. Baholashda quyidagi asosiy ko‘rsatkichlardan foydalaniladi (2-jadval): 2-jadval 3.1. Likvidlik ko‘rsatkichlari Ko‘rsatkich nomi Formula Tavsiya etilgan me’yor Joriy likvidlik koeffitsiyenti Joriy aktivlar / Joriy majburiyatlar 0,9 % 2,0 dan yuqori Tezkor likvidlik koeffitsiyenti (Joriy aktivlar – Zaxiralar) / Joriy majburiyatlar 0,5% 1,0 dan yuqori Mutlaq likvidlik koeffitsiyenti (Naqdpul+Qisqamuddatli investitsiyalar) / Joriy majburiyatlar | 0,0024% 0,2 – 0,3 Xulosa: Korxonaning barcha likvidlik ko‘rsatkichlari me’yordan past. Bu esa qisqa muddatli majburiyatlarni o‘z vaqtida qoplash uchun aktivlar yetarli emasligini va korxona likvidligi past darajada ekanini ko‘rsatadi. 3-jadval 3.2. Rentabellik ko‘rsatkichlari Ko‘rsatkich nomi Formula Mazmuni
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 02, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL Aktivlar rentabelligi (ROA) Sof foyda/ Umumiy aktivlar -20,2% Aktivlardan foyda olish samaradorligini ko‘rsatadi O‘z kapitali rentabelligi (ROE) Sof foyda / O‘z kapitali. -16,8% Korxona kapitalining foydaliligini bildiradi Savdo rentabelligi Sof foyda / Tushum. -53,4% Sotish hajmiga nisbatan foyda miqdorini ko‘rsatadi Xulosa:2023 yilda Angren IES foyda emas, katta zarar qayd etgan; rentabellik ko’rsatkichlari hammaning pastligi bu ishlab chiqarish va xarajat strukturasida jiddiy muammolar borligini ko‘rsatadi. 4-jadval 3.3. Moliyaviy barqarorlik ko‘rsatkichlari Ko‘rsatkich nomi Formula Me’yor Qarzdorlik darajasi Umumiy majburiyatlar / Umumiy aktivlar 2,6 % 0,5 dan past Mustaqillik koeffitsiyenti O‘z mablag‘lar / Umumiy aktivlar 0,4 % 0,5 dan yuqori Moliyaviy xavf darajasi Qarz mablag‘lar / O‘z kapitali 1,77% 1,0 dan past Xulosa: Korxona qarz mablag‘lariga ortiqcha tayanmoqda (qarzdorlik darajasi 2,6 %), o‘z mablag‘lari ulushi past (mustaqillik koeffitsiyenti 0,4 %) va moliyaviy xavf darajasi yuqori (1,77 %). Shu sababli moliyaviy barqarorlik past. Jadval 5. O‘zbekiston iqtisodiyotida iqtisodiy nochor korxonalar ulushi (2022–2024-yillar) Manba: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, 2024-yilgi hisobot ma’lumotlar. 5-jadval Iqtisodiy nochor korxonalar ulushi Yil Faol korxonalar soni Moliyaviy qiyinchilikda bo‘lganlar Ulushi (%)
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 02, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL 2022 460 000 33 800 7,3 2023 487 000 39 400 8,1 2024 510 000 44 300 8,7 Xulosa: oxirgi uch yil davomida moliyaviy qiyinchilikda bo‘lgan korxonalar ulushi sekin-asta oshib bormoqda, ya’ni korxonalarning moliyaviy barqarorligi yildan-yilga susayib bormoqda. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning iqtisodiy nochorligini oldini olish choralari 1. Moliyaviy monitoring tizimini joriy etish – korxonalar faoliyatida likvidlik va qarzdorlik darajasini muntazam kuzatish. 2. Risklarni boshqarish tizimini shakllantirish – ichki va tashqi xavf omillarini baholash. 3. Raqamli moliyaviy tahlil platformalaridan foydalanish – “E-Soliq”, “E-Buxgalteriya” kabi tizimlar orqali tezkor ma’lumot almashinuvi. 4. Davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash – Prezidentning PQ–4579-sonli qarori (2019-yil 18dekabr) asosida moliyaviy qiyinchilikdagi korxonalarga kredit imtiyozlari berilishi. 5. Moliyaviy savodxonlikni oshirish – korxona rahbarlari uchun buxgalteriya, audit va investitsiya tahlili bo‘yicha treninglar tashkil etish. Bankrotlikni faqat inqiroz holati sifatida emas, balki iqtisodiy sog‘lomlashtirish jarayoni sifatida ham ko‘rish kerak. Chunki samarali baholash va tahlil tizimi korxonaning inqirozdan chiqish imkoniyatlarini oshiradi, moliyaviy resurslardan oqilona foydalanishga undaydi hamda mamlakat iqtisodiy xavfsizligini mustahkamlaydi. Xulosa qilib aytganda, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning iqtisodiy nochorligi (bankroti)ni baholash va tahlil qilish bugungi kunda O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarida muhim o‘rin tutadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir korxona o‘zining moliyaviy barqarorligini ta’minlamas ekan, u uzoq muddatli faoliyat yurita olmaydi. Shu sababli, korxonalar faoliyatining barqarorligini baholashda to‘lovga layoqatlilik, rentabellik, likvidlik, kapital aylanishi va moliyaviy mustaqillik kabi ko‘rsatkichlarni tizimli ravishda tahlil qilish zarur. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, iqtisodiy nochorlikka ko‘pincha korxonalarda noto‘g‘ri boshqaruv qarorlari, moliyaviy nazoratning sustligi, ichki zaxiralar va investitsion manbalarni to‘liq ishga solmaslik sabab bo‘ladi. Bunday holatlarni oldini olish uchun O‘zbekiston Respublikasi “Bankrotlik to‘g‘risida”gi Qonuni (yangi tahriri, 2019-yil 12-iyuldagi O‘RQ–547-son) hamda Prezidentning 2022-yil 28-apreldagi PQ– 220-sonli qarorida belgilangan me’yoriy asoslar muhim huquqiy kafolat vazifasini bajaradi. Shuningdek, korxonalarda iqtisodiy nochorlikni erta aniqlash uchun zamonaviy tahlil usullarini, xususan Altman Z modeli, Taffler koeffitsiyentlari, Springate modeli kabi xalqaro metodikalardan foydalanish tavsiya etiladi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. – Toshkent: Adolat, 2023. 2. O‘zbekiston Respublikasining “Bankrotlik to‘g‘risida”gi Qonuni (yangi tahriri). – 2019-yil 12-iyul, O‘RQ–547-son. 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-apreldagi PQ–220-son qarori – “Iqtisodiyotda moliyaviy barqarorlikni ta’minlash va korxonalarni sog‘lomlashtirish choratadbirlari to‘g‘risida”. 4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-yanvardagi PF–17-son farmoni – “Korxonalarda samarali korporativ boshqaruv tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”. 5. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi. “Bankrotlik jarayonlarini tartibga solish bo‘yicha metodik qo‘llanma”. – Toshkent, 2022.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 02, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL 6. Qosimov, B. va Yo‘ldoshev, M. Korxonalar iqtisodiy tahlili. – Toshkent: Iqtisodiyot nashriyoti, 2021. 7. Islomov, Sh. Moliyaviy tahlil asoslari. – Toshkent: TDIU nashriyoti, 2020. 8. Eshonqulov, A. Korxona faoliyatini baholash va iqtisodiy xavfsizlik. – Toshkent: Iqtisodiyot va innovatsion rivojlanish vazirligi, 2021. 9. Altman, E. I. “Financial Ratios, Discriminant Analysis and the Prediction of Corporate Bankruptcy.” The Journal of Finance, 1968. 10. Taffler, R. J. “Forecasting Company Failure in the UK Using Discriminant Analysis and Financial Ratio Data.” Journal of the Royal Statistical Society, 1983. 11. Khalikulova, Y. P. (2025). Rental and leasing accounting practices in uzbekistan: a comprehensive overview and future directions. Innovative achievements in science 2024, 4(39), 205-209. 12. Khalikulova, Y. P. (2025). Significance and Analytical Indicators of The Increase in The Leasing Portfolio Volume in The Uzbekistan Market. Central Asian Journal of Innovations on Tourism Management and Finance, 6(3), 629-634. 13. Khalikulova, Y. P. (2025). O’ZBEKISTONDA IJARA VA LIZING HISOBINI AKS ETTIRISH: AMALIYOT, TAMOYILLAR VA KELAJAKDAGI RIVOJLANISH TENDENSIYALARI. INNOVATIVE ACHIEVEMENTS IN SCIENCE 2024, 4(39), 200-204.