scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

TARIXIY TAFAKKURNI SHAKLLANTIRISHDA JADIDLARNING TA'LIM SOHASIDAGI SA'Y HARAKATLARI

Shonazarova Ilmira Gafur qizi

Abstract

Tarixiy tafakkurni shakllantirishda jadidlarning XIX - XX asrlardagi sa’y harakatlari, ularning ta’lim sohasidagi qator ishlari, tarixni o‘rgatishdagi ularning harakatlari ko‘rib chiqiladi. Ushbu harakat nafaqat siyosiy va ijtimoiy jihatdan, balki ta’lim va tarixiy tafakkur rivojida ham muhim rol o‘ynadi. Jadidlar o‘z davrida ilm-ma’rifatning kuchi bilan xalq ongini uyg‘otishni, eskicha ta’lim tizimini isloh qilishni va tarixiy xotirani mustahkamlashni asosiy maqsad qilib oldilar. Ushbu maqolada jadidlarning tarixiy tafakkur va ta’lim sohasidagi xizmatlari tahlil qilinadi.

Full text

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 2, Noyabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 97 TARIXIY TAFAKKURNI SHAKLLANTIRISHDA JADIDLARNING TA’LIM SOHASIDAGI SA’Y HARAKATLARI Shonazarova Ilmira Gafur qizi Abu Rayhon Beruniy nomidagi UrDU magistri ilmiragafurovna537@gmai Annotatsiya: Tarixiy tafakkurni shakllantirishda jadidlarning XIX - XX asrlardagi sa’y harakatlari, ularning ta’lim sohasidagi qator ishlari, tarixni o‘rgatishdagi ularning harakatlari ko‘rib chiqiladi. Ushbu harakat nafaqat siyosiy va ijtimoiy jihatdan, balki ta’lim va tarixiy tafakkur rivojida ham muhim rol o‘ynadi. Jadidlar o‘z davrida ilm-ma’rifatning kuchi bilan xalq ongini uyg‘otishni, eskicha ta’lim tizimini isloh qilishni va tarixiy xotirani mustahkamlashni asosiy maqsad qilib oldilar. Ushbu maqolada jadidlarning tarixiy tafakkur va ta’lim sohasidagi xizmatlari tahlil qilinadi. Kalit so‘zlar: jadidlar, tarix, tarixiy tafakkur, “ Oyna” jurnali, “Turkiston viloyati gazeti”, islom tarixi, ta’lim taraqqqiyoti, tarix o‘qitish metodi, tanqidiy tafakkur, madrasa, o‘quv dasturlar, “usuli jadid”, mustaqil fikrlash, mantiqiy tafakkur, milliy ong, teatr, Аннотация: Рассмотрены усилия модернистов XIX-XX веков по формированию исторического мышления, их многочисленные работы в области образования, их усилия в преподавании истории. Это движение сыграло важную роль не только в политическом и социальном плане, но и в развитии образования и исторического мышления. В свое время джадиды имели главной целью пробуждение сознания людей силой знаний, реформирование старой системы образования, укрепление исторической памяти. В данной статье анализируются заслуги джадидов в области исторического мышления и образования. Ключевые слова: джадиды, история, историческое мышление, журнал «Ойна», «Газета Туркестанской области», история ислама, развитие образования, методика преподавания истории, критическое мышление, медресе, образовательные программы, «современный метод», независимое мышление, логическое мышление, национальное сознание, театр Abstract: The efforts of the Jadids in the 19th and 20th centuries in the formation of historical thinking, their work in the field of education, and their efforts in teaching history are considered. This movement played an important role not only in political and social terms, but also in the development of education and historical thinking. In their time, the Jadids set the main goal of awakening the public consciousness with the power of science and enlightenment, reforming the outdated education system, and strengthening historical memory. This article analyzes the services of the Jadids in the field of historical thinking and education. Keywords: Jadids, history, historical thinking, "Oyna" magazine, "Turkiston Viloyat Gazeti", Islamic history, educational development, history teaching method, critical thinking, madrasa, curricula, "usuli jadid", independent thinking, logical thinking, national consciousness, theater ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 2, Noyabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 98 “XIX asr oxiri va XX asr boshlarida bir qator sharq va musulmon mamlakatlarida vujudga kelgan jadidchilik harakati Turkiston o‘lkasida ham o‘zining teran tarixiy ildizlariga ega. Yurtimiz ulkan ijtimoiy-siyosiy va ma’rifiy ahamiyatga ega bo‘lgan ushbu harakatning markazlaridan biriga aylanganini alohida ta’kidlab o‘tish joiz. O‘z zamonasining ilg‘or namoyandalari bo‘lgan jadidlar g‘oyat murakkab va qiyin sharoitda bilim va ma’rifat tarqatish, ta’lim-tarbiya sohasini tubdan isloh etish orqali milliy taraqqiyotga erishish g‘oyasi bilan maydonga chiqdilar. Shu maqsadda o‘z mablag‘lari hisobidan maktab va teatrlar, nashriyot va kutubxonalar, gazeta va jurnallar tashkil qildilar, qobiliyatli yoshlarni chet ellarga o‘qishga yubordilar. Ularning bu oliyjanob tashabbus va harakatlari jamiyat hayotida kuchli aks sado berib, qudratli to‘lqinga aylandi. O‘ylaymizki, tarixda ikki buyuk Renessansga zamin bo‘lgan mintaqamizda uchinchi Renessansni aynan jadid ajdodlarimiz amalga oshirishlari mumkin edi. Afsuski, mustabid tuzum ularning ezgu g‘oya va amaliy harakatlarini to‘la ro‘yobga chiqarishga imkon bermadi. Biz bugun mamlakatimizda erkin fuqarolik jamiyati, huquqiy demokratik davlat barpo etar ekanmiz, jadidlarning gumanistik qarashlariga tayanibgina qolmasdan, ularning merosidan ma’naviy kuch-quvvat olamiz. Yurtimizda mustabid tuzum davrida siyosiy qatag‘onga uchragan ajdodlarimiz xotirasini abadiylashtirish bo‘yicha katta ishlar amalga oshirilmoqda. 31 avgust – Qatag‘on qurbonlarini yod etish kuni sifatida keng nishonlanadi. Ushbu xotirlash kuni munosabati bilan prezidentimiz Sh.Mirziyoyev o‘z nutqida “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmuasi, “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” davlat muzeyi va uning hududiy bo‘limlari faoliyat olib bormoqda. Jadidchilik harakati tarixiga oid ilmiy tadqiqotlar, badiiy asarlar, kinofilmlar ko‘plab yaratilmoqda. Ulug‘ ma’rifatparvarlarimiz nomlari bilan ataladigan yodgorlik majmualari, ta’lim muassasalari, muzeylar, bog‘ va xiyobonlar barpo etilmoqda. O‘tgan uch yil mobaynida O‘zbekiston Oliy sudi tomonidan qatag‘on qurboni bo‘lgan to‘rt yuzdan ziyod vatandoshlarimizning nomlari oqlandi. Ularning aksariyat qismini jadidchilik harakati vakillari tashkil etishi ayniqsa e’tiborlidir. Biz ma’rifatparvarlarning bu muqaddas orzularini ro‘yobga chiqarish uchun mamlakatimizda yangi Renessans poydevorini yaratishni strategik vazifa qilib belgilaganmiz. Shu maqsadda ilm-fan, ta’lim-tarbiya, madaniyat sohalarida tub islohotlarni amalga oshirmoqdamiz”[1] Bunda ayniqsa jadidlarning ilmiy merosini o‘rganish katta ahamiyatga egadir. Hozirgi kunda tarix o‘qitish metodikasini takomillashtirish, o‘quvchi-talabalarda tarixiy tafakkurni rivojlantirish, tarixiy o‘tmishni tiklash, xususan jadidlarning o‘qitish metodikasi “yangi usul” maktablari ta’limi, jadidlarning ta’limga qo‘shgan hissasi alohida e’tirofga loyiqdir. Jadidlar ta’lim-tarbiyani isloh qilishga katta e’tibor berishgan, xususan tarix o‘qitish masalasiga ham alohida yondashishgan. Ular tarix fanini o‘qitishda an’anaviy usullardan voz kechib, yangi pedagogik yondashuvlarni joriy etishga harakat qilishgan. Jadidlar va ularning ta’limdagi islohotlari ko‘plab yangiliklarni joriy etgan. Xususan, jadidchilik harakati vakillari – Mahmudxo‘ja Behbudiy, Ismoil Gaspirali, Abdurauf Fitrat, Abdulla Avloniy va boshqalar – eskicha uslubda olib borilayotgan ta’lim tizimining zamonaviy ilm-fan talablariga javob bera olmasligini tushunib yetdilar. Shuning uchun ular: Yangi usul maktablari (usuli jadid)ni tashkil etdilar; Dars jarayonlariga fan, texnika va tibbiyot asoslarini kiritdilar; Bolalarni mantiqiy tafakkur qilishga, mustaqil fikrlashga o‘rgatdilar; Bosma nashrlar orqali ommaning ilmiy dunyoqarashini kengaytirishga harakat qildilar. Jadidlar o‘qitish jarayonida matnlarni yodlatish emas, balki tushuntirish va tahlil qilishni asosiy metod sifatida ilgari surdilar. Bu esa tarixiy tafakkurning rivojiga zamin yaratdi. Jadidlar tarixni o‘qitish metodikasiga oid yozib qoldirilgan asarlari, darsliklari, gazeta va jurnallardagi qimmatli fikr-mulohazalari ham katta ahamiyatga egadir. Bunda asosan jadid ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 2, Noyabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 99 pedagoglari va mutafakkirlarining asarlari Abdulla Avloniy – “Turkiy guliston yoxud axloq”, “Maktabg‘a rahnamо”.Mahmudxo‘ja Behbudiy – “Hind sayohati”, “Tarixi islom”.Ismoilbek Gaspirali – “Tong yulduzi”, “Tarbiya va ta’lim haqida” maqolalari. Fitrat – “Hind ixtilolchilari”, “Qadimgi turkiston tarixiga bir nazar” va yana shunga o‘xshash ko‘plab asarlar nafaqat o‘quvchi - talabalar balki barcha turkiston aholisi uchun tarbiyaviy ahamiyatga ega, shuning bilan birga tarixiy ong va tarixiy tafakkurni uyg‘otish uchun ham xizmat qiladi. Asosan jadidlar ilmiylik va tarixiy haqiqatni yoritishga ko‘proq ahamiyat berishgan. Jadidlar tarixiy bilimlarni faqat afsonalar va rivoyatlar asosida emas, balki ilmiy dalillarga asoslangan holda o‘qitish tarafdori edilar. Masalan, Mahmudxo‘ja Behbudiy o‘zining darsliklarida real voqealarni yoritishga intilgan. Aynan jadidlar tomonidan yuritiladigan “ Oyna” va “Turkiston viloyatining gazeti” gazeta va jurnallarida tarix yoritib borilgan. Bunda asosan manbalar asosida yondashishni ilgari suradilar. Mahmudxo‘ja Behbudiy o‘zining “Tarixi Islom” asarida islom tarixi haqidagi ma’lumotlarni Sharq va G‘arb tarixchilari bilan solishtirib yozgan. Jadidlar tarix fanining mustahkam asosga ega bo‘lishini ta’minlash uchun tarixni faqat afsonalar asosida emas, balki ilmiy manbalar va hujjatlarga asoslanib o‘qitish kerakligini ta’kidladilar. Bu esa tarixiy tafakkurning yangicha shakllanishiga zamin yaratdi. Kundalik hayot bilan bog‘lashni real voqealar bilan bog‘lashni bosh prioritetga aylantirishgan. Tarixni faqat o‘tmish haqida bilim olish vositasi sifatida emas,balki kelajakni qurish uchun saboq beruvchi fan sifatida tushunishgan. Shu sababli, jadidlar tarixiy tajribadan saboq chiqarish, millatning kelajagini aniqlash uchun tarixiy tahlil qilish muhimligini ta’kidlaganlar. Mahmudxo‘ja Behbudiyning “Oyna”jurnalining muhtaram xonandalarig‘a “dunyoni avvalidan bukung‘acha bani odam tarafidan ixtiro qilingon mashhur nimarsalarni arz qilmoq uchun tarix kitoblaridan olib yozmoqchi bo‘lduk va mundan so‘ngra «Oyna»ning har raqaminda paydarpay «Tarixi ixtoroi bashar» unvoni ila yozilur. Munda yozilaturgon nimarsalar «Tarixi umumiy», «Tarixi madaniyat», «Madaniyati islomiya», «Koinot», «Tarix va jug‘rofiya lug‘ati», «Tarixi tamaddun» kitoblari va boshqa kitob va risolalardan naql qilinur. Va munda ko‘rsatilgan tarix uch nav’ bo‘lub, birinchi(si) «tarixi xilqat» atalurki «Tavrot»ni bayoni bo‘yincha dunyo bino bo‘lganidan hazrati Iso alayhissalomni tug‘ulgonig‘acha 5594 sanadur.Tarix eng mashhur va mo‘tabar hodisalardan boshlanur. Har yuz sanani «asr—qarn» derlar. Chunonchi, al-on tarixi milodiyaning 20-va hijriyaning 14-asridir.” Bu maqola orqali Behbudiy tarixga asosan islom tarixiga oid qarashlarini va o‘z nuqtayi nazarini berib o‘tganlar. Jadidlar nafaqat o‘z tarixini balki jahon tarixini ham o‘rganish zarur ekanligini, ularning tarixiy taraqqiyotini, dunyoviy bilimlar ko‘lamini o‘rganish zaruriy shart-sharoitlardan biri deb bilishgan. Dunyo tarixini o‘rganishda, ularning ta’lim taraqqiyoti bilan hamnafas bo‘lishga, bunda ular an’anaviy madrasa ta’limida tarix asosan diniy-biografik yo‘nalishda bo‘lgan bo‘lsa, jadidlar G‘arb va Sharq tarixini birday o‘rganish zarurligini ilgari surganlar. Ular Rossiya va Yevropa tarixiy tajribalaridan saboq olish kerakligini ta’kidlaganlar.Yangi o‘quv dasturlarini ishlab chiqish: Jadid maktablarida tarix fanini o‘qitish uchun maxsus darsliklar ishlab chiqilgan. Behbudiy va Avloniy o‘z darsliklarida tarixiy shaxslar faoliyatini, jamiyat taraqqiyotining muhim bosqichlarini yoritganlar. Tarixni o‘rganishda tanqidiy tafakkurni rivojlantirishga alohida ahamiyat berishgan. Jadid pedagoglari o‘quvchilarga tanqidiy tafakkurni shakllantirishni o‘rgatgan. Jumladan, Fitrat o‘zining “Qadimgi Turkiston tarixiga bir nazar” asarida tarixiy hodisalarga shunchaki ta’rif bermay, ularning sabablari va oqibatlarini tahlil qilgan. Jadidlarning ta’lim islohotlari tarixiy tafakkurning rivojiga ham katta ta’sir ko‘rsatdi. Ularning asosiy e’tibori: ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 2, Noyabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 100 O‘z xalqi tarixini haqqoniy yoritish; Jahon tamadduni bilan bog‘liqlikni tushuntirish; Milliy o‘zlikni anglashga yo‘naltirilgan adabiyot va tarixiy asarlarni yaratish edi. Masalan, Mahmudxo‘ja Behbudiyning "Padarkush" dramasi tarixiy xotira va milliy ongni shakllantirishga qaratilgan. Fitratning tarixiy asarlari esa xalqni o‘z o‘tmishidan saboq olishga undagan. Jadidlar ta’limi va bugungi kunda uning ahamiyati yosh avlodga anglatish, jadidlarning ta’lim tizimidagi qilgan fidoiyliklarini yoritish bugungi dolzarb masalalardan biridir. Bugungi kunda jadidlarning ta’lim va tarixiy tafakkur sohasidagi sa’y-harakatlari o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Zamonaviy ta’lim tizimida: Tahliliy tafakkurni rivojlantirish; Tanqidiy fikrlashni shakllantirish; Milliy va jahon tarixini chuqur o‘rganish kabi yo‘nalishlar jadidlar ilgari surgan tamoyillarga mos keladi.Ularning g‘oyalari hozirgi ta’lim tizimida ham qadriyat sifatida xizmat qiladi. O‘quvchilarga tarixni faqat xronologik ketma-ketlikda emas, balki sabab-oqibat aloqalari orqali tushuntirish usuli – jadidlarning ilmiy yondashuvlari bilan hamohangdir. Xulosa qilib shuni aytish joizki, jadidlar nafaqat ta’lim tizimida, balki tarixiy tafakkur shakllanishida ham muhim rol o‘ynagan. Ularning yangi usul maktablari va ilmiy yondashuvlari xalqning dunyoqarashi va o‘zligini anglashida tub burilish yasagan. Bugungi kunda jadidlarning ta’limiy va tarixiy tafakkurga oid qarashlarini o‘rganish va tatbiq etish, nafaqat hozirimiz uchun balki kelajagimizni qurish yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir. Shu bois, jadidchilik merosi nafaqat tarixiy hodisa, balki kelajak ta’lim taraqqiyotining ham asosiy yo‘nalishlaridan biri sifatida e’tirof etilishi kerak. Jadidlar tarix o‘qitishni faqat o‘tmishni yodlash emas, balki kelajakka yo‘nalgan tahliliy fan sifatida ko‘rganlar.Ularning tarix o‘qitish metodlari ilmiy asoslangan bo‘lib, ular milliy o‘zlikni anglash va mustaqillik g‘oyalarini shakllantirishga xizmat qilgan. References 1. Sh.Mirziyoyev: Jadidlar merosini o‘rganishga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya ishtirokchilariga yo‘llagan tabrigidan.2023 yil 6-mart 2. “Oyna” jurnali, Behbudiyning “Tarixi islom” haqidagi maqolasi 1914 yil, 28-son, 531—534-betlar 3. Avloniy A. Turkiy guliston yoxud axloq.T.: O‘qituvchi. 1992. 4. Mahmudxo‘ja Behbudiy. Tanlangan asarlar. T.; “Ma’naviyat”, 2006 y. 5. Fitratning “Qadimgi Turkiston tarixiga bir nazar” 6. https://api.ziyonet.uz/uploads/books/652/5b0251e6d4b67.pdf