Full text
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 2, Noyabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 224 SUG‘URTA SOHASINI RAQAMLASHTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI Rahmatullayeva Muslima Xurshid qizi O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi magistranti Nomozova Qumri Isoyevna O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi professori Annotatsiya: So‘nggi o‘n yilliklarda iqtisodiy globallashuv va raqamlashtirish jarayonlari sug‘urta bozorining mazmun-mohiyatini tubdan o‘zgartirib, uni moliya tizimining eng muhim strategik yo‘nalishlaridan biriga aylantirdi. Raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt, katta ma’lumotlar tahlili (Big Data), blokcheyn va “Internet narsalar” (IoT) tizimlarining keng joriy etilishi sug‘urta xizmatlarini samarador, shaffof va mijozga yo‘naltirilgan shaklda tashkil etish imkonini bermoqda. O‘zbekiston sug‘urta bozorining raqamli transformatsiyasi esa nafaqat ichki boshqaruv jarayonlarini avtomatlashtirish va risklarni aniq prognozlashni ta’minlaydi, balki global moliya tizimiga integratsiyani jadallashtiradi hamda mamlakatning iqtisodiy barqarorligiga hissa qo‘shadi. Mazkur tadqiqotda raqamlashtirishning sug‘urta bozoriga ta’siri, iqtisodiy va huquqiy mexanizmlarining takomillashtirilgan modeli, shuningdek, milliy sug‘urta tizimini xalqaro standartlarga mos ravishda transformatsiya qilish metodologiyasi ishlab chiqilgan. Kalit so‘zlar: sug‘urta sohasi, raqamli transformatsiya, sun’iy intellekt, katta ma’lumotlar (Big Data), blokcheyn texnologiyasi, IoT (Internet of Things), texnologik innovatsiyalar, moliyaviy xavfsizlik, raqamlashtirish. THEORETICAL BASIS OF DIGITALIZATION OF THE INSURANCE FIELD Rakhmatullayeva Muslima Xurshid kizi Master's student of the Academy of Banking and Finance of the Republic of Uzbekistan Nomozova Kumri Isoyevna Professor, Banking and Finance Academy of the Republic of Uzbekistan Abstract: In recent decades, the processes of economic globalization and digitalization have fundamentally transformed the nature and structure of the insurance market, turning it into one of the most strategic sectors of the financial system. The wide implementation of digital technologies, artificial intelligence, big data analytics, blockchain, and the Internet of Things (IoT) has made it possible to organize insurance services in an efficient, transparent, and customer-oriented manner. The digital transformation of Uzbekistan’s insurance market not only ensures the automation of internal management processes and accurate risk forecasting but also accelerates integration into the global financial system and contributes to the country’s economic stability. This study develops an improved methodological model of the impact of digitalization on the insurance market, defines the economic and legal mechanisms of its modernization, and proposes a framework for transforming the national insurance system in accordance with international standards.
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 2, Noyabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 225 Keywords: insurance industry, digital transformation, artificial intelligence, big data, blockchain technology, IoT (Internet of Things), technological innovation, financial security, digitization. Rivojlangan bozor iqtisodiyotiga xizmat qiladigan tarmoqlar – tijorat banklari tarmog‘ini, zamonaviy moliya va soliq tizimi, audit, sug‘urta vositasi va birja faoliyatini rivojlantirmay turib ma’rifatli bozor sari aniq qadam tashlash to‘g‘risida gap ham bo‘lishi mumkin emas. Albatta, «sug‘urta» kecha yoki bugun paydo bo‘lgan tushuncha emas, balki iqtisodchi olimlar T.Malikov, X.Shennaevlar ta’kidlaganidek, insoniyat taraqqiyotining dastlabki bosqichlarida ham sug‘urta bilan bog‘liq munosabatlarning mavjud bo‘lganligi tarixdan ma’lum. Ibtidoiy jamoa tuzumida urug‘ va qabila shaklida hayot kechirgan kishilar oldindan ko‘rib bo‘lmaydigan, har xil hodisalardan saqlanish maqsadida oziq-ovqat zaxiralarini yaratganlar. Ayrimlari esa sodir bo‘lgan suv toshqinlari va qurg‘oqchilik kabi noxush hodisalarni xudoning qarg‘ishi deb qabul qilganlar. Nima bo‘lganda ham o‘sha davrlarda kutilmagan va bexosdan bo‘ladigan, bir so‘z bilan aytganda, inson irodasi bilan bog‘liq bo‘lmagan voqea-hodisalar ro‘y berganda ko‘riladigan zararlarni qoplash uchun zaxiralar tashkil etilganligi, shubhasiz [Malikov T., Shennaev X., 2003]. Rossiyalik olim M.Ivanovning fikricha, eramizdan avvalgi 1792–1750 yillarda qadimgi Bobil davlatini boshqargan shoh Xamurappi davrida savdo karvoni a’zolari yo‘lga chiqishdan avval o‘zaro kelishuvga ega bo‘lganlar [Ivanov M., 2004]. Ushbu kelishuvga asosan biror-bir karvon a’zosining mol-mulki yo‘qolgan, o‘g‘irlangan yoki qaroqchilar tomonidan talangan bo‘lsa, bu zarar karvon a’zolari tomonidan qoplab berilgan. To‘g‘ri, insoniyat sivilizatsiyasi boshlangan davrdan to bugungi kungacha bir necha ming yillar o‘tgan. Ammo sug‘urtaning fundamental, ilmiy asoslangan tamoyillaridan biri bo‘lgan turli hodisalar ro‘y berishi natijasida ko‘rilgan zararlarni qoplash maqsadida zaxiralarning shakllantirilishi bugungi kunda ham saqlanib qolgan. N.Beknozov, U.Turg‘unovlarning fikricha, maxsus sug‘urta masalalari ayrim davlatlarda o‘rta asrlardayoq yuzaga kelgan. Kichikroq sanoatning transport xizmati, xalqaro savdo-sotiqning rivojlanishi XVIII asrga kelib Yevropa davlatlarida bunday xizmatning turlari va miqyosini kengaytirdi. Albatta, dastlabki davrlarda asosan kemalar, yuklar sug‘urta qilingan bo‘lsa, keyinroq yo‘lovchilarni, kema ekipaji a’zolarini majburiy sug‘urtalash joriy etildi. Bu soha kengayib, turli xo‘jalik faoliyatlarini, turli soha kishilarini sug‘urtalash xizmatlari yuzaga kela boshladi [Beknozov N., Turg‘unov U., 2004]. Ayrim manbalarda Angliyada dastlabki yozma sug‘urta shartnomasi XIV asrda tuzilganligi, Rossiyada 1827 yilda ilk marotaba yong‘inga qarshi sug‘urta jamiyati tashkil etilganligi, Italiyada 1393 yilda har bir notarius hafta mobaynida o‘rtacha 80 nafar mijoz bilan sug‘urta polisini tuzganligi va nihoyat, 1466 yilda Venesiyada Dengiz sug‘urta kodeksi qabul qilinganligi qayd etilgan [Hamdamova M., 2018]. Hatto ayrim yuridik adabiyotlarda Rossiya davlatida sug‘urta huquqini kodifikatsiyalash bo‘yicha ishlar 1879 yilda boshlanganligi haqidagi nuqtai nazarlar mavjudligini ham kuzatish mumkin [Raylyan A.I., 2007]. Ingliz tilidan olingan «sug‘urta», ya’ni «insurance» atamasi «in» (- da, ichida) va «sure» (ishonch, ishonchli) – «ishonchli qo‘llarda» degan ma’noni bildiradi. Demak, sug‘urta qilingan ob’ekt ishonchli tarzda muhofazalangan, xavotirga o‘rin yo‘q [Qardosh N., 2005], degan ma’noni ham anglatadi. Ma’lumki, bugungi kunda mamlakatimizda ham ochiq bozor iqtisodiyotiga asoslangan odil jamiyat, kuchli demokratik huquqiy davlat qurish yo‘lidan bosqichma-bosqich olg‘a borishda ishlab chiqarish infrastrukturasining zarur unsurlaridan biri sifatida sug‘urta amalga
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 2, Noyabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 226 oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning uzluksizligini ta’minlashda hamda aholini ko‘ngilsiz hodisalardan himoya qilishda o‘ziga xos o‘ringa ega, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Zero, U.Aitbaev to‘g‘ri ta’kidlaganidek, sug‘urta bozori mulkchilikning deyarli barcha shakllarini tabiiy ofatlardan saqlashda, xilma-xil falokatlar natijasida odamlarga yetkazilgan zararlarni qoplashda moddiy jihatdan yordam beradi [Aitboev U., 2004]. Xo‘sh, «sug‘urta»ning o‘zi nima? Unga ilmiy adabiyotlarda, tegishli qonunlarda, ayniqsa, chet el mamlakatlari milliy qonunchiligida qanday ta’riflar berilgan? Bu ta’riflar qanchalik darajada bu munosabatlarni qamrab oladi? Chunki, mazkur terminga nafaqat huquqshunos, balki iqtisodchi olimlarning asarlarida, milliy hamda xorijiy davlatlarning qonunchiligida turlicha yondashuvlar mavjudligini ko‘rish mumkin. Bu o‘rinda uning mazmun-mohiyatini to‘g‘ri talqin qilish, «huquqiy kategoriya» sifatida yagona ta’rif berish vujudga kelishi mumkin bo‘lgan turli noaniqliklar, muammolarning oldini olishga xizmat qilishi tabiiydir. M.Yusupov «sug‘urta – bu iqtisodiy kategoriya sifatida manfaatdor tashkilotlar va fuqarolar badallari hisobidan tashkil topgan, maxsus tashkilot (sug‘urtalovchi) boshqaruvidagi pul jamg‘armasini yuzaga keltirish va taqsimlash shaklini anglatadi» [Yusupov M., 2008] deb hisoblasa, E.Hojiev «sug‘urta – keltirilishi mumkin bo‘lgan zararni maxsus muassasaga a’zolik badalini to‘lash orqali qoplashni ta’minlash tushuniladi» deb bayon etadi. T.Umarov esa «sug‘urta – yuridik va jismoniy shaxslar to‘laydigan sug‘urta mukofotlaridan shakllantiriladigan pul fondlari hisobidan muayyan sug‘urta hodisasi yuz berganda ushbu shaxslarga sug‘urta shartnomasiga muvofiq sug‘urta tovonini (sug‘urta pulini) to‘lash yo‘li bilan ularning manfaatlarini himoya qilish» [O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik kodeksiga sharh, 2013] degan g‘oyani ilgari surgan bo‘lsa, M.Yo‘ldoshev va Y.Tursunov «sug‘urta – sug‘urtalovchi va sug‘urtalanuvchi shaxs o‘rtasida tuzilgan shartnomada nazarda tutilgan sug‘urta hodisasi yuz berganda vujudga kelgan moddiy zarar o‘rnini avval to‘langan sug‘urta badallari hisobidan sug‘urtalanuvchiga to‘liq yoki qisman qoplab berilishi yo‘li bilan uning manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan tadbirkorlik faoliyati» [Yo‘ldoshev M.,Tursunov Y.S, 2002]. deb hisoblaydilar. Rossiyalik olimlar L.N.Klochenko, K.I.Pilovlar «sug‘urta – korxona va aholining zararlardan himoya vositasi, iqtisodga investitsiyalar manbasi hamda jamiyatning barqarorligi va moliyaviy himoyalanganligi asosidir»[ Klochenko L.N., Pilov K.I., 2002] deydi. I.T.Balabanov va A.I.Balabanovlar tomonidan yozilgan «Straxovanie» nomli kitobda sug‘urtaning mohiyati to‘g‘risida quyidagi fikrlarni o‘qish mumkin: «Sug‘urtaning asosida qo‘rquv yotadi. Men qo‘rqaman va shuning uchun o‘z qo‘rquvimni kimgadir o‘tkazaman va u orqali yuz berishi mumkin bo‘lgan yo‘qotishlardan himoyalanaman»[Balabanov I.T., Balabanov A.I., 2002]. Iqtisodiy-huquqiy atamalarning izohli lug‘atida «sug‘urta – sug‘urta qildiruvchilar bo‘nak vznoslari asosida shakllanadigan sug‘urta fondi»[Iqtisodiy-huquqiy atamalarning izohli tug‘ati, 1996], ayrim yuridik ensilopediyalarda esa «sug‘urta – jismoniy va yuridik shaxslarning mulkiy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha amalga oshiriladigan (qo‘llaniladigan) fuqarolikhuquqiy munosabatlar» deb ta’rif berilgan[Yuridik ensiklopediya, 2001]. Angliyalik olimlar Jon Sloman va Mark Satkliflar tomonidan yozilgan «Economics for Business» nomli kitobda «sug‘urta – tavakkalning aksi bo‘lib, u xatarning oldini olish demakdir. Masalan, siz jarohat oqibatida vaqtinchalik ishlash layoqatingizni yo‘qotdingiz va bu sizning daromadingizga ta’sir qilish xavfi bor. Bu xavfni siz sug‘urta orqali bartaraf etishingiz mumkin»[John Sloman and Mark Sutcliffe, 2001], deb qayd etilgan. Rossiyalik olim I.Y.Sekovaning fikricha, «sug‘urta o‘zining yuridik tabiati bo‘yicha o‘zaro kelishuvni, ya’ni shartnomani namoyon etadi»[Sekova I.Y., 2007]. «Wikipedia» yuridik saytida «Sug‘urta qonunda va iqtisodda
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 2, Noyabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 227 tavakkalni boshqaruv usuli bo‘lib, tavakkalni kutilmagan zarardan himoyalash vositasi sifatida xizmat qiladi. Sug‘urta tavakkalning zararini bir tarafdan ikkinchi tarafga ma’lum badal evaziga haqqoniy almashinuvi, ba’zida katta zararni kichik kafolatlangan to‘lov orqali oldini olishdir. Sug‘urtalovchi bu sug‘urtani sotuvchidir. Sug‘urtalanuvchi bu sug‘urtani sotib olgan jismoniy yoki yuridik shaxsdir. Sug‘urta darajasi bu sug‘urta badalini aniqlash meyori bo‘lib, sug‘urtani qoplash uchun to‘lanadi»[Google» poiskovoe sistema, Wikipedia portal], deb ma’lum qilingan. A.P.Sergeev va Y.K.Tolstoylarning nuqtai nazariga ko‘ra, «sug‘urtada maxsus tashkilotlar – sug‘urtalovchilar fuqarolar va tashkilotlar (sug‘urtalanuvchilar) bilan sug‘urta shartnomasini tuzgan holda ulardan badallarni yig‘adi. Ushbu badallar (sug‘urta mukofoti) evaziga sug‘urtalovchida alohida sug‘urta fondi shakllanadi va sug‘urtalovchi ushbu fond hisobidan sug‘urta shartnomasida nazarda tutilgan holat (o‘lim, mehnat qobiliyatini yo‘qotish, mol-mulkka zarar yetkazilishi, daromadni ololmaslik kabilar) yuz berganda sug‘urtalanuvchiga belgilangan pul summasini to‘laydi»[Grajdanskoe pravo, 2003]. Manbalardan ko‘rinib turibdiki, «sug‘urta» tushunchasiga turlicha yondashuvlar mavjud. Ularning ba’zilarida sug‘urta qildiruvchilar bo‘nak vznoslar asosida shakllanadigan «fond» ekanligi nazarda tutilsa, ayrimlarida zararlardan «himoya vositasi», boshqalarida maxsus tashkilot (sug‘urtalovchi) boshqaruvidagi «pul jamg‘armasini yuzaga keltirish va taqsimlash shakli» yoki zararni qoplash bilan bog‘liq «iqtisodiy munosabatlar» yoxud «fuqarolik-huquqiy munosabatlar» ekanligiga oid fikr-mulohazalarni ko‘rish mumkin. Albatta, sug‘urta ham iqtisodiy, ham yuridik kategoriya sifatida mazmun-mohiyati jihatidan murakkab va keng qirrali tushuncha ekanini ta’kidlash joiz. Ammo uning yuridik kategoriya sifatidagi mohiyatini ochib berish, bu o‘rinda milliy qonunchiligimizda [O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002] berilgan ta’riflarning qanchalik to‘g‘ri ekanligini ham amaliyot ehtiyoji, ham rivojlangan davlatlar tajribasini o‘rganish orqali tegishli ilmiy xulosalarni chiqarish maqsadga muvofiq. Iqtisodchi va huquqshunos olimlarning fikr-mulohazalarini tahlil qilishdan oldin chet el mamlakatlari milliy qonunchiligida berilgan ta’riflarni ham keltirib o‘tish zarur. Xususan, Ukraina davlatining «Sug‘urta to‘g‘risida»gi qonuni 1moddasidan «sug‘urta − fuqarolar va yuridik shaxslar tomonidan sug‘urta to‘lovlarini to‘lash (sug‘urta badallari, sug‘urta mukofotlari) va ushbu fondlar mablag‘larini joylashtirishdan kelib tushadigan tushumlar orqali shakllanadigan pul jamg‘armalari hisobidan sug‘urta shartnomasi yoki amaldagi qonunchilikda belgilangan muayyan hodisa (sug‘urta hodisasi) yuz bergan holatlarda fuqarolar va yuridik shaxslarning mulkiy manfaatlarini himoya qiluvchi fuqaroviy-huquqiy munosabatlar turi»[Zakon «O straxovanii» Ukraini] tushunilsa, Rossiya Federatsiyasining «Sug‘urta to‘g‘risida»gi qonuni 2moddasida «sug‘urta – muayyan sug‘urta hodisasi yuz bergan holatlarda sug‘urtalanuvchilar tomonidan to‘langan sug‘urta mukofotlari (sug‘urta badallari), shuningdek sug‘urtalanuvchilarnig boshqa mablag‘lari hisobidan shakllanadigan pul jamg‘armalari hisobidan Rossiya Federatsiyasining jismoniy va yuridik shaxslari, Rossiya Federatsiyasining sub’ektlari va munitsipial tuzilmalarining mulkiy manfaatlarini himoya qiluvchi munosabatlar»[Zakon ob organizatsii straxovogo dela v Rossiyskoy Federatsii] sifatida mustahkamlab qo‘yilgan. Xitoy Xalq Respublikasining «Sug‘urta to‘g‘risida»gi qonuni 2-moddasida sug‘urta sug‘urtalangan shaxslarga sug‘urta qiluvchilar tomonidan sug‘urta to‘lovlarini to‘lash, sug‘urta hodisasi yuz berganligi sababli, o‘z mulkini yo‘qotgan yoki sug‘urtalanuvchi muayyan yoshga yetib vafot etgan, kasal bo‘lgan, mayib bo‘lib qolgan hollarda, uning sug‘urta to‘g‘risidagi shartnomada qanday tartibda belgilanganiga qarab,
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 2, Noyabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 228 sug‘urta qiluvchi tomonidan sug‘urtalanuvchiga tovon to‘lash javobgarligi to‘g‘risidagi hujjatlar sirasiga kirishi qayd etilgan[Zakon Kitayskoy Narodnoy Respublika «O straxovanii»]. Yuqorida «sug‘urta» tushunchasiga berilgan ham ilmiy, ham legal ta’riflardan ko‘rinib turibdiki, mazkur tushunchaga ta’rif berishda turlicha yondashuvlar mavjud. Nazarimizda, «sug‘urta» iqtisodiy kategoriya sifatida turlicha ma’no-mazmunni anglatishi mumkin, ammo yuridik kategoriya sifatida yagona tushunchani shakllantirish hamda «Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida»gi qonunda ifodalash maqsadga muvofiq. Yuqorida ta’kidlab o‘tilgan xorijiy tajribaning ijobiy yutuqlari hamda Fuqarolik kodeksining 52-bobi («Sug‘urta») qoidalarini hisobga olgan holda sug‘urtaga quyidagicha ta’rif berish mumkin: «Sug‘urta deganda, yuridik yoki jismoniy shaxslar (sug‘urta qildiruvchilar) to‘laydigan sug‘urta mukofotlari (sug‘urta badallari) hamda qonun hujjatlarida man etilmagan boshqa manbalardan shakllantiriladigan pul fondlari hisobidan muayyan voqea (sug‘urta hodisasi) yuz berganda sug‘urtalovchilar tomonidan ushbu shaxslarga sug‘urta shartnomasiga muvofiq sug‘urta tovonini (sug‘urta pulini) to‘lash yo‘li bilan ularning mulkiy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan fuqaroviy-huquqiy munosabatlar tushuniladi». Mazkur ta’rifni quyidagilar orqali asoslash mumkin: birinchidan, sug‘urta yuridik kategoriya sifatida fuqarolik-huquqiy munosabatlarning bir turi hisoblanadi. Zero, Fuqarolik kodeksida «Sug‘urta»ga alohida bob bag‘ishlanganligi bejiz emas. Bundan tashqari, har qanday fuqarolik huquqining sub’ekti sug‘urtaga oid munosabatlarda ishtirok etish uchun FKning qoidalari bilan tartibga solinadigan shartnomalar tuzishi lozim. Shuningdek, uning fuqarolik-huquqiy munosabatlarning bir turi ekanini Ukraina, Rossiya davlatlari tajribasida ham kuzatish mumkin. Shu bois sug‘urtani fuqarolik-huquqiy munosabatlarning turi sifatida ifodalash, o‘z navbatida, turlicha sharhlanishining oldini olishga xizmat qiladi; ikkinchidan, sug‘urta shartnomasini tuzish orqali sug‘urta badallarini to‘layotgan jismoniy va yuridik shaxslar «sug‘urta qildiruvchi» sifatida sug‘urtaga oid munosabatlar qatnashadi. Shu bois ta’rifda uning maqomini aniq belgilash, o‘z navbatida, FKning tegishli qoidalari bilan o‘zaro muvofiq holda bayon etilishini ta’minlaydi. Ta’rifda sug‘urta hodisasi yuz berganda kim sug‘urta qildiruvchilarga sug‘urta shartnomasiga muvofiq sug‘urta tovonini (sug‘urta pulini) to‘lash majburiyatini olishini aniq belgilash zaruriyati «sug‘urtalovchi tomonidan» jumlasini kiritishni talab qiladi; uchinchidan, sug‘urtalovchi tomonidan sug‘urta hodisasi yuz berganda sug‘urta shartnomasiga muvofiq sug‘urta tovoni (sug‘urta puli) to‘lab beriladigan pul fondi nafaqat yuridik yoki jismoniy shaxslar (sug‘urta qildiruvchilar) to‘laydigan sug‘urta badallari evaziga shakllantiriladi, balki tegishli qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan ham shakllantirilishi mumkin. Chunonchi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 21 maydagi «Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirishga oid qo‘shimcha choratadbirlar to‘g‘risida»gi qarori[O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari to‘plami, 2008] bilan mamlakatimizda sug‘urta faoliyatini yanada takomillashtirish, sug‘urtalovchilarning kapitallashuvi va moliyaviy barqarorligini oshirish, ularning hududiy tarmoqlarini kengaytirish va sug‘urta kompaniyalarining investitsion jarayonlardagi ishtirokini rag‘batlantirish, shuningdek, sug‘urta xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini samarali himoya qilishni ta’minlash maqsadida, sug‘urtalovchilarga qimmatli qog‘ozlar bozorida investitsion vositachi sifatida professional faoliyatni amalga oshirish huquqining berilishi ham,
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 2, Noyabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 229 o‘z navbatida, ularning pul fondi mazkur faoliyatdan ham to‘ldirilishi mumkinligi buning yaqqol misoli hisoblanadi. Shu bois xorijiy tajribasini inobatga olgan holda, ta’rifda sug‘urtalovchilarning pul fondlari qonun bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga ham shakllantirilishi mumkinligiga oid qoidani belgilash uning yanada mukammal ravishda qonunda mustahkamlab qo‘yilishiga imkoniyat yaratadi; to‘rtinchidan, sug‘urtaga oid munosabatga kirishayotgan har qanday sub’ekt, avvalo, mulkiy manfaatlari qondirilishini hisobga olib kirishadi. Shu o‘rinda, fuqaro hayotini, sog‘lig‘ini sug‘urtalashda ham mulkiy manfaat nazarda tutilishi mumkinmi, degan tabiiy savol ham tug‘ilishi mumkin. Fikrimizcha, mazkur holatlarda ham, birinchi navbatda, mulkiy manfaat namoyon bo‘ladi, ikkinchidan, har qanday inson hayotiga, sog‘lig‘iga baxtsiz hodisa tufayli yetkazilgan zarar ham bevosita fuqarolik-huquqiy usul, ya’ni zararni qoplash yo‘li bilan manfaat, aniqrog‘i mulkiy manfaat qondirilishi mumkinligi hech kimga sir emas. Shu bois ham qonunda «sug‘urta» tushunchasiga berilgan ta’rifda «mulkiy manfaat» iborasini o‘z o‘rnida qo‘llash to‘g‘riroq bo‘lar edi. Mamlakatimiz milliy qonunchiligida sug‘urta faoliyati deganda, sug‘urta bozori professional ishtirokchilarining sug‘urtani amalga oshirish bilan bog‘liq faoliyati tushunilishi, bundan «sug‘urta xizmati» tushunchasi sug‘urta bozori professional ishtirokchilari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar majmuini qamrab olsa, «sug‘urta faoliyati» ushbu professional ishtirokchilarning sug‘urtani tashkil etish, faoliyatlarini amalga oshirish tartibi kabi jarayonni ham o‘z ichiga olishi nazarda tutilgan. Foydalanilgan adabiyotlar ruyxati: 1. Brealey R.A., Mers S.S. Prinsiples of sorporate finanse. MsGraw-Hill, 2003. 2. Kumri Nomozova. Organizational and esonomis modeling of the system of interregional industrial sooperation as a sontrol objest. Proseedings of the 7th International Sonferense on Future Networks and Distributed Systems. 2023. – p. 333-343. 3. Kumri Isoyevna Nomozova. Problems of sesurity of esonomis and esologisal systems in the sountries of the sentral Asian Region. International Sonferense on Next Generation Wired/Wireless Networking. 2023. – p. 177-195. 4. Kumri Nomozova. Evolyusiya teorii predprinimatelskogo riska v rabotax vidayushixsya ushenix proshlogo. Peredovaya ekonomika i pedagogisheskie texnologii. 2025. – s. 581-587. 5. Nomozova Qumri Isoevna. Tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq risklarni sug‘urta vositasida boshqarish usullari. Straxovoy rinok Uzbekistana. 2024. - 4-7 b. 6. Kumri Nomozova. Mikrostraxovanie kak innovatsionniy mexanizm upravleniya riskami malogo biznesa. Ekonomisheskoe razvitie i analiz, 2024. - s. 338-345. 7. Qumri Nomozova. Biznes risklarini sug‘urtalash: zamonaviy sharoitlarda asosiy turlari va ularning xususiyatlari. Moliya va bank ishi. 2024. – 44-48 b. 8. Qumri Nomozova. Moliyaviy hisobotlar va ularni tuzish va auditorlik tekshiruvidan o ‘tkazishning uslubiy jihatlarini rivojlantirish. Yashil iqtisodiyot va taraqqiyot. 2024. 9. Qumri Nomozova. O‘zbekistonda tadbirkorlik tavakkalshiliklari sug‘urtasini rivojlantirish istiqbollari. Straxovoy rinok Uzbekistana. 2024. – 7-10 b. 10. Van Xorn D.K. Osnovi upravleniya finansami/ D.K.Van Xorn; Per.s angl.; Gl. red. serii Y.V.Sokolov. -M: Finansi i statistika, 1996. - 800 s: il.
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 2, Noyabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 230 11. Publis Finanse: A Sontemporary Applisation of Theory to Polisy, Tenth Edition. David N. Hyman. 2010, 2011 South-Western, Sengage Learning